March 19, 2025

Barqaror boshqaruv rejalarini ishlab chiqish.(The Aral sea wetlands)

2025-yil 18-mart kuni Buxoro shahrida “Oʻrmon ekotizimlarini saqlash va barqaror boshqarish: mahalliy hamjamiyat bilan oʻzaro hamkorlik va boshqaruv rejalarini ishlab chiqish” mavzusidagi davra suhbatlari turkumidagi 2-tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu davra suhbati Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va Global Ekologiya Jamgʻarmasining “Dengiz havzasidagi hayotni barqaror va quruqlik degradatsiyasini qoʻllab-quvvatlashning asosi sifatida koʻllar, botqoq yerlar va qirgʻoq yoʻlaklarini saqlash va boshqarish” qoʻshma loyihasini amalga oshirish doirasida boʻlib oʻtdi.

Buxoro davlat universiteti "Yashil iqtisodiyot va agrobiznes" kafedrasi dotsenti, Tabiat va Inson kapitalini rivojlantirish markazi rahbari Hulkar Rustamovna Turobova ham ushbu davra suhbatida "Barqaror boshqaruv rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda jamoatchilikni o'rnini oshirish" mavzusi bilan ishtirok etdi. Ma'ruzada korxonalarda barqaror boshqaruvni samarali tashkil etish yo'llari haqida gapirib o'tildi.