H
@horcrux0301
1 post

TDYU Tsul UP loyihasi nizomi

I. Umumiy qoidalar 1. Mazkur nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda – TDYU) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Tsul UP loyihasini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Loyiha o‘zbek va rus guruhlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 3. Loyihada faqat TDYU talabalari ishtirok etishi mumkin. 4. Loyihaning umumiy jarayonlari TDYU Ma’naviyat va ma’rifat markazi ma’sulligi ostida shakllanadi. 5. Ushbu loyihada qatnashish uchun talabalar ingliz tilini lozim darajada bilishi so’raladi. 6. Har bir bosqichda 3 xil yo’nalishga ega bo’lgan savollar jamlanmasi guruhlarga beriladi. Bular: - Huquqiy yangiliklar; - Iqtisodiy yangiliklar; - Siyosiy yangiliklar. (har bir tip uchun manbalar loyiha telegram kanalida taqdim etiladi.