December 1, 2024

Virtual suv nima?

Sevara Altiyeva, BuxDU Bioiqtisodiyot mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

Hayotiy tajriba va kuzatishlarimiz natijasida sho‘r suv, muzlagan suv, toza ichimlik suvi, texnik suv, loyqa suv haqida eshitganmiz. Ammo virtual suv tushunchasi haqida sizning xabaringiz bormi?

Virtual suv – bu oziq-ovqat yoki uni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan boshqa mahsulotlar tarkibidagi suv hajmi.

Odamlar suvdan bevosita va bilvosita maqsadlarda foydalanadilar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri maqsadlarga cho‘milish, ichish va pishirish kabilar kiradi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda shahar suv iste’molchilari shahar suv ta’minoti tizimi va uyning suv quvurlari tizimi orqali suvga ulangan. Odamlar jo‘mrakni ochadi, suv chiqadi va undan foydalanadi. Bilvosita suvdan (shuningdek, u "virtual suv" deb ataladi) foydalanish tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan suvni anglatadi.

Misol uchun, 1 kilogramm bug’doy ishlab chiqarish uchun bizga taxminan 1000 litr suv kerak bo’ladi, ya’ni 1 kilogramm bug’doyning virtual suvi 1000 litrni tashkil qiladi. 1 kg mol go’shti yetishtirish uchun 4,5 ming litr suv, 1 kg guruch uchun 1700 litr, 1 dona pomidor yetishtirish uchun 13 litr, 1 stakan qahva uchun 140 litr suv kerak bo’ladi.

Ratsionimizda mavjud bo’lgan odam boshiga virtual suv iste’moli ovqatlanish turiga bog’liq va yashash uchun kuniga 1 m3 dan, vegetarianlar uchun 2,6 m3 / kungacha va Amerikancha ko’p go’sht iste’moli uchun 5 m3 dan ortiq. Oziq-ovqatlarni isrof qilmaslik orqali siz suvni ham tejaysiz. Shuni esda tuting!

Keling, quyida ba’zi mahsulotlarni ishlab chiqarishda taxminan qancha suv sarf qilinishini ko‘rib chiqamiz:

  • 1 kg guruch ishlab chiqarish uchun 3000 dan 5000 litrgacha;
  • 1 kg soya uchun 2000 litrgacha;
  • 1 kg bug‘doy uchun 900 litrgacha;
  • 1 kg kartoshka uchun 500 litrgacha;
  • 1 dona tuxum uchun 200 litrgacha;
  • 1 ta jinsi kiyim uchun 7600 litrgacha;
  • 1 kilogram mol go‘shti uchun 15000 litrgacha;

Ma’lumot o‘rnida, butun dunyo miqyosida Xitoy eng ko‘p virtual suv sarflovchisi hisoblanib, mamlakatning virtual suv eksporti qayta tiklanadigan suv resurslarining 2,1 foizini va umumiy suvdan foydalanishning 8,6 foizini tashkil qiladi, shuningdek, jami tashiladigan virtual suvning 31 foizi Xitoyning ulushiga to‘g‘ri keladi.

Dunyodagi 92 foiz ishlatiladigan suv hajmi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Suv ko‘p istemol qiladigan g‘alla, sholi va makkajo‘xori yetishtirishga jahondagi chuchuk suvning 27 foizi sarflanadi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, go‘sht ishlab chiqarishga 22 foiz, sutga 7 foiz suv sarflanishi aniqlangan.