PATIENVICE 4-qism
— O‘sha qizning raqamini topib ber! — deb baqirdi Chonguk, Jiminning rad javoblaridan jahl otiga minib. — Aks holda, o‘zim topaman!
— Sen butunlay haddingdan oshding! — dedi Jimin o'zini zo‘rg‘a tutib. — Jonimga tegding, odamlar o‘ylayaptiki go‘yo men o‘sha o'ralgan qizga qiziqib qolganman! — Uzoq tin olish eshitildi. — Yaxshi, kechqurun yuboraman.
— Kutaman! — Chon telefonni qattiq siqib ushladi.
U hali-hanuz markaz yaqinidagi voqeani Aseelni kechira olmasdi. U qizning hayotini to‘liq egallamoqchi edi. Aseel har doim qo‘rquvda yurishini, hatto uyida ham o‘zini xavfsiz his qilmasligini xohlardi. U unga “baxtli hayot”ni albatta taqdim etardi.
U charchagancha karovatga o‘tirdi. Kechagi ziyofat va Tzining uyidagi ichkilikbozlikdan keyin endi uyga qaytgandi. Hali hammomga ham kirmay, Jiminga qo‘ng‘iroq qilgan edi.
Kecha u bilan, keyin esa Taehyung bilan birga bo‘lgan xitoylik qizning hidini tanasidan ketkazish uchun dushga borishga qaror qildi. Lekin telefon jiringlab qoldi. Ekranda Seokjinning ismi chiqdi.
— Nima gap? — deb so‘radi Chon, tezroq tugatmoqchi bo‘lib.
— Gaplashishimiz kerak, — dedi Jin jiddiy ohangda, demak bu suhbat Chon uchun yoqimsiz bo‘ladi.
— Qayerdasan? Yoningga boraman...
— Men sendan so‘rayapman, nima haqida gaplashmoqchisan, Jin? — dedi Chonguk har bir so‘zni ta’kidlab.
— O‘sha musulmon qizga bo‘lgan qiziqishing haqida. Agar janob Cho...
— Qaysi teshikka a’zoyimni tiqishimni men sen bilan muhokama qilishim kerakmi! — deb baqirdi Chon, Jiminga yana achchiqlanib.
U telefonni karovatga otib yubordi va dushga kirmoqchi bo'lib kiyimlarini yo'l-yo'lakay yechib tashlagancha polda qoldirdi — kiyimlari toki xizmatkor ayol kelib yig‘ishtirib qo'ymaguncha sochilib yotaveradi.
Chonguk kechqurun bosh og‘rig‘i bilan uyg‘ondi. Kecha unchalik ichmagan bo‘lsa-da, bosh og‘rig‘i chidab bo‘lmas darajada edi. U yotoqdan oyoqlarini tushirib, boshini siypalab og‘riqni yo‘qotishga harakat qildi. So‘ng qaddini ko‘tarib, choyshab bilan o'rnidan turdi. Yotoqxonasidan chiqayotganda esa choyshabi ham yerga tushib faqatgina ich kiyimda oshxonaga tushib ketti. Dorilar orasidan bosh og‘rig‘i uchun tabletkani topib, bir dona olib, suv bilan ichdi.
Chiyillagan tovush eshitildi. Kimdir eshik kodini terayotgan edi, va kirish eshigi ochildi. Eshikda– Kiantisak honim turgandi, u o‘rta yoshlardagi taylandlik ayol hizmatchi bo'lib, U allaqachon ish kiyimini kiyib olgan edi. Chonguk uni ishga olganidan bir oy o‘tgach, unga kvartiraning kirish kodini aytgan, shuning uchun u xohlagan paytda kelib tozalash ishlarini qilardi. Chonguk unga aniq ish kunlarini belgilamagan – hatto u yalang‘och yurganida kelib qolsa ham, parvo qilmasdi. Faqat agar u jinsiy aloqa qilayotgan bo‘lsagina, ayol yuzini o‘girib tursa bas. Ayol esa bu ishlardan so‘ng, bu kabi holatga duch kelmaslik uchun o‘n marta duo qilgancha Chonning uyiga kirardi.
— Ooo, go'zalim Kisa… — Chonguk stulga o‘tirdi-da, stakandagi suvini ko'targancha salomlashdi.
— Ki-an-ti-sak, — ayol har bir bo‘g‘inni alohida aytib chiqdi. U Chonguk nima uchun uni "Kisa" deb chaqirayotganini tushunmas, shuningdek, bu atay qilinganini ham o‘ylamasdi. — Sizga toza kiyim olib kelaman, — dedi u og‘ir aksent bilan va tezda yotoqxonaga yo‘l oldi.
— Kisa, Sisya – nima farqi bor… — dedi Chonguk peshonasini stolga qo‘yib, uning sovuqligidan huzur olib. — Menga yeyishimga nmadr tayyorlab bering bo'ldi.
Ayol qo‘lida buklangan shim, ichki kiyim va tostovka bilan oshxonaga qaytdi. Agar u kiyimlarni o‘zi olib kelmasa, Chonguk shunday yarim yalang'och holda, ishiga ketguncha yuraverardi.
— Oling, janob Chon, — dedi ayol va kiyimlarni yonidagi stulga qo‘ydi.
— M-m, — deb g‘uldiradi yigit. U boshini yon tomonga burdi, ammo hali ham stolda yotardi. — Men hozir toza ichki kiyimdaman Kisaxon.
Ayol norozi tarzda yigitga qarab, yerda yotgan kiyimlarni yig‘arkan, tailand tilida tez-tez gapira boshladi. Chonguk ayolning gaplarini tushunmasdi, ammo uning o‘zini “cho‘chqa”, “buzg‘unchi” va “dangasa” deb so‘kayotganini aniq his qilardi.
Boshidagi shovqin bosilgach, Chonguk ayol olib kelgan kiyimlarni kiyib oldi. Ustidan o‘zining puff jaketlaridan birini kiyib, chiqishda kepka va mashina kalitlarini oldi-da, kvartirani tark etdi. Avval otasining oldiga borishi kerak edi, lekin undan oldin Aseel bilan ko‘rishmoqchi edi. Jimin yuborgan rasm asosida u qizning jadvalini tekshirib, Aseel tez orada bo‘shashini bilib oldi.
Mashina ichida u Jiminga qo‘ng‘iroq qildi. Do‘sti telefonni ko‘tarishi bilan:
— Djminni universitetdan olib ket, — dedi.
— Nima? — dedi Park Jimin hayron bo‘lib. — Nimaga unday deyapsan?
— Singlingni aytyapman, uni uyga olib ket. U oyoqlarim ostida o'ralashmasin! . — Chonguk xavfsizlik kamarini taqib, mashinani haydab chiqayotgan edi.
— Yana nimani reja qilyabsan Chonguk? — dedi Jimin shubha bilan. U Seokjin bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng Chonguk tinchlanadi deb o‘ylagan edi. — O‘zingni go‘yo pubertad yoshdagi ahmoqlardek tutyapsan!
— Aseelni yonida Djimin bo‘lmasin, dedim senga! — Chonguk g‘azab bilan baqirdi, boshqalar uning ishlariga aralashayotganidan jahli chiqib. — Va telefon raqamini yubor!
— Djimin onam bilan savdo markazida yuribdi! U hozir universitetda emas! . — Park charchagan ohangda javob berdi. — Iltimos, nima qilmoqchisan, shuni ochiqroq ayt.
— Emmm... qizni shunchaki kuzatmoqchiman, — degancha Chon jilmaydi. — ko'rishguncha do‘stim. — U qo‘ng‘iroqni o‘chirib, telefonni yo‘lovchi o‘rindig‘iga uloqtirdi.
Chonguk Universitetga yetib borishni va qizni topishni sabrsizlik bilan kutardi. Bu endi uning og‘riqli xayoliga aylangan edi. Aseelga og‘riq yetkazish istagi geometrik progressiyadek ortib borardi, u buni bir marta emas, balki doimiy ravishda qilishni, uni har qanday vaqtda qo‘rqitishni va... ortga chekinishga majburlashni xohlardi.
U kampus darvozasiga iloji boricha yaqin joyga haydab bordi, garchi u yerda to‘xtash joyi bo‘lmasa ham, xavfsizlik kamarini yechib, tashqariga chiqdi.
Talabalar har tomonga yugurib yurishardi. Yam yashil daraxtlar perimetr bo‘ylab joylashgan edi. Ular yaratgan soyada keng shoxlar ostida skameykalar o‘rnatilgan edi.
Chonguk shimining orqa cho‘ntagidan sigaret qutisini olib, bo‘sh skameykalardan biriga o‘tirdi. U yerdan atrofni kuzatish qulay edi. U kirib-chiqayotgan har bir talabani ko‘rardi. Uni biroz jaxli chiqardi, negaki u o‘zini bolakaydek tutib, qizni kutishga majbur bolayotgani yoqmasdi. Aksincha bevosita uning manziliga borib, yuzma-yuz gaplashishni xohlardi. Keyin nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatardi.
Uchinchi sigaret qoldig‘i axlat qutisiga uchdi. Qoidalarni buzish, yong‘in xavfi mavjudligi — bularning hammasiga tupurgan, u o‘zining, unga ko‘ra, bolalarcha harakatlaridan allaqachon yona boshlagandi.
U Aseelni uzoqdan baland bo‘yli yigit bilan suhbatlashayotganini ko‘rib qoldi, yigit ishonch bilan nimanidir gapirib, qo‘llari bilan ishora qilardi. Qizga yigit juda yaqin kelganda, ehtimol bilmay balki esa ataylab, qo‘llarini juda yaqin silkitganda qiz ongsiz ravishda undan uzoqlashardi.
Chongukni ichida vulqon otila boshladi, u qizni kulrang yubkada, ichidan esa oq, uzun yengli bluzka, ustiga esa tizzasigacha tushib turgan kardiganda korar ekan boshidagi sharfning bir uchi ko‘kragiga osilib turardi, ikkinchisi esa boshiga o‘ralgan holda bir tola sochini ham ko'rsamasdi
Chonguk qizni qora krossovkalardan nigohlarini ko'tarib Aseelning barmoqlariga qaradi. U bu safar qanday uzuklar taqqanini sabrsizlik bilan kutardi. Aksiga olib u bugun birorta ham uzuk taqmagandi. Ammo hafsalasi pir bo‘lishga vaqt yo‘q edi, chunki ko‘zlarining burchaklari allaqachon g‘azabdan qimirlay boshlagandi. Chunki Aseel yonidagi yigitga jilmaydi.
Chonguk juftlikka shoshilinch qadamlar bilan yaqinlashdi va hali ohirgacha chekilmagan sigaretini yigitga otdi, u esa ortga bir qadam tashlab, tushunarsiz ifoda bilan Chonga tikildi.
— Nima qilyabsan? — deb so‘radi u, qo‘llarini ikki tomonga yoyib.
— Nima, yubkasi ostiga kirging keb qoldimi, mm? — tishlari orasidan g‘azab bilan so‘zladi Chonguk. — Yoki u uchun do'stlaring bilan baxs boylaganmisan?
— Nima deyapsan o‘zi? — Yigit Chongukka yaqinlashib, uning kurtkasining yoqasidan ushladi.
— To‘xtanglar, iltimos! — Aseel qo‘rquvdan o‘ziga keldi. Ular tomon yaqinlashayotgan Chongukni ko‘rib, qotib qoldi. Qiz allaqachon qochishni o‘ylagandi, ammo u doim ichida Chonguk uni quvib yetib, ushlaydi degan qo‘rquv bilan yashardi. — Odamlar qarashyapti ahir!
— U esini yegan, Aseel! — dedi talaba yigit Chongukni kurtkasidan tortib.
— Uni qo‘yib yubor! — Aseel oldinga intildi, lekin yigitni tortib olishga ojizlik qilardi.
