PATIENVICE 22-qism
Taehyunning boʻsh nigohlari bir necha daqiqadan beri oynadagi oʻz aksiga qadalib turardi. Dushdan soʻng shisha yuzasidagi bugʻ deyarli yoʻqolgan va yigitning koʻzlari atrofidagi mayda ajinlar yaqqolroq koʻrinardi. U bir necha marta kafti bilan oynaga ishqab, goh tabassum bilan lablarini choʻzdi, goh yana jiddiy tortdi, xuddi oʻz yuziga turli niqoblarni sinab ko'rayotganday edi.
Uyquga toʻyishining iloji boʻlmadi. Anchadan beri unutilgan qo'rqinchli tushlar oʻzini eslatib, Taehyungga koʻz yumishga imkon bermadi.
— Qoʻlingni aslo tushirma. Ot. Oʻylama, ot.
Otasining oxirgi hohishi itoatkor oʻgʻil tomonidan eʼtiborsiz qolmadi. Taehyungning qoʻli chindan ham titramadi, toʻpponchaning tepkisini sovuqqonlik bilan bosdi. Titrashga ham jurʼat qilmadi… ortida turgan janob Chonning sodiq odamlari janob Park boshchiligida va do'sti Chongukni "do'stona" qo'llab quvvatlashi Taehyung yelkasini battar qizdirardi, otasining jonsiz tanasi esa peshonasida kichik qizil nuqta bilan yerda yotardi. Onasining qichqiriqlari va oʻz akasining tahdidlari ostida Taehyungning o'z otasida qoldirgan qizil nuqtasi…
— Barakalla, doʻstim. Oʻz uyingdagi kalamushdan qutulding...!
Mana, ularning dunyosida “yordam” qanday koʻrinishda edi. Chonguk uning yelkasiga dalda berib urib qo'yishiga Taehyung yuziga katta tabassum bilan o'girilib huddi gʻoliblik rolini ijro etgandek qaradi.
“Hech boʻlmasa onam va akam yashaydi”, — oʻsha paytda uning xayolidan oʻtgan yagona narsa shu edi, holbuki, Chongukning xayolida esa o'sha paytda doʻstini jonini olishga toʻgʻri kelmasligidan quvonchli oʻy aylanardi.
— Sen endi tamom bo'lding Buyruqni bajarmaysan deb qo'rqqandim do'stim!
Chon yengil tortgan holda Kimni qattiq quchoqlab oldi.
Taehyung sovuqqonlik bilan hushidan ketgan onasining yonidan oʻtib, kvartiradan chiqqanini eslab yelkalarini qisdi. Hamma narsani oilasidan uzoqlashtirish uchun chiqib ketdi. U Seokjin qolgan ishlarni hal qilishini yaxshi bilardi: otasining murdasi olib ketilishini taʼminlashni; Namjoon va uning onasi uchun tahdidga oʻxshash ogohlantirishlarni aytishni ham unutmasligini. Xuddi Taehyungning yuziga qarab, koʻzini pirpiratmay aytganidek:
— Ehtiyot boʻlishing kerakligini bilasan-ku? Nafaqat senga, balki yaqinlaringga ham… ularga tushuntira olasanmi? Oddiy qilib.
U tushuntirdi ham. Yigit toʻgʻri yoʻlni tanlashlariga, ularni bir paytlar bunday dunyo bilan bogʻlagan hamma narsadan uzoqda yashashlariga ishonch hosil qiladi. Otasining qotilidan uzoqda…
Yelkasidan sochiqni yechib, Taehyung uni bir chetga tashladi, koʻzini esa oynadagi oʻz aksidan uzmasdi. Qiyshiq tabassum yuzida qotib qoldi. Hammomdagi dim havodan yigitning chakkasidan ter tomchisi oqib tushardi. Qoʻlining keskin harakati va xonada kuchli shapaloq ovozi yangradi. Kim oʻz kafti qoldirgan qizil izni ishqaladi, soʻng yuzidagi terni artdi.
— U oʻz xotinini xatto ayagani yoʻq, qayerdan menda imkoniyat bor deb oʻylayabsan? U oʻz bolasini oʻldirdi… Jivonning ongini gʻazab qoplab olgan, kimdir esa qulogʻiga yolgʻon maʼlumotlarni juda ishonarli qilib yetqazyabti. Bizni u bilan munosabatimiz yigirma yil oldin, Chon Jivonning istaklari bizning his-tuygʻularimizdan muhimroq boʻlganligi sabab tugab bo'lgan. Kimdir bu narsaga mohirlik bilan taʼsir qilyapti. Va sen kimligini bilasan… agar keyingisi Min boʻlsa, demak, sen xayolingda aylanib yurgan ismda adashmayabsan. Qasos olishga urunma — uddalay olmaysan. Sen bu tizimda bir chang zarrasisan halos. Taqdirga tan ber va boshqa yoʻling yoʻqligini yodda tut. Taehyung… bundan chiqishga urinma… seni shunchaki qoʻyib yuborishmaydi.
Yigit otasini diqqat bilan eshitdi, gapini boʻlmadi va faqat vaqti-vaqti bilan koʻzini pirpiratdi. Erkak uni suhbat uchun oʻz kabinetiga chaqirganda, Taehyung navbatdagi ishning tafsilotlarini tushuntirishini kutgan edi, lekin oʻz otasining hokimiyatga maʼlumot sizdirayotgani haqidagi “yangilik”dan hayratda qoldi. Tejun oʻzi tez orada uni olib ketishlarini va eng yomonini Taehyung qilishini, ya'ni unga oʻq uzishini aytayotganda, oʻzini yoʻqotmadi.
