January 13, 2022

Gidrometeorologiya faoliyati Qonun bilan tartibga solindi

"Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun (O‘RQ–745-son, 12.01.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonun bilan gidrometeorologiya faoliyatini tartibga solish tartibi belgilandi.

Gidrometeorologiya xizmati ushbu faoliyatdagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Gidrometeorologik axborot (atrof tabiiy muhit holatining kuzatuvlari natijalari) ochiq va ishonchli bo‘lishi kerak.

Gidrometeorologiya xizmati davlat organlarini, jismoniy va yuridik shaxslarni iqlim o‘zgarishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi axborot bilan taʼminlaydi.

Bunda umumiy gidrometeorologik va tezkor gidrometeorologik axborotlar Gidrometeorologiya xizmatining rasmiy veb-saytiga va Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.