“Eng yaxshi huquq targʻibotchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!
Eʼlon qilingan nominatsiyalar boʻyicha 50 ga yaqin ishtirokchidan 400 dan ortiq material kelib tushdi.
Tanlov nizomiga muvofiq xakamlar hayʼati ushbu materiallarni oʻrganib chiqib baholadi.
Demak, gʻoliblar bilan tanishing:
1. “Huquqiy targʻibotdagi fidoyiligi uchun” nominatsiyasi boʻyicha:
Boboqul Toshev - Yuristlar malakasini oshirish markazi professori. Fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishda jonkuyarligi, yetuk huquqshunos kadrlarni tayyorlashdagi beqiyos xizmatlari uchun.
2. Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis” nominatsiyasi boʻyicha:
Chernikov Maksim Vasilyevich - Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari boʻyicha mutaxassis, uy boshqaruvchisi. Oʻz sohasida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar olib borishdagi faolligi, bu borada ijtimoiy tarmoq, saytlarda tahliliy chiqishlari uchun (50 ga yaqin).
3. “Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi jurnalist” nominatsiyasi boʻyicha:
Nazirov Dilshodbek Boxadirovich – “Oʻzbekiston 24” telekanali Xronikal-hujjatli filmlar va jurnalistik surishtiruvlar studiyasi bosh muharriri. Yurtimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning huquqiy asoslari, samarasi yuzasidan televizion tahliliy dasturlar – “Islohotlar samarasi” hamda “Qarama-qarshi” tok-shoulari uchun.
4. “Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi OAV” nominatsiyasi boʻyicha:
“Advokat” jurnali – Advokatlar palatasining jurnali. Jamiyatda inson huquqlari, advokatura sohasidagi eng soʻnggi yangiliklar, sohada kechayotgan dolzarb masalalarni doimiy ravishda tahliliy-tanqidiy yoritib kelayotgani uchun.
5. “Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi bloger” nominatsiyasi uchun.
Qobil Xidirov – “davletov.uz” telegram kanali admini. Qonun hujjatlari mohiyatini keng aholi qatlamiga sodda, tushunarli tilda yetkazib berishdagi faolligi uchun (“davletov.uz” telegram kanali aʼzolari soni 35 mingga yaqin).
6. “Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi uchun.
Kun.uz sayti – onlayn nashr. Fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini oshirishga qaratilgan dolzarb mavzularga tahliliy, tanqidiy yondashuvdagi materiallari uchun (200 dan ziyod).
7. “Mahallada huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi faolligi uchun” nominatsiyasi uchun.
“Mahalla” telekanali – MTRK tizimidagi markaziy telekanal. Mahallada inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirish, xalqimizning davlat hokimiyatiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlash borasidagi ishlarni keng va tahliliy yoritib kelayotgani uchun.
8. “Huquqiy targʻibotdagi eng yaqin hamkor” nominatsiyasi uchun.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi – nodavlat notijorat tashkilot. Qonun hujjatlarining mohiyati hamda ahamiyatini aholiga yetkazish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish, bunda yangi yondashuvlarni joriy etishdagi koʻmagi va qoʻllab-quvvatlovi uchun.
9. “Eng yosh huquq targʻibotchisi” nominatsiyasi boʻyicha.
Sultanova Niyozjon Ergashboy qizi – Xorazm viloyati yuridik kolleji oʻqituvchisi. Xotin-qizlarning jamiyatda faolligini oshirishga qaratilgan, shuningdek tashkilotlar va taʼlim muassasalarida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish boʻyicha targʻibot tadbirlarini keng yoʻlga qoʻyganligi uchun.
“Huquqiy targʻibotdagi eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi boʻyicha esa taqdim etilgan materiallar mazkur yoʻnalish talablariga toʻliq mos kelmagani uchun hakamlar hayʼati tomonidan ushbu yoʻnalishda gʻolib aniqlanmadi.
Har bir nominatsiya boʻyicha gʻoliblar diplom, statuetka va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Taqdirlash marosimi vaqti va joyi haqida qoʻshimcha maʼlum qilinadi.