Suhbat davomida ota bir marta ham oʻgʻli tomoniga oʻgirilmadi, deraza oldida turib, ortidagi yulduzli osmonga tikilgancha gapirishda davom etdi. Erkak yigitning xavotirga tushgan yuzini koʻrishni istamasdi. Katta Kim oʻgʻli hamma narsani toʻgʻri, kerakli tarzda qilishiga bir soniya ham shubha qilmadi, ammo baribir uning kelajagi uchun xavotir uni qiynadi, ogʻir yurak bilan oʻlimga qarshi borishga majbur qildi.
— Nega buncha erta uygʻonding? — Uyqusiragan Djiminning ovozi Taehyungni xayollaridan chalg'itti. U qizga oʻgirilib, unga koʻzini uzmasdan tikildi. Park yigitning aqlsiz nigohidan titrab, orqaga yurdi. — Biror narsa boʻldimi? — u jimlikda soʻradi, bir qadam orqaga tisarilgancha.
Taehyung yana bir necha soniya undan koʻzini uzmadi, soʻngra yorqin tabassum bilan dedi:
— Uyqum kelmadi. Sen nega uxlamayapsan?
Yigitning kayfiyati oʻzgarganidan biroz tinchlangan Djimin yana hammom eshigi yoniga kelib, unga suyanib turdi. U qoʻli bilan to'zigan sochlarini tuzatishga urindi.
— Seni quchoqlamoqchi edim, lekin koʻrib turganingdek, buning iloji boʻlmadi. — Qiz Taehyungning yoniga kelib, qoʻllarini uning beliga chirmadi. Yigitning tanasidan ter tomchilari oqardi, ammo Djimin uchun bu faqat huzur bagʻishlardi, terlagan Kim Taehyungni quchoqlash. — Bu yerda dimlikdan boʻgʻilib qolish mumkin… yur.... krovatga...
— Balki bo'g'ilganimiz yaxshidir... — yigit qiz uni yotoqxonaga olib borishiga imkon berdi.
— Yaxshisi kel yoqimliroq narsaga boʻgʻilamiz.. — dedi Djimin maʼnoli qilib, yigitni karavotga itargancha, o'zi esa uni yoniga yotdi. Boshini Taehyungning koʻkragiga qoʻyib, barmoqlari bilan yalangʻoch erkak vujudi boʻylab sekin-asta yurishni boshladi.
— Menga farqi yoʻq… dimlikdan boʻgʻilasanmi yoki mening aʼzoyim ogʻzingda boʻlganidanmi… — bir keskin harakat bilan Taehyung qizning sonlariga oʻtirdi va qoʻllari bilan Djiminning qorni boʻylab qo'pil harakat qilib, futbolkasini yechdi va qo'li boʻyniga koʻtarildi. Lablari tabassumdan kengayib barmoqlarini qizning nozik boʻyni atrofida qattiq qisdi. Yigit kichkina Parkning sarosimaga tushgan koʻzlariga tikildi, uning nigohi tushunmovchilikdan qoʻrquvga aylandi. Qiz Taehyungning koʻkragiga kuch bilan bosdi, uni oʻzidan itarishga urindi. Faqatgina havo yetishmasligi dahshatli darajaga yetganda, u kaftlarini yigitning qoʻllariga koʻchirdi, ularni tirnadi va temirdek qattiq siquvdan ozod boʻlishga urindi.
Qiz tipirchilab tushunarsiz tovush chiqarishga urinardi.
Nihoyat Taehyung qoʻllarini qizdan shunday keskin harakatda tortib oldi va barmoqlarini sochlari boʻylab yurgazdi. Yigitning ogʻir nafasi boʻynini ushlab turgan va ishqalayotgan Djiminning baland yoʻtal ovozi bilan berkilib ketardi.
— Ustimdan tush… — U yigitni tushirib yuborishga urindi, ammo bu urinish befoyda boʻlib faqat Kimning tabassumiga sabab boʻldi. — Tush deyabman telba!
— Nega endi? Men bu harakatlarni sek# paytida yoqtiraman. — Taehyung bir daqiqa oldin hech narsa boʻlmagandek yelkalarini qisdi. U baland ovozda kulib, Djiminning qoʻllaridan ushlab turardi.
— Biz hozir se#s bilan shugʻullanayapmiz deb oʻylayabsanmi?! Sen meni chindan ham boʻgʻding! Buni se#s paytida ham qilishmaydi, ahmoq! — Qiz gʻazablanib yuzini burishtirdi va yuzidagi xalaqit berayotgan soch tolasini puflab olib tashlashga harakat qilardi.
— Kechir, kichkina Park, seni qanchalik chidamli ekanligingni sinab koʻrayotgandim… — Taehyung qizni ustidan tushdi va krovatdan turdi. — Lekin, ko'rdimki, chiday olmas ekansan.
— Sen aqldan ozdingmi?! — Qiz oʻrnidan turib oʻtirib oldi. U boʻynini ishqalashda davom etardi, ehtimol ehtiyojdan koʻra koʻproq reflekslari tufayli. — Bunday narsani avval ogohlantirish kerak va asta sekin qilish kerak, toʻgʻridan-toʻgʻri aytmay turib boʻgʻmasdan!
