October 11, 2025

PATIENVICE 25-qism FINAL

Aseelning birinchi farzandiga homiladorlik payti

Ohirgi paytlarda Aseel o‘z his-tuyg‘ularini, nafaqat his-tuyg‘ularini, balki boshqa narsalarni ham mutlaqo nazorat qila olmayotgandi. O'zini Chongukka o‘xshab, xuddi u kabi impulsiv bo‘lib qolayotgandek his qilar edi. Uning barcha xotirjamligi va sabr-toqati qayerga g‘oyib bo‘lyatganini o'zi ham tushunmasdi.

​Olomon Aseelning asabiga tegardi, odamlarni itarib, turtib o‘tishni istamasdi. Bu terlagan, talvasaga tushgan yoqimsiz tanalarga teginishga esa jirkanayotgandi. . Hozir u uchun eng muhimi — Chongukni tezroq topish, o‘z ko‘zlari bilan u shu paytgacha zarracha ham o‘zgarmaganiga va uning barcha so‘zlari yana bir bema'ni, yolg‘on safsata bo‘lganiga ishonch hosil qilish edi. Qani endi ko‘zlari erini olomon orasida tezroq ko‘rsa, qani endi uni qandaydir... qandaydir ayollar davrasida ko‘rsa, shunda Aseel o‘z xotirasidan o‘tmishdagi barcha lavhalarni butunlay o‘chirib tashlaydi. Chonguk uni topib kelgan va mahkam quchoqlab olgan lahzalarini...

​— Men g'irt axmoq bo'lgan ekanman... seni qadrlamagan ekanman. Menga faqat sen keraksan, karamcham. Va’da beraman, sen uchun o‘zgaraman... menga bunda yordam berasanmi? Menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib borasanmi?

​Yigit qizning har bir barmog‘idan o‘pib uning uchun eng yaxshisi bo‘lishga va’da bergandi. Chunki undan biroz oldin yuz bergan mudhish hodisalar yigitning dunyoqarashiga qattiq ta’sir qilgandi. U chinakamiga xato qilishni istamasdi... O‘shanda Aseel unga ishongandi, bu uning uchun juda to‘g‘ri, zarur qarordek tuyulgandi. Akilning o‘limidan so‘ng, u va onasi so‘nggi himoya qal’asi ularni tark etganini his qildilar, ammo Chonguk paydo bo‘ldi... Qiz butun vujudi bilan o‘sha o‘zgaruvchan, aqldan ozgan va rashkchi erini sog‘inganini tan olishdan qo‘rqardi. Unga shunchalik o‘rganib qolgan ediki, usiz hayot o‘zgacha, qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, unday emasdek tuyulardi. Qandaydir narsa yetishmayotgandi... kimdir yetishmayotgandi. O'sha kimdir... o‘zini tiya olmaydigan bir kishi...

​Ammo hozir... hozir Aseel jirkanish bilan klubdagi mast olomon orasidan o‘z erini izlayotgandi, eri allaqachon bir necha kechadan beri uyga faqat tong saharda qaytardi.

Aseelni mutlaqo ko‘zga tashlanmaydigan keng qora ko‘ylagi endi Aseelga unday ko‘rinmayotgandi. Yorqin, kalta va ochiq kiyimli odamlar orasida u juda ajralib turardi. Qizni ichida hamma narsa hayajondan titrardi. Agar shubhalariga amin bo‘lsa, nima qiladi? Uning aqli qayerda qoldi? Nega u kerak bo‘lmagan joyga suqilmoqda? Qolaversa, u kabi odamlar orasida uning nima ishi bor? Ayniqsa, hozir, uning ichida kichkina bir hayot, uning va Chongukning muhabbat mevasi o‘sayotgan bir paytda...

​Hamma narsa shunday, lekin faqatgina bir kichik tuzatish mavjud... Bu meva faqat Aseelning muhabbati mevasi edi...

