January 19, 2025
Iqlim o'zgarishi sabablari va oqibatlari nimalardan iborat?
“Tabiat va inson kapitalini rivojlantirish” markazi tomonidan tashkil etilayotgan "Bolalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha xabardorligi oshirish” mavzusidagi treninglar Olot tumanidagi 12-maktab bolalari o‘rtasida tashkil etildi. Ushbu loyiha AQShning Toshkentdagi elchixonasi grant mablag‘i asosida tashkil etildi. Loyihani maqsadi bolalarni iqlim o‘zgarishining kelib chiqish sabablari, oqibatlari va barqaror yechimlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishdan iborat.