— Kechirim soʻradim-ku , endi nafas olsang ham boʻladi. — Yigit shkafdan shimini olib, ichki kiyim kiymasdan kiyib oldi. U hayratda qolgan Djiminga hatto qaramasdi ham, Aksincha yuzini oʻgirib, shkafdan fudbolka qidirishda davom etdi.
Taehyung qoʻllaridagi mayda titrashni yashirishga urinardi. U oʻz harakatidan mutlaqo afsuslanmadi, ammo toʻxtaganidan go'yo afsuslandi…
Qasos olishga kirishma, uddalay olmaysan. Sen bu tizimda bir chang zarrasisan halos.
— Izi qolmasmikan ? — deb soʻradi qiz xavotir bilan, oynaga qarash uchun hammomga yoʻl olarkan.
— Koʻzlaringning rangiga mos keladigan sharf topamiz. — Taehyung kulgisini yashira olmadi. Nihoyat, toʻliq kiyinib, u qizning orqasidan ergashdi va uning aksiga qarab orqasida turdi.
— Albatta topamiz, — u kaftining qirrasi bilan qizil izlar boʻylab yurib xulosa qildi.
U oʻzi shaxsan mos keladigan sharfni topadi, keyin uni boʻshatish imkoniyati boʻlmagan holda qattiq tortib bogʻlab qo'yishi uchun…
— Taehyung… — qiz gʻamginlik bilan nafas chiqarib, oʻgirildi. Djimin yigitning yuziga qaradi, u esa qizning boʻynidan koʻzini uzmasdi, xuddi boʻshliqqa qarab turgandek edi. — Mayli, hech nima.... unut. — Qiz bu mavzuni davom ettirishni istamay, qoʻlini silkidi va yigitni qattiq quchoqladi. Taehyungdan kelayotgan bir oz iliqlikni his qilishni istardi, ammo javobida faqat sovuq teginishlarnigina oldi. Xuddi boʻynini qisgandagi nigohi kabi sovuq edi…
Djimin yelkalarini qisdi, yomon fikrlarni oʻzidan uzoqlashtirishga urundi. Oʻzi anglamagan holda, u ochiq-oydin narsalarga koʻzlarini yumdi, faqatgina bunday yigitga juda oʻrganib qolganini va usiz… hayot juda bir xil, zerikarli va mutlaqo qiziqarsiz boʻlishini oʻyladi. Qiz har doim Taehyung bilan navbatdagi uchrashuvni sabrsizlik bilan kutardi. Ota-onasi bilan nonushta paytida, maʼruzalarda, doʻstlari davrasida boʻlishidan qatʼi nazar, u doimo oʻzini u haqida oʻylashdan to'xtata olmasdi. Hamma narsa uning eʼtiboriga loyiq emasday tuyulardi, faqat yigit haqidagi oʻylar Parkni kayfiyatini koʻtarar, beixtiyor tabassum qilishga yoki lazzatlanib labini tishlashga majbur qilardi, chunki u baʼzan uning ostida oʻtkazgan shiddatli daqiqalarni oʻylardi.
— Sen yana uxlasang boʻladi, men esa ketishim kerak. — Taehyung Djimindan uzoqlashdi va ortiqcha xayrlashuvsiz hammomdan chiqib ketdi. Yoʻlda mehmonxonadagi jurnal stolchasidan mashina kalitlari, telefon va sigaretlarni olib, kvartiradan deyarli yugurib chiqib ketdi.
Yigit liftni kutmadi, bir necha pogʻonadan sakrab oʻtib, hovlida paydo boʻldi.
U Djimindan imkon qadar tezroq uzoqlashishni istardi, aks holda boshlagan ishini tugatib qoʻyishdan qoʻrqardi… Nega boshlaganida, shunchalik yaqin boʻlganda toʻxtaganini oʻzi ham tushunmadi… xayolida kichkina Parkning jonsiz yotgan tanasi yaqqol tasvirlandi. Oʻsha kichkina qizcha, u yoshligidan Chon Chongukning boʻyniga “oppa” deb baland ovozda osilib turishlari, Taehyung esa uning bunday harakatlariga nisbatan aytgan yoqimsiz gaplariga norozi nigoh bilan qarashlari, xuddi Jimin kabi, u ham koʻpincha singlisini oyoq ostida o'ralashmasligini soʻrardi. Bolalikdan qiz magʻrur boʻlib oʻsdi. Akasi uni xonasiga haydaganda qizni atrofga qarash odati bor edi, go'yo akasining urushganini atrofda boshqalar ko'rib qolmaganini tekshirardi. Uning qoʻllari oʻsha kichkina qizchaning boʻynini bo'g'ishi mumkunligini hecham o'ylab ko'rmagandi. O'tmishdagi qorongʻuliardan bir necha yil oʻtib, qoʻllari boshlagan ishni yakunlamay titrashini tasavvur qila olarmidi? Mayli, u yana boshlangan qo'rqinchli tushlar va achchiq xotiralar tufayli boshqarilayotgan boʻlsa ham…
Taehyung mashinani oʻt oldirdi va gaz pedalini bosib, kompaniya ofislari tomon shiddat bilan haydadi. Ochiq derazadan esayotgan yoqimli shamol yuzini yoqimli tarzda sovutib, oʻz fikrlaridan chalgʻitdi.
Bino parkovkasida to'xtab, yigit mashinadan tushdi, darhol lift tomon yoʻl oldi. Uning tashqi koʻrinishi qatʼiy ofis kiyinish kodi bilan mutlaqo mos kelmasdi, ishchilar jiddiy yuzlari bilan u yoki bu tomonga shoshilishardi. Taehyung toʻgʻridan-toʻgʻri Chongukning kabinetiga kirdi, doʻstining gʻalati kotibasi yoʻqligidan xursand boʻldi, garchi do'sti avvallari koʻp marta “chiroyli va ishtaxa ochar qomatli” biror qizni yollashini istab iltimos qilgan boʻlsa ham. Biroq, Aseelni hayotida paydo boʻlishi bilan bu fikr ikkinchi oʻringa oʻtdi.
Chonni xonasida topa olmagan yigit gʻazablanib nafas chiqardi va doʻstini topish umidida Seokjinning kabinetiga yoʻl oldi. Taehyung taqillatmasdan, darhol ichkariga kirdi va toʻgʻridan-toʻgʻri navbatdagi hujjatlarni oʻrganishga shoʻngʻib ketgan Hyonining qarshisiga oʻtirdi. U taklif qilinmagan, hatto eshikni taqillatishga ham jurʼat qilmagan mehmoniga hayron boʻlib qarab qoʻydi.
— Bir kuni sen ham Chonguk bilan oddiy odob qoidalarini oʻrganib olarsizlar, — u xotirjamlik bilan dedi va yana hujjatlarga tikildi. — Nega kelding?
— Chonni topishga umid qilgandim… u qayerda yuribdi? Ofisda boʻlishi kerak emasmi?
— U janob Chonni oldida. Oxirgi paytlar faqat oʻsha yerda qolib ketayabti, — Seokjin koʻzoynaklarini burun ustida toʻgʻrilab, jilmaydi.
— Hali ham urishyaptilarmi? — Taehyung qiziqib soʻradi.
— Hali yana ancha vaqt urishishadi.
— Unda uni oʻsha yerda ushlay olsam kerak. — Qoʻli bilan stolga qattiq urib, yigit oʻrnidan turdi va Seokjinni oʻz ishlari bilan qoldirib, kabinetdan chiqib ketdi.
Taehyung oʻn daqiqadan beri janob Chonning kotibasi qarshisidagi charm divanda oʻtirardi. Chonguk nihoyat xonadan chiqishini kutardi. Kabinetdan vaqti-vaqti bilan baland ovozdagi uzuq-yuluq totishuvlar eshitilardi, shundan soʻng ovozlar birdan jim boʻlib koʻp oʻtmay biror narsaning singan ovozi eshitilardi. Yigit otasi va oʻgʻlining janjaliga guvoh boʻlishni istamayotgan kotibaning xavotirli nigohini oʻziga qaratdi. Agar u eshikning narigi tomonida Chonguk qoʻliga birinchi tushgan odamini oʻldirishga tayyorligini bilganida, umuman stol ostiga yashiringan boʻlarmidi balki.
Yigit bir necha kundan beri oʻzini qo'yarga joy topolmas, ichib, hammaga oʻshqirardi, keyin esa otasining oldiga kirib, yana bir bor yoʻqolgan xotini haqida gaplashishni boshlardi.
— Sen meni Akilning oldida himoyasiz qilib qoʻyding, itvachcha! — yana bir bor oʻzini tuta olmagan ota, qichqirib, qoʻlidagi hujjatlarni yerga uloqtirdi. — Qizni unut! Vaqtincha! Sen hech boʻlmasa o'sha yaramas erkak jiyanini himoya qilishim uchun mendan va'da olganini tushunyabsanmi?! Meni yanada battarroq ahmoqqa aylantirmoqchimisan?!
— Tupurdim hammasiga! Men uni qaytarishim kerak! U hatto oʻlsa ham meni yonimda joni uzilsin… — Chonguk jaxl bilan tishlarini bir-biriga qisgan holda gapirib, stolga suyangancha otasiga yaqinlashdi. — Aseel qayerda?! U ahmoq uni yashirib qoʻygan! Men o'zim bu ish bilan shug'ullanishimga ruxsat bering!
— Boshqa meni oldimga bu ahvolda kela ko'rma! Meni tushundingmi? Bu meni oxirgi marta ogohlantirishim. Aks holda, men shunday qilamanki, sen hatto vaqt oʻtib ham uni qaytara ololmaysan. — Oʻgʻlidan g'azabli nigohini uzmasdan dedi otasi. Yigitni ko'zlaridan oʻjarlik nafasi ufurib turardi. Janob Chon koʻzlari bilan oʻgʻli uning aytganlarini qilmasligini sezib turardi. Chonguk yana bir bor oʻzini tutib, kabinetidan chiqib ketishini kutardi, shundan soʻng esa Seokjinni chaqirib, sabrsiz oʻgʻlini kuzatib yurishiga koʻrsatma berishi mumkin edi.
Chonguk gʻazabdan yonib, otasining oldida turgan boʻlsa ham, portlashga tayyor holda oʻrnidan turdi. U mushtlarini qisdi va gʻazabdan qizarib, kabinetdan shoshilgancha otilib chiqib ketdi.
— Xoʻsh, aqlsizlik darajasida mast boʻlguncha ichamizmi? Hali erta boʻlsa ham, bu qoidalarni kim o'ylab topgan o'zi? — Taehyung doʻstini yoʻlini toʻsib, uni oldida turdi. Chonguk bir necha soniya oldida kim turganini tushunishga harakat qilib g'azabini biroz bosishga urindi. Keyin esa bu taklifga qatʼiy bosh qimirlatdi.
— Lekin avval... gaplashamiz, — u qatʼiy gapirdi va oʻz kabineti tomon ishonch bilan qadam tashladi.
Taehyung doʻstining koʻrinishidan nima haqida gap ketishini taxmin qila oldi va oldindan oʻzini uning xohishlariga boʻysunishga tayyorladi, lekin shu bilan birga janob Chonning soʻzini buzishga toʻgʻri kelardi. U yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni oʻz xayolida saralay boshladi, bu oqibatlar yagona merosxoʻrga taʼsir qilishi dargumon edi, lekin Kimning oʻziga osonlikcha taʼsir qilardi.
Chonguk eshikni qattiq itarib, ichkariga kirdi va darhol joyini egalladi. U polga bir nuqtaga tikilib, qoʻliga qalam oldi va uni stol yuzasida taqillata boshladi. Keyin esa qalamni xuddi kimdir tortib olganday, yigit birdan koʻzini Taehyungga qaratdi.
— Men uni qayerda ekanligini bilaman, — u bir necha daqiqalik oʻy-xayoldan soʻng xulosa qildi. — Uni u yerdan olib chiqishimiz qoldi halos. Jimin aniq manzilni yubordi. U hozir o'sha yerda.
— Doʻstining hayratda qolgan yuzini payqab, u sekin tushuntirdi: — U aslida kompaniya ishlari bilangina o'sha yerda, mening iltimosim esa faqat manzilni topib berishdan iborat edi.
— Dadang-chi? Bunday narsa jazosiz qoladi deb oʻylaysanmi? Bu yerda gap endi sen yoki Aseel haqida emas. — Taehyung doʻstini janob Chonning Akil bilan kelishuvi umuman tashvishlantirmasligini tushunardi. Yigit har doim oʻz his-tuygʻulari bilangina ish qilardi.
— Sen haqsan. — Chonguk charchoq bilan kaftlari yuzini ishqaladi. — Men oʻzimdan shunchalar… — u gapini oxiriga yetkazmadi, bir yoqqa qarab to'xtab qoldi.
— Qoʻllaring bog'langan, doʻstim… — Taehyung shunchaki faktni aytdi, Chonning yuzidagi bitmagan yaralarga qaradi.
— Dadam chidashimni soʻrayapti. Seokjin allaqachon Akilni o'rniga oʻrinbosar topish yoʻlida ekanligini aytdi, lekin men tinch oʻtirib kuta olmayman!
— Lekin keyin Akildan qutuliamiz va sen oʻz xotiningni olasan. Toʻliqligicha.. Faqat seniki bo'ladi, ortida hech qanday yordam kuchlarisiz. Biror janjal qilishdan oldin bu haqida oʻyla. Ammo agar kutmaslikka qaror qilsang… — Taehyung tabassum qildi. U yigitning shijoatini jilovlamoqchi emasdi, aksincha xavfli oqimga butunlay shoʻngʻishga tayyor edi. — Hozir oʻsha musulmon qiz oʻz vatanida, uning e'tiqodiga yaqin boʻlgan yigitlar, davrasida ekanligini tasavvur qil… — u doʻstining ogʻriqli joyiga tegishda davom etdi.
— Suka! — Chonguk gʻazablanib, stoldagi hamma narsani yerga tushirdi. Ogʻir nafas olib, gaplarini biroz choʻzib dedi: — Eng yomoni... , u qayerda ekanligini bilaman va uni osongina qaytarishim mumkin…
— Ishonchim komil, odaming allaqachon uni kuzatib yuribdi… — Taehyung baland ovozda kuldi, doʻstining manzilni bilganidan keyin birinchi qiladigan ishlari haqida go'yo bilgandek.
— Bu qiyin emasdi. Ishon, Jiminning soʻzlariga koʻra, u erkin yuribdi, qo'riqchilarsiz... — Chonguk uzoq vaqt ichida birinchi marta tabassum qildi. Yigit oʻz karamchasi ishonchli himoya ostida boʻladi deb oʻylagandi, ammo Aseel haqidagi maʼlumotni olganida biroz hayron qoldi.
— Akilning otamga boʻlgan ishonchi shunchalik kattami? Bu hatto juda kulgili.
— Bu juda kulgili, ayniqsa janob Chon oʻz xotinini yoʻq qilishdan tortinmaganini hisobga oladigan bo'lsak. — Taehyung doʻstining yuziga qaradi. Ular bu mavzuda hali hech qachon gaplashmagan edilar, ammo yigit bunga ehtiyoj sezmasdi, lekin kinoyali gaplardan oʻzini tiya olmadi.
— Dadam yoʻq qilganlarning hammasi bunga loyiq bo'lishgan. — Chonguk ismlarni aytishiga hojat yoʻq edi, Kim bu “haqli ravishda oʻldirilganlar” roʻyxatiga kimlarning ismlari kirganini yaxshi tushunardi.
