December 9, 2025

IJARA MANZILLARI O'RGANILDI

2025-yil 9-dekabr kuni Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari: f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova va f.f.f.d(PhD) N.O'roqovalar tomonidan 6.2UZB22-guruhining "Alpomish" ko'chasi 3/7-uy, 46-xonadonda ijarada yashovchi talabalari: Shuratova Yulduz, Jo'rayeva Dilnura va Tojiyeva Nilufarlarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Tashrif davomida talabalarning yashab turgan uy-joylari, ijara shartnomalarining mavjudligi, sanitariya-gigiyena holati hamda ijara xonadonining talabga javob berishi, shuningdek, xonadagi yoritish va isitish tizimining holati nazoratga olindi. Talabalar bilan yong‘in xavfsizligi, tartib-intizom va qo‘ni-qo‘shnichilik madaniyati bo‘yicha suhbat ham o‘tkazildi. Talabalarga zarur maslahat va ko'rsatmalar berildi.