December 29, 2021

Mahalliy byudjet hisobotlari tashqi auditdan o‘tkaziladi

Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–740-son, 28.12.2021 y.) qabul qilindi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda viloyatlarning mahalliy byudjetlari loyihalari Hisob palatasiga xulosa berish uchun taqdim qilinadi.

Shuningdek, Hisob palatasi mahalliy byudjetlarning ijrosi bo‘yicha hisobotni tashqi auditdan o‘tkazadi.

Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi Hisob palatasi xulosasi asosida Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Endilikda tuman va shahar byudjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi. (ilgari 10 foiz edi)

Rezident-yuridik shaxslarga byudjet ssudalari va kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizidan kam bo‘lmagan foizda beriladi.

Markaziy bank asosiy stavkasi bugungi kunda 14 foiz, byudjet ssudalari va kreditlar 7 foizdan kam bo‘lmagan foizda beriladi.