— Unda, janob Chonning adolati uchun ichamizmi?
— Min Yungiy bizni qo'limizda… — Chonguk doʻstini gapini eʼtiborsiz qoldirib, oʻzini qiziqtirgan suhbatni davom ettirdi. — Lekin Seokjin meni unga yaqinlashtirmayabdi! — u sezilarli darajada ovozini balandlatib, gʻazabdan yuzi burishdi.
— Min bularning hammasini boshlayotganda nimani kutgan ekan-a? — Kim oʻylanib dedi. — Juda ochiqchasiga harakat qildi axir.
— Ochiqchasiga? — Chonguk kulishdan oʻzini tuta olmadi. — U bizning kuchli ittifoqchilarimizni qimirlata oldi, Akilni tishlarini yanada koʻproq charxlashga majbur qildi, biz esa shu paytda koʻzimizni pirpiratib turgandik!
— Balki, Akilning tishlarini, ehtimol, sen charxlagan boʻlsang kerak, garchi ongli ravishda boʻlmasa ham. — Taehyung yelkalarini qisdi va oyoqlarini oldinga choʻzib stulda dam olgancha o'tirdi. U tushungandek, suhbat uzoq davom etardi. — Va agar baribir Aseelni u yerdan olib ketishga qaror qilgan bo'lsang butunlay nuqta qoʻygan bo'lasan.
— La'nati! — Chonguk mushtini stolga urdi, buning natijasida ustidagi narsalar silkinib ketdi.
— Bilasanmi, Chongu-ki? U yerga bor. Chetdan uni kuzat, lekin tegma. Balki shunday qilib, shijoatingni biroz bo'lsada bosa olarsan?
— Oʻylab koʻrsam… oʻz otam tuzoq qo'ygan… — Yigit gapini tugatmadi va xoʻrsinib boshini stolga qoʻydi.
— Haa, bizning dunyoyimizda bu bilan hayratga solib boʻlmaydi. Sen buni ilojsiz narsa deb qarayotganing juda gʻalati.
— Gap unda emas… — Chonguk boshini koʻtarmay gapirdi. — Gap…
— Endi bu sening xotiningga tegishli ekanligidami? Endi begona odamning emas, aynan sening his-tuygʻularing va emotsiyalaringga taʼsir qilganlaridanmi? — Kim bir nafasda dedi.
— Qandaydir yaramaslar unga qoʻl tekizgan boʻlishi mumkin degan fikrdan meni ahvolim yomonlashyabti. Men aqldan ozyabman tushunasanmi?! — Chonguk oʻrnidan turdi va kabinet boʻylab asabiy yurishni boshladi. Birdan toʻxtab, Taehyungga qaradi va xotirjamroq ovozda dedi: — Haqsan. Ichishimiz kerak.
Taehyung va Chon kechgacha bitta barda oʻtirishdi, ichishdi. Faqat Chonguk hojatxonada qayt qilib boʻlgandan keyin, yigitlar ortiq oshqozonlariga ichkilik sigʻmasligini tushunishdi va taksi chaqirib, oʻz uylariga yoʻl olishdi.
Chonguk bir necha daqiqa lift oldida turib, oʻz qavatini eslashga harakat qildi, lekin keyin yuziga ahmoqona tabassum yugurib, baribir ichkariga kirdi va avtomatik ravishda kerakli tugmani bosdi. Xuddi shunday, yigit eshikka kodni kiritayotganda raqamlarni zoʻrgʻa terdi.
Nihoyat, uyga yetib kelgan Chonguk darhol yotoqxonaga kirdi va choʻntagidan telefonini olib, krovatga yotdi. Mobil telefonini qo'lida tutib, Aseel bilan chatni varaqladi. Uning barcha xabarlari javobsiz qolgandi, bundan tashqari, yetkazilmagan ham edi. Yigit xotiniga yozganida, uning raqami oʻchirilgan boʻlishini yaxshi bilardi, ammo bu uning odatiga aylanib qolgandi.
Chonguk ekranni barmoqlari bilan noaniq ishqalab, oʻzining oxirgi xabarlarini oʻqidi.
📱Suka. Akilning ortiga mendan yashirinishga urinma.
📱Umuman mendan yashirinishga umid qilma. Hech qayerga qochib keta olmaysan.
📱Telefoningni oʻchirib qoʻydingmi? Seni manzilingni unutib qo'ydi deb o'ylayabsanmi?
📱Sen fohishasan. Min Yoongini oldida tanangni ko'z-ko'z qildingmi? Birga kitob oʻqiganmisizlar hatto? Nima meni ahmoq deb oʻyladingmi?!
📱Qanday qilib fohisha boʻla turib oʻzingni muslima qilib koʻrsatding?
Barcha bu haqoratlar tahdidlar Aseelning qochgan birinchi kunlaridayoq yuborilgan edi. Mast ahvoliga qaramay, Chonguk har bir harfni qanday terganini yaxshi eslardi va hatto shunchaki oʻqib turib ham, u yana qizishni boshladi.
Jagʻini oʻynatib, yigit oʻqishni davom ettirdi. Nega har kuni uning chatini ochib, navbatdagi xabarni yuborayotganini oʻzi ham tushunmasdi, lekin hech boʻlmaganda shunday qilib gapirishni zarur deb hisoblardi.
