September 26, 2022

Birinchi React dasturni yaratish | Hooks qo'llanma 2

Terminal yordamida birinchi react dasturingizni yarating va uni kompyuteringizda saqlang.

Bir sahifali React dasturlarini Create React App yordamida yarata olamiz.

Nodejs ni o'rnatish

Agar siz Windows ishlatadigan bo'lsangiz cmd(bundan keyin terminal deb yuritiladi) dasturiga kiring, Linux yoki MacOS da bo'lsangiz Terminal ni oching. Birinchi navbatda kompyuteringizda NodeJS dasturi o'rnatilganmi yoki yo'qmi shuni tekshirib olishingiz zarur. Buning uchun terminalga quyidagi buyruqni kiriting.

node -v

Agar terminal nodejs versiyasini ko'rsatsa, demak siz allaqachon Nodeni kompyuteringizga o'rnatgansiz. Create React App ishlashi uchun Node ni 10.16 yoki undan yuqori versiyasi bolishi kerak. Agar sizda Node bo'lmasa yoki to'g'ri verisyasi bo'lmasa uni bu yerdan https://nodejs.org/en/ o'rnatishingiz mumkin.

So'ngra npm - Node Package Manager ning 5.6 yoki undan yuqori versiyasi ekanligni tekshiramiz.

npm -v

Quyidagi kabi uni oxirgi versiyasiga yangilashiz mumkin.

npm install -g npm@latest

Create React App

Bizning setup imiz tayyor. Endi React dasturimizni yarata olamiz.

Desktop folderiga o'ting - yoki siz hohlagan ixtiyoriy folderga.

cd ./Desktop

Terminalga quyidagi buyruqni kiriting:

npx create-react-app my-app

Bu buyruq yangi React dasturini yaratadi va biz bu dasturni my-app deb nomladik. Albatta siz dastur nomini o'zgartira olasiz. Proyekt yaratilishi uchun biroz vaqt ketishi mumkin.

Proyekt folderiga kiring

cd my-app

Code editorni oching. Agar siz VS Code ishlatsangiz, quyidagi buyruqni kiritish orqali dasturingizni editorda ocha olasiz.

code .

Dasturingiz Code Editorda ochilishi bilan src folderiga o'ting va App.js faylini oching. Bu faylni dasturingiz qanday ko'rinishini hohlashingizga qarab istagancha o'zgartira olasiz.

Serverni ishga tushiring

npm start

Bu avtomatik ravishda dasturingizni default Browserning localhost:3000 serverida ishga tushiradi.

Serverni o'chirish uchun Terminalda Control(Ctrl) + C tugmalarini bosing.