Barqaror boshqaruv rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Barqaror boshqaruv — bu tashkilot yoki korxona faoliyatini uzoq muddatli muvaffaqiyat, resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhit, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni muvozanatli hisobga olgan holda boshqarish tizimidir.
Barqaror boshqaruvning asosiy maqsadi — tashkilotning barqaror rivojlanishini ta'minlash, uning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish va atrof-muhitga salbiy ta'sirini minimallashtirishdir.
Barqaror boshqaruv rejalarini ishlab chiqish tashkilot yoki korxona uchun uzoq muddatli muvaffaqiyat va barqarorlikni ta'minlash uchun muhim jarayondir.
Ushbu rejalar tashkilotning maqsadlariga erishish, resurslarni samarali boshqarish va tashqi va ichki o'zgarishlarga moslashish imkoniyatini beradi.
Barqaror boshqaruv rejalarini ishlab chiqishning asosiy qadamlari:
1. Maqsad va vazifalarni vniqlash- Maqsadlar SMART (Specific, Measurable, Achievable, Relevant, Time-bound) tamoyiliga asoslangan bo'lishi kerak.
2. Ichki va tashqi muhitni tahlil qilish. SWOT tahlili orqali.
3. Strategiyani ishlab chiqish. Tahlil natijalariga asoslanib.
4. Rejalarni tuzish 5. Ijro va nazorat. KPI (Asosiy ko'rsatkichlar) yordamida natijalarni o'lchash va kerak bo'lganda rejalarga o'zgartirishlar kiritish imkoniyatini yaratish.
6. Risklarni boshqarish 7. Barqarorlik va innovatsiyalarni rag'batlantirish 8. Xodimlarni jalb qilish va rivojlantirish 9. Moliya resurslarini boshqarish. 10. Natijalarni baholash va takomillashtirish.