
— Nima uchun shunchaki joningni saqlab qolishga harakat qilmading? — Yarim soatlik so‘roqdan so‘ng Seokjin Yoongini oldida charchagan holda nafas chiqardi.

Taehyunning boʻsh nigohlari bir necha daqiqadan beri oynadagi oʻz aksiga qadalib turardi. Dushdan soʻng shisha yuzasidagi bugʻ deyarli yoʻqolgan va yigitning koʻzlari atrofidagi mayda ajinlar yaqqolroq koʻrinardi. U bir necha marta kafti bilan oynaga ishqab, goh tabassum bilan lablarini choʻzdi, goh yana jiddiy tortdi, xuddi oʻz yuziga turli niqoblarni sinab ko'rayotganday edi. Uyquga toʻyishining iloji boʻlmadi. Anchadan beri unutilgan qo'rqinchli tushlar oʻzini eslatib, Taehyungga koʻz yumishga imkon bermadi.

— Mening otamning haqiqiy ismi… — Taehyung bir necha soniya jim bo'lib qoldi, keyin esa Chonning yuzidagi g'azabli jinnilikni kuzatib biroz tabassum qilib, davom etdi: — Tekvan. Uning ismi Tekvan edi. Tejun ancha keyin, otang bilan “WINGS” kompaniyasini yaratganlaridan keyin qo'yilgan . M-m-m, o'g'illarining ismlarini bo'g'inlarini birlashtirgan menimcha.

Aseel universitet joylashgan hudud yaqinidagi kichik, ammo shinam kafe oldida turardi. Chonguk u bilan kelishni, u aytgan oddiygina tug'ilgan kun o'tadigan joyni ko'rishni istashini aytgandi, ammo qiz uning bunga hojat yo'qligiga ishontirdi, va darsdan so'ng darhol o'sha yerga borishini aytdi. Eri ko'p injiqlik qilmay, uning tug'ilgan kunga borishiga ruxsat berdi. Albatta, Aseel kimning tug'ilgan kuni ekanligini aytmadi. Dugonasi bilan yarashib olishi navbatdagi yolg'onga arziydi deb umid qildi. Qizning o'zi ham shunchalik ko'p yolg'on gapirsa, uning uchun shunchalik osonlashib borayotganidan hayratda edi. U Chonni, faqat yaqin kursdosh qizlar bo'lishiga osongina ishontirdi va u ham shunchalik osonlik bilan unga ishongandi. Kimdir qiz...

— U necha kundan beri darslarga qatnashmayapti? — Yungi ko'ylagining yuqori tugmasini yechishga tushdi. Mashina birdaniga juda dim bo'lib ketganday edi.

Chonguk bir necha kundan buyon Aseel bilan deyarli gaplashmasdi. Uning tanasiga qoʻl tekkizmas, xatto yuziga ham qaramasdi. Faqatgina juda zarur boʻlgandagina gapirardi. Qizning qalbi Seokjinni xayol qilib, uni qutqargan insonning obraziga toʻlganini hazm qila olmasdi. Bu holat Chongukning izzat-nafsiga juda qattiq tegardi. Xotiniga qisqa nazar tashlashi bilanoq, uning xayoliga Aseel kundaligiga oshiq koʻzlar bilan ahmoqona soʻzlarni yozayotgan suratlari kelardi. Yigit oʻzining nazoratsiz fantaziyasidan aziyat chekardi. Aseel eri bilan gaplashishga qancha harakat qilmasin faqat sovuq javoblar olardi. Boshqa paytda, Chongukning bunday munosabati uning uchun hatto yoqimli boʻlar edi, ammo hozir emas. Oʻzini yolgʻonchi his qilish juda...

Chonguk kompaniya koridori boʻylab ketar ekan, Akil bilan o'tgan uchrashuvni o'ylab ketardi. Suhbat davomida erkak labini tishlab, arang oʻzini ortiqcha soʻzlardan tiyib turardi. Akil ahmoq emasdi va Chongukning borligi buning isboti boʻlgani uchun ogʻiz ochishga haqqi yoʻqligini yaxshi bilardi. Shu sababli, erkak yangi transport rejasiga jimgina rozi boʻldi va uni amalga oshirishning barcha xarajatlarini oʻz zimmasiga oldi. Uchrashuvdan bir necha kun oʻtgan boʻlsa-da, otasi safarda boʻlgani uchun unga hisobot berishga hali imkon boʻlmagan edi. Janob Chon qaytib kelganligi haqida Seokjinga xabar berilishi bilanoq, u darhol Chongukka qoʻngʻiroq qilib, otasining kelganini maʼlum qildi.