📱Karamcham, Min Yoongini oldida yechina olarmiding? Balki bokiraligingni toʻy kechasigacha saqlagandirsan? Keyin esa hech narsani saqlashga hojat ham qolmagandir?
📱Suchka. Men seni yerni tagidan bo'lsa ham topib qazib olaman! Keyin esa o'zim qaytib ko'maman!
📱Taehyung aytdiki toʻydan oldin ham jinsiy aloqa qilib yurgan boʻlishing mumkin ekan. Qaysi klinikada tiktirib kelding?
📱Men xato qildim. Sen faqat meniki eding va hozir ham sen menikisan.
Jimin aytdiki sen unday ishlarni qiladigan qizlarga o'xshamas ekansan.
Chongukning qoʻlidan telefon tushib, koʻkragiga tegdi.
— Blyaaaaaat ! — u so'kinib, telefonini qaytarib qo'liga olib yonboshiga oʻgirildi.
Yigit mast holatida yozgan siqilgan xabarlarini o'qib tentaklardek baqirib kulish istagi paydo boʻldi. Ayni paytda ham u xuddi shunday sms yozgisi kelayotgandi. U hozir qanchalik yomon ahvolda ekanligi va uning bu ahvoliga aynan u sababchi ekanligi haqida matn yozib yuborishni xohlardi.
Sen hech qachon memga xiyonat qilmagan boʻlarding. Ahmoq Min esa bizni qo'limizda.
Chonguk oʻtirgan holatiga oʻtdi va navbatdagi xabarni yozishni boshladi. Koʻz oldida harflar xiralashardi, shuning uchun yigit diqqatini jamlashga harakat qilib, koʻzlarini qisdi.
Tez orada sen yana shu yerda boʻlasan. Yonimda. Shunchaki biroz sabr qil, karamcham.
Yigit atrofiga qarab, xonani koʻzdan kechirdi. U krovatdan turdi va shkaf yoniga bordi, uni ochayotganda esa eshigi burniga urilib ketdi.
— Laʼnati… — Chonguk baqirib, burnining uchini ishqalashni boshladi.
U muvozanatni saqlash uchun tokchalarga suyanib, hotinining kiyimlari orasini titkilay boshladi.
Ketma-ket yigʻilgan roʻmollardan birini olib, yigit uni yoydi va yelkasiga tashlab, burnini bosdi.
— Mendan qochib qutula olmaysan… — xuddi tentaklardek pichirladi. — Tez orada... Juda tez kunlarda... Faqat biroz kutishing kerak.
Hamma unga sabr qilishini kutishini aytardi va yigit uchun bu juda og'ir edi. Seokjin otasini tinglashini va biroz kutishini qatʼiy talab qildi, shuning uchun Chonguk birinchi marta, agar bu unga kerakli natijani bera olsa, aytilganidek qilishga qaror qildi. Agar bu uning karamchasini qaytara olsa.
Biroq, yigit "WINGS" Akilga ehtiyojini yoʻqotgunicha jim oʻtirib kutmoqchi emasdi. Hech boʻlmaganda u oʻz odami orqali Aseelni kuzatib boradi va uning har bir qadami haqida kundalik hisobot oladi. Chonga xotini uning yoʻqligida vaqt oʻtkazayotgan joylarga oʻzi uchib borishdan oʻzini tiyishi juda qiyin edi…
Ahmoqona tabassum qilib, Chonguk Aseelning bir nechta koʻylaklarini oldi va ularni krovatga tashladi.
— Karamcham, bugun sen bilan birga uxlaymiz, — mast holatida u kuldi.
Qolgan kiyimlarni olish uchun qoʻlini tokchaga chuqurroq choʻzgan yigitni kaftiga qattiq narsa urildi.
Qogʻozga oʻralgan narsani qo'liga oldi va uni qayerda koʻrganini eslashga harakat qildi, lekin faqat xiralashgan xotiralardan boshini chayqadi. U orqasi bilan shkafga suyanib, qogʻozni betartib yirtib ochdi, ichidan esa kitob chiqdi.
— Kursdoshining sovgʻasi… — u xotirasida paydo boʻlgan Aseelning soʻzlarini takrorladi.
Chonguk kitobni ochib unchalik qiziqishsiz varoqlab chiqdi va uni tashlab yubormoqchi boʻlganda birinchi sahifada chiroyli yozilgan bir nechta jumlani koʻrdi.
Umid qilamanki, sen har doim toʻgʻri yoʻllarni tanlaysan.
Xonada choʻzilgan va baland erkak kulgisi yangradi. Kitob qarama-qarshi devorga uchib tegdi. Ikki bukilib, Chonguk telbalik darajasida kulishda davom etdi. U bir necha marta shkafning eshigiga musht bilan urdi. Qoʻlining boʻgʻimlari qizardi, ammo yigit hech qanday ogʻriq sezmasdi. Ogʻir soʻkinib va burnidan baland nafas olgancha u xotinining kiyimlarini bir harakat bilan polga uloqtirdi. Keyin ularni oyogʻi bilan tepib, bir chetga itarishni boshladi.
— Min Yoongi! — u baqirib, krovat yonidagi tumbani agʻdarib tashladi. — Laʼnati Min Yoongi!
