June 5
Do`ppi chorlovi
2026-yil 4-iyun kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari ishtirokida "Do'ppi chelenji" o`tkazildi. Do‘ppi o‘zbek xalqining eng qadimiy va e’zozli milliy bosh kiyimlaridan biri bo‘lib, uning turli hududlarga xos naqsh va bezaklari mavjud. Xususan, Chust, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Qashqadaryo do‘ppilari o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turadi.
Do‘ppi chorlovining maqsadlari: Milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish;
Yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish;
Milliy libos va an’analarni ommalashtirish;
Madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalash;
Jamiyatda milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlash.