Tibbiyot sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi
Prezident farmoyishi (F–33-son, 24.03.2022-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Yo‘l xaritasi 7 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, unda, jumladan quyidagilar belgilangan:
- 2022-yilda 136 ta va 2023 yilda yana 140 ta yangi poliklinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- 2023-yildan joylardagi poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish;
- Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lashni yo‘lga qo‘yish.
- barcha tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida bolalar bo‘limini tashkil etish;
- tibbiyot brigadalariga 2022–2023 yillarda qo‘shimcha 8 500 ta hamshira va doya shtat birliklarini berish;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli ko‘rikdan o‘tkazish tizimini joriy qilish.
Tajribali shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat berish;
3-15 yoshdagi bolalarni 2022-yil 1-iyuldan yod preparati bilan bepul ta’minlash;
Yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
- sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining oylik maoshini malaka toifasiga qarab qo‘shimcha 15 foizgacha oshirish;
- yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga qo‘shimcha 25 foiz miqdorida ustama to‘lashni joriy etish.
- barcha tibbiyot xodimlari uchun dastlabki va davriy kasbiy tibbiy ko‘rikni bepul o‘tkazish;
- qon bilan bevosita ishlayotgan tibbiyot xodimlarini gepatit “B” kasalligiga qarshi bepul emlash.
- hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyot OTMda davlat grantlari asosida qabul kvotalari maqsadli oshirib borish;
- ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya ishi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor sohadagi mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga davlat grantlarini 4 baravarga oshirish.
Olis va chekka hududlar oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarining shifokorlari oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 mln so‘m har oylik ustama belgilash.
“Qishloq shifokori” dasturi doirasida jalb qilingan shifokorlarga ipoteka asosida uy-joy sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha qismini mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan qoplab berish.
Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlarni klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilish.
O‘z mahallasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, shaxsiy namuna ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillariuchun “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishonini ta’sis etish.