MA'RIFAT SOATI
MA'RIFAT SOATI 2026-yil 2-iyun kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida navbatdagi Ma'rifat soati o`tkazildi. Unda kafedra professor-o`qituvchilari faol ishtirok etishdi. Har qanday jamiyatning taraqqiyoti qonun ustuvorligi va fuqarolarning huquqiy madaniyatiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasida qonunlarga rioya qilish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Jinoyat sodir etgan shaxs, uning ijtimoiy mavqei, yoshi yoki lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi. “Jinoyat jazosiz qolmaydi” tamoyili huquqiy davlatning muhim mezonlaridan biridir. Jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamiyatda adolatni ta’minlash maqsadida qonunchilikda turli javobgarlik choralari belgilangan. Huquqbuzarlik va jinoyatlar insonning kelajagiga, oilasiga hamda jamiyatdagi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.