​Aseel olomon o‘rtasida qotib qoldi, bir nuqtaga jonsiz tikildi. Odamlar uni u yoqdan bu yoqqa itarishardi, lekin qiz muvozanatni saqlash haqida o‘ylamasdi ham. Ko‘z yoshlari yuzidan oqayotganda, qo‘lini bo‘rtib chiqqan qorniga qo‘ydi. Chonguk ... uning Chonguki, Seokjin va Jimin davrasida o‘tirardi, va yana... yana... uning yelkasida aqldan ozar darajada chiroyli, qip-qizil labli va yirik maftunkor ko‘zli bir qiz boshini qo'ygancha yotardi.

​Baland musiqa quloqni qomatga keltirardi, spirtli ichimlik hidlari esa burun teshigini deyarli to‘ldirgandi. Yagona istak – orqaga burilish va qochish. Uyga qochish. O‘zini ustidan qulflash va Chongukni endi uyiga kiritmaslik... O‘zining yuragiga ortiq kiritmaslik...

​— Aseel? — Seokjin hayron bo‘lib ro'parasida turgan qizga qarab qoshlarini ko'tardi. Seokjin adashishi mumkun emas.

​Chonguk do‘stining hayratiga tushunmay u nigohlarini qaratgan tarafga qaradi va raqs tushayotgan olomon o‘rtasida turgan xotinini ko‘rdi. Aseelning nigohlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chongukning qalbini teshib o‘tdi. U tezda yelkasini tortib notanish qizning boshini o‘zidan olib tashladi.

​— Blyaaaaaat ?!.. — Chonguk g‘azab bilan nafas olgancha qo'lidagi viski stakanini stol ustiga qo‘yib, raqs maydoni o'rtasida turgan Aseelni yoniga yugurdi. Aniqrog‘i, mast yoshlarni itargancha, katta qadamlar bilan oralaridan o‘tib bordi. Bir tomondan havotirdan hayajoni kuchayayotgandi. U yo‘qligida biror narsa sodir bo‘lib xotini unga qo‘ng‘iroq qilib bog'lana olmagan bo'lsachi?
​Chon yaqinlashishi bilan, Aseel, go‘yo tushdan uyg‘ongandek, boshqa tomonga o'girildi, erining navbatdagi muhabbat so‘zlarini eshitishni istamasdi. Bu safar emas... Endi ishonmaydi, kechirmaydi.

​— Qayoqqa qochyabsan? — Chonguk raqs maydonchasining chiqish joyida xotinining bilagidan tutib oldi va o‘ziga tortdi. — Bu yerda nima qilyapsan? — U butun kuchi bilan g‘azabini tiyishga urinayotgandi. Uning begunoh karamchasi bu mast odamlar bilan bir joyda turishi umuman teskari narsa edi....

​— Hech nima! — Eridan farqli o‘laroq, Aseel o‘z his-tuyg‘ularini jilovlash niyatida emasdi. — Qo‘yib yubor! — U ushlab turgan erining qo‘lidan chiqish umidida qo‘lini tortdi, ammo Chonguk uni yanada kuchliroq o'ziga tortib oldi.

​— Aqldan ozdingmi?! Vaqtni ko‘rdingmi o'zi?! Sen hozir hohlagan ishingni qila oladigan ahvoldamisan mmm?! — Chonguk har bir so‘zida qizni biroz siltardi. Ikkinchi qo‘li bilan esa ro‘molining chetidan ushlab, uni biroz pastga tortdi: — Unda, agar bu yerlarda yurar ekansan bu ham senga ortiqchadir?!

​Bo‘sh qo‘li bilan Aseel erining har bir alamli so‘zidan keyin yanada kuchliroq oqayotgan ko‘z yoshlarini artardi. U eriga qarashni istamay, boshini burdi.

​— Menga qara! — Chonguk Aseelni iyagidan ushlab, yuzini o'ziga burdi. Harakatlari biroz qo‘polroq edi, garchi buni istamagan bo‘lsa ham. — Bu yerda nima qilyapsan dedim senga?!

