January 27, 2022
Xalqaro aeroportlarda aviaspotting bilan shug‘ullanish uchun kuzatish maydonchalari faoliyat ko‘rsatadi
Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–103-son, 26.01.2022 y.) qabul qilindi
Qaror bilan yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda asosiy yo‘nalishlar belgilandi.
Jumladan ehtiyojmand aholi qatlamlari zarur dori vositalari bilan bepul taʼminlanadi.
- yiliga bir marta 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan aholining salomatlik profili (ovqatlanish xarakteri, tamakiga qaramlik, tana vazni indeksi, arterial bosim, qondagi qand va xolesterin darajasi va boshqalar) baholanadi;
- 40 yoshdan oshganlar yiliga kamida bir marta skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi;
- yurak-qon tomir kasalliklari aniqlanganlarning yagona elektron reyestri yuritiladi va reyestrdagi 200 mingdan ziyod aholiga enalapril (Enalapril) dori vositasi bepul beriladi;
- ehtiyojga ko‘ra tuman (shahar) shifoxonalari koagulometr uskunasi va zarur reaktivlar bilan taʼminlanadi.
2023 yil 1 yanvargacha yurak-qon tomir kasalliklari xavf-stratifikatsiyasini baholash uchun mobil ilovayaratiladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallarida kardiologiya yo‘nalishida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bosqichma-bosqich 15 turdan 35 turgacha oshiriladi.