June 11

MAGISTRLIK HIMOYASI

MAGISTRLIK HIMOYASI 2026-yil 11-iyun kuni Filologiya fakultetida Adabiyotshunoslik mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Himoya jarayonida magistrantlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati, erishilgan ilmiy natijalar hamda xulosalar taqdim etildi.
Himoya ishlari DAK raisi, Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori (DSc) H.A. Hayitov rahbarligida olib borildi. Komissiya tarkibida Buxoro davlat universiteti professorlari, filologiya fanlari doktorlari (DSc) D.Z. Rajabov va D.H. Quvvatova, BuxDPI o‘qituvchisi N.A. Bafoyeva, Buxoro Prezident maktabi o‘qituvchisi, f.f.f.d( PhD) M.S. Azimova, Buxoro shahar 24-maktabi oliy toifali ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi B.M. Raximov, 35-IDUM oliy toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi D.Jo`rayeva hamda kotib sifatida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent D. Sodiqova faoliyat yuritdilar.
Himoya jarayonida magistrantlarning ilmiy ishlari komissiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ilmiy tavsiyalar berildi. Yakunda magistrantlarning dissertatsiya ishlari ijobiy baholanib, ularga tegishli magistr akademik darajasini berish tavsiya etildi. Himoya ilmiy va amaliy jihatdan yuqori saviyada tashkil etildi.