​— Men... — Aseel yig‘ladi. Miyasiga hech narsa kelmasdi, eriga javobi yo‘q edi. Unga xiyonatiga amin bo‘lish uchun kelganini aytishga esa g‘ururi yo‘l qo‘ymasdi. Eri uning dunyosi unga bunchalik bog‘liq ekanligini bilmasligi kerak edi...

​— Gapir! — Chonguk quloqni qomatga keltiruvchi musiqadan balandroq gapirishga urinib, ovozini sezilarli darajada ko‘tardi.

​Javob o‘rniga, Aseel titrayotgan kaftini ko‘tarib erining yuziga shapaloq tushirdi. Butun qalbi, ruhi va vujudi bilan. Avval hech qachon bunga jur’at qilmagan edi. Bu tarsaki barcha og‘riq va umidsizliklari tasviri edi.
​Chonguk ko‘zlarini katta ochgancha qizni iyagidan kaftini olib tarsaki ta'sirida lovullab turgan yuziga bosdi.

​— Sen... nima... — Chon hayratdan gapini ham tugata olmadi.

Ammo tezda hayrati tarqab g‘azabdan yongancha ayoliga qo‘lini ko‘tardi, ammo o‘z vaqtida aqli kirib to‘xtata oldi. Yuzidagi har bir mushagi g‘azabdan qisilib, harakatga kelgandek edi.

​— Meni aqldan ozdirasan.... Hozir seni bitta zarba bilan o'ldirib qo'yishim mumkin edi.... Shuni tushunyapsanmi?! — Chonguk lablarini mahkam qisib, xotinining ustida turgan qo‘lini pastga tushirmasdan gapirdi. — Tushunyabsanmi?! Men o‘zimni nazorat qila olmay qolishimni tushunyapsanmi?

​— Sen la’nati yolg'onchi! Men seni ortiq ko'rishni ham istamayman, yaramas!

​— Xo‘sh, nima qilasan?! Yana qochib ketasanmi?! — Chonguk uni kuch bilan o‘ziga tortdi, natijada uning peshonasi erining iyagiga kelib urildi. — Kim senga ruxsat beradi, mm?! Kim? Kamiga qorningda mening bolam bilan! — U so‘zlarni Aseelning qulog‘iga pichirladi.

​Shu paytda qandaydir qiz muvozanatni yo‘qotib, Chongukni yelkasiga tegib ketti va mast holda qiyinchilik bilan tili aylanib uzr so‘rashni boshladi, ammo Chonguk uni qo‘pol ravishda chiqish tarafga itarib yubordi. Qiz xuddi shunday ahmoqona kulgancha, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

​Ammo Aseel erining bir lahzalik chalg'ishidan foydalanib, qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi. U qadamlarini tezlatib uzoqroqqa ketishga harakat qildi. Erining baquvvat qo‘llari uni qo‘ltig‘idan ushlab, yerdan ko‘tarib olganda Aseel baqirib yubordi. Eri klubning chiqish joyiga yurib borardi, Aseelnining uni yerga qo‘yish haqidagi iltimoslari klubdagi baland musiqa sadosida eshitilmasdi. Chonguk qo‘riqchilarga ishora qildi va ular tezlikda eshikni ochishdi. Tashqariga chiqqandan so‘ng, Chon nihoyat xotinini yerga qo‘ydi va unga uzoq kutilgan erkinlikni berdi.

​— Sendan nafratlanaman! Men bilardim... — Aseel yuzini qo‘llari bilan yopdi, o‘zini tiya olmay yig‘lay boshladi. Uyda bo‘lish, yolg‘iz qolish istagi qanchalik kuchli bo‘lmasin, Chonguk bunga baribir yo‘l qo‘ymaydi. Bu aniq.
— Ey, Xudoyim! Hammasi yana shunday bo‘laveradimi?!

​— Lekin men seni sevaman... — Chonguk jilmaygancha xotinining ko‘ylagini yengidan ushlab, masxara qila boshladi. — Sevaman. Aqldan ozar darajada sevaman!

​— Yo'qol! Tinch qo'y meni! Sen meni ko‘nglimni borgan sari qoldiryapsan... — Aseel eridan yuzini burdi, yuzidagi ko'z yoshlarini artishga urindi.

​— Kel o'zimga...— Chonguk Aseel tomon kichik qadam qo‘ydi va uni quchoqladi, qo‘llarini nozik yelkalaridan dumaloqlashgan qorniga tushirdi. — Hech narsa bo‘lmadi va bo‘lmaydi ham. Men senga aytdim-ku...

​— Ishonmayman. — Aseel boshini chayqadi, keyin pastga egdi. Erining tegishlari unga yoqimsiz edi, ammo u uni quchog'idan qo‘yib yubormasligini ham bilardi.

​— Nega bu yerga kelding?

​— Shaxsan o'z ko'zlarim bilan ishonch hosil qilish uchun.

​— Nimaga?

​— Seni qanchalik pastkash ekanligingga, — nafas chiqargancha alam bilan yig‘lab dedi.

​— Tilingga ehtiyot bo‘l, karamcham. — Chonguk yuzini xotinining bo‘yniga bosdi va qulog'i yoniga ko‘tarilib, yumshoq qismini biroz tishladi. — Senga kelganda men aslo pastkash emasman.

​— Sen meni urmoqchi bo'lding. — Aseelni yig‘idan yelkalari titray boshladi.

​Chonguk og‘ir xo‘rsindi va xotinini yuzini o'ziga burdi. Uning kaftlari Aseelning qizargan yonoqlarida edi, bosh barmog'i bilan esa oqayotgan ko‘z yoshlarini artardi. Unga egilib, keyingi har bir so‘zni aniq talaffuz bilan ayta boshladi:

​— Meni eshit... Men g‘azabda edim... sen kech bo'lganda mast odamlar bilan to'lib toshgan klubga kelding. Agar men bu yerda bo‘lmaganimda-chi?! Agar qandaydir ahmoqlar bu ro‘mol ostida nima borligiga qiziqib qolganlaridachi? Mendan qanday reaksiya kutganding?! — Chonguk qo‘llarini xotinining yuzidan olib, asabiy ravishda kaftini sochlariga surdi, peshonasidagi sochlarini orqaga taradi. — Nega sen mana bu boshing bilan o'ylab ko'rmaysan karamcham?

​— Chunki yuragim boshqa narsani talab qiladi! — Aseel umidsizlik bilan qo‘lini silkitdi. — Sendan shubha qilishdan charchadim!

​— Unda shubha qilma!

​— Qanday qilib?! Sen unga teginayotganding... qandaydir... qandaydir... — Aseel munosib, ammo alamli so‘z topishga urinib, ko‘zlari bilan atrofni aylanib chiqdi.

​— Fohishagami, — jiddiy ohangda dedi yigit, so‘ngra kulib yubordi. Uning shirin karamchasi g‘azablanganida juda go‘zal edi. — Lekin men unga tegmadim.

​— Nahotki? Unda kimning boshi sening yelkangda turgandi? Jiminniki-mi?! — u ovozini ko'tarib gapirdi.

​— Endi men Jin hyoonga achina boshladim.... Taehyung bilan ikkovimiz uni qanchalar masxara qilardik, hozir esa o‘zim xuddi shunday vaziyatdaman. — Chonguk sun’iy qayg‘u bilan osmonga qaradi. — Men u bilan hech narsa qilmasdim, karamcham! Qanday tushuntirsam ekan senga ?! Men unga bir marta ham tekkanim yo'q! Uning o‘zi shunchaki yonimizga suqilib keldi! — U g‘azablanib, qo‘llarini u yoqdan bu yoqqa silkitdi. U haqiqatan ham hech narsani tushuntira olmasligi uni asabiylashtirardi. Uning dunyosida qizlar ularning ajralmas qismi edi. Hatