Darkness and despair
Suratni qoβlida sinchiklab koβzdan kechirgancha, Yudjin sinfga kirib keldi va partasi tomon yoβnaldi, biroq uning yoβlini Teyon toβsib qoβydi. U qoβllarini koβksiga chalishtirgancha, yangi kelgan qizga gβarazgoβyona tirjayib tikilib turardi.
β Xoβsh, yangi qizaloq? Koβrib turibman maktabga ancha oβrganib qolibsan-a? Lekin boβshashmasligingni maslahat beraman, β u qizning yuziga yaqinroq egildi, β bu yerga uzoq chidab berolmaysan.
Yudjin xayollari bilan shunchalik band ediki, yigitning gaplarini deyarli eshitmadi. U boshini koβtarib, gβalaba nashidasini surib tirjayib turgan yigitga hayron boβlib qarab qoldi.
β A? Biror nima dedingmi? β bunday javob Teyonni nafaqat hayratda qoldirdi, balki biroz kamsitdi ham. Axir qiz uni shunchaki pisand qilmasdi, bu esa shu zahoti qiqirlab kulishni boshlagan do'stlari oldida uni masxaraga qoldirgandek edi. Yudjin esa qotib qolgan Teyonning yonidan aylanib o'tdi-yu, o'zini kutib o'tirgan Bomi yoniga, partasiga yo'l oldi.
β Ehhhh, bu ahmoqlarga e'tibor berma, Yudjin-a. Undan ko'ra ayt-chi, qo'lingdagi nima o'zi, shunchalik qiziq narsa ekanmi, bunchalik tikilib qolyabsan? β dugonasi suratga ko'z tashlash uchun yaqinroq surildi.
β Bu rasmni internetdan topdim. Haligi yigitning ko'zlari ham xuddi shunaqa edi.
β Ko'rdingmi? Endi bular senga ertak bo'lib tuyulmayapti, shundaymi? Aytyapman-ku, demonlar haqiqatda bor! β deb cho'zib gapirdi Bomi, o'z fikrini isbotlashga qattiq urinib.
β Oh, bilmadim, bilmadim. Bularning hammasiga shubham bor. Juda g'alati, β Yudjin lablarini burishtirgancha, suratdagi odamni diqqat bilan kuzatardi.
β Hoy, nimalar bo'lyapti bu yerda? β oldingi partada o'tirgan Xosok qizlarga o'girildi va tezda Yudjinning qo'lidan suratni yulib olib, sinchiklab qaray boshladi. β Mm? Bu qanaqa maxluq?
β Maxluq -bu sen o'zingsan, β tezda javob qaytardi Yudjin rasmga yopishib olgan yigitning qo'lidan uni qaytarib olar ekan, β bu noyob surat.
β Ha, bu demon, tushunyabsanmi? Haqiqiysi, β deb tushuntirdi Bomi hayrat bilan oh tortib.
β Nima? Demon? β Xosok xaxolab kulib yubordi.
β Ha, Yudjin yaqinda bitta kelishgan demonni uchratib qoldi va...
β Sshsh! β Chxve dugonasining og'zini kafti bilan yopib, uni to'xtatib qo'ydi. β Behudaga valdirama! β u qoshlarini chimirib, bu gap butun maktabga yoyilishini xohlamasligini tushuntirdi.
β Ha, mayli... β Bomi birdan tinchlanib, aybdorona qarab qo'ydi. β Xullas, e'tibor berma, β deb qo'l siltadi Xosok tomonga va darsliklariga chalg'idi.
β Hoy! Bunaqasi ketmaydi! Gapni boshlab, oxiriga yetkazmaslik-a? Qanchalik qiziquvchanligimni bilasan-ku! Oxirigacha aytib ber! β u atayin xafa bo'lgandek ko'rsatdi o'zini, lekin qizlar jim qolishdi.
β Nima dedinglar? Demonlar? Sizlar nima, ertak ko'p o'qib yubordinglarmi, bolakaylar? Yoki dahshatli filmlarni ko'p ko'ryapsizlarmi? β yonlaridan o'tib ketayotgan va bu suhbatni eshitib qolgan Teyon o'zini tiyib turolmadi.
