MA'RIFAT SOATI
2026-yil 16-iyun kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi. Yyoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, Vatan ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyati hamda ularning ilm-fan, madaniyat va innovatsiyalar sohasidagi faolligi haqidama'lumot berildi.
Ma’rifat soati davomida so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarning ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishlari zarurligi haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, yoshlarning ma’naviy barkamolligi, vatanparvarlik tuyg‘usi, kitobxonlik madaniyati va kasbiy mahoratini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.