#hersiaga
@hmrs1n
51 posts

SIYOSIY MA'RIFAT SOATI

SIYOSIY MA'RIFAT SOATI 2026-yil 18-iyun kuni O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida navbatdagi Siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi. Siyosiy-ma’rifat soatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadri va manfaatlarini ulug‘lashga qaratilgan davlat siyosati hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

SIYOSIY MA'RIFAT SOATI

SIYOSIY MA'RIFAT SOATI 2026-yil 18-iyun kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida navbatdagi Siyosiy ma'rifat soati o`tkazildi. Siyosiy-ma’rifat soatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadri va manfaatlarini ulug‘lashga qaratilgan davlat siyosati hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

MA'RIFAT SOATI

2026-yil 16-iyun kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi. Yyoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, Vatan ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyati hamda ularning ilm-fan, madaniyat va innovatsiyalar sohasidagi faolligi haqidama'lumot berildi. Ma’rifat soati davomida so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarning ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishlari zarurligi haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, yoshlarning ma’naviy barkamolligi, vatanparvarlik tuyg‘usi, kitobxonlik madaniyati va kasbiy mahoratini...

MAGISTRLIK HIMOYASI

MAGISTRLIK HIMOYASI Joriy yilning 12-iyun kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 70230104 – Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti mutaxassisligi magistrlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayon oliy ta’lim tizimida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning muhim bosqichlaridan biri sifatida yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy kompetensiyasi, tahliliy fikrlash darajasi hamda mustaqil ilmiy izlanish olib borish ko‘nikmalarini baholashga xizmat qiladi. Dissertatsiya himoyasi Davlat attestatsiya komissiyasi raisi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor H. Hayitov tomonidan ochib berildi. Komissiya raisi o‘z so‘zida magistrlik...

MAGISTRLIK HIMOYASI

MAGISTRLIK HIMOYASI 2026-yil 11-iyun kuni Filologiya fakultetida Adabiyotshunoslik mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Himoya jarayonida magistrantlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati, erishilgan ilmiy natijalar hamda xulosalar taqdim etildi. Himoya ishlari DAK raisi, Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori (DSc) H.A. Hayitov rahbarligida olib borildi. Komissiya tarkibida Buxoro davlat universiteti professorlari, filologiya fanlari doktorlari (DSc) D.Z. Rajabov va D.H. Quvvatova, BuxDPI o‘qituvchisi N.A. Bafoyeva, Buxoro Prezident maktabi o‘qituvchisi, f.f.f.d( PhD) M.S. Azimova, Buxoro...

Siyosiy ma'rifat soati

2026-yil 5-iyun kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida navbatdagi Siyosiy ma'rifat soati o`tkazildi. Siyosiy-ma’rifat soatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadri va manfaatlarini ulug‘lashga qaratilgan davlat siyosati hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Milliy liboslar- millat bezagi

2026-yil 5-iyun kuni O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari "Milliy qadriyatlar- millat bezagi" mavzusidagi chorlovda faol ishtirok etdilar.Milliy liboslar xalqning tarixi, madaniyati, estetik didi va milliy o‘zligini aks ettiruvchi muhim qadriyatlardan biridir. Atlas, adras, beqasam, zarbof kabi milliy matolardan tikilgan kiyimlar xalqimizning boy hunarmandchilik an’analarini namoyon etadi.

Do`ppi chorlovi

2026-yil 4-iyun kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari ishtirokida "Do'ppi chelenji" o`tkazildi. Do‘ppi o‘zbek xalqining eng qadimiy va e’zozli milliy bosh kiyimlaridan biri bo‘lib, uning turli hududlarga xos naqsh va bezaklari mavjud. Xususan, Chust, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Qashqadaryo do‘ppilari o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turadi. Do‘ppi chorlovining maqsadlari: Milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish; Yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish; Milliy libos va an’analarni ommalashtirish; Madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalash; Jamiyatda milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlash.

SPORT MASHG'ULOTLARI

SPORT MASHG'ULOTLARI 2026-yil 2-iyun kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi pprofessor-o`qituvchilari ishtirokida " 1-iyun- Xalqaro bolalarni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan "Shaxmat-shashka" sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqalar ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, intellektual salohiyatni oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qiladi.

MA'RIFAT SOATI

MA'RIFAT SOATI 2026-yil 2-iyun kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida navbatdagi Ma'rifat soati o`tkazildi. Unda kafedra professor-o`qituvchilari faol ishtirok etishdi. Har qanday jamiyatning taraqqiyoti qonun ustuvorligi va fuqarolarning huquqiy madaniyatiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasida qonunlarga rioya qilish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Jinoyat sodir etgan shaxs, uning ijtimoiy mavqei, yoshi yoki lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi. “Jinoyat jazosiz qolmaydi” tamoyili huquqiy davlatning muhim mezonlaridan biridir. Jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamiyatda adolatni ta’minlash maqsadida qonunchilikda turli javobgarlik choralari belgilangan...