January 22, 2025

Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirildi

Buxoro davlat universiteti Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan AQShning Toshkentdagi elchixonasi grant mablag‘i asosida treninglar tashkil etildi. Loyiha mavzusi “Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirish”. Treninglar viloyatning Jondor, Olot, Vobkent tumanlari va Buxoro shahridagi maktablarda tashkil etildi. Loyiha doirasida bolalar bilan "Yashil maktab" ko'rgazmali taqdimoti tayyorlandi. Bolalar bilan maktab hudidiga daraxt ko'chatlari o'tqazildi. Trening bolalarda katta taassurot qoldirdi.