Yotoqxonada bir soatlik vayronagarchilikdan soʻng, Chonguk divanda charchagancha bir qo'lini osiltirib yotdi. U endi oʻzini mast his qilmasdi va uyqu uni o'z domiga tortardi, ammo ogʻir oʻylar koʻzlarini yumishga imkon bermasdi. Yigitdan butun hayotiy energiya soʻrib olingandek, ortidan esa boʻshliq qolganday tuyulardi. Qoʻrqinchli boʻshliq…
Chonguk yana oʻzini kichik bolakaydek his qildi. Onasini yoʻqotgan va keyin nima qilishni bilmaydigan oʻsha bolakay. Kim uning poyabzalining bogʻichlarini bogʻlab qoʻyadi? Kim u bilan berkinmachoq oʻynaydi? Kim ertaklar oʻqib beradi? Kim bilan uxlaydi? Oxirgi savol oʻsha paytda unga eng muhim va darhol hal qilishni talab qiladigan tuyulardi, ammo otasi u bilan butunlay boshqa suhbatlarni boshladi: onang fohisha, sen erkak boʻlishing kerak, yigʻlamasliging kerak, kuchli boʻlishing kerak. Otasi tashlagan bu uzuq-yuluq jumlalar kichik Chongukning xayolida oʻz krovatida yotgan paytida uzoq vaqt aylanib yurardi. U onasini chaqirib yigʻlagan zahoti, otasining javobini eshitardi:
— Fohisha, ona emas!
Eshik kodi terilayotgan ovoz Chongukni bir harakat bilan divanga oʻtirishiga majbur qildi, u biroz umid bilan eshik tomon tikildi. Charchoq xuddi qoʻl bilan olinganday yoʻqoldi, lekin…
— Salom, janob Chon. — Kiantisak xonimning yengil egilishi va yigit koʻzlarida yaqqol hafsalasi pir boʻlish va gʻazab bilan yana joyiga qaytib yotib oldi.
— Bu siz edingizmi… — u his-tuygʻusiz shiftga tikilib xulosa qildi.
— Kechirasiz, men sizga telefon qilgandim, lekin siz telefonni olmadingiz. — U oʻzining urgʻusi unchalik sezilmasligi uchun koreys tilida iloji boricha aniqroq gapirishga harakat qildi. Ayol ishonchsiz tarzda Chon tomonga bir oz oʻtdi. — Men hisob-kitob uchun kelgandim. Sizga tez orada uyga uchib ketishimni aytgandim eslasangiz agar.
— Ha sen ham mendan qochyapsanmi? ! — yigit shunday sust ovozda soʻradi, ayol tomonga hatto qaramadi ham. — Nima, biroz pul ishlab olding, endi oyoqlaringni uzib ketaversang bo'larkanda? Hamma muhojir ayollar shunchalik oʻxshashmi?
— Men har bir vonimni halollab ishlab oldim, janob! — Uy xizmatchisi yosh yigitning gaplaridan yana bir bor oʻzini himoya qilishni lozim topdi.
— Unda yoʻqoling. Mendan nima istaysiz oʻzi? Kimdir mendan ketishdan oldin xayrlashishni lozim topadimi yoki yo'q?
Kiantisak xonim joyida qaltirab turib qoldi, har doimgidek Chonguk nimani nazarda tutayotganini tushunmasdi. Uning mast holatdagi hujumlarida uning uchun gʻalati hech narsa yoʻq edi. Biroq, odatdagi hissiy holatdan farqli oʻlaroq, endi yigit juda xotirjam, hatto haddan tashqari jonsizdek edi, xuddi qoʻlini koʻtarishga ham erinayotgandek.
— Sizga biror narsa boʻldimi? — u baribir xoʻjayinning sogʻligʻi haqida soʻrashga qaror qildi. — Yosh xonim uyda emasmi?
Ayol xoʻjayinning kvartirani tark etganini bilmasdi, lekin uning oxirgi vaqtlardagi kelishlarida tozalashi kerak boʻlgan tartibsizlikdan shubhalanayotgandi. . Bunday holat Chongukning toʻyidan beri sodir boʻlmagan edi.
— Yosh xonim biroz adashib qoldi, lekin tez orada uyda boʻladi. Mening yonimda, — Chonguk qoʻlini koʻzlariga qoʻyib, yuzini yorugʻlikdan himoya qilgancha gapirdi. — Hozir soat necha?
— Allaqaqon kechki soat yetti, janob, — ayol javob berdi va sumkasini qattiqroq ushlab, noqulaylikni yengib oʻtib, davom etdi: — Agar siz men bilan hisob-kitob qilganingizda…
Kiantisak honimga yigit bunday holatda ekanligida pul haqida gapirish noqulay edi. Biroq, har bir von uning uchun juda katta ahamiyatga ega va u pulini olmasdan ketishi mumkin emasdi.
— Men uchun yana bir narsani qilib keting. Men sizni oxirgi xizmatingiz uchun ham toʻliq toʻlayman…
— Men… — ayol shoshilayotganini aytmoqchi edi, lekin tilini tishladi. Rad etishni xohlamasdi, pul ham unga ortiqchalik qilmasdi. — Nima?
— Xotinimning barcha kiyimlarini shkafga joylashtirib qoʻying.
Oʻzining karamchasi, u tez orada uyga qaytadi…
Avtor: Bu fanfik muallifligi menga tegishli emas. Bu tarjima fanfik ekanligini unutmang!