January 16, 2025

Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirildi

“Tabiat va inson kapitalini rivojlantirish” markazi tomonidan “Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirish” loyihasi doirasida Jondor tumanidagi 13-maktabning 7-9 sinf bolalari o‘rtasida trening tashkil etildi. Ushbu loyiha AQShning Toshkentdagi elchixonasi grant mablag‘i asosida tashkil etildi. Loyihani maqsadi bolalarni iqlim o‘zgarishining kelib chiqish sabablari, oqibatlari va barqaror yechimlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishdan iborat.
Loyiha doirasida treningda qatnashgan bolalar bilan “Yashil maktab-barqaror maskan” mavzusida ko‘rgazmali taqdimot tayyorlab, o‘z maktablarini kelajakda tejamkor va yashil maktab sifatida tasvirladilar. Loyixa doirasida maktab yer uchastkasiga har bir bola bittadan daraxt ekishdi. Trening bolalarda katta ta'surot qoldirdi.