Chonguk kiyimidan tortishiga yo‘l qo‘yib berar ekan burni orqali og‘ir nafas olardi. U agar hozir o‘zini bosmasa, bu yigitning yuzini qonga belanguncha kaltaklashi mumkun, kerak bo‘lsa shu yerni o'zida jonini sug'urib oladi..
— Chanmin to'xta! — Aseel oyog‘i bilan yerga tepindi. — U bunga arzimaydi!
Qizning oxirgi so‘zlari Chongukga go‘yo buqaga ko‘rsatilgan qizil mato kabi ta’sir qildi. U talabaning qo‘llarini ushlab, itarib yubordi va boshi bilan uning burniga zarba berdi. Zarba shunchalik kuchli ediki, yigit burnini ushlab qoldi. Bir zumda qoni kaftiga oqib tushdi, u esa yuzidan qo‘lini olib, qonga to‘lgan qo‘lini ko‘zdan kechirdi.
— Suka! — deb baqirdi ChanmIn va qollarini musht qilib Chongukka tashlandi, ammo u ustalik bilan chap berib yigitni sochidan ushlab, tizzasi bilan qorniga urdi. ChanmIn kuchli og'riqdan egilib bukchayib qoldi.
Atrofda odamlar to‘planib, tomosha qila boshlashdi. Ular hech narsa qilmasdan turishardi. Aseel buni ko‘rib tushundiki , agar Chonguk unga nisbatan ham biror ish qilsa, ular xuddi shunday befarq kuzatib turaverishadi va hatto kimdirlar telefoniga yozib olishni boshlagan bo‘lardi.
Aseel urishayotgan yigitlardan uzoqlashib, deyarli yugurib ketdi. U tinchlanish uchun uyga yetib borishni, onasining issiq taomi va yoqimli suhbatlarini orzu qilardi.
U allaqachon uzoqlashgan edi, biroq kimdir yelkasiga qo‘l qo‘yib, uni orqaga burdi.
— Qayoqqa ketayapsan?! — deb baqirdi Chonguk.
Yigitning kurtkasi yoqa qismidan yirtilgan, sochlari esa to'zg'igandi.
— Menga tegma! — Aseel o‘zini qo'llari bilan quchoqlab, undan orqaga chekinib dedi. — Menga tegma, tushundingmi?! — Bu so‘zlar ko‘proq vahimaga tushgan qichqiriqqa o‘xshar edi.
— Bo‘lmasa nima qilasan?! — Chonguk yuzida xavfli tabassum bilan yaqinlasha boshladi. — Nima qilasan? Sharfing bilan bo‘g‘asanmi?
— Men... — Aseel atrofga qaradi, balki kimdir yordamga kelar, degan umidda. — Men.. Men baqiraman! — dedi u dadil ohangda, lekin bu Chongukka umuman ta’sir qilmadi.
— Baqir, karamcham, menga bu aksincha juda yoqadi, — dedi Chonguk pastki labini yalab. — Yana men yomon so‘zlarni yaxshi ko‘raman… bilasanmi shundaylarini?
— Bilaman! — deb baqirdi Aseel. Orqasiga o‘girilib, yo‘lga qaradi va to‘xtadi. — Yaramas, bezbet!
Chonguk kulib yubordi. Aynan shu kulgi odamlarning e’tiborini tortdi, qizning qo‘rqqan holati esa yo‘q.
— Bilasanmi, sening qulog‘ing yaqin orada mening kolleksiyamdagi eng uyatsiz so‘zlarim bilan to‘lishini o‘ylashimni o'zi menga rohat beradi — dedi u kulishni to‘xtatib, Aseelni sharfidan o'ziga tortdi. — Qachon seni yechintirishimga ruxsat berasan?
— Faqat uylangandan keyin! — deb baqirdi Aseel va sharfiga yopishib uni tortib oldi. Balki shu bilan uni qo‘rqita olaman deb umid qilardi.
— Vouuu bu seni shartingmi? — dedi Chonguk, hali ham qo‘lini tushirmay. — Rostdan ham bokiraligingni nikohgacha saqlamoqchimisan? Nahotki hali ham shunday o'ylaydiganlar bo'lsa? — U go‘yo imkonsiz narsani gapirgandek yuzini burishtirdi.
— Bunisi bilan seni ishing bo'lmasin! — Aseel orqasiga o‘girilib, mashinalarga e’tibor bermay yura boshladi. Mashinalarni chiyillab to‘xtagan ovozi eshitildi.
— Qayoqqa ketyapsan axmoq qiz Ko'zingga qarasangchi?! Yashashdan toydingmi?! — deb haydovchilar tomonidan norozi hayqiriqlar qizga qarab yog‘ildi.
Aseel yelka sumkasini qattiq siqqancha tanish bekatga qarab yura boshladi. Chonguk uni kuzatayotganini sezib orqasiga o‘girilishni istamadi.
— Blyat, asabimni buzding tektak qiz —Chonguk jaxli chiqsada asabiy kula boshladi.
U kiyimining cho‘ntagidan jiringlagan telefonni chiqarib, so'kindi. Bu paytda Aseel bekatga allaqachon yetib borgan edi. Chonguk qizni kutgan vaqt ichida, otasi bilan uchrashuvini unutib qo‘ydi. U qo‘ng‘iroqni qabul qilishni xohlamadi, chunki otasi unga kechikkani uchun tanbeh berishi aniq. Shuning uchun, qo‘ng‘iroqni rad etib, "men yaqinlashib qoldim" deb sms yozib, tezda mashinasiga qarab yo‘l oldi.
Quyosh ufqda yashiringan, qorong‘ulik yaqinlashayotganini bildirardi. Chonguk mashinasida otasining baland va hashamatli uyi oldida toxtatdi.
Quyosh ufqda yashiringan, qorong‘ulik yaqinlashayotganini bildirardi. Chonguk mashinasida otasining baland va hashamatli uyi oldida toxtatdi.
Mashinasining faralari darvozadagi panjaralar orasidan uy ichidagi hovlini yoritib turgandi.
