Toshkent halqa yo‘lidan tashqariga chiqish!
Toshkent halqa yo‘lidan tashqariga chiqish!
O‘zbek-Xitoy savdo uyiga asos solganimizdan, yaʼni 2006 yildan beri viloyatlarimizni bir necha marta aylanib chiqqanman. Har bir viloyatda bir necha martalab bo‘lib, har gal yangi tajriba va taassurotlar bilan qaytganim esimda. Ammo, umuman qaraganda, butun respublika bo‘ylab 15 yildan beri ishlaydigan va 100 mln dollardan ko‘p uskuna va texnologiyalar olib kelgan tashkilot rahbari sifatida, to‘g‘risini aytishim kerak hududlarda kam bo‘lganman va buni to‘g‘irlashni keskin qaror qildim.
O‘zimga reja qo‘ydim, jamoam bilan kamida bir yoki ikki marta oyiga, yaʼni 2021 yil oxirigacha mamlakatimiz barcha viloyatlariga tadbirkorlar bilan uchrashish, ularni ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish, rivojlanishlarida qo‘limizdan kelgancha yordam ko‘rsatish, yangi bozorlarga chiqish va umuman jahon tajribalarini O‘zbekistonga olib kelishda ko‘maklashishni o‘z maqsadimiz qilib qo‘yamiz.
Kim bilsa, bizning HMPartners ichiga (MediTech, CLG Leasing, O‘zbek-Xitoy savdo uyi, TexnoPlaza, International business travel, CLG Auto Leasing, Global Tadbirkorlik tarmog‘i, GIF3, Batiskaf Konsalting, TEAM Universiteti) ko‘pgina tashkilotlar kiradi va ular kichik va o‘rta biznes uchun tashqi bozorlarga chiqish va o‘z biznesini rivojlantirish uchun tayyor infratuzilmadir.
Ushbu safarlarimizni Namangan shahridan boshlamoqchimiz.
Nega aynan Namangan?!
Albatta uni salohiyati, tadbirkorlari uddaburonligi va juda muhim tarafi bu joydagi maxalliy rahbariyatni o‘zgarishlarga bo‘lgan intilishlari. Shahar hokimining yangiliklarga qiziquvchanligi.
4 noyabr soat 14.30 da shahar hokimiyati binosida eng faol tadbirkorlar bilan uchrashuv rejalaganmiz, korporativ boshqaruv, inqirozdan chiqish va tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha interaktiv suxbat qilishni rejalaganmiz. Qiziqishingiz bo‘lsa, manga yoki hamkasabalarimga yozing.
Ha, aytgandek, endi biz nafaqat ishlab chiqarish uskunalarini mamlakatga olib kelish, lizing orqali import texnikalarini moliyalashtirish, balki TEAM Universitetimiz ishga tushgani sababli yoshlar bilan(bakalavr) va tadbirkorlar bilan (exesutive) bilim ulashish missiyamiz bor.
Yoshlar ishlari agentligi raxbariyati Sadullayev Alisher yordamida "Why I want to be an Entrepreneur?" mavzusi ostida Namangan yoshlari, bo'lajak tadbirkorlari bilan uchrashamiz!
Aloqa uchun : +998 (71) 207-33-77
Yoshlar bilan 4 noyabr soat 17:00 da uchrashuv o‘tkazamiz, o‘quv markazlari rahbarlari, tadbirkorlikka qiziqqan, ingliz tilida ilk tadbirkorlik universitetida o‘qishni orzu qilayotgan yoshlar e’tiboriga. Universitet rektorlari ham biz bilan safarda bo‘ladilar.
O‘z samimiy va qiziqarli takliflaringizni kutib qolaman. Namanganda chorshanba-payshanba kunlari ko‘rishguncha xayr.
Hikmat Abdurahmanov.