Xonandalardan daromad solig‘i undirish miqdorlari belgilandi
“Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–168-son, 13.07.2022-y.) qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi ijrochilarning reyting guruhlari soni 6 tadan 3 taga qisqartirildi.
Reyting guruhlari quyidagicha taqsimlanadi:
- respublika hududida va uning tashqarisida yakkaxon konsert tashkil etish;
- II va III reyting guruhlari ijrochilari uchun nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish;
- bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturida, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturida qatnashish;
- OAVda qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish;
- III reyting guruhi ijrochisi uchun nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish;
- to‘y, yubiley, tantanalarda konsert-tomosha xizmatlarini ko‘rsatish;
- sozanda va raqqos(a)lar tomonidan bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturlarini tashkil etish va ularda qatnashish.
Konsert-tomosha faoliyati litsenziyasi uchun davlat bojini undirish 2022-yil 1-sentyabrdan:
Davlat boji stavkalari pasaytiriladi:
- I reyting guruhi uchun BHMning 20 baravari;
- II reyting guruhi uchun BHMning 10 baravari;
- III reyting guruhi uchun BHMning 3 baravari;
Quyidagi san’atkorlar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi:
- yoshga doir pensiya olish huquqiga ega;
- nogiron;
- ta’lim muassasalarida o‘qiydigan talabalar – o‘qish muddati davomida;
Yuridik shaxs tashkil etgan ijodiy jamoalardan davlat boji yagona litsenziya bo‘yicha undiriladi.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar daromad solig‘ini deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashi mumkin.
2024-yil 1-yanvardan xonandalardan, 2026-yil 1-yanvardan qolgan ijrochilardan daromad solig‘i faqat deklaratsiya asosida undiriladi.
Deklaratsiya asosida soliq to‘lashni tanlagan ijrochilar uchun:
- yillik umumiy daromadning 30 foizidagi xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmagan holda chegiriladi;
- xarajatlar summasi daromadning 30 foizidan oshganda daromadning 10 foizi miqdori chegiriladi;
- litsenziya uchun undirilgan davlat boji va ijtimoiy soliq summalari xarajat sifatida qayd etiladi hamda daromadlar tarkibidan chegiriladi.
Qat’iy belgilangan miqdordagi soliq to‘lashni tanlagan ijrochilardan daromad solig‘i bir yilda bir marta quyidagi miqdorlarda undiriladi: