September 10, 2025

PATIENVICE 21-qism

— Mening otamning haqiqiy ismi… — Taehyung bir necha soniya jim bo'lib qoldi, keyin esa Chonning yuzidagi g'azabli jinnilikni kuzatib biroz tabassum qilib, davom etdi: — Tekvan. Uning ismi Tekvan edi. Tejun ancha keyin, otang bilan “WINGS” kompaniyasini yaratganlaridan keyin qo'yilgan . M-m-m, o'g'illarining ismlarini bo'g'inlarini birlashtirgan menimcha.

Chonguk do'stiga ishonchsiz ko'zlar bilan qarab qo'yib yubordi. Atrofdagi musiqa yigitning ko'z oldida bir butun tushunarsiz shovqinga aylandi, olomon esa xira dog'ga.

— Sening onang janob Chonga xiyonat qilmagan… bizning ota-onalarimiz sening otang unga uylanishidan oldin uchrashishgan. Sen shuncha vaqt davomida o'zingni fahisha onangga nisbatan nohaqlik qilgansan, — Taehyung lablarini yalagancha biroz tabassum bilan gapirdi.

— Sen bularning barchasini qayerdan… — Chonguk gapini tugatmadi. U do'stining kulayotgan yuziga oxirgi marta qaradi va go'yo aqldan ozgandek, klubning chiqish eshigiga otildi, yo'lida uchragan hamma odamlani kuch bilan itargancha yurib ketti.

— Bo'lishi mumkin emas! Suka! — yigitning qichqiriqlari baland musiqa ovozlarida yo'qolib ketdi.

~~~~~~~~~~

Aseel allaqachon uchinchi marta soatni ko'rish uchun telefon ekraniga bosdi.
Tungi soat uch, ammo Chonguk hali ham yo'q edi. Qiz to'shakda o'girilardi, ba'zan yopinchig'ini yon tomonga otib, ba'zan unga o'ralib yotardi. Ochiq derazadan esayotgan salqin shabada umuman sovutmasdi, choyshablar esa allaqachon o'zining yoqimli salqinligini yo'qotgandi.

Erining tomoniga ag'darilib, Aseel yonboshlab yotdi va qorong'ulik orqali shiftga qaradi, ko'zlarini yumishni ham unutib tikilib qoldi
O'z hayoti haqidagi barcha o'ylar uni uyqusidan butunlay mahrum etdi, faqatgina notinch qalbning yopishqoq holatini qoldirdi. Qiz o'zining haqiqiy yuzini yashirmagan Chonguk bilan hayotining keyingi davri nimalarga olib kelishini mutlaqo tasavvur qila olmasdi. Aseel o'zining keyingi hayoti uchun xavotirda edi, kimdan yordam so'rashni, kim bilan bo'lishishni bilmasdi. O'zining yolg'izligi haqidagi tushunchadan ko'zlari yoshlandi, baland ovozda yig'lab, maslahat so'rashni, yordam so'rashni, o'tmishni qaytarishni istardi… o'sha o'tmishda u shunchaki skameykada o'tirib, navbatdagi kitobni o'qib, faqat onasi kechki ovqatga nima mazali narsa tayyorlashi va universitetdagi navbatdagi testni qanday topshirish haqida o'ylardi.
Kvartirada ochilgan eshikning ovozi yangradi. Aseel seskanib, birdaniga o'z tomoniga o'girildi va yuzini devorga qaratib, kaftlarini yuzi ostiga qo'ydi.
Kalitlar jarangladi, ular aniq yerga tushib ketgandi, so'ngra Chonning g'azablangan so'kinishi eshitildi.
Yigit, ichilgan alkogoldan biroz tebranib, yotoqxonaga kirdi va chiroqni yoqmay, kiyimlarini yechishni boshladi. Faqat ichki kiyimda qolib, xotinining tanasiga nigohini jamlashga urindi, biroq mastlik pardasi uni aniq ko'rishga xalaqit berardi.
Otasi bilan suhbat yigitni o'zini yo'lidan butunlay og'dirib yubordi. Uga hozirgacha odatiy bo'lib tuyulgan hamma narsa, endi uzoq bo'lgan narsaga aylangandi… go'yo butun umri davomida u bir dasta yolg'on va o'zining xatolari ustida yashagandek. U hech qachon onasini fohisha deb atash, uning obraziga tupurish imkoniyatini boy bermasdi. U onasi haqidagi xotirasini bulg'agan, faqat shunday qilib u o'zini fohisha ayolning o'g'li tamg'asidan qutqara olaman deb o'ylagan edi.

— Bu seni onang fohisha bo'lganligi haqidagi faktni bekor qilmaydi! U qornida Tedjunni bolasini ko'tarib yurgan edi! Garchi bu o'z joniga qasd qilish bo'lmasa-da, u xuddi xoin Kim kabi o'limga loyiq bo'lgan!

Otasini so'zlari miyasida aralashib ketardi, Taehyungni gaplariga, onasining xiyonat qilmagani va bularning barchasi o'tmishda bo'lgani Chongukni hayollarini chalg'itardi.

— Sen mening o'g'limsan! Mening! Men shubhalana boshlashim bilan darhol DNK testi o'tkazgan edim! "Kim"ning o'g'liman deb hatto o'ylashga ham jur'at qilma! Sen mening yagona merosxo'rimsan!

Otasi qanday g'azab bilan o'z nutqini aytgandi… va Chonguk bundan shubhalanmasdi, unda otasidan o'tgan juda ko'p narsa bor edi. U boshqa narsadan shubhalanardi… uning onasini o'z eri, u otasi deb atagan odam o'ldirgani.

Homilador onasini…

Qayerda haqiqat, qayerda yolg'on ekanligini va qayerdan boshlashni bilmaslik Chonni qiynardi.
Uning uchun yagona yo'l ichkilik edi, ammo bu yerga ham otasi aralashdi. Unga spirtli ichimlik bilan oshqozonini to'ldirishga va, barcha fikrlardan qochishga ruxsat bermadi.
Chonguk krovatga chiqib darhol boshini yostiqqa tashladi. U ehtiyotkorlik bilan Aseelni o'ziga tortdi, burnini uning ensasiga tiqdi va o'zining go'zal karamchasining shunchalik yaqin bo'lib qolgan hididan nafas oldi.
Qiz endi o'zini uxlab yotgandek ko'rsata olmasdi, u eriga yuzini burdi va yigitning bo'yniga pichirladi:

— Sen ko'p ichibsan. Va yana… sendan ayollar atirini hidi kelyapti…

Chonguk mast bo'lmaganida, u Aseelning ovozidagi xafagarchilikni his qilgan bo'lardi.
Uning so'zlariga izoh berish o'rniga, yigit xotinining plastir yopishtirilgan barmog'ini o'z lablariga olib bordi va o'pdi.
— Og'ridimi? — u ikkinchi qo'li bilan Aseelning yuzidan soch tolalarini olib so'radi.
Qiz boshini salbiy tomonga qimirlatdi, barmog'ini olib, kaftini Chongukning ko'kragiga bosdi.

— Sen o'zingni asrashing kerak… senga hech narsa bo'lmasligi kerak… — Yigit kafti bilan qizning sochlari bo'ylab yurgizdi, ularni barmoqlari orasidan o'tkazdi.

— Menga o'zing og'riq berishingdan qo'rqaman… Chonguk . — Aseel erkakning ko'kragiga suyandi, yuzini unga iloji boricha qattiqroq bosdi. U o'zini butunlay yigitning ixtiyoriga berdi, u uni tinchlantirishini, hamma narsa yaxshi bo'lishini va u hech qachon unga og'riq bermasligiga ishontirishini xohladi, biroq javob o'rniga u faqat jimlik va sukunatni oldi, Sukunatni esa faqatgina Chongukni yengil o'pich ovozlari buzardi. — Biror narsa de, iltimos… — qiz titroq ovoz bilan so'radi, barmoqlari bilan erining bilagini qisdi. Bunday holatda, yigitning mustahkam qo'llarini bunchalik yaqin his qilish ayniqsa yoqimli edi… u o'zini himoyalangan his qilayotgandi, faqat o'zini aslida kimdan himoya qilishni o'zi ham bilmasdi?..

— M-m-m… — Chonguk pichirlab Aseelni yotqazib o'zi uning soni ustiga o'zining oyoqlariga tayangan holda og'irligini tashlamasdan o'tirdi. Qiz ko'ylagini yechishga yordam berish uchun biroz gavdasini ko'tardi. Yigit koylakni yechib yon tomonga uloqtirdi va qo'llari bilan qizning bo'ynidan ushlab o'zining yuziga yaqinlashtirdi. U Aseelni o'pish uchun boshini ushlab turdi va bosh barmog'i bilan jag'iga bosdi, og'zini ochdi — Atir hidi klubdagi qizlardan qolgan, ammo men ular bilan jinsiy aloqa qilmadim… — Chon o'zini oqlamadi, ammo buni aytishi kerakligini his qilgandi. Hayotida birinchi marta hozirgi holatlarini romantik atmosferada ekanligini his qildi: atrofda qorong'ulik, faqat ularning tinch suhbatlari bilan buzulayotgan sukunat, yonida uning nozik karamchasi va o'zining qonidagi alkogol…

Chonguk xotinini ichki kiyimdan xalos qilish uchun biroz pastga egildi, nigohlarini esa nozik ismini kaftlari bilan yopishga urinayotgan qizdan uzmasdi. So'ng o'zi ham o'rnidan turib ich kiyimini yechdi, ularni xuddi Aseelning kiyimlari otilgan joyga uloqtirdi. U qizning qo'llarini olib, uning nozik barmoqlarini o'ziniki bilan birlashtirib ularni boshining ikki yonida ushlab oldi.
— Uyalishni bas qil… — Chonguk uning lablariga pichirladi.

Aseel erining butun istagi* uning soniga tegib turganini his qildi va uning har qanday erkalashiga javob berishga tayyor edi…

U hozir erining erkalashlariga juda ham muhtoj edi…

Yigit sekin tizzasi bilan qizning oyoqlarini yoydi va tanasini qulay joylashtirib huddi aloqa* qilayotgandek tanasini imitatsiya qildi.

— Meni ham xohlayotganingni ayt… — qizni lablaridan o'zini zo'rg'a tiyib Chonguk dedi. U nozik so'zlarga hech qachon bunchalik muhtoj bo'lmagan edi.
O'z xotinining so'zlariga…

— O'zing tekshirib ko'r… — qiz erining qulog'iga yaqinlashib past ovozda pichirladi.
Hali ham qizni qiynab kelgan qo'rquv, Chongukning bu lahzadagi xatti-harakatlari tufayli butunlay chekindi…

U uni xohladi, g'ayrioddiy darajada xohladi, bunday xotirjam va zaif… u hozirgacha hech qachon o'zida uni his qilishni, unga tegishli bo'lishni, Chongukning mustahkam, egalik qiluvchi quchoqlarida butunlay ko'milishni istamagan edi.

Chonguk xotining harakatlaridan jilmayib oldinga itarildi, lazzat bilan chuqur nafas olib Aseelning ichi*ga kirdi. Qiz uni qulayroq qabul qilish va uning o'ziga osonroq kirishi uchun oyoqlarini yanada kengroq yoyishga harakat qildi.
Ikkisi ham tartibsiz o'pichlar orasida ehtiros ovozlarini ushlab tura olmasdilar.

— Sen meni shunchalik kuchli xohlayapsan-ki… — yigit Aseelning lablari yonida chuqur nafas chiqardi, — Menga xiyonat qilishga, yolg'on gapirishga jur'at etma…hech qachon... — u o'zini ortiq ushlab tura olmasdan sonlari bilan qattiqroq itarildi va butun uzunligi*cha Aseelni ichiga kirdi.
Chonning so'zlari Aseelni hushiga keltirgandek bo'ldi. Ko'z burchaklaridan yosh tomchilari dumaladi, u qo'llari bilan yigitni o'ziga qattiqroq tortdi, shu bilan o'zining kichik xatosi uchun jimlikda kechirim so'ragandek edi. Qiz yigitning har bir itarilishiga javob berardi, uni o'ziga iloji boricha chuqurroq qabul qilishga, Chongukni butun kuchini o'zida to'liq his qilishga harakat qilardi. Hech qachon u yigitning orqasi bo'ylab qo'llarini bunchalik ochiq-oydin yurgazmagan edi, kaftlari erining terdan qanday ho'l bo'layotganini his qilayotgandi.

— Menga… bu shunchalik yoqyabtiki… — u bu so'zlarni samimiy va o'zining butun istagini qo'shib aytganiga o'zi ham ishonmasdi. — Chonguk…

Qizning ichida barcha narsa birgina tunda eri unga bera olgan hayajondan yonardi.
U doim shunday bo'lishini xohlardi… u bilan va uning ostida…

~~~~~~~~

Aseel butun tanasida o‘tgan tunning yoqimli charchog‘ini his qilib uyg‘ondi. Ular Chonguk bilan tongga yaqin uhlashdi. Ikkalasi ham bir-biridan ajralishni istamasdi, shuning uchun birinchi jinsiy aloqadan so‘ng, yigit ko‘p o‘tmay ikkinchisiga tayyor bo‘ldi. U tun bo'yi qizning qulog‘iga mehrli so‘zlarni pichirlashdan charchamadi, buning evaziga esa qizdan uyalish va o‘ziga yoqimli so‘zlarni oldi. Chonguk ancha vaqt xotinining qorniga boshini qo'ygancha yotib, barmoqlari bilan uning nam intim sohasiga teginishdan tiyilmadi.

— Hatto bu yering ham senda qandaydir… o‘zgacha.. — yigit o‘ylangan holda so'zlarini cho‘zdi, tong otishining xira nurida Aseelning yalang tanasiga tikilgancha, unga ustini yopib olishga ham ruhsat bermadi.

Faqatgina qiz dush qabul qilishi va ibodat vaqti yaqinligini aytganidan keyingina Chonguk norozi holda uni quchog‘idan qo‘yib yubordi. Aseel eriga u ham musulmon ekanligini, u ham yuvinib ibodat qilishi kerakligini eslatib qo‘ydi, ammo unga javoban eri shunchaki kinoya bilan kulib javob berdi:

— Men baletda ham ajoyib raqsga tushaman va uch marta kosmosga uchganman.

Aseel bu mavzuni ortiq davom ettirmadi, chunki erining javobi iymon u uchun fantastika, uzoq va imkonsiz narsadek ekanligini yana bir bor eslatgandi.

Qiz qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, cho‘zildi. U yonida tinch uxlab yotgan Chongukka qaradi. U yosh boladek lablarini burib xatto uyqisida ham nimadandir norozi erini shishgan yuzini o‘pishni hohladi. Ammo erining telefoniga kelgan xabarni ovozi uni fikridan chalg‘itdi. U uxlayotgan odamni bexosdan uyg‘otib yubormaslik uchun asta yotoqdan turdi va oyoq yalang holda erining tumbochkasiga yaqinlashdi, ekranda qiz bolaning ismini ko‘rmaslikka umid qilib duo qildi. Faqat bu tundan keyin emas…

Aseel uxlab yotgan Chongukka bir qarab, telefonni ehtiyotkorlik bilan qo‘liga oldi va yoqish tugmasini bosdi.

Afsuski qiz bolaning ismini ko‘rgani yaxshi edi…

Chunki displeyda u eng qo‘rqqan ism porlab turardi.

Kim Taehyung u o‘ylaganidan ham tezroq harakat qildi…

Labini tishlagan qiz titrayotgan qo‘llari bilan kelgan xabarni ochdi va unda o‘zining Yungi bilan yonma-yon turgan rasmini ko‘rdi. U uzoq o‘ylab o‘tirmadi, ekranning pastki burchagidagi kichkina savatni bosdi.
O‘chirish… bu vaqtdan yutishiga yordam berishi kerak. U keyin nima qilishni va bularning barchasini Chongukka qanday tushuntirishni o‘ylab ko'radi…

— Taehyung, iltimos menga bir oz vaqt ber, bu narsani ikkinchi marta jo‘natishdan oldin imkon ber… iltimos, — u juda sekin, Chongukga qarab pichirladi.

~~~~

— Telefon bolalarga o‘yinchoq emasligini eshitmaganmisan? — Taehyung beliga sochiq o‘rab olgan holda hammomdan chiqdi. Boshini chayqagan holda peshanasidagi nam sochlarini silkitdi.

— Men yana seni yomon yigit deb ham eshitganman. — Djimin soxta tabassum qilib, unga yaqinlashayotgan yigitga qaradi.

— Vah, bu haqda senga aytishganmidi? Akang menga qisqacha tavsif berganmi?

— Ha, lekin uning tavsifi qisqa emasdi, lekin ikki og‘iz so‘z bilan aytganda: sen jiddiy emassan, beqarorsan va yana «emas-» qo‘shimchasi bilan boshlanadigan bir qancha hislatlar. Men unga biz yotib yurganimizni aytsam, ro‘yxat yanada uzunroq bo‘lishi aniq. — U yelkasini qisib jilmaydi.

— Demak, men sen bilan jinsiy aloqa qilib yurganimni aytmagansan? — Taehyung divanni aylanib o‘tib, qizning orqasiga turdi va tirsaklari bilan tayanib ularni mebelning suyanchig'iga qo‘ydi.

— Tasavvur qilib ko‘rchi, buni aytsam qanday bo‘ladi? "Salom, oyijon, dadajon, Jimin, men va Taehyung uchrashyapmiz va u o‘zining katta a'zosini meni kichkinagina bokira teshikchamga tiqib yuribti. Men uni kechki ovqatga taklif qilsam bo'ladimi?" — Djimin ovozini kulgili darajada pasaytirib, o‘ziga taqlid qilgancha gapirdi.

— Katta a'zo uchun rahmat. Bilasanmi, faqat yotoqdagi ishlarim uchun emas, balki a'zoyim kattaligi uchun ham qadrlashsa yoqimli bo‘lar ekan… — Kim o‘ylangancha gapirdi.

Qiz kulib, boshini ko‘tardi va Taehyungni lablaridan o‘pish uchun o‘rnidan turdi.

— Aslida, men ularga aytmoqchiman. Ular seni bolaligingdan bilishadi… ular bunga qarshi bo‘lishmasa kerak. Va Jimin… bunga chiday oladi deb o'ylayman. — U Taehyungni bo‘yniga qo‘llarini qo‘yib, uni o‘ziga yaqinroq tortdi.

— Kichkina Park o‘z yigitini otajonisi bilan tanishtiradi… — yigit har bir so‘zni lablarida his qilgandek sekinlik bilan gapirdi. — Bu juda yoqimli eshitilyabti.

Aqlga sig‘maydigan darajada yoqimli…

Eng muhimi, mukammal Park oilasi qizlari ular uchun tayyorlayotgan taomdan bo‘g‘ilib qolmasligi kerak.
Taehyung qizning qo‘lidan telefonini oldi va dovdirab qolgan Djiminga tikilib, ajablangan holda qoshlarini ko‘tardi.

— Bizning jizzaki Chonguk yostig‘i ostida qurol saqlashidan qo‘rqmaysanmi? Bunday xabardan keyin u nima qilishinichi?… — u qizning harakatidan kulib, ko‘zlarini telefondagi Chonguk bilan ochiq dialogga o‘tkazdi, u yerda Chonga rasm yuborilgan edi. — Musulmon qiz bunday dugonasidan o‘z vaqtida qutulgani uning omadi bo'lsa kerak. To'g'rimi?

— Men uni juda yomon ko‘raman! O‘sha sotqinning borligi meni aqldan ozdiradi! Nima uchun bunday bo‘layotganini bilmayman, lekin bunga chiday olmayabman! — Djimin qo‘llarini asabiylashib silkigancha gapirdi. Qiz Taehyungni oldida o‘z harakatini oqlashga urinayotgandek edi, u esa faqat uning har bir so‘ziga tabassum bilan bosh irg‘adi halos.

— M-m-m, sen Chongukga o‘xshab ketyabsan. Ikkalang ham musulmon qizga nisbatan kuchli hissiyotlarga egasizlar, ammo faqatgina his-tuyg‘ular har xil, — yigit xotirjam gapirdi.

— Menimcha, sen karamchani yolg‘on sarguzashtlari haqida gapirib tuhmat qilganingda bundan afsuslanganding, yoki adashdimmi?

— O‘shanda yolg‘on gapirgan edim! Ammo bu rasmda hammasi rost!

— Rost? Qanaqasiga? Aseelni yonida bir erkak turganimi? — Taehyung savol nazari bilan qizga qaradi.

— Aynan shunday… bu shunchaki haqiqiy rasm, qolgan xulosalarni esa Chongukni o‘zi chiqarsin… — u mavzuni davom ettirmoqchi bo‘lmasdan xulosa qildi.

— Kichkina Park… sen juda-juda yomon qiz bo‘lib ketyabsan, — yigit telefonini divanga tashlab qo‘llari bilan qizning o‘mrov suyaklari ustini siladi. — Men hozir ketishim kerak, lekin kechqurun…

— Ha-ha, kechqurun birga sayr qilgani boramiz! — Djimin uni bo‘lib, o‘rnidan sakrab turdi va sumkasi tomon yurdi.

Taehyung bir necha soniya jim bo'lib qoldi, u nima uchun qiz bunday harakat qilayotganini tushunmadi.

—Faqat menga hozir kalendarda qizil kunlaring yaqinlashganini va shuning uchun emotsiyalaring tez o'zgarib ketayotganligini ayta ko'rma.

— Yo'q adashyabsan hech qanaqa qizil kunlarim yaqin emas.., — qiz biroz asabiy javob berdi

— Qiziq… — Taehyung o‘rnidan turdi va sonlarini yopib turgan sochiqni yechib, yelkasiga tashladi. U eshik oldida sumkasini qo'lida qattiq siqib turgan qizga yaqinlashdi . — Agar sen mendan qandaydir uchrashuvlar, shamlar, romantika va boshqa qizlarni zerikarli narsalarini hohlayotgan bo'lsang… — yigit Djiminni o‘ziga tortdi, barmoqlari bilan sumkasining osadigan qismini siqib ushlab olgancha past tonda xirillab davom etdi: — …unda ortiq uyimga qaytib kelmay qo'yaqol. Men sen bilan qo‘g‘irchoq o‘ynamoqchi emasman, balki jinsiy aloqa qilmoqchiman.Tushunyapsanmi? Va agar senga mening bu a’zoim kerak bo‘lsa… — u pastiga ishora qildi, — …hoziroq unga tegib erkalashingni hohlayman.

Djimin yigitning ko‘zlariga tikilgancha qo‘llari bilan yigitni uyg'onayotgan ereksiyasini ushlab oldi. U kafti bilan mahkam siqib olgancha bir ikki marta tortganda Taehyungni yuzi burishdi.

— Nima uni uzib olmoqchimisan, sendan erkalashingni so'ramadimmi?

— Uni sumkamda trofey sifatida olib yurishni hohlayabman... — qiz pastki labini tishlab dedi, lekin mahkam ushlaganini biroz bo‘shashtirdi va keyin muloyimlik bilan silay boshladi.

— Demak, trofey degin… — Taehyung uni orqasiga aylantirib, belidan quchoqladi va sonlari bilan qizni orqasiga bir necha marta ataylab se#sga imitatsiya qilib urildi. Qizning ko‘ylagi ostiga qo'lini kirgazib, uning ko‘kragini siqqancha barmoqlari bilan taranglashgan qismini o'ynadi.
Uning uchun eng katta trofey kichkina Parkdan hohlagan narsasini olish edi… shunday qilib, u barmoqlari orasida urayotgan yuragini ushlab, uni xohlagan paytida siqishi va xohlaganida bo‘shatishi mumkin…

— Hozir qayerga bormoqchisan? — Djimin arang gapirdi, garchi aslida u faqat yigitning ismini aytib ingrashni istasa ham.

— Men bilan bormoqchimisan? — Taehyung barmoqlarini qizning ko'kragidan oldi va uning koftasini ehtiyotkorlik bilan to‘g‘rilab, pastga tushirdi.

— Ha… — u , yigitga o'girildi va uning pastiga shundoqqina qizga tegib turgan qattiq a'zosiga qaramaslikka harakat qilib Taehyungni yuziga tikildi.

— Qayerga ekanligi muhim emasmi? Agar biron-bir fohishaxonaga bo‘lsa-chi?

— Eng muhimi, sen bilan… agar sen qo‘limni ushlab turgan bo'lsan, fohishaxonadan qo‘rqishim kerakmi?
— O‘z so‘zlariga va oldida turgan yigitga ishonch bilan dedi Djimin.

— Men xohlagan daqiqamda seni qo‘yib yuborishim mumkin… bunga tayyor bo‘l, — Taehyung tabassumsiz dedi va qizdan uzoqlashib, kiyinish uchun yotoqxonaga yo‘l oldi.

Yigit uning so‘zlaridan keyin eshitilgan qizning kulgisiga jilmaydi.

Ishonmadi… afsus...

~~~~~~~~~~

~~~~~~~~~~

~~~~~~~~~~~

Taxminan o‘n daqiqadan beri juftlik Taehyungning mashinasi yonida turib, yo‘lning narigi tomonidagi restoranga qarab turishardi. Djimin bir necha marta kimni kutishayotganini aniqlashga harakat qildi, ammo yigit indamadi, faqat tinmay chekardi.

— Ol… — Taehyung qizga yondirilgan sigaretani uzatdi, Djimin esa rad etmadi. Ohirgi haftada yigit uni chekishga o‘rgatib qo'ygan edi, garchi u qaram bo'lib o‘zi sotib oladigan darajaga yetmagan bo‘lsa-da, u chekish taklifini rad etmasdi. — Universitetga borishing kerak emasmi?

— Kerak… — qiz javob berdi va sigaretdan bir marta tortib, beparvolik bilan yelkasini qisdi. — Oxirgi darsga boraman.

— To‘g‘ri, o‘qishing haqida tashvishlanishning hojati yo‘q. Axir sen Parklarning malikasisan… — u sezilarli darajada kinoya bilan dedi va qo‘lini qizning beliga qo‘yib, uni o‘ziga yaqinroq tortdi. Ikkalasi ham qulayroq turishlari uchun kapotga suyanishdi.

— Ba’zida seni menga biron narsada ayblab tanbeh berayotgandek tuyulasan, lekin nimada ekanligini tushunmayman…

— Men seni ayblayabmanmi?, lekin sen onam bilan tanishtiradigan yagona qizimsan… — u jiddiy ohangda dedi va mashinadan uzoqlashdi. Taehyung qizning lablari orasiga qisilgan sigaretani yulib olib chetga tashladi.
— O‘zingni munosib tut, kichkina Park.

Djimin yigitning keskin harakatlaridan atrofiga qaradi. U o‘zini noqulay his qildi, go‘yo u Taehyung uchun ham qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan biror ish qilgandek edi. Sochini tog'rilab, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek, so‘radi:
— Oying qayerda?

U Taehyungning ota-onasini ilgari ko‘rganmi, yo‘qmi, eslashga harakat qildi. Yigitning otasi haqida xira tasvirlar paydo bo‘ldi, ammo onasi emas. Ular uning oilasi haqida hech qachon gaplashmaganlar, negaligini bilmaydi ammo qiz bu mavzuni u bilan muhokama qilishni xohlamadi. Otasining yoki Jimining suhbatlaridan yigitning otasi olti yil oldin vafot etganini va onasi o‘g‘lini yolg‘iz qoldirib, uning o‘limidan keyin ketib qolganini bilardi.

— Yo‘lning narigi tomonida… — Taehyung onasining odatiy harakatlarini diqqat bilan kuzatib, ko‘zlarini qisdi.

Ayol oyna yuvish suyuqligini sepgandan so‘ng, ularni ehtiyotkorlik bilan artib turardi. U terlagan peshonasini artib, juftlik tomonga burildi va o‘g‘lini ko‘rib, shoshilinch ravishda yuzini o‘girib oldi. Biroq, ayol tashqaridan diqqat bilan kuzatuvchi ko‘zlardan yashirinish uchun bino ichiga kirmadi, u derazalarni tozalash bo‘yicha o‘zining oddiy ishini davom ettirdi.
— Uu... sening onangmi? — Djimin ishonchsiz ovozda qayta so‘radi va ajablanib yigitdan yana ayolga qaytib qaradi. U ayolning yuziga qancha tikilmasin, Taehyung bilan biror bir o‘xshashlikni ko‘ra olmadi. — U biroz…

— Boshqachami? Qarimi? Charchaganmi? Baxtsizmi? — yigit kesatgancha boshini yon tomonga og‘dirib so'radi.

Yigitni o‘zi kichkina Parkni bir vaqtlar uni yuzida tabassum bilan kutib olgan va stolida issiq pishiriqlar bo‘lgan ayol bilan “tanishtirishi”ni xohlardi. Uning atrofidagi har bir kishi u ayol bilan nima bo‘lganini ko‘rishi kerakdek tuyilardi…

— Men bunday demoqchi emasdim… — qizning aybdor ovozi Taehyungni o‘z xayollaridan chiqarib yubordi, ular allaqachon voqelikdan uzoqlashishgan edi. — Faqat nega ular seni tashlab ketganliklarini tushunmayabman?

Yigit baland ovozda nafas chiqarib, qo‘llarini cho‘ntagiga soldi. Tashlab ketishgan… uni haqiqatan ham tashlab ketishgan. U bunga qarshilik qila olmasdi. Biroq…

— U shunchaki bir kunda eri va o‘g‘lini yo‘qotgan… — Taehyung mashinani aylanib o‘tdi va eshikni ochdi, qizga o‘tirishini imo qildi. Djimin eshikni yopishini kutib, yigit onasiga yana bir bor ko‘z tashladi, tabassum bilan qo‘shib qo‘ydi: — Birinchisini yo‘qotish unga qiyinroq bo‘lgandi.

Djimin Taehyung mashinasini diqqat bilan boshqarayotganida jim o‘tirdi.
U yigitning onasi bilan bo‘lgan “uchrashuv”iga qanday munosabatda bo‘lishni mutlaqo bilmasdi. U hatto u bilan birga kelganidan afsuslanardi. Aftidan, u Taehyungning hayoti bilan chuqurlashishni mutlaqo xohlamasdi, uning oilasi va yigitning o‘zi haqidagi muammolar haqida bilishga tayyor emasdi. U uchun yigit har doim ota-onasi yoki qarindoshlarisiz mustaqil shaxs bo‘lgan, akasining do‘stlaridan biri bo‘lgan. Ular bolaligidan yaqin edi va ba’zida Djiminning yubkasini ko‘tarishga jur’at etgan akasi aytadigan "molokosos"larni u bilan birga kelib jazolaydigan do'sti edi. Endi esa, yigit o‘z hayotining bir qismini, aniqrog‘i, yorug‘ bo‘lmagan tomonini ko‘rsatganidan keyin Park nima deyishni, mavzuni qanday ochishni yoki umuman bu haqida gaplashishi kerakmi, bilmasdi.

U faqat zavqlanishni, xursand bo‘lishni, yigitdan xohlagan hamma narsani olishni istardi ammo Kim Taehyungning zulmatli qalbiga teginishni hohlamasdi.

— Bunga o‘rganib qolma, men senga haydovchi bo‘lib yollanmaganman. — Yigitning kulgisi Djiminni cho'chitib yubordi. Yigit mashinani talabalar kampusining yonida to‘xtatdi va u yerdan bu yerga yugurib yurgan talabalarga qarab, mamnuniyat bilan qo‘shdi: — bu yerdagi qizlar chakki emas ekan...

— Hech biri sen kutganingni bermaydi, shuning uchun bu yerdan tezroq ket. — Djimin xavfsizlik kamarini yechib, yigitga qarab uning lablaridan o‘pish uchun yaqinlashdi. Biroq, Kim boshini u tomoniga o‘girmadi, shuning uchun qizning lablari uning yuzida o'pich qoldirdi.
Djimin bu haqida ko‘p o‘ylanib o'tirmadi, chunki uning uchun hozir eng muhimi yigitga qaytgan odatiy keskin kayfiyati edi.

— Beradi,...axir sen ham og'zing bilan butunlay yutib yuborishga tayyorsan-ku… — Taehyung nihoyat qizga qarab, tilini yuqori labi bo‘ylab asta-sekin yurgazdi.

Djiminning tanasidan yigitning so‘zlari va harakatlaridan yoqimli titroq o‘tdi. Yana bir bor u yigitni o‘zi uchun qanday kuchli kuchli trigger ekanligiga, uni o‘ylamasdan aqldan ozishga unday olishini angladi.
Qiz allaqachon bir oyog‘ini asfaltga qo‘ygan edi, ammo darsga borish istagi butunlay yo‘q edi. Ayniqsa, hozir, Taehyung o‘zining o‘tkir nigohini uning lablaridan uzmagan bir paytda. Yigit tabassum qildi, go‘yo unga qanday ta’sir qilishini bilardi, u hozirning o‘zida o‘zini unga mashinaning orqa o‘rindig‘ida topshirishga tayyor ekanligini his qildi va hamma buni ko‘rishi muhim emas edi… aksincha, bu uni ehtirosini yanada kuchaytirdi.

— Sen ketishing kerak… yomon qiz bo‘l, kichkina Park. — Taehyung tabassum qildi va lablarini o'pichga taqlid qilib, havo bo‘sasini yubordi.

Yigitning masxarali ishorasi Djiminni ehtirosli holatdan chiqarib yubordi. U nihoyat mashinadan tushdi, yigitga oxirgi marta norozi nigohini tashladi va eshikni qattiq yopdi.

— Sizlar meni ataylab asabimga tegayabsizlarmi? ! — Eshikning yana bir marta yopilishiga chiday olmagan Taehyung kafti bilan rulga qattiq urdi.

— Qo‘llaringiz uzilib tushsin!

Djimin ishonchli qadamlar bilan kerakli auditoriyaga kirib bordi. Qiz u bilan salomlashganlarning barchasiga bosh irg‘adi, o‘ziga bo‘lgan e’tibordan zavqlanardi. Dars boshlanishiga hali biroz vaqt bor edi, shuning uchun u shoshilmasdi.

— Biz gaplashib olishimiz kerak, — deya Aseel Parkka yaqinlashishga zo‘rg‘a jur’at etgancha, u o‘tirgan joyning yonida turib dedi.
Djimin befarq yuz ifodasi bilan dugonasiga o‘girildi va unga savol nazari bilan qaradi, hatto bir so‘z ham aytmadi.

— O‘tirsam bo'ladimi? — Aseelning ishonchi shundoq ham shubha ostida edi, ammo dugonasining bu nigohidan keyin hammasi battar yomonlashdi.

— Tura olmasang, o‘tiraqol…

Aseel atrofga qaradi, suhbatlariga hech kim guvoh bo‘lishini xohlamasdi, lekin Djimin aksincha umuman tinch bo‘lishga harakat qilmasdi, shuning uchun ba’zi talabalar nima bo‘layotganini diqqat bilan kuzatib turishardi.
Yoniga o‘tirgan Aseel yubkasining matosini noqulaylik bilan g'ijimlay boshladi.

— Men Chonguk bilan to‘yim bo'lishini istamagandim ! — Aseel darhol ovozini pasaytirib so‘zladi. — Buni amakim bilan uning otasi kelishishgan ekan… men buni umuman xohlamagandim! Bundan tashqari, men hatto unga turmushga chiqayotganimni ham bilmasdim. O‘ylagandimki, erim qandaydir… — qiz jim qoldi, chunki Djimin o‘zini butunlay tutib tura olmasdan baland ovozda kulishni boshlagandi.

— Dunyo shunchalik kichkina deysanda mmm? Shunday kichkinaki, sening ering aynan Chon Chonguk bo‘lib chiqdimi? Va sen, bechora, o‘z xohishingga qarshi u bilan aloqa* qilyabsan mmm? Yig‘lab yotgancha jinsiy aloqa qilayotganingda ham achchiq ko‘z yoshlar to‘kayabsanmi, mmm? — Park yig‘layotgandek yuzini burishtirib, mazax qilgancha yuzidagi ko‘z yosh izini ko‘rsatdi.

— Iltimos, pastroq gapira olasanmi? — Aseel tizzalariga tikilgancha uni masxara qilayotgan dugonasiga yuzini koyarishdan ham qo‘rqardi.

— Vahh, sen orgazmdan baqirganingda Chonguk ham aynan shu gapni senga aytadimi? — Djimin kulishdan to‘xtadi va to‘plangan g‘azabi bilan sobiq dugonasining yuziga so‘zlarni tupurgancha gapirdi.

Aseel o‘rnidan sakrab turdi va ularga qarayotganlarga g‘azabli nazar tashlab, Djiminda nigohini to'xtatdi.
— Bilasanmi nima?.. Menga farqi yo‘q! Shu ondan boshlab sen va sening soxta do‘stliging menga kerak emas! Biz boshqa gaplashmasligimizdan judayam xursandman! Sen kabi qizdan uzoqroq yurish men uchun yaxshiroq… shuning uchun… Ha! Men Chongukning ostida yotib zavqdan baqiraman! Bugun uyga borganimda ham yana aloqamizdan rohatlangancha baqiraman! Va sen bu hisni qanday ekanligini hech qachon bilmaysan… — u bir soniyalik tanaffus qildi, mos so‘zni topishga harakat qildi, keyin dugonasiga egilib, go‘yo unga Parkning gaplari ta'sir qilmagandek quloqlariga asta dedi: — …Chon Chongukning quchog‘ida bo‘lish qanday ekanligini sen hech qachon bilmaysan…!

Aseel yengil nafas oldi, Djimin esa dovdirab ko‘zlarini ochib-yumgancha qotib qolgandi.

Aytishlaricha, inson qalbi biroz yengillashishi uchun ichidagilarni bo'shatib olish kerak ekan. Endi uning miyasini dugonasi bilan qanday yarashish haqidagi fikrlar qiynamasdi, chunki u ular o‘rtasiga rasman nuqta qo‘ydi va uning yelkasidan og‘ir yuk tushgandek bo‘ldi. Bu his uzoq davom etmasa ham, keyin yuragida uyat va o‘z so‘zlari uchun sharmandalik tuyg'usi bo‘lsa ham, lekin hozir emas.

Aseel keyingi darslarni yaxshi kayfiyatda o‘tkazdi, faqat vaqti-vaqti bilan Djiminnga qarab qo‘yardi, u esa xafa bo‘lmagandek ko‘rinishga harakat qilayotdi.

Oxirgi darsdan so‘ng, qiz yo‘lda daftarini sumkasiga solib, Park bilan yana uchrashishni istamasdan, auditoriyadan yugurgancha chiqib ketdi.
Uning kayfiyati anchadan beri bunchalik yaxshi bo‘lmagan edi. Aseel tezroq uyga borishni, Chongukni mazali kechki ovqat bilan kutib olishni va… uni qattiq quchoqlashni xohladi. Unga yolg‘onlari uchun qanchalik afsuslanayotganini ko‘rsatishi va haqiqatni aytishni hohladi. O‘zi eriga kursdoshining tug‘ilgan kuniga borgani haqida tan olishi va kerak bo‘lsa yig‘lab bunday narsa boshqa takrorlanmasligiga ishontirishni o'yladi. Eng muhimi, Chon birinchi so‘z ochishi bilanoq uni bo‘g‘ib o'ldirib qo‘ymasa bo'lgani. Qiz bundan keyin undan hech narsani yashirmaslikka qaror qildi va yolg'onlarsiz ularning kelajagi yaxshiroq bo‘lishiga umid qildi. U o‘zining fikrlari va qabul qilgan qaroridan yanada ko‘proq tabassum qilardi. Bu biroz xavfli qaror bo'lsada uning boshqa tanlovi yo‘q edi. Yo u, yo Taehyung, lekin ikkinchi holda yaxshilik bilan qutulishiga umid umuman bo‘lmasdi…

Yo‘lakda ketayotganda Aseel Xoseokni ko'rdi. Yigit Namjun bilan suhbatlashib, tinmay nimalarnidir tushuntirardi. Aseel darhol kursdoshiga sovg'a bermoqchi bo‘lganini esladi, shuning uchun u ikki yigitning e’tiboridan chetda qolishiga chin dildan umid qilardi.

— Oh, salom… — Namjun salomlashish uchun qizga qo‘l silkidi. — Darslaringiz tugadimi? Djimin telefonlarimga javob bermayapti… — u biroz xafa ovozda qo'shib qo'ydi.

— Ha, u hali ham iqtisodiyot auditoriyasida bo‘lishi kerak, — dedi Aseel yigitning yuzida odatiy iliq tabassum paydo bo‘lishini istab. Va u bunga erishdi.

Namjun xuddi lotereya yutgandek keng tabassum qildi. Xoseokdan uzr so‘rab, qizni yoniga shoshildi.

— Rahmat senga! Namjun o'zini qo'yishga joy topa olmayabti. Djimin undan qochib yuribti shekilli. — Xoseok yelkasini qisib, Aseelning oldiga turdi: — Hozir qayerga ketyapsan?

— Uyga.

— Men ham nihoyat qutuldim bu… — Xoseok koridor devorlariga zerikib qaradi, — … bilim xazinasidan.

— Faqatgina keyingi dushanbagacha. — Aseel yigitni universitetni yoqtirmasligiga kuldi.

Xoseok qizning ortidan chiqish joyiga borib birinchi unga eshikni ochib qizni o'tqazdi.

— Balki umuman abadiygadir, — yigit o‘ylamasdan gapirib yubordi, bu esa Aseelning hayratli nigohiga sabab bo‘ldi va u tezda tushuntirishga shoshildi: — Bu men uchun bir oz.... umidli hazil. Balki niyatim amalga oshar.

Xoseok Aseel bilan kampus hududidan chiqish yo‘lida gaplashishda davom etdi. Qiz sovg‘asi yo‘qligi uchun uchinchi marta uzr so‘radi va u uchun kitoblar sotib olish umidida kitob haqida gapirdi, ammo Xoseok qizga qarab shunchaki kuldi. U uni kitoblar umuman qiziqtirmasligiga ishontirdi.

— Men hatto o‘qish uchun muhim bo'lgan kitoblarni ham hohlamay majburlikdan o'qisam sen esa menga boshqa kitoblar haqida gapiryapsan-mi, — u boshini chayqagancha dedi. Universitet darvozasi orqada qolganida, Xoseok to‘satdan to‘xtadi va yon tomoniga qarab, qo‘l siltadi: — Aseel bilan salomlash.

Qiz yigit qayerga qarayotganini kuzatib qaradi va mashinadan tushayotgan Min Yoongini ko‘rib, orqaga bir qadam tashladi, lekin o‘zini bir zumlik istakdan tiyib qoldi.

— Bu Yoongi. Mening amakivachcham, esingdami? U meni olib ketishga keldi, — u yaqinlashayotgan yigitga qarab xotirjam gapirdi.

— Sizlar juda yaqin ko‘rinasizlar… — Aseel faqat odob yuzasidan javob berdi.
Yoongi bilan tez-tez uchrashuvlar uni qo‘rqitardi. Garchi buni tushuntirishi qiyin bo‘lsa-da, qalbida qandaydir notinchlik uni tinch qo'ymasdi. Bundan tashqari, u yuragi tez urishiga sabab bo‘lgan odamdan uzoqroq turishni xohlardi. U o‘z taqdirini Chon Chonguk bilan bo‘lishishni boshlayotgan bir paytda. U bilan birga yashayotgan uyini birinchi marta Aseel o‘z uyi deb atay olayotganida va bu fikrning o‘ziyoq uning qalbi qandaydir isishni boshlayotganda.

— Xayrli kun. — Yoongi ularning oldida turdi va salomlashib boshini biroz egdi. Yigit juda muhim ish uchrashuvidan kelayotgandek jiddiy kostyumda edi. — Seni uchratganimdan ajablanmadim. — U Aseelga tabassum qildi.

— Men ham. — Qiz boshini egdi va Yoongi suhbatni ulab ketmasidan oldin tezda ketishga shoshildi. — Yaxshi boring. Men ham ketishim kerak.

— Hech bo‘lmasa seni kuzatib qo‘yaylik, olib borib qo'yishni taklif qilmayman bilaman rad etishingni.

Aseel boshini silkitdi, yana Chongukning do‘stlaridan biri yana ularni ko'rib qolishini istamasdi, lekin erkak qo‘shib qo‘ydi:
— Rad javoblari qabul qilinmaydi. Faqat avtobus bekatigacha.
Yoongidagi to‘satdan paydo bo‘lgan qat’iyat qizni xavotirga soldi, ammo u boshini silkitishda davom etib, qat’iy dedi:
— Iltimos, kerak emas. Agar gapingizda turib olsangiz menda muammolar bo'lishi mumkun. Iltimos meni noqulay ahvolga solmang… — Aseel xotirjam ovozni saqlab qolishga harakat qildi va oldinga qadam qo‘yib, biroz ta’zim qildi.

— Unda… — Yoongi Xoseokdan kutib turishini so‘radi va qizning orqasidan ergashdi: — Ketishingdan oldin faqatgina jilmayib qo‘y. Aks holda men biror narsani noto‘g‘ri qilgandek o'zimni his qilaman. Hozir yuzing juda jiddiy ko'rinyabti…

— Siz… — U o‘girildi va erkakka qarab, iliq jilmayib, qo‘shib qo‘ydi: — Hammasi joyida, rostdan ham. Men shunchaki ketishim kerak.

— Sening ko‘zlaring juda-juda chiroyli, bilaman, avval ham aytganman, lekin buni yana bir marta bilishing kerak… — Yoongi qizga yaqinlashib, yoniga turdi va oldinga qarab gapirdi. Go‘yo Aseel bilan emas, balki o‘zini aksi bilan gaplashayotgandek edi: — Men sen bilan vaqt o‘tkazishdan xursand bo‘ldim, garchi u uzoq davom etmagan bo‘lsa ham.

Qizning tanasidan noxush sovuqlik o‘tdi. Erkak u bilan xayrlashayotgandek tuyuldi. U Yoongi bilan ko‘rishishni to‘xtatishi kerak edi, aks holda Aseel o‘zining yurak urishini tushuna olmasdi, lekin nima uchundir u o‘zini xafa his qildi.

Birinchi uchrashuvdan beri qiz erkaklar atiriining og‘ir hidini payqadi, beixtiyor uni Chongukniki bilan taqqosladi. Eridan doim sitrus iforli atiriga aralash sigaret, spirtli ichimliklar va ayollar atiri hidi kelardi. Shu paytgacha xatto qanday atir ishlatishiga ham qiziqib ko'rmagan ekan.

— Umid qilamanki, sizda hammasi… — Qiz so‘zini tugatishga ulgurmadi, chunki to‘satdan mashina shinasini baland ovozi eshitildi. Qiz ovoz tarafga qarar ekan yuragi to'xtab qolay degandi.

Chon Chongukning mashinasi…

Aseelning baland nafas olishi hatto Min Yoongining qulog‘igacha aniq eshitildi va qizning orqaga chekinib qo'ygan qadami erkakni biroz kuldirdi.

— Menimcha senga kelishdi shekilli… — Min qizga qarab turar ekan, u qo‘lida sumkasini siqqancha, titrayotganini kuzatib turdi . Min Chongukning mashinasi parkovkaga kirayotganini ko'rib turib ataylab qizni jilmayishini so'raganda vijdonini o'chirib turgandi.
Erkak u oldida to‘xtagan mashinani ko‘rganida uning qo‘rqqan nigohi bilan o‘g‘irlangan paytidagi nigohini eslab solishtirdi… Va u bu narsalarni solishtirib bo‘lmaydi degan xulosaga keldi. O‘sha paytda qiz og‘riqdan shok holatida edi va uning ko‘zlari bo‘shliqni ifodalardi, aytilgan so‘zlar esa alahsirashga o‘xshardi.

Mashinadan Chonguk tushdi, u tashqi tomondan xotirjam ko‘rinardi, lekin uning aqldan ozgan nigohi butunlay boshqa narsani anglatardi. Yigit eshikni qattiq yopib bir necha soniya mashina yonida turgancha, joyidan bir qadam ham siljimagan Yoongidan xotini tomoniga qaradi, u allaqachon ko‘zlarida vahima bilan ancha masofaga chekinishga harakat qilgandi.

Aseel Chongukning erkakka yaqinlashishini kuzatdi. Erining Yoongiga bergan birinchi zarbasida u ko'zlarini mahkam yumib oldi va barmoqlari oqarib ketguncha sumkasini qo'lida siqdi. Keyingi voqealarni u faqat eshitardi, ko‘zlarini ochishga esa jur’at eta olmasdi.

—Suka! — Xoseokning ovozi shundoqqina uning yonida eshitildi.

Yigit bir zumda mushtlashayotganlarning oldiga shoshib, yo‘lda Aseelni yelkasi bilan turtib o'tdi. Chongukni yoqasidan ushlab, uni asfalatda yotgan va qon tupurayotgan Mindan uzoqlashtirdi. Erkak o‘rnidan turib kiyimlarini to‘g‘riladi va ko‘ylagini yengi bilan labidagi qon tomchilarini artdi.

— Men seni o‘ldiraman, it! Sen endi tirik qolmaysan! — Chonguk Xoseokning zarbalari orasida tinmay gapirardi. Ikkala yigit ham bir-birlarini betartib urib yopishib ketishdi.

Bir qadam orqaga… ikki qadam… Aseel qanchalik uzoqlashayotgan bo‘lsa, nafas olishi ham shunchalik og‘irlashardi. U yaqinlashib kelayotgan mashinaga qaradi, undan bir nechta erkak tushdi. Qo'riqchilardan biri darhol Minning yonida turib oldi, qolgan ikkitasi esa Chongukni oldiga kelib, uni tirsagidan ushlagancha, Xoseokdan tortib olishdi.

Aynan shu paytda, Yoongining qo‘riqchilari tomonidan Chongukni butunlay ikki qo'lini qattiq ushlab olgan paytlarida Chon Chongukni mashinasidan Kim Taehyung tushdi. U qo‘llarini shimining cho‘ntagiga solgancha mashina kapotiga suyanib, qiziqish bilan mushtlashuvni tomosha qilib turdi.

— To‘xtatinglar ularni! — Aseel nihoyat o‘ziga kelib sumkasini yerga tashlab, Yoongini yoniga yugurdi, uning yuziga yalingancha qaradi. — To‘xtating iltimos! Ular uni o‘ldirib qo'yishadi!

Qizning yuzida ko‘z yoshlari oqib tushardi, u atrofiga qarab o'tagan ketganlardan umid qilardi. Boshida to‘liq tartibsizlik, nima bo‘layotganini va bu odamlar qayerdan kelganini tushunmasdi. U shu paytda bir narsani aniq tushundi… Min Yoongi o‘zini shu vaqtgacha kim deb ko‘rsatgan bo‘lsa ham aslida, u ko'rsatganidek emas, u oddiy odam emasdi. Aseel Xoseokni ko'rib esa deyarli aqlini yo‘qotdi. U shu paytgacha beozor yigit bo‘lib tuyulgan bo'lsa hozir u erining yuzini sovuqqonlik bilan qonga bulg'ardi. U mushtlarini mohirlik bilan ishlatib, Chonni tinmay kaltaklardi.

Aseel Xoseokning oldiga yugurib kelib uning bilagidan ushlab, to'xtatishga harakat qildi, ammo u qizni shunchaki itarib yubordi va Yoongiga bir qarab qo'ygancha yana kaltaklashda davom etdi.

— Nega turibsan?! — u asabiy ovozda endi Taehyungga yaqinlashib gapirdi. Yigit esa unga javoban yelkasini qisib, harakatsiz turishda davom etardi. — Kimdir politsiyani chaqirsin iltimos! — Qiz atrofga qaradi, lekin o‘tib ketayotganlarning barchasi aralashishni istamasdan, qochib ketayotganlarini tushungach, sumkasini yoniga yugurib borib undan telefonini olib, politsiya raqamini terishga kirishdi. Yoongi yonida turgan soqchiga bosh irg‘adi, shundan so‘ng u bir katta qadam bilan ular orasidagi masofani qisqartirib Aseelning qo‘lidan telefonni olib otib yubordi. Qiz esa qo'rquvdan baqirib yubordi.

— Politsiya yordam bermaydi, — u past ovozda dedi va ogohlantirgancha qizga boshini silkitdi.

Yoongi nihoyat Xoseokka to‘xtashini ishora qilib ularni oldiga shoshmasdan borib Chongukni yoniga bir oyog'ini bukib cho‘kib o'tirdi. U ko‘rsatkich barmog‘i bilan yigitning iyagini ushlab boshini ko‘tardi.

— Impulsivliliging — seni eng katta kamchiliging, bolakay.., — u kulgancha dedi va Chongukni labidagi qoni tekkan barmog‘ini olib Chonning ko‘ylagiga artdi.
Chongukni o‘zi ham og‘riq va jirkanishdan burishib boshini ko‘tardi. U Minga qaramasdi, uning nigohi Aseelning qo‘rqqan va yig‘lagan yuziga qaratilgandi.

— Men seni o‘ldiraman, Aseel.. o‘ldiraman… — u qizga qaragancha gapirib og‘zida to‘plangan qonni Min Yoongining ustiga tupurdi.

— Va bu to‘g‘ri qaror bo‘ladi, bolakay. Senga sotqin ayollar yoqmaydi, shunday emasmi? — Erkak cho‘kkalashdan turdi va boshini yon tomonga og‘dirib, Aseelga qarab qo‘ydi.

— Men va sening xotining birgalikda ba’zida vaqt o‘tkazganmiz…

Chonguk baland ovozda baqirib, qo'riqchilarni mahkam ushlab turgan qo'llaridan chiqishga harakat qildi, ammo uni ushlab turgan ikki kishi yigitni o‘z joyida mahkam tutib turishardi.

— Tinchlan, tinchlan. Biz shunchaki dildan suhbat qurganmiz va rostini aytsam, menga yoqandi. Haqiqatan ham juda yoqandi… — U Aseelning yuziga diqqat bilan tikildi.

— Men seni o‘ldiraman… siz.... Ikkingizni..., — Chonguk baqirgancha, xotiniga nafrat to'la nigohlari bilan tikildi. — Men seni o‘ldiraman!... O‘ldiraman!... Eshitayapsanmi?! O‘ldiraman!.... Sen tirik qolmaysan… — aqldan ozgandek Chonguk bir xil gapni takrorlardi, erkaklarni qo'llaridan chiqishga harakat qilardi, evaziga esa tanasiga yangi zarbalar tushardi.

Aseel kafti bilan yuzidagi ko‘z yoshlarini artdi. Erining har bir og‘riqli ingrashi uning yuragiga sanchilib, uni yanada tezroq urishga majbur qilardi. U erining oldida o‘zini oqlash imkoniyatiga ega bo'lishni xohlardi, hech bo‘lmaganda unga ishonishi mumkinligiga amin bo‘lishni xohlardi, ammo… Chonning ingrashlari bilan aralashgan cheksiz tahdidlari aniq bir narsani anglatdi — U kechirmaydi, tushunmaydi, xatto eshitmaydi ham.

O‘ldiradi.

U yubkasining etagini biroz ko‘tarib Taehyungning oldiga yugurdi va yig‘lagancha, yigitning oldida yerga tizzalagancha yiqildi.

​— ​Iltimos... yordam ber... -​— qiz iltijo ilgandek pichirladi

​— ​ ​Eshitmayapman, takrorla?.. Yordam berishimni xohlayapsanmi?​— ​ yigit biroz qizga egilib kinoya bilan gapirdi.

​— Sen menga qarzdorsan... iltimos, — Aseel ko'zlarini yumib yig'ilgan yoshlarini tezroq oqishiga imkon berdi . U Chongukning qichqiriqlarini eshitmaslik uchun qo'llari bilan quloqlarini yopdi, chunki u faqat o'ldirish bilan tahdid qilayotgandi.

— Sen mendan qarzdorsan...

​— Unga yordam berishimni xohlayabsanmi? — Taehyung Chonguk tomonga ishora qildi va kulimsirab qo'shdi: — Ularni to'xtatishim kerakmi?

Aseel qattiq nafasiga tiqilib jim bo'lib qoldi:
​— Meni qutqarishingni xohlayman... — bir soniyalik tanaffusdan so'ng gapirdi.
— Meni undan...Chongukdan...

​Taehyung qizni qiynalib aytgan gaplarini eshitib yuzida jirkanch tabassum paydo bo'ldi va Minning odamlari Chonni kaltaklayotgan tarafga qarab imladi:

​— Ularga Chonni o'lgunicha kaltaklashlariga ruxsat berishimni xohlayabsanmi? — u kulib, Aseelga bir qadam yaqinlashdi.

​— Sen menga qarzdorsan... men undan qo'rqaman....ahir u meni o'ldiradi...

​— Unday bo'lsa, yugur musulmon qizaloq... Yugur...— ​Taehyungni yuzi jiddiylashdi va qizga nafratli nigoh tashladi. — Yugur.... O‘zingni qutqar.... O‘z joningni qutqar...Akilni oldiga bor va undan himoya qilishini so‘ra. U janob Chon bilan gaplashsin va o‘zining egoist jiyani uchun himoya qilishni so‘rasin… — U Xoseok tomonga sekin yurib ketar ekan yo‘lida yana ovozini balandlatib gapirdi: — Yugur, Aseel... o‘z eringdan himoya qilishlarini so‘ra...

Aseel o'rnidan turdi va o‘girilib, Yoongining odamlariga va voqea joyidan burilmasdan e'tiborsiz o‘tib ketayotgan odamlarga ko‘z tashladi. Chongukka qarashdan esa qo‘rqib, uortga o‘girildi va bor kuchi bilan yugurdi. Iloji boricha tezroq, yubkasini deyarli tizzasigacha ko‘tarib, faqat uyiga yetib olish uchun… onasining yoniga borish uchun yugurdi.

Chongukka achinish hissi yo'q joylarga, Chongukdan qo'rquv bo'lmagan joylarga...

