MAHALLAGA TASHRIF 2026-yil 12-yanvar kuni Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari Buxoro shahridagi "Nizomiy Ganjaviy" mahallasiga tashrif buyurdilar. Mahalla fuqarolar yig`ini raisi Nasiba Muxammedova, xotin-qizlar faoli Shoira Raximqulova, yoshlar yeatchisi Baqojon Majidovlar hamda mahalla faollari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Kafedra dotsenti, f.f.n.H.Safarova, professor, f.f.d.N.Bekova, professor,f.f.d.Sh.G'aybullayeva, f.f.f.d(PhD), dotsent D.Sodiqova, f.f.f.d(PhD), dotsent Z.Sayliyevalarning Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Murojaatnomasda belgilangan chora-tadbirlar xususidagi fikr-mulohazalari tinglandi. 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi va bu haqdagi fikrlarga alohida urg‘u berildi. Mahalla aholi uchun davlat siyosati va islohotlar natijasini bevosita his qiladigan makon ekanligi, shu sababli yangi yilda mahallalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi alohida ta'kidlandi. Prezident taklifiga muvofiq, davlat darajasida maxsus dastur qabul qilinib, unda 9 mingdan ortiq mahallani mehr-oqibat, birga yashash, adolat, ta’lim va ma’naviyat markazlariga aylantirish kabi muhim maqsadlar belgilanganligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.