October 24, 2025

SIYOSIY MA'RIFAT SOATI

SIYOSIY MA'RIFAT SOATI 2025-yil 24-oktabrda O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida navbatdagi Siyosiy ma’rifat soati tashkil etildi. Uni kafedra mudiri f.f.d.,professor D.Rajabov kirish so’zi bilan ochib berdi: Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi hamkorligida tayyorlanib, haftaning har juma kuni davlat xizmatchilari eʼtiboriga taqdim qilinayotgan “Siyosiy maʼrifat soati” bu boradagi oʻziga xos axborot platformasi vazifasini oʻtamoqda, desak, mubolagʻa emas. Unda davlat idoralari xizmatchilari faoliyatida zarur boʻlgan foydali manba haqida ma'lumot taqdim etilayotganligi ta'kidlandi. Kafedra mudiri, f.f.d.professor D.Rajabov Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qonuni haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek,
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomasi shakllari bilan professor-o`qituvchilarni tanishtirdi.