H
@hulkarturob
12 posts

Barqaror boshqaruv rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Barqaror boshqaruv — bu tashkilot yoki korxona faoliyatini uzoq muddatli muvaffaqiyat, resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhit, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni muvozanatli hisobga olgan holda boshqarish tizimidir. Barqaror boshqaruvning asosiy maqsadi — tashkilotning barqaror rivojlanishini ta'minlash, uning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish va atrof-muhitga salbiy ta'sirini minimallashtirishdir.

Barqaror boshqaruv rejalarini ishlab chiqish.(The Aral sea wetlands)

2025-yil 8-mart kuni Buxoro shahrida “Oʻrmon ekotizimlarini saqlash va barqaror boshqarish: mahalliy hamjamiyat bilan oʻzaro hamkorlik va boshqaruv rejalarini ishlab chiqish” mavzusidagi davra suhbatlari turkumidagi 2-tadbir boʻlib oʻtdi.

Suvni ifloslanishiga qarab turasizmi?

Hozirda turli sabablar bilan suv resurslari ifloslanib borayotganini va ularni ta'siri ko‘zga ko‘rinmas shaklda namoyon bo‘layotganini ko‘rib va sezib turibmiz. Suvning ifloslanishi – bu barcha darajadagi suv resurslari siyosatini doimiy baholash va yangilashni talab qiladigan muhim golobal muammo, shuningdek, dunyo bo‘ylab o‘lim hamda kasalliklarning asosiy sababidir. Olimlarning fikriga ko‘ra, suvning ifloslanishiga asosan insonlar sababchi bo‘ladi. Vulqonlar, bo‘ronlar, suvdagi yovvoyi va zararli o‘simliklar suv sifatinining o‘zgarishi hamda yomon ekolik holatlarni keltirib chiqaradi.

Atrof-muhitni qadrlash   

Atrof-muhitni qadrlash tabiiy dunyo va uning ekotizimlarini tan olish, tushunish va hurmat qilishni anglatadi. Bu tabiatning qadr-qimmatini tan olish, inson faoliyatining atrof-muhitga ta'sirini tushunish, uni muhofaza qilish va saqlash uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni o'z ichiga oladi. Atrof-muhitni qadrlash ta'lim, shaxsiy tajriba va tabiat bilan bog'liqlik hissi orqali rivojlanadi.

Vobkentlik o'quvchilarga trening tashkil etildi.

Vobkent tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda AQShning Toshkentdagi elchixonasini grant mablag'lari asosida "Bolalarni iqlim o'zgarishlari haqida xabardorligi oshirish" mavzusidagi trening tashkil etildi. Loyiha doirasida o'quvchilar bilan trening tashkil etilib, "Yashil maktab" loyihasini tayyorlash va daraxtlar ekib, ekologiyani asrashga katta hissa qo'shishni maqsad qilingan.

Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirildi

Buxoro davlat universiteti Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan AQShning Toshkentdagi elchixonasi grant mablag‘i asosida treninglar tashkil etildi. Loyiha mavzusi “Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirish”. Treninglar viloyatning Jondor, Olot, Vobkent tumanlari va Buxoro shahridagi maktablarda tashkil etildi. loyiha doirasida bolalar bilan "Yashil maktab" ko'rgazmali taqdimoti tayyorlandi. Trening bolalarda katta taassurot qoldirdi.

Iqlim o'zgarishlari bolalarga qanday ta'sir qiladi.

“Tabiat va inson kapitalini rivojlantirish” markazi tomonidan tashkil etilayotgan "Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirish” mavzusidagi navbatdagi treninglar Buxoro shahridagi 16-maktab bolalari o‘rtasida tashkil etildi. Ushbu loyiha AQShning Toshkentdagi elchixonasi grant mablag‘i asosida tashkil etildi. Loyihani maqsadi bolalarni iqlim o‘zgarishining kelib chiqish sabablari, oqibatlari va barqaror yechimlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishdan iborat.

Iqlim o'zgarishi sabablari va oqibatlari nimalardan iborat?

“Tabiat va inson kapitalini rivojlantirish” markazi tomonidan tashkil etilayotgan "Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirish” mavzusidagi treninglar Olot tumanidagi 12-maktab bolalari o‘rtasida tashkil etildi. Ushbu loyiha AQShning Toshkentdagi elchixonasi grant mablag‘i asosida tashkil etildi. Loyihani maqsadi bolalarni iqlim o‘zgarishining kelib chiqish sabablari, oqibatlari va barqaror yechimlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishdan iborat.

Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirildi

“Tabiat va inson kapitalini rivojlantirish” markazi tomonidan AQShning Toshkentdagi elchixonasini tomonidan granti mablag‘i asosida moliyalashtirilgan “Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirish” loyihasi doirasida Jondor tumanidagi 13-maktabning 7-9 sinf bolalari o‘rtasida trening tashkil etildi. Loyixani maqsadi bolalarni iqlim o‘zgarishining kelib chiqish sabablari, oqibatlari va barqaror yechimlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishdan iborat. Loyiha doirasida treningda qatnashgan bolalar bilan “Yashil maktab-barqaror maskan” mavzusida ko‘rgazmali taqdimot tayyorlab, o‘z maktablarini kelajakda tejamkor va yashil maktab sifatida tasvirladilar. Loyixa doirasida maktab yer uchastkasiga xar bir bola...

Virtual suv nima?

Sevara Altiyeva, BuxDU Bioiqtisodiyot mutaxassisligi 1-bosqich magistranti