β Xuddi senga o'xshab porno videolarni ko'p ko'rgandekmi, a, Teyon-i? β Xosok shirin jilmayib javob qaytardi. Qizlar kutilmagan va o'tkir javobdan kulib yuborishdi.
"Xosok biz o'ylaganchalik ham axmoq emas ekan. Gapga usta ekan-ku. Ishonchim komil, Teyon bilan bunaqa tortishuvlar birinchi marta bo'layotgani yo'q. Bunisi qiziq, qanday qilib Teyon hali ham Xosokni bunday gaplari uchun kaltaklamadi ekan?.."
β Haddingdan oshma, Chon Xosok, β deb baqirdi Teyon yigitning yoqasidan tutib, biroq Xosok hatto qilt etmadi, o'sha-o'sha xotirjam tabassum bilan turaverdi.
β Yana battl o'tkazmoqchimisan? β u qoshlarini o'ynatdi. Men hozir g'azab otiga mingan Teyon Xosokning yoqasidan sudrab, burchakka olib o'tib, adabini berishini kutayotgan edim. Ammo hayratimga sabab, u yoqasini qo'yib yubordi-da, biroz noqulay tomoq qirib, u yerdan uzoqlashdi.
β Hoy, Teyon-a? Qayerga ketyapsan?! Battl-chi?! β Xosok yigitning ortidan sakrab-sakrab ergashdi va uning joniga tegishda davom etdi.
β Bularning munosabatlari g'alati ekan-a, β ularning ortidan qarab qo'ydim.
β Shunday. Xosok o'zi alohida bir nusxa. Yagona, β dedi Bomi, Yudjin esa jilmayib qo'ydi. To'satdan telefoniga xabar kelganining ovozi eshitildi. Yudjin uni kimdan kelganini o'qishi bilan yuzidagi tabassum g'oyib bo'ldi.
β Nima bo'ldi? β uning yuzidagi o'zgarishni ko'rgan Bomi so'radi.
π±"Darslaring soat nechada tugaydi? Men seni olib ketaman".
π±"Hojati yo'q"β deb javob qaytardi Yudjin, hozircha uni e'tiborsiz qoldirmaslikka qaror qilib
π±"Kerak", β bir necha daqiqadan so'ng javob keldi.
π±"Otang senga hamrohlik qilishimni so'ragan. Shuning uchun boraman. Meni kut".
β Uf, bunchalik qaysar bo'lmasa-ya, β deb xo'rsindi qiz telefonini cho'ntagiga solib. Qo'ng'iroq chalinib, dars boshlandi.
Butun dars davomida Teyon nigohini Yudjindan uzmadi. Negadir oxirgi paytlarda u qiz haqida juda ko'p o'ylaydigan bo'lib qolgan va bu unga tinchlik bermayotgan edi. Bu qizda uni nimadir o'ziga tortardi. Balki, avvalari o'zi ko'rgan "yuvosh qizcha"larda bo'lmagan o'tkir til va shaddodlikdir? U qizni sinab ko'rmoqchi, uni aytgan har bir gapi uchun pushaymon qilishga va o'sha shaddodligini sindirishga ahd qilgan edi. Uni "bo'ysundirish"ga va o'ziga nisbatan hurmat uyg'otishni xohlardi. Faqat buni aynan qanday qilishni u hali o'ylab ko'rishi kerak edi.
O'z fikrlaridan tirjaygancha, Teyon nihoyat nigohini qizdan uzib, diqqatini darsga qaratdi.
Mashina tashlandiq bino yoniga kelib to'xtadi va qoraytirilgan oyna pastga tushdi. Atrofni ayanchli faryod tutdi, Taehyung esa mamnun jilmayib qo'ydi. U o'z odamlari uning qarzdori bo'lgan Sunxyokni ko'p qavatli tashlandiq binoning tomidan teskari qilib osiltirib turganini, u esa tipirchilab, qo'yib yuborishlarini so'rab yolvorayotganini kuzatardi. Bu yigitga cheksiz zavq bag'ishlardi. Taehyung telefonini qo'liga oldi va odamlaridan biri go'shakni erkakning qulog'iga tutganini ko'rdi. Endi ular gaplashishsa bo'lardi.
