Suvni ifloslanishiga qarab turasizmi?
Hozirda turli sabablar bilan suv resurslari ifloslanib borayotganini va ularni ta'siri ko‘zga ko‘rinmas shaklda namoyon bo‘layotganini ko‘rib va sezib turibmiz. Suvning ifloslanishi – bu barcha darajadagi suv resurslari siyosatini doimiy baholash va yangilashni talab qiladigan muhim golobal muammo, shuningdek, dunyo bo‘ylab o‘lim hamda kasalliklarning asosiy sababidir. Olimlarning fikriga ko‘ra, suvning ifloslanishiga asosan insonlar sababchi bo‘ladi. Vulqonlar, bo‘ronlar, suvdagi yovvoyi va zararli o‘simliklar suv sifatinining o‘zgarishi hamda yomon ekolik holatlarni keltirib chiqaradi.
Suvning ifloslanishi quyidagi turlarga bo‘linadi:
— Yer usti suvlarining ifloslanishi;
— Nuqta manbaining ifloslanishi;
— Nission manba orqali ifloslanish;
— Yer usti suvlarining ifloslanishi;
— Materiyalar sababli ifloslanish;
— Neft to‘kilishi sababli ifloslanish.
Yer ustidagi oqimli suvlar, daryolar, lagonlar, ko‘l va okeanlar kab tabiiy suvlarga yer usti suvlari deb ataladi. Eritmalar, su'niy materiallar va insonlar tarafidan chiqarilayotagn chiqindilar oqibatida yer usti suvlarining ifloslanishi kelib chiqadi.
Nuqta manbaining ifloslanishi ya'ni, korxona, zavod, kanal va kanalizasiyalardan chiqayotgan chiqindilar ta'sirida ifloslanish. Mana shunday ifloslanishlar oldini olish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlari 1987 yilda “Toza suv to‘g‘risidagi” qonunni ishlab chiqdi. Bunga ko‘ra zavod, fabrika va korxonalardan chiqayotgan chiqindilarni qayta ishlash va suvlarga kelib qo‘shilishining oldini olish bo‘yicha qator chora tadbirlar ko‘rildi.
Keyingi ifloslanish turi bu nission manba natijasida ifloslanish ya'ni tarqalib ketgan manbalar oqibatida ifloslanish. Ushbu manbalarga qishloq xo‘jaligidan chiqayotgan chiqindilar bo‘ronlar va shamollar sababli suv tarkibi ustki qismining ifloslanishlari kiradi. Hozirgi kunda bu ifloslanish turi AQSh suvlarida sezilarli darajada ko‘p kuzatilmoqda. Ushbu muammoni tuzatish qiyin, ular chunki tabiat hodisalari orqali kelib chiqadi.
Oziqlantiruvchi ifloslanish – bunga misol sifatida oqova suvlarga kelib quyilayotagn kanalizasiya, og‘itlar hamda yuqori ozuqa moddalarini aytishimiz mumkin. Bunday og‘itlar suvga kelib tushishi natijasida suv o‘tlari o‘sish darajasi oshib ketadi. Oqibatda suvga yetarlicha kislorod yetib bormay, undagi boshqa tirik organizmlar halok bo‘ladi hamda suv harakatlanishdan to‘xtab oqova suv xususiyatini yo‘qotadi. Natijada suvning ifloslanishi yuzaga keladi.
Yer osti suvlarining ifloslanishi odatda tuproq bilan bog‘liq. Odamlar ekinlar uchun tuproqqa pestisidlar hamda kimyoviy moddalarni ishlatganda, ushbu moddalar yomg‘irlar va sug‘orish maqsadida foydalanilgan suvlar ta'sirida yuvilib ketib yer osti suvlariga qo‘shiladi hamda ularning ifloslanishiga olib keladi. Yer osti suvlarining ifloslanish miqdorini baholash uchun quduqlar qazib o‘rganish kerak.
Mikrobiologik ifloslanish – mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqarilgan moddalar orqali suvning ifloslanishidir. Suvda juda ko‘p mikroorganizmlar yashaydi. Ushbu organizmlar orqali suvlar ifloslanadi shuningdek, baliqlar, quruqlikda yashovchi jonzotlar va insonlarga jiddiy kasalliklar xavf sola boshlaydi. Mikroorganizmlarga bakteriyalar, viruslar va protoza kiradi. Suvda mavjud mikroorganizmlar tufayli vabo kabi ba'zi xavfli kasalliklar vujudga keladi. Ushbu kasalliklar odatda kambag‘al mamlakatlarda kuzatiladi, chunki, ular toza suvdan foydalanish imkoniyatiga ega emas.
Ba'zi bir ifloslantiruvchi moddalar suvda erimaydi chunki, ushbu modda molekulalari suv molekulalariga nisbatan ancha katta shu sababli suv molekulalari bilan aralashib ketishiga uzoq vaqt talab qilinadi. Ushbu zarralar oxir – oqibat suv tubida qalin loyqa bo‘lib to‘planib qoladi.
Neftning to‘kilishi butun dunyoda ko‘p miqdorda sodir bo‘lmoqda hamda jahon suv manbalarini ifloslantirishi bilan bir qatorda dengiz hayotini yo‘q qilib kelyapti. AQSh energetika hisob - kitoblariga ko‘ra, har yili 1 milliondan ortiq gallon moyi okean, daryo va suv havzalarini zararlaydi. Ushbu neft to‘kilishi tabiiy resurslarga katta zarar yetkazib kelmoqda. Bu hodisa turli xil sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Tabiiyki, buning natijasida dengizdagi tirik hayot nobud bo‘ladi va muzliklar erib ketadi hamda suv toshqinlari yuzaga keladi. Mana bittagina ko‘zga ko‘rinmas ehtiyotsizlik tufayli ulkan talofatga ega bo‘lgan global talofatlar sodir bo‘ladi.