Xavfsizlik xodimlari tezda darvozani ochishdi va yosh janobni ichkariga taklif qilishdi. .
Bir necha daqiqadan so‘ng, Chonguk otasining hashamatli uyiga kirdi. U poyabzalini yechib, yonida turgan uy uchun mo'ljallangan poyabzalni kiyib oldi.
Chongukning otasini yosh xotini pul va hashamatni juda yaxshi ko‘rardi, lekin uy ichidagi turli xil mebel va bezaklar uning didsizligini ko‘rsatardi. Yoki, ehtimol, u faqatgina eng qimmat jihozlarni sotib olgan va ularni uyg'inligiga esa aqli yetmagan.
— Oh, Chongukii, nihoyat biz qariyalarni ko'rishga kelibsanda?
Yosh 30 yosh atrofida bo‘lgan ayol , tezda Chongukni quchoqlab, ikki yuzidan o‘pdi. Ayolni sochlari tartibli qilib yig'ilgan, bo‘ynida esa qimmatbaxo marjon bor edi.
— Oyiiiijooooon, siz o‘zingizni juda qaritib yubordingiz! — deya Chonguk, o'yin qilgancha javob berdi. U bu ayolni yomon kormasdi, chunki u ahmoq bo‘lsa-da, Chongukka yovuzlik yoki ziyon yetqazmasdi. — Agar siz qari bo‘lganingizda, dadam sizni bu katta uyiga yaqinlashtirmasdi ham.
— Oh Chonguuuki, bunday katta uyni boshqarish qanchalar og‘ir ekanligini bilsang edi! — Ayol qo‘lini ko‘tarib, o‘zini bu uyga egalik qilayotgan kabi his qildi. — Faqatgina Jivonning sevgisi menga kuch berib turadi. — U xizmatchisini chaqirib Chongukning ustki kiyimlarini olishini buyurdi.
— Va Jivonning pullarini ham, to‘g‘rimi, oyijon? — deya Chonguk xushmuomalalik bilan tabassum qildi va mehmonxonaga kirdi. — Dadam xonasidami?
— Ha, kichkintoyim , u kabinetida. — Ayol uni yelkasiga qo'lini qo'yib, muloyimlik bilan javob berdi. — Siz gaplashib turing, men esa choy tayyorlatib kelaman.
Chonguk otasining kabinetiga o‘tdi va hech qanday taqillatishlarsiz kirib bordi.
Yoshi kattaroq, yuzida chuqur ajinlar bo‘lgan erkak, katta o‘tirish kreslosida hujjatlarni ko‘zdan kechirayotgan edi. Jivon yuzini ko‘tarmadi, chunki uni o‘g‘li — Chongukgina eshikni taqillatmay kirishini juda yaxshi bilardi.
Otasining ko‘rinishidan katta kuch egasi ekanligi sezilib turardi.
— Necha marta aytganman, taqillatib kirishing kerakligini senga? , — deya, u sekin varaqlarni ochib, tinch ovozda o‘g‘liga murojaat qildi.
— Sizning mendan berkitadigan siringiz bormi dadajon? , — deya, Chonguk tabassum bilan tartibli stol yonidagi stulga joylashdi.
— Bu etika, Chonguk, — deya, erkak ovozini biroz balandlatib gapirdi. — Har narsada qoidalar bo‘lishi kerak. Shuni yodda tut.
Chonguk otasining gapiga shunchaki kulib qo‘ydi. Chon hech qachon o'zidagi kamchiliklarni to'g'rilashga harakat qilmasdi va bunga muhtojlikni ham sezmasdi. Ammo otasi esa odob-axloq va o‘ziga xos jinoyat dunyosining mentalitetiga sodiq edi.
— Ishga kirishamizmi? — dedi Chonguk, asabiy tarzda oyog‘i bilan polni taqillatib.
— Seokjinni kutamiz. U hozir yetib keladi, — dedi janob Chon, o‘g‘liga qaramasdan, diqqat bilan hujjatdagi harflarni ko‘zdan kechirarkan.
O‘n daqiqa o‘tgach, eshik taqillab qoldi. «Kiring», degan qisqa javobdan so‘ng, kabinetga Kim kirib keldi. Janob Chon uni bejizga “sevimlilari” qatoriga kiritmagan edi. Seokjin har doim did bilan kiyinardi: klassik shimlar, mukammal dazmollangan ko‘ylaklar va yaltillatib tozalangan tuflilar. U muloyim va uzoqni ko‘ra oladigan inson edi. Hech qachon shoshilinch va «WINGS» kompaniyasi rahbarining ko‘rsatmasisiz ish tutmasdi.
— Kechikkanim uchun uzur, — deya muloyimlik bilan egilib uzr so‘radi Kim.
U oldinga yurdi va Chongukni yonidagi stulga qo‘llarini stol ustiga qo‘ygancha o'tirdi. Chongukning stulda beparvo cho‘zilib o‘tirganidan farqli o‘laroq, Jin tikka, va aristokratlardek o‘tirardi.
Janob Chon hujjatlarni chetga surib, xonadagilarga nazar tashladi. Ko‘zi bir lahzaga o‘g‘lida to‘xtadi va yuzida yengil bir norozilik ifodasi paydo bo‘ldi. Seokjinga qaraganda, uning o‘g‘li yanada beparvo va tartibsiz ko‘rinardi. Aslida, janob Chon hech qachon yashirmasdi: u voris sifatida o‘zining eng yaxshi odamlaridan birini ko‘rishni xohlar edi. Ammo taqdir unga Chongukni bergan edi.
— Sizlar Akilni ko‘rishga borishingiz kerak, — dedi janob Chon xotirjam ohangda.
— Axir u... — Seokjin ko‘ylak yoqasini to‘g‘rilarkan, so‘z boshladi, — Koreyadan tashqarida-ku?
— Bilaman. Siz uni uyiga mehmon bo‘lib borasiz, uning o‘zi hozir yo‘qligida, — dedi janob Chon, derazaga yaqinlashib, hovliga qararkan.