β Qalaysan, Suxyok? Manzaradan zavqlanyapsanmi? β jilmaygancha gap boshladi u.
β Taehyung! Taehyung! Ularga ayt, meni qo'yib yuborishsin! Hammasini aytaman! Hammasini! β erkak har qachongidan ham ko'proq vahimaga tushib, qutqarishlarini so'rab yolvorardi.
β Yo'q, ishlar bunday bitmaydi, β Kim masofadan turib gapida davom etarkan, bosh chayqadi. β Minxyok o'ldi. Qarz qaytmadi. Eh, naqadar yomon vaziyat, shunday emasmi? β u umidsizgina xo'rsinib qo'ydi.
β Men aytaman! Aytaman! Minxyok senga kerakli narsani Jinning uyida bazm bo'lganida o'sha yerga yashirgan. U o'sha yerga tashlab ketgan, u yerdan seni qidirmaydi deb o'ylagan, β erkak kerakli ma'lumotni shu zahoti to'kib soldi. Taehyung bir necha soniya ko'zlarini qisib o'ylanib qoldi, so'ng kulib qo'ydi.
β Yashirin joylar masalasida u ancha usta ekan. Ayyor ablah... Mayli, uni tinchitinglar, β Taehyung aloqani uzdi va yuz metr balandlikda qarzdorni teskari osiltirib turgan erkaklarga ishora qildi.
β Yo'q! Axir hammasini aytib berdim-ku! Kim Taehyung! Senga la'nat bo'lsin! β u qichqirdi, yiqilganidan so'ng esa atrofga o'lik sukunati cho'kdi. Mashina eshigi yopildi va Taehyung yana jilmaydi.
β Men allaqachon la'natlanganman.
Mashinaning old eshigi ochilib, haydovchi o'rindig'iga yigitning yaqin odamlaridan biri o'tirdi.
β Bugun nihoyat ikki hafta davomida qidirgan narsamizni topdik, β Taehyung xotirjamgina suyanchiqqa suyandi va ko'zlarini yumdi. β Ko'ngil ochishga boramiz.
β A... qaysi klubga? β aniqlik kiritdi haydovchi.
β Hech qaysisiga. Maktabga hayda. O'zimning "qo'g'irchog'im" bilan biroz o'ynashmoqchiman.
Darslardan keyin Chonguk menga yana xabar yozdi. Biroz kechikishini va maktab oldida kutib turishimni so'radi. Avvaliga unga quloq solmay, uyga taksida yoki piyoda ketmoqchi bo'ldim, lekin oxirgi lahzada negadir fikrimdan qaytdim va baribir maktab darvozasi yonida kutishga qaror qildim. Tosh devorga suyanib, tanish Jeep qachon kelishini poylab atrofga qarardim, ammo Chon ko'rinmasdi. Buning o'rniga darvoza oldiga Chonguknikiga o'xshash, lekin boshqa bir katta mashina kelib to'xtadi. Kostyumdagi devday baquvvat erkaklardan so'ng mashinadan Kim Taehyung tushganini ko'rganimda, bu yerdan tezroq tuyog'imni shiqillatishim kerakligini tushundim. O'sha yigit β bir necha kundan beri xayolimdan ketmayotgan, hayotimdagi eng sirli inson. Men bilan nimalar qilganini va faqat haqiqatni biladigan yagona inson.
"Ooo yo'q..."β miyamda chaqmoqdek fikr urildi va bu erkakning tirjaygan yuzidan ko'z uzmay, beixtiyor ortga chekina boshladim. Haqiqatda katta muammoga botishim mumkinligini his qilib, nihoyat o'zimga keldim va ko'zim tushgan tomonga qarab qochdim.
β Sichqoncha qochyaptimi? β Taehyung uzoqlashayotgan qizning ortidan ko'z qisib qarab qoldi.
β Hm, demak u o'zining sevimli pishlog'i qopqonda ekanini tushunibdi-da, shundaymi? β Kim yonidagi xizmatkoriga ko'z qisib ishora qildi. U gap nimadaligini tushunib, bosh silkidi va yana bir necha kishi bilan qizning ortidan yugurdi.
Taehying mashina bamferiga xotirjam suyandi va qo'llarini ko'ksiga chalishtirib, unga "shirin o'ljasini" keltirishlarini sabr bilan kuta boshladi.
β Chve Yudjin, β u bu ismning har bir harfini ta'mini totib ko'rayotgandek cho'zib aytdi, β mendan qochib qutulolmaysan... Qo'lga tushding.
Har bir metrni bosib o'tganim sayin o'pkamda havo yetmay borardi. Duch kelgan birinchi chorrahaga burilishga majbur bo'ldim. Devorga suyanib, nafasimni rostlashga va o'zimga kelishga harakat qildim.
"Bo'ldi, tinchlan Yudjin. Hozir kunduz kuni. Atrof odam bilan to'la. Ular senga biror nima qilishga jur'at etolmaydi. Faqat urinib ko'rishsin-chi..." β o'zimni ich-ichimdan tinchlantirishga urindim, lekin ortimga qarab barcha umidlarim chil-parchin bo'ldi. Men kimsasiz ko'chada edim, atrofda odamlarning qorasi ham ko'rinmasdi va baqirganimni hech kim eshitmasdi.
β Lan'ati! Qanday qilib bu kimsasiz joylarga kelib qoldim! β deb baqirdim. Hozir o'zimdan o'zim g'azabda edim. β Mayli, hech qisi yo'q. Kutib turaman. Bu yerda ular meni topisholmaydi, β o'zimga tasalli berayotganimda, burchakdan Taehyungning to'dasi chiqib keldi va meni ko'rib, vahshiyona tirjaygancha to'g'ri menga tomon yura boshlashdi.
β Yaqinlashmanglar! Men urishishni bilaman! β deb baqirdim jangovar holatga kirib. "Xudoyim, nima qilmoqchiman o'zi?! Jang san'atini bilganimda ham, bu devday odamlarni hayotda yengolmasdim-ku! Bu telbalik..."
Qo'rquvdan tomirimda qonim muzlab qolgandek edi, xayolimdan esa eng daxshatli tasvirlar o'ta boshladi. Bu jinnilar men bilan nima qilmoqchi ekanini bir Xudo biladi. Lekin tushunishimcha, Taehyung meni... o'g'irlamoqchi? "Xudojon, iltimos, Chonguk vaqtida yetib kelsin-u, mana bu maxluqlarning adabini bersin!" β ichimda ibodat qilayotganimda, erkaklar harakatni boshlashdi. Ulardan biri qo'pol ravishda bilagimdan tutdi.
β Men bilan yur, Go'zalim. Boss seni ko'rmoqchi, β u jirkanch tirjaydi va meni noma'lum tomonga sudrashni boshladi. Lekin ular bu "Go'zal" nimalarga qodirligini hali bilishmaydi.
β Yo'qollaring bu yerdan! O'sha narkoman bossing ham yo'qolsin! β deb baqirdim-u, bu ahmoqning qo'lini qattiq tishlab oldim, so'ng aylanib oyog'im bilan uning yuziga bor kuchim bilan tepdim.
Erkak yiqilib, tipirchilab qolganida, boshqalari har tomondan meni o'rab olishdi. Ular uch kishi edi. Mayli, eplayman. Bundan battarlari bo'lgan ahir.
β Ha-ya! β birinchisining yuziga musht tushirdim, lekin bundan foyda kam bo'ldi, aksincha, zarbadan keyin o'zimning qo'lim og'rib ketdi va bilagimni ushlab ingrab yubordim. β Nima, basharang po'latdanmi?! β erkak esa shunchaki jilmayib qo'ydi.
β Kichkintoy, yaxshisi qo'pollik qilma va mushtingni ishlatma. Boss seni sog'-omon olib borishni buyurgan. Shuning uchun bizni majburlama, aks holda biz ham qo'pol bo'lamiz, β uning yuzidagi tabassum yo'qoldi, bu esa banditchalar ortiq o'yin qilmoqchi emasligini anglatardi. β Bizni yengolmaysan.
β Uning o'rniga men yenga olaman, β degan ovoz butun ko'chada aks-sado berdi va qayerdandir tepadan notanish bir yigit sakrab tushdi. U meni o'z ortiga yashirib, gangib qolgan erkakning basharasiga tushirdi. U yiqildi, bu vaqtda "yigit" boshqalariga o'tdi.
Men ommaviy mushtlashuv menga tegib ketmasligi uchun tezda chetga chiqdim. Chetda turib, bu yigit raqiblarini qanchalik mohirlik bilan yer tishlatayotganini hayrat bilan kuzatardim. Uning jangovar mahoratiga faqat havas qilish mumkin edi. Tezligi shunchalik ediki, yuzini darrov taniy olmadim, lekin taniganimda β joyimda qotib qoldim va ko'zlarim chiqib ketayozdi.
β Salom, β u quvnoq jilmayib, menga qo'l silkitdi va raqiblarining yuzini "bezashda" davom etdi. Xosokni mushtlashuv ustida ko'rib shokda edim. Ma'lum bo'lishicha, mening doimiy pozitiv, yorqin va faol sinfdoshim hali tajribali "nindzya" ham ekan. U hozir bu yerda ko'rsatayotgan hunarlarini boshqacha nomlab bo'lmasdi.
β Va oxirgisi nokaut! β oxirgi banditning yuziga oyog'i bilan aylanib tepgan Xosok nihoyat to'xtadi va og'ir nafas olgancha besh daqiqalik mehnati mahsuliga qarab qo'ydi.
β O, ha, ancha paytdan beri shunaqa mashq qilmagandim, β Xosok bo'ynini qisirlatib, menga o'girildi.
β Hoy, yaxshimisan? β u mendan nima bo'lganini so'radi, garchi ular menga biror nima qila olmasligini bilsa ham. Men esa shunchaki bosh silkidim, haligacha atrofimdagi hushsiz yotganlarga qarab hayratda edim.
β Sen qanday... Bu qanaqasi...
β Hamma savollarni keyinga qoldirsak-chi? Hozir qochish kerak, yana kelib qolishlari mumkin, qani, ketdik, β Xosok tushuntirishlarsiz qo'limdan tutdi va o'ziga ma'lum tomonga qarab yugurdi. Men hech qanday gap-so'zsiz va qarshiliksiz uning ortidan ergashdim.
β Boss, uni qo'ldan boy berdik, β Taehyunning yoniga erkaklar kelib, aybdorona bosh egishdi.
β Nima bo'ldi? β u ularga qaramay, bir tekis ohangda so'radi.
β Qaysidir ahmoq paydo bo'ldi-yu, besh daqiqada adabimizni berdi. Haqiqatdan ham afsusdamiz.
Taehyung boshini burib, erkaklarga norozi nazar tashladi.
β O'z qurollaringizni o'qini orqangizga tiqib qo'yganimda haqiqatdan ham afsuslanasizlar, tushunarlimi? β u xotirjam gapirardi, lekin erkaklar u bunday ohangda gapirganda haqiqatda g'azabda ekanini yaxshi bilishardi.
β Agar keyingi safar ham shunday holat takrorlansa, aytganlarimni amalda bajaraman, β Taehyung shunday deb mashinaga o'tirdi va eshikni qattiq yopdi.
Yudjin va Xosok tinch parklardan birida to'xtashganida, Chon nafasini rostlash uchun o'rindiqqa o'tirdi. Yudjin esa uning yonida turib, unga tikilib qoldi. Nigohni his qilgan Chon ortiga o'girildi va xo'rsindi.
β Bunchalik tikilma, bo'lmasam hozir teshib yuborasan, β u hazillashishga urindi, lekin hazili o'tmasdi.
β Mayli, mayli. Tushuntirish kutayotganing aniq, shundaymi? Sendan hech narsani yashirmayman, β u samimiy jilmaydi. β Men otangning qo'lida ishlayman va...
β Shunday deb o'ylagandim! β Chon gapini tugatishga ulgurmay, Yudjin ko'zlarini yumib, norozi lab burishtirgancha baqirib yubordi.
β Faqat u dadamgina yonimga senga o'xshash odamlarni qo'yishi mumkin... Ancha bo'ldimi kuzatayotganingga?! β ko'zlarini ochib, unga barmog'ini bigiz qildi.
β Maktabga o'tgan kuningdan beri, β Xosok qizning bu reaksiyasidan ohista kulib qo'ydi. Yudjin xo'rsinib, uning yoniga o'tirdi.
β Xullas... Baribir yordaming tegdi.
Aslida meni himoya qilishi kerak bo'lgan odamdan esa hali ham darak yo'q, β deb g'udurandi Chxve, lekin yigit buni eshitdi.
β Chongukni aytyapsanmi? U kelyapti, men qo'ng'iroq qildim, β u qo'lidagi telefonini ko'rsatib, aylantirib qo'ydi.
β Juda xursandman, β dedi tushkunlikka tushgan Yudjin hech bir quvonchsiz. β Aytgancha, β qiz birdan esiga tushgan narsadan yigit tomonga qarab jonlandi.
β Mm? β Chon qiziqish bilan qoshlarini ko'tardi.
β Endi tushunib yetdim, nega sen battl taklif qilganingda Teyon munchalik qo'rqib ketganini, β Xosok qiz nima haqida gapirayotganini tushunish uchun bir necha soniya o'ylanib turdi, tushungach esa mamnun jilmayib, sekingina bosh silkidi.
β Sizlar urishgansizlar, β Chxve o'z taxminlarini o'ziga xos tirjayish bilan aytdi. β O'shanda sen g'olib chiqqansan. Adabini bergansan, shundaymi? β qiz o'rindig'idan sakrab tushib, quvnoq ohangda uning yelkasiga urib qo'ydi.
β Xullas, shunga o'xshash bir gap, β deb xaxoladi Chon. β O, ha, buni ko'rishni xohlardim. Chon Xosok aslida daxshatli nindzya ekanini bilganidagi uning basharasini ko'rishni!
β Ahh ,men juda mamnunman, β yigit hazillashib ta'zim qildi va charog'on jilmaydi, so'ng xuddi hayratda qolgandek og'zini "O" shaklida ochib ko'rsatdi.
β Taxminan shunaqa bashara bilan qarab qolgandi.
Yudjin o'zini tutolmay kulib yubordi va og'zini kafti bilan yopib, egilib qoldi. Lekin tezda qaddini rostladi va kulishdan to'xtab, butun tanasi bilan yigitga o'girildi.
β Xosok-i, Xosok-i! β qiz kutilmaganda "shirincha" bo'lib, yigitning maktab pidjagi yengidan tortqilay boshladi. β Sen menga yordam berishing kerak! Nimalar bo'layotganini hammasini aytib berishing shart! Taehyung kim o'zi? Otam bilan Chonguk miq etishmaydi, lekin sen, sen-ku mening do'stimsan!
Yudjin agar Xosokni avray olsa u hammasini aytib beradi deb chin dildan ishongandi, lekin keyinchalik u yigitning naqadar mustahkamligini tushunib yetdi. Axir u otasining agenti-ku, otasi esa qizini faqat eng ishonchli odamga topshirishi mumkin edi, qanchalik g'alati tuyulmasin, Xosok aynan o'sha odam edi.
β Do'st? Qachondan beri do'st bo'lib qoldik? β Chon qo'llarini ko'ksiga chalishtirib, o'rindiq suyanchig'iga suyandi. Chxve tomoq qirib, tezda eng ishonarli so'zlarni va dalillarni o'ylay boshladi.
β Bugun hayotimni saqlab qolding, do'st bo'lish uchun shuning o'zi yetarli emasmi? β miyasiga kelgan eng aqlli fikr shu bo'ldi. Chon o'ylanib labini tishladi va sekin bosh silkidi.
β Mana! Endi aytib berasanmi? Agar otamning qo'lida ishlayotgan bo'lsang, hamma narsani bilsang kerak.
β Bunga shunchalik ishonching komilmi? β yengil tirjaydi yigit.
β Komil, β qat'iy qaytardi qiz. β Agar sen uning yaqin odami bo'lmaganingda, u seni mening yonimga shunchaki qo'ymasdi, demak, sen u bilan anchadan beri ishlaysan va otam kompaniyasining barcha daxshatli sirlaridan xabardorsan.
β Daxshatli sirlar deysanmi, judayam qiziqsan-da... β u Yudjin haqiqatdan ham aqlli qiz ekanini ta'kidlab kulib yubordi.
β Xo'sh, nima deysan?! β qiz yana sabrsizlik bilan o'rindig'ida tipirchiladi, Xosok esa uning chimirilgan yuziga qarab, xayolida nimadirlarni o'yladi.
β Haqiqatni bilishni shunchalik xohlaysanmi? β Yudjin qat'iy bosh silkidi, yigit esa og'ir xo'rsindi. β Kechir Yudjin, lekin hech narsani aytolmayman. Bir daqiqa oldin o'zing aytganingdek β bu daxshatli sir, β yigit yoqimli jilmaydi, lekin bu Chxvega hech qanday ta'sir qilmadi.
β Shunaqami... Hammasi tushunarli, β u xafa bo'lgandek lablarini burishtirib, teskari o'girilib oldi.
β Sen ham boshqalarga o'xshaysan.
β Qanaqa ekanman men? β u qiziqish bilan qoshini ko'tardi.
β Xuddi kichkina kuchukchadek boshqalarning buyrug'ini bajarasan, β bu gap qo'polroq chiqdi, lekin Xosok zarracha xafa bo'lmadi. U hatto qizni qaysidir ma'noda haq deb o'yladi, lekin baribir hech narsani o'zgartira olmasdi.
β Buning uchun meni o'ldirib yuborishlari mumkinligini o'ylab ko'rmadingmi? β Chxve qotib qoldi, so'ng sekin boshini burib yigitga qaradi. U hazillashyapti deb umid qilgandi, biroq Xosokning ko'zlarida hazilning asari ham yo'q edi.
U har qachongidan ham jiddiy edi.
β Nima... Otam hech qachon bunaqa qilmasdi...
β Sen otangni tanimaysan, Yudjin. Uzoq vaqt uning yonida bo'lmagansan, menga ishon, sen uni umuman bilmaysan va bularning hammasi qanchalik jiddiy ekanligini tasavvur ham qilolmaysan. Agar kerak bo'lsa, u haqiqatan ham shunday ishlarga qodir, β Xosok shunchalik ishonchli va qat'iy gapirdiki, Yudjinning badani muzlab ketdi. β Qaytib xato qilibsan, β u oxirgi gapini past ovozda pichirladi-yu, yo'l chetiga kelib to'xtagan mashina tomonga qaradi. β Chonguk keldi. Tezroq uning yoniga yugur, β shu zahoti vazmin va jiddiy Xosok g'oyib bo'ldi, uning o'rnini yana o'sha doimo jilmayib yuradigan quvnoq Xobi egalladi. Yigit o'rnidan turdi, barmoqlari bilan "V" belgisini ko'rsatib xayrlashdi-yu, u yerdan uzoqlashdi. Yudjin uning ortidan qarab qolar ekan, birinchi marta bu yigitga naqadar past baho berganiga hayron qoldi. U haqiqatda sirli inson edi.
Biroq Chonguk kelib bo'lgandi, demak, u allaqachon charchagan o'sha-o'sha tushuntirishlar va mojarolar yana boshlanadi.
β Hoy, yaxshimisan? β Yudjin mashinaning old eshigi tomon yurdi, biroq kutilmaganda uning qarshisida paydo bo'lgan Chonguk yo'lini to'sib chiqdi.
β Yaxshiman, β sovuqqonlik bilan javob qaytardi qiz va yigitni aylanib o'tishga urindi, ammo u yana bunga yo'l qo'ymadi.
β Hoy, mendan qochma. Kel, gaplashib olaylik. Nima bo'lganini aytib ber, β u navbatdagi qochish urinishini to'xtatib, qizning yelkalaridan muloyimlik bilan tutdi. Qiz esa unga qarashni xohlamay boshini egib oldi.
β Shunchalik jahling chiqdimi?
β Tasavvur qil! β chidolmay ovozini ko'tardi Yudjin.
β Meni hozirgina bir to'da jinnilardan otam yuborgan shpion sinfdoshim qutqardi! Meni haqiqatda himoya qilishi kerak bo'lgan odam esa yonimda yo'q edi! Va... β Yudjin oxirgi gapida to'xtab, o'z vaqtida tilini tishladi.
β Va? β Chonguk javob kutib qoshini chimirdi.