Chonguk uni hayotida bo'lmagan joylarda va unga butkul begona bo'lgan Min Yoongi yo'q joylarga...

— Aminmanki, seni janob Chonni o‘g‘lini o‘ldirishdan ko‘ra yaxshiroq rejang bor. Axir u yagona merosxo‘r! — Taehyung Yoongining oldiga kelib gap tashladi.

— Kim uni o‘ldirarkan? Yigit sog‘lom, va yosh bo'lsa bir nechta zarbalarga dosh berolmaydi deb o‘ylaysanmi? Bular shunchaki, profilaktika uchun… — Yoongi kulgancha, yerga yiqiliy degan Chongukni qo'riqchilar qanday tutib olishganini kuzatdi. — Ko‘ryabman, sen do'stingni himoya qilishga shoshilmayabsan. Bizning davrimizda men va Jin bir-birimiz uchun jon-berishga tayyor edik.

— Sizlarning davringiz ota-onalarimiz bilan birga yo'q bo'lgan… Keyin qutqarishga shoshilishimdan nima foyda. Axir yutish imkoniyatlarim juda kam bo'lsa. Men ham xuddi Chon singari qonga belanishni istamayman. Men diplomatik usullar bilan kelishishni afzal ko‘raman. Birinchidan, odamlaring uni qo‘yib yuborsin…

Yoongi bosh irg‘adi va qo‘riqchilarga yigitni qo‘yib yuborishlariga ishora qildi. Chonni qo'yib yuborishlari bilan u asfaltga yiqlib tushmasligi uchun amallab qo'llari bilan muvozanatni saqlashga ulgurdi.

— U… — Chonguk o‘rnidan turishga urinib ko‘rdi, — …qayerda?

Kim uning oldiga kelib, do‘stining bo‘shashgan tanasini ushlab oyoqqa turg'azishga yordam berdi.

— U hech qachon seniki bo‘lmaydi, do‘stim… — u pichirlab Chonning qulog‘iga aytdi.

— Yoongi, ketamizmi? — Xoseok qo‘llaridagi qonini artib, Minga yaqinlashdi. — Bu ishimiz uchun bizni javobsiz qoldirishmaydi, shuning uchun bu yerdan hoziroq ketganimiz yaxshi, — u xavotirlanib, mashinalar tomon ishora qilib gapidi.

— Hozir, bir daqiqa… — Erkak Chonga qaradi, u esa hatto nigohini ham ko‘tara olmasdi. — Bilasanmi, eng kulgilisi nima? Akil jiyanini bir necha yillar oldin uni o‘g‘irlashlarini tashkil qilgan odamlarni qo'liga berdi. Seni otang, meniki va janob Park Aseelni o‘g‘irlashni tashkil qilisjgan. Maqsadlari Akilni “WINGS” kompaniyasiga qaram qilish bo'lgan. Men bilan Seokjinni esa bu "qutqaruv" operatsiyasiga Akilni yordam so'rab qilgan ko'plab iltimoslaridan keyin bosh qilishgan. Va Aseel uchun bu vaziyatda eng omadli narsa nima bo'lganligini bilasanmi?

Chonguk boshini arang ko‘tardi, Minning har bir so‘zi yuragiga sanchilahotgandi. Ammo unga qarshi chiqishga yoki hech bo‘lmaganda boshini silkitishga hatto kuchi ham yo‘q edi, shuning uchun u yana kuchsizlanib boshini pastga tushirdi, do‘stiga mahkam yopishib, oyoqda turishga harakat qilayotdi.
Bir oz tanaffusdan keyin Yoongi davom etdi:
— Otang o'shanda rejalashtirgan hamma narsasi ham amalga oshmadi. Ular uni zo‘rlashga ulgurishmagandi… Ammo Jin va men bu spektakl haqida bilmasdik, shuning uchun juda erta borib qo'yib bunga to‘sqinlik qilishga ulgurganmiz. Bizga hamma gap qutqarish operatsiyasidan keyingina aytildi. — U o‘z odamlariga mashinalarga borishni ishora qildi va voqea joyini tark etish uchun ortga o‘girildi. Min Yoongi o‘z qo‘llari bilan urushni boshlaganini va endi hamma qilgan ishiga javob berishiga to‘g‘ri kelishini yaxshi tushunardi. Aslida u boshidanoq bunga tayyor edi.

— Men esa bir narsani tushunmayabman… — Taehyung Minning orqasidan baqirdi va erkakni qiziqish bilan o‘girilishga majbur qildi. — Nimaga musulmon qizni atrofda o'ralashyabsan? amakivachchang Hoseok haqidagi hikoyangga ishonadi deb o‘ylama? Men u haqida juda ko‘p malumot to'pladim. Sening shaxsiy killering birdaniga universitetga o‘qishga kirib yurist bo‘lishga qaror qilmagandir har holda?

— Ekonomist, — Hoseok Kimni tuzatib, kulib qo‘ydi va Minga qarab, biroz yuzi burishdi — Nima?! Men bu yerda bekorga yuribmanmi? Kim Taehyung mutaxassisligimni adashtirib aytishi uchun emas har holda...

— Florist de hohlasang menga pohh#y! — Taehyung sabrsizlik bilan javob berdi.

— Hammasi juda oddiy. Xoseok Akilni jiyanini kuzatib yurishi kerak edi, lekin qayerdandir shahzoda paydo bo'ldi va prinsessani o‘ziga olishni istadi. Qolgan ma’lumotlar uchun esa hali yetarlicha katta bo'lmagansan Kim Taehyung. — Yoongi mazahlagancha, yelkasini qisdi. U Akilni kompaniya bilan bog‘lab turadigan jiyanini otib tashlash istagidan zo‘rg‘a saqlangandi. Keyin esa qiz bilan o'ralashib ataylab Chongukni asabiga tegib, oxir oqibat rashkdan jaxlini jilovlay olmagan Chon o'z xotinini o'ldirib qo'yishini reja qilgandi. Shu bilan Akilning qo‘llari ham qaramlikdan bo‘shatiladi, uning o‘zi esa Chonlarga qarshi chiqishni boshlaydi. Ammo eng yaxshi holatda, Yoongi Aseelni qochib qutulishiga ham umid qilgandi.
— Qolgani boshqa safar senga va’da beraman. Bilasanmi, men senchalik shafqatsiz emasman. Men hammasini uzoq cho‘zib o‘tirmayman.

Min biroz oldin Aseel tiz cho‘kib o‘tirgan yerga qaradi va qiz to‘g‘ri qaror qabul qilganidan, ya’ni qochib ketganidan biroz yengillikni his qildi.

— Sen hali janob Chonni qanchalik shafqatsiz ekanligini his qilmagansan... — Taehyung lablarini tabassumga tortdi, yaqinlashib kelayotgan xavfni sezgangancha zavqlandi.

— Men uni allaqachon his qilganman va ishon, uni yana bilishga tayyorman. — Boshqa hech qanday so‘z aytmay, Min xotirjam qadamlar bilan mashinasi yoniga yo‘l oldi.
Mindan farqli o‘laroq, Taehyung do‘stini ushlab, qiynalgancha mashinasiga olib bordi. Do'stuni tashqi ko'rinishidan qo‘rqib ketgan va ajablanib qarayotgan yo'lovchilarga e’tibor ham bermadi.

— Mana yo'lda xotiningni univerdan olib oldik ham ... — Taehyung universitetga kelishlarining maqsadini eslab kuldi. — Xo‘sh, endi qayerga boramiz, Otello?

— Dadamning oldiga… — Chonguk do‘stining yordamini qabul qilib, arang gapirdi va mashinaga o‘tirdi. — Seokjinni chaqir, u ham kelsin…

Taehyung do'stining eshigini yopdi va mashinani aylanib o‘tib, rulga o‘tirdi.

— U qayerda?.. — Chon faqat shu so‘zlarni ayta oldi va og‘riqdan burishib, qornini ushlab oldi.

— U sening uyingda blinchik pishirmayotgani aniq.

Sening uyingda emas…

Do‘stining so‘zlari Chongukning miyasida aks etdi.

— Agar u… mening uyimda bo‘lmasa, — yigit og‘zini qo‘li bilan yopmay baland ovozda yo‘taldi, —...demak hech qayerda bo‘lmaydi…

Agar uning karamchasi qaytib kelmasa, u uni topib yo‘q qiladi… shunchaki uni hayotiga nuqta qo'yadi...

To be continued....

Avtor: Bu fanfik muallifligi menga tegishli emas. Bu tarjima fanfik ekanligini unutmang!