Seokjin o‘z joyida noqulaylik bilan qimirlay boshladi, gap nimadaligini anglab yetgandi. U Chongukka qaradi va uning chalkash nigohini sezdi.
— Dada, biz Akilning oilasini yo‘q qilishimizni hohlaysizmi? — dedi Chonguk, otasining gaplaridan boshqa ma’no chiqara olmay. Ammo u, ayniqsa, otasi kompaniya uchun zarur bo‘lgan Akildan nega voz kechayotganini tushunmasdi. — Lekin nima uchun?
— Akil vatanida haddan ortiq uzoq qolib ketdi. — Seokjin o‘z shubhalarini baland ovozda ifoda etdi. — U o‘zining eski mavqeini tiklashi va u yerda qolishni istab qolishi mumkin. Biz esa uni yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Ammo... — U janob Chonning ortidan qaradi.
— Bizga u qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib qo‘ya olmaymiz, — dedi Chonning otasi uning gapini davom ettirib. — Ularning jamoasi juda mustahkam. U yerda nizo chiqarish oson emas.
— Unda Akilni tezroq qaytishga majbur qilish kerak, — dedi Seokjin, barmoqlari bilan stol ustini sekin-sekin taqillatarkan. — Bugun ularning uyiga borib, choy ichamiz.
— Men Taehyungni bugunga tayyor bo‘lishini aytaman, — dedi Chonguk, nihoyat vazifaning mohiyatini tushungan holda.
— Yo‘q, Chonguk. — dedi janob Chon qat’iy ohangda. — Sizlar shunchaki Akilning uyiga samimiy suhbat qurish uchun borasizlar va Akilga u yerdan telefon qilib salomimni yetqazasizlar. — U o‘g‘liga qattiq nigoh tashlab, gapining jiddiyligini anglatishga harakat qildi. — Taehyungsiz. — Chunki u bilardi: Chonguk va Taehyung tandemi oddiygina choy ichish bilan kifoyalanmas, albatta qanaqadir muammo chiqarishardi.
Do‘stlar jim-jit holda mashinalar tomon yo‘l oldilar. Ular vaqtni cho‘zmay, darhol "mehmondorchilikka" borishga qaror qilishdi. Chonguk esa ishni tezroq yakunlab, Jimindan yuborgan Aseelni raqamiga qo'ng'iroq qilishni xohlardi. Hali otasining kabinetida o‘tirgan paytida, Parkdan kelgan xabardagi raqamlar ketma-ketligini ko‘rib, xayolida Aseel kabi uyatchang qizga o‘zining nozik joyi* suratini yuborayotgani jonlandi. Bu tasavvur uni tabassum qildirdi — qizning reaksiyasini o‘ylab zavqlanardi. U qiz uchun albatta nimadir o‘ylab topadi
— Chonguk… — o‘z mashinasiga yaqinlasharkan Jin sukutni buzdi, u Chonning mashinasini yonida to‘xtab turardi. — Aseel haqida...
— Meni tinch qo‘y, — dedi Chonguk, mashinasini elektron kalit yordamida ochib. — Seokjin, qachondan beri mening intim xohishlarim senga qiziq bo‘lib qoldi?
Seokjin eshik tutqichiga qo‘lini qo‘yib, o‘rnida qotib qoldi va kulimsiradi.
— Shunchaki... — dedi u va kulgisi yanada kengaydi. So‘ng mashinaga o‘tirdi va eshikni ehtiyotkorlik bilan yopdi.
Chonguk Seokjinning mashinasini ortidan ketdi, chunki u Akil qaysi uyda yashashini aniq bilardi.
Akil yashaydigan rayon atrofida ko‘pam daraxtlar yo‘q edi. Har taraf asfaltlangan, faqat ayrim hovlilarda bitta-ikkita bonsay daraxtlari ko‘zga tashlanardi.
Seokjinning mashinasi ikki qavatli, atrofida panjara yo‘q uy oldida to‘xtadi.
Chonguk bu rayonda ko‘p bo‘lgan, ammo alohida uylarga hech qachon e’tibor bermagandi.
Seokjin mashinadan tushdi va yo‘lovchi o‘rindig‘idan bir papka oldi. Palto yoqasini to‘g‘rilab, ikkinchi qavatda chiroq yonib turgan derazaga qaradi. Chonguk eshikni qattiq yopib, uning yoniga keldi.
— U shu yerda yashaydimi? — so‘radi Chonguk, Seokjinning nigohini kuzatarkan. — Jiyani ham shu yerda turadimi? U necha yoshda ? — U kinoyali kuldi va pastki labini yaladi.
— Jiyani qo‘shni uyda yashaydi, — dedi Seokjin, yon tomondagi uyni ko‘rsatib va jilmayib davom etdi: — Chonguk, biz hozircha hech kimga tegmaymiz.
— Men shunchaki yoshini so‘radim, — dedi Chon taslim bo‘lgandek va do‘sti ortidan kirish eshigi tomon yurdi.
Do‘stlar eshik oldida to‘xtashdi. Eshik ustida arab tilida yozilgan yozuv osilgan edi.
— Bu bilan jinlarni quvishadimi? — deb kulimsiradi Chonguk, tushunarsiz arab harflariga qarab. — Qiziq, mening karamcham qaysi uyda yasharkin? — U atrofga alangladi, go‘yoki qaysidir uyning devorida qizning rasmi osilgandek.
Seokjin boshini chayqab, chuqur xo‘rsindi va domofonga qo‘ng‘iroq qildi. Ikkinchi qo‘ng‘iroqda domofondan bolakayning ovozi eshitildi:
— Salom, bolakay, — dedi Seokjin, ovozini iloji boricha yumshatib. — Bizni dadang yubordi. U senga juda muhim hujjatlarni berib qo'yishimizni aytdi. — U papkani ko‘tarib ko‘rsatdi, bolakay ko‘rishi uchun.