β Hech narsa, unut, β uni birdan ovozi pasaydi.
β Yo'q, ayt. Qani, jim turma. O'sha yerda men bo'lishimni xohlaganding, shundaymi?
β Ha! Ha, la'nat bo'lsin! Kelib, meni o'sha vahshiy odamlardan qutqarishingni xohlagandim va... β qiz yig'lab yuborishiga bir bahya qoldi. Buni tushungan Chonguk esa tinchlanishiga ishonib, uni mahkam bag'riga bosdi.
β Kechir, kichkintoyim. Hammasiga men aybdorman. Agar kechikmaganimda... β u qizning qulog'iga pichirlardi. Yudjin esa uning ko'ksiga bosh qo'ygancha gohida xo'rsinib, gohida titrab qo'yardi. Chon o'zidan g'azabda edi va barcha bo'lgan ishlarda o'zini ayblardi. Yudjin juda qo'rqib ketgandi, agar Xosok bo'lmaganida... nimalar bo'lishini u tasavvur ham qilolmasdi.
Ko'z yoshlar shu zahoti g'oyib bo'ldi. O'zi yoqtirgan insoniga shunchalik yaqin turarkan, Yudjinni endi butun dunyo qiziqtirmasdi. Faqat hozir shu yerda, uning yonida ekanligi yetarli edi.
β Qani, o'tir. Uyga ketamiz, β Chonguk eshikni ochib, qizni oldingi o'rindiqqa o'tqazdi. O'zi ham haydovchi o'rindig'iga o'tirdi va mashina yo'lga tushdi.
Yo'lning yarmini ular mutloq sukunatda bosib o'tishdi. Guk hatto radioni ham yoqishni xohlamadi. Vaqti-vaqti bilan derazaga qarab, jim o'tirgan qizga ko'z tashlab qo'yardi. Nihoyat, uzoq o'ylanishlardan so'ng so'rashga qaror qildi:
β Xafamisan? Xosokdanmi? Yoki otangdanmi? β past ovozda so'radi u. Bir daqiqalik sukunatdan so'ng javob keldi:
β Yo'q.
β Rostdanmi? β Chonguk haqiqatdan ham hayron qoldi, chunki u qizning doimiy janjallari va qaysarliklariga o'rganib qolgandi.
β Otam shunchaki xavotir olyapti. Uni tushunaman. Men ham uning o'rnida bo'lsam, ehtimol shunday qilgan bo'lardim. Undan xafa emasman. Men faqat haqiqatni mendan yashirishayotganidan g'azabdaman, β gapining oxirida qizning ovozi jahl bilan chiqdi va u yo'lga qarab ketayotgan Chonga norozi qarab qo'ydi. Shu payt yigitning telefoniga xabar keldi.
π±*"O'ylashimcha, undan hech narsani yashirmaslik kerak. Aralashayotganim uchun uzr, lekin u hammasini bilishi kerak deb o'ylayman. Aks holda, bugungiga o'xshash yana biror yomon narsa takrorlanishi mumkin. Shuning uchun unga aytib ber. U haqiqatni bilishi shart".*
Bu Xosok edi. Hatto u ham Chonguk kabi o'ylardi. Yigitning o'zi ham anchadan beri Yudjinga hamma narsani aytib berishni rejalashtirgan, biroq bir qarorga kelolmayotgandi. U otasining buni xohlamasligini bilardi. Agar u qizi bularga aralashib qolganini va bunga uning o'ng qo'li yordam berganini bilsa, yaxshilik bilan tugamasdi. Lekin boshqa iloji ham yo'q edi. Keyingi safar Taehyung imkoniyatni qo'ldan boy bermaydi va o'ylaganini amalga oshiradi. Shuning uchun nima bilan to'qnash kelayotganini tushunishi uchun Yudjinni voqealardan boxabar qilish kerak edi.
Mashina birdan yo'l chetida to'xtadi. Yudjin hayron bo'lib, rulni o'ychan termulib ushlab turgan Chonga qaradi.
Chonguk chuqur nafas olib, rulni qo'yib yubordi va qizga g'alati bir nigoh bilan o'girildi.
β Mayli. Senga hammasini aytib beraman, Yudjin.