Dzyudo va qo‘l jangi sport turlari yanada rivojlantiriladi
Dzyudo hamda qo‘l jangi sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarorlari (PQ–286-son, PQ–287-son, 20.06.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan an’anaviy tarzda dzyudo sport turi bo‘yicha O‘zbekistonda quyidagi musobaqalar o‘tkaziladi:
- kattalar o‘rtasida “Katta dubulg‘a” xalqaro turniri;
- Osiyo chempionati g‘olibi va Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida xalqaro turnir;
- maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Xalq ta’limi vaziri kubogi”;
- o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari o‘rtasida “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri kubogi”;
- Qurolli Kuchlar tizimida “Mudofaa vaziri kubogi”;
- 2024–2025-yillarda harbiylar o‘rtasida Jahon chempionati.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov hamda Urganch dzyudo sport mahorati maktablari (dzyudo maktablari) davlat sport-ta’limi muassasasi sifatida tashkil etiladi.
Dzyudo maktablariga o‘qishga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda ta’lim olish muddati 7 yil etib belgilanadi.
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dzyudo sport turini rivojlantirish bo‘yicha “Bolalar uchun dzyudo” dasturi;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Maktabgacha dzyudo” loyihasi joriy qilinadi.
2023-yildan dzyudoni o‘quvchilar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha tanlangan maktablarni o‘quv qo‘llanma, tatami, aksessuar va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash uchun har yili 5 milliard so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi.
“Bolalar uchun dzyudo” dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan dzyudo zallarida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi huzuridagi Dzyudo sport klubining filiallari tashkil etiladi.
O‘zbekiston Milliy universitetida 2022/2023-o‘quv yilidan “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi.
Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida O‘zbekiston dzyudo akademiyasi tashkil etiladi.
Shuningdek, 2023-yildan an’anaviy tarzda qo‘l jangi sport turi bo‘yicha:
- har yili Toshkent shahrida 14 yanvar ‒ Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Qurolli Kuchlar chempionati hamda o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlik va jasorat ko‘rsatib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar xotirasiga bag‘ishlangan Xotira turniri tashkil etiladi;
- har yili Namangan shahrida professional sportchilar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turniri o‘tkaziladi;
- har ikki yilda bir marotaba Qarshi, Samarqand va Buxoro shaharlarida yoshlar o‘rtasida “Amir Temur kubogi” xalqaro turniri o‘tkaziladi.