— Yo‘q, bolakay. Hujjatni faqat shu uydagi erkak kishiga berishimizni Akil tayillagan, — dedi Seokjin bolakayning o‘zini katta his qilishini maqsad qilib, uni ko‘ndirishga harakat qilarkan. Chunki boshqa usullarga o‘tishni istamasdi.
Eshikdan chiyillagan ovoz eshitildi va joyida tinch tura olmayotgan Chonguk darhol eshikni ochib, ichkariga kirdi.
Uy ichidagi muhit odatdagi koreys uslubidan ancha farq qilardi. Do‘stlar mehmonxonaga o‘tishdi, yerda bir nechta gilamlar to‘shalgan edi. Xona ancha katta bo‘lib, markazda divan va kreslolar joylashgandi. Kirish eshigi yonida esa bir stol turardi va unda tutatqi (bahur*) yonib, butun xonaga xushbo‘y tutun taralardi.
Oshxona tomondan to‘qqiz yoshlar atrofidagi bolakayning boshi ko‘rindi. U mehmonlarga ko‘zlarini pirpiratib qaradi, so‘ng ularning oldiga chiqib, dadilroq dedi:
— Dadam nima berdi? — U kichkina qo‘lini Seokjinga uzatdi va bu Kimni jilmayishga majbur qildi.
— Uyda kattalar bormi? Kimnidir chaqira olasanmi? — so‘radi Seokjin bolakaydan.
Tepa qavatga olib chiqadigan zinadan sekin qadam tovushlari va keyin bolani chaqirayotgan qiz ovozi eshitildi:
— Asad! Yaramas bola, nega uyg‘otmading?! Men duo vaqtini o‘tkazib yuboribman…
Tanish ovozni eshitgan Chonguk birdaniga zinaga qaradi va u yerda Aseelni ko'rdi. Chonguk yirtqich tabassum bilan jilmaydi va pichirladi:
— Hyoon bu taqdir… — Chon do‘stining yelkasiga yengil urib, ko‘zini Aseeldan uzmay gapirdi.
Aseel mehmonxonaga qaradi. Qaradiyu yuragi dahshatdan tez ura boshladi — u bola bilan yolg‘iz qolganini va bu yigit qanday qilib uning manzilni topganini anglab, vahimaga tushdi. U Chon qayerdan bilganini ham, qanday qilib bu vaqtda uni uyida paydo bo'lib qolganini ham tushunmasdi. Nahotki u izidan kuzatib yurgan bo‘lsa?
— Asad, tez yonimga chiq! — Aseel qo‘rqib, bolaga qo‘l uzatdi. — Agar darhol ketmasangiz, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilaman! — U zinada himoya uchun qo‘lga ilinarli biror og‘ir buyum qidirib ko‘z yugurtirdi, ammo yaqin atrofda hech narsa ko‘rinmasdi.
— Aseel… — tinchlantirishga harakat qilib gap boshladi Seokjin, bir qadam oldinga chiqib. — Shunchaki pastga tush. Biz senga zarar yetkazmaymiz. — Qizning qo‘rqib, ayniqsa Chongukka qarab turgan nigohini ko‘rib, shunday qo‘shimcha qildi: — Va'da beraman.
Ammo Seokjinning xotirjam ovozi Aseelni xotirjam qilolmadi. Aksincha, u bolakay tomon qadam tashlagan Chongukdan cho‘chib, yana o‘z xonasiga yugurdi. Rejasi aniq edi: telefonni olib, politsiyaga yoki hech bo‘lmasa, yaqin qo‘shnilardan biriga qo‘ng‘iroq qilish.
Chonguk joyidan otilib, bir necha pog‘onalarni birdaniga sakrab zinapoyaga yugurdi. Qo‘rqib ketgan bolakay oshxonaga yugurib kirib, faqat bitta narsani o‘ylardi — u o‘z qo‘li bilan o‘g‘rilarni uyga kiritdi va endi otasi oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi. Bola ko‘z yoshlarini yutib, oshxona stol ostiga yashirindi.
Aseel eshikni yopishga ulgurdi, telefonini olib politsiyaga qo‘ng‘iroq qilish uchun raqam terdi. Ammo telefon qo‘lidan yulib olindi.
—Ayni damda sen faqat amaking Akildan boshqa hech kimga qo‘ng‘iroq qilmaysan, — dedi Chon, yovuzlarcha tirjayib, qizga yaqinlasha boshlagancha. — Kim ham o‘ylabdi deysan mening shirin shokoladkam Akilni qondosh jiyani bo'lishini
Yerga shovqin bilan tushgan krem ballonchasining ovozi eshitildi. Aseel ortga chekinib, komodga suyandi va qo‘li bilan ustidan biror og‘ir narsa izlay boshladi. Lekin faqat parfum idishlar yerga tushib, shovqin ko‘paydi.
— Meni tinch qo‘y! — deya baqirdi Aseel, hech narsani topolmay, qo‘llari bilan o‘zini himoya qilishga urinib.
— Agar… — dedi Chon, boshini aylantirib, qizning ro‘moli tomon ishora qilib. — …boshingdagi "bint"ni yechsanggina. — U Aseelning har bir harakatidan zavqlanayotgandi. Qiz yig‘lay boshladi.
Aseel yuragida allaqachon hayot bilan vidolashgandi. Bunday ta'qib orqasidan bu darajaga yetishini umuman kutmagandi. Agar bilganida edi, allaqachon amakisiga yoki mahalladagi odamlarga aytgan bo‘lardi. Endi esa faqat yig‘lash va qismatini qabul qilish qolgandi.
— Asadni qo‘yib yubor. U hali bolakay… Iltimos… — dedi Aseel, yuzini qo‘llari bilan bekitib. Uning ko‘z yoshlari yuzidan yaltirab dumalardi.
Chonguk esa qizni ahvolidan chin dildan zavqlanayotgandi. Qizning yoshlari uning nafsini yanada qitiqlardi.
— Qo‘yib yuboraman… Agar… — dedi u, Aseel tomon egilib qo‘pollik bilan qizning yuzidan silab yoshlarini artdi. Aseel ko‘zini yumdi va yuzini chetga burdi.
