August 1, 2023
Abituriyent qanday huquq va majburiyatlarga ega? Nimalarga shaxsan javobgar?
Abituriyent quyidagi huquqlarga ega:
- test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
- test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan soʻng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari oʻtkaziladigan hududdan chiqib ketish.
Abituriyent quyidagilarga majbur:
- test sinovlari oʻtkaziladigan kuni binoga belgilangan vaqtda kelish (abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan);
- shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirish;
- test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
- javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishini ta’minlash;
- test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.
Abituriyent quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:
- javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan toʻldirish;
- javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizigʻiga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyamaslik;
- javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat boʻlganligi uchun uni toʻgʻri toʻldirish;
- belgilangan vaqt tugagunigacha test topshiriqlarini bajarib, javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini boʻyab, test topshiriqlari kitobini va unga mos boʻlgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.