January 22, 2022

Hokimliklar huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etildi

“Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–54-son, 21.01.2022 y.) qabul qilindi.

Farmon bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etildi.

Jamg‘armalarni shakllantirishning asosiy manbasi yerni xususiylashtirishdan va yerni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘lar hisoblanadi.

Jamg‘armalar mablag‘lari quyidagilar uchun sarflanadi:

  • “Yangi O‘zbekiston”, davlat uy-joy dasturlaridagi massivlarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya bilan taʼminlash;
  • 200 milliard so‘mdan oshadigan, investorning o‘z mablag‘lari 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash;
  • aholi punktlari bosh rejalari, hududlarning maʼmuriy-rejalashtiruv topshiriqlari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish.

Farmon bilan shuningdek, Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi tugatildi.