— Pastga tush! — orqadan Seokjinning buyruq ohangidagi ovozi eshitildi. Chongukni ko‘zlari suzilib, hafsala bilan ortga o‘girildi. — Tezda, — deya gapini davom ettirdi Jin, bu gap Aseel uchun edi.
Qiz zinalardan tushmoqchi bo‘lib Chonning yonidan o'tishi bilan Chonguk chaqqonlik bilan uning belidan ushlab, yelkasiga ko‘tarib oldi. Aseel yuragi vahimadan qattiq urayotganini his qilardi. U Chongukning keng yelkasiga mushtlab urdi, ammo bu zarbalar unga chivin chaqqan kabi sezilardi.
— Men o‘zim tushmoqchi edim! — Aseel baqirar ekan ovozi qorquvdan yana ham ingichkalashgandi . — Men gapingizga quloq solayotdim! Iltimos, meni tushiring! — deb, Chongukning kurtkasini siqib oldi.
Aseel boshini baland tutib, uning beliga tegib qolmaslik uchun harakat qilardi. Ammo qiz uchun Chongukning qo‘li uning belida bo‘lishi naqadar jirkanch tuyulardi.
Chonguk katta qadamlar bilan pastga tushdi. Seokjin esa kulimsirab pichirladi:
— U o‘zi ham tushib kelardi-ku.
— Men karamchamga qanday g‘amxo‘rlik qilishim mumkinligini ko‘rsatmoqchiman, — deb masxaraomuz kuldi Chonguk, qizni pastga tushirarkan. U Aseelning orqasiga kafti bilan yengil shapaloq urib, qo‘shimcha qildi: — Yoqdimi senga , shirinim?
Aseel yig‘lay-yig‘lay butunlay jim qoldi. Javob bermay, qimirlamaslikka harakat qildi.
Birinchi qavatda Chonguk qizni yerga qo‘ydi. Aseel darrov kiyimini tartibga solib, yuzini artdi. U boshini burib, mehmonlarning yuziga qaramaslikka harakat qilardi. Bolakay Asad esa yugurib kelib uning etagidan mahkam ushlab oldi.
Seokjin bilan Chonguk stulga borib o‘tirishdi va Aseelga ham o‘tirishni ishora qilishdi.
Aseelning yuzi ko‘z yoshlardan ho‘l, burni esa qizarib ketgandi. U stulning chetiga omonatgina o‘tirdi va Asadni orqasiga yashirdi.
— N-nima istaysizlar? — dedi Aseel, past ovozda va yon tomonga qarab.
— Faqat bir piyola choy, — dedi Seokjin, unga iloji boricha muloyim qarab. — Choy quyasanmi?
— Men… — Aseel Seojinga ham, gap so‘z topolmay, og‘zini ochib-yopib qoldi. — Men nima bo‘layapti, tushunmayapman…
— Hech narsa, — dedi Jin. Stol ostidan Chongukning tizzasini bosib, uni gapirmaslikka chaqirdi. — Faqat birga choy ichamiz, keyin amaking Akilga qo'ng'iroq qilib uyingiz tinch ekanligini ayatasan. — U yelkasini qisdi, go‘yoki hammasini oddiydek ko‘rsatib.
Aseelning yuzida endi qo‘rquv o‘rnini hayrat egalladi. Bir savol ikkinchisining ustiga keldi. "Ularni Akilga nma aloqasi bor? Ular uni tanishadimi? Men uchun kelishmaganmi?" degan o‘ylar xayolini egalladi.
— Men nima qilishim kerak? — qiz chuqur nafas oldi va o‘zini qo‘lga olishga harakat qildi.
Seokjin stol ustidagi salfetkalarni unga yaqinroq surib, dedi:
— Avvalo, ko‘z yoshlaringni art va yig‘lashni bas qil. Keyin esa… Akildan xabar olasan.
— Telefonim… — Aseel oshxona tomon qarab, so‘ng Chongukka qo‘rqa-pisib tikildi: — U tepada qolgandi. Men olib kelsam bo‘ladimi?
Qizning ovozi titrardi, ichida ozgina umid uchquni porladi, lekin Chongukning kinoyali kulgusi uni tezda yerga qaytardi.
— Bolakay olib keladi, — dedi Chonguk, bolakayga ishora qilib. Asad esa darrov yugurib ketdi.
— Sen esa, — davom etdi Chonguk, — hozircha men bilan gaplashib turasan.
— U burunini tortib, zaldan kelayotgan hidni hidladi. — Bu yonib turgan qanday sehrli narsa ?
— Bu… — dedi Aseel, burnini tortib. Uning ovozi bo'g'ilgan va yig‘idan titragan edi. — Bu — xushbo‘ylik. Bizning dinimiz insonning tashqi ko‘rinishiga, pokizaligi va gigienasiga katta ahamiyat beradi. Hid… — u so‘zlarni qiynalib aytardi. — …odamlar va jamiyat e'tibor qiladigan birinchi belgilar qatoriga kiradi.
Aseel yana burnini tortdi. Seokjin esa jilmaygancha uni tinglardi.
— Endi bunday hidlar taratib , mening e’tiborimni jalb qilmoqchimisan? — dedi Chonguk, stol ustiga egilib, Aseelga yanada yaqinroq kelarkan. — Yaxshisi, ko‘proq ovqatlan. Men suyaklaringni sindirib qo'yishni xohlamayman.
— Yaxshi… — Aseel bo‘ysunishga tayyor edi, faqat Chonguk yana unga qo‘l tekkizishni o‘ylamasa bas.
— Oho, bu men uchun yashil chiroqmi? — deb masxara qildi Chonguk, qizdan javob kutib. — Hatto ering bo‘lishim shart ham emasmi?
— Men… — Aseel stuldan sekin turdi, boshi qotib. — Yo‘q… yani, ha! Men tushunmayapman, nimani nazarda tutyapsan...
Asad telefonni qo‘lida ushlab qaytib keldi va uni Chongukka uzatdi.
