November 5, 2024

TDYU Tsul UP loyihasi nizomi

I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda – TDYU) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Tsul UP loyihasini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Loyiha o‘zbek va rus guruhlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
3. Loyihada faqat TDYU talabalari ishtirok etishi mumkin.
4. Loyihaning umumiy jarayonlari TDYU Ma’naviyat va ma’rifat markazi ma’sulligi ostida shakllanadi.
5. Ushbu loyihada qatnashish uchun talabalar ingliz tilini lozim darajada bilishi so’raladi.
6. Har bir bosqichda 3 xil yo’nalishga ega bo’lgan savollar jamlanmasi guruhlarga beriladi. Bular:
- Huquqiy yangiliklar;
- Iqtisodiy yangiliklar;
- Siyosiy yangiliklar. (har bir tip uchun manbalar loyiha telegram kanalida taqdim etiladi.

II. Loyihaning maqsadi
7. Talabalarda zamonaviy hayotga oid eng dolzarb masalalar ustida baxs olib borish, erkin fikr bildirish ko‘nikmalarini shakllantirish, O’zbekistonda hamda xalqaro miqyosda sodir bo’layotgan so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lish, dunyoqarashini kengaytirish loyihaning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.

III. Loyihada ishtirok etish tartibi
8. Jamoa minimal 2 kishi maksimal 4 kishi tarkibida tashkil etilishi kerak.
9. Jamoaga shartli nom tanlanadi va unga jamoa a’zolaridan biri sardorlik qiladi.
10. Loyiha bosqichlarida jamoa a’zolari zaruratga ko‘ra aynan shu guruhda tahsil oladigan talabalalar bilan almashtirilishi mumkin

IV. Loyihani o’tkazish tartibi va muddatlari
11. Loyiha quyidagi uch bosqichda o‘tkaziladi:
Birinchi (o’tish) bosqichi. Mazkur bosqich da tegishli chegaradan yuqori ballni qo’lga kiritgan jamoalar keyingi bosqichga yo’llanmasini qo’lga kiritadi.
Ikkinchi (o’tish) bosqichi. Ushbu bosqichga yetib kelgan jamoalarning faqatgina 40%i keyingi final yo’llanmasini qo’lga kiritadi.
Uchinchi (final) bosqichi. Finalda eng yuqori ball to’plagan 3 ta jamoa o’rinlarga ega chiqadi, o’z o’rnida birinchi, ikkinchi hamda uchinchi o’rin.
12. Jamoa ballari har bosqich oldidan nolga tenglashtiriladi.
13. Ushbu loyiha ikki xil ko’rinishda o’tkazilishi mumkin. Biri, prezentatsiya orqali kichik ko’rinishda, ikkinchisi ochiq zalda tegishli qurilmalar yordamida.

V. Jamoalarning vazifalari
14. Loyihada sovrinli o’rinlarni egallash uchun albatta a’zolardan butun media olamidan xabardor bo’lishi, so’nggi media yangiliklaridan xabardor bo’lishi va albatta ingliz tilini puxta bilishi maslahat beriladi. Undan tashqari loyiha a’zolaridan kreativ hamda topqir bo’lishi so’raladi, qisqa fursatlarda savolga javob topish o’yin taqdirni hal etishini esdan chiqarmaslik kerak.

VI. Turnir shartlari
15.  Musobaqa vaqtida internet tarmog’i, elektron kitoblar orqali qo‘shimcha ma’lumot qidirishi, uyali aloqalardan foydalanish ta’qiqlanadi.
16. Jamolar o’yin paytida xech kim yordam sifatida ma’lumot berishi mumkin emas.
17. O’yin davomida ishtirokchilar loyiha qoidalariga qat’iyan rioya qilishlari shart.

VII. Hakamlik
18. Hakamlarning vazifalari:
Hakamlik bayonini to‘g‘ri olib borishi;
Munozarada belgilangan reglament bajarilishini nazorat qilishi;
G‘olib jamoani aniqlashi va qarorini tushuntirishi;
19. O‘zini manfaatlaridan kelib chiqan holda ma’lum bir jamoani himoya qilishi qat’iyyan taqiqlanadi. Qaror e’lon qilingandan so‘ng o‘z fikrini o‘zgartirishi mumkin emas.

VIII. Baholash me’zonlari
20. Bir kunda 10 ta 1 ballik hamda 10 ta 2 ballik savollar o’ynaladi. Ushbu tartib keyingi o’yin kunlariga ham qo’llaniladi. 1 ballik savollar uchun 45 sekund, 2 ballik savollar uchun 1 daqiqa vaqt qilib belgilangan.

IX. Tanlov g’oliblarini taqdirlash
21. Turnirda 1, 2 va 3-o’rinni qo’lga kiritgan jamoalar darajali diplomlar bilan hamda belgilangan tartibda moddiy rag’batlantiriladi:
22. Tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalarga tanlovning ko‘chma kubogi taqdim etiladi.
23. Tanlov g’oliblari homiy tashkilotlar tomonidan qo’shimcha ravishda rag’batlantirilishi mumkin.