— Opangga ber, — dedi Chonguk, qisqagina.
Qiz bolakayning kichkina qo‘llaridan telefonni oldi. Qo‘llari titrardi. U qo‘ng‘iroqlar ro‘yxatini titkilab, nihoyat amakisi Akildan kelgan raqamni topdi va zudlik bilan chaqiruv tugmachasini bosdi.
Aseel butun vujudi bilan umid qilardi: Akil telefonga javob beradi va bu odamlarni uyidan chiqarib yuborishga yordam beradi. U endi hech qachon ukasi Asadni yolg‘iz tashlab ketmasdi. Endi faqat uni olib onasining uyiga qaytardi, Asad qanchalik kompyuter va o‘yinlarining orqasidan qolishni istamasa ham.
— U… u telefonga javob bermayapti, — dedi Aseel qorquv bilan. Uning ovozi titrardi. U erkaklar uchun bu qo‘ng‘iroq naqadar muhimligini bilmasdi. Balki, bu ularga bo‘lgan munosabatni keskin o‘zgartirib yuborardi… va bu o‘zgarish Aseel bilan ukasiga qanchalik yomon ta’sir qilishi mumkinligini tasavvur qilib, ko‘zlari qorong‘ilashdi.
— Yana bir marta qo'ng'iroq qilaman! — dedi qiz, qo‘rquvdan shoshilgancha.
Javob berish telefon orqali faqat to‘rtinchi urinishdan keyin eshitildi. Shu vaqt davomida Chongukning barmoqlari bilan stol ustida qoqayotgan tovushi Aseel uchun o‘ta og‘ir bo‘lib tuyuldi — u yigitning sabrsizligini va biror xatolikni kutayotganini butun tanasi bilan his qilardi.
— Nima bo‘ldi? — dedi Akil, ovozidan ehtiyotkorlik sezilib turardi. U bilardi: agar Aseel bunchalik ko‘p qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘lsa, demak, uyda jiddiy narsa yuz bergan.
Faqat endi Aseel anglab yetdiki — u nima deyishini bilmasdi. Yigitlar undan nimani kutishmoqda? Dadasiga nima deyishi kerak?
U telefonni qulog‘idan olib, "mehmonlar"ga qaradi va ular ko‘rsatma berishini kutdi.
— Amaki Ak... — dedi u titroq ovozda, biroq gapini tugatishga ulgurmay, Seokjin stol ustidan qo‘lini cho‘zdi.
Aseel hech qanday qarshilik ko‘rsatmay, telefonni uning kaftiga qo‘ydi va Asadni yetaklab, muzlatgich tomonga turib oldi — go‘yoki uning orqasiga yashirinmoqchidek.
— Janob Akil, xayrli kech, — Seokjin so‘zlarini cho‘zib, sokin ohangda gapirdi. — Yoki siz tomonlarda allaqachon tong otganmi?
— Seokjin?! — Akilning ovozi keskinlashdi. — Aseel qayerda?! Nega uni telefoni senda?!
— Xavotir olmang, janob Akil, — Seokjin jilmaydi, ko‘zlarini Aseel va uning devorga yopishgan qiyofasidan uzmay. — Biz shunchaki sizni yoningizga kichik bir ish uchun kelgan edik. Siz uyda emas ekansiz, shuning uchun Aseel bizni choy bilan mehmon qilmoqchi bo‘ldi.
— Meni ahmoqqa chiqarmang! — Akil baqirdi. — Aseel hech qachon begonalarga choy bermaydi!
— Janob Akil... — Seokjin stuldan turdi. — Axir men Aseel uchun begona emasman.
— Bunday narsalarni eslama! Sen u uchun — hech kimsan!
— Balki... — dedi Seokjin, pauza qilib. — Agar men bo‘lmaganımda, u hozir umuman mavjud bo‘lmasdi...
— Yetar! — Akil uning gapini bo‘ldi. — Janob Chonga ayting, ertalabki reys bilan o‘zim qaytaman. Bu tomoshangizga hojat yoq edi. Endi darhol uyimdan chiqinglar!
— Albatta, — Seokjin xotirjam javob berdi va telefonni yana Aseel tomon uzatdi.
Aseel erkaklar suhbatini tushunmadi — Akilning javoblari unga aniq eshitilmadi.
— Aseel, — dedi Akil, ovozi past, ammo qat’iy edi. — Men hozir biror kishini yuboraman. O‘zingizni ehtiyot qiling.
— Xo‘sh... — dedi Seokjin, Chongukning yelkasiga urib. — Biz ketamiz.
— Xyon, bu kecha qoladmiz? — dedi Chonguk, lablarini yalab, Aseel tomonga qiziqish bilan tikilarkan.
Aseel dahshat ichida erkaklarning yuzlariga qarab, ularning gaplarida yolg‘on izlamoqchi bo‘ldi.
— Qolardik, Chonguk, — dedi Seokjin jilmayib, — lekin ishlarimiz bizni kutmaydi.
Chon oshxonadan chiqayotib, yana bir bor Aseel tomon o‘girildi:
— Endi begonalarga eshikni aslo ochmagin.
— Meni kuzatib qo‘y, karamginam, — dedi Chonguk o‘z joyida turib. — Yoki nima qolishimni hohlayabsanmi?
U qoshlarini o‘ynatdi, shunda Aseel darhol yugurib kelib unga eshikni ochishga shoshildi.
Eshik oldida Seokjin Chonguk chiqishini kutdi va Aseelni yoniga yaqinlashib, past ovozda shivirladi:
— Men... — Aseel gapirmoqchi bo‘ldi, o‘zini oqlashga, uning bunday harakatlarga sabab bo‘lishi mumkin emasligini aytishga, ammo Seokjin bunga imkon bermadi.
— Men bilaman, sen qasddan qilmayapsan. Lekin shunday bo‘lsa ham...
U eshikni yopib ketdi. Aseel esa eshik oldida charchoq va vahima ichida asta sirg‘alib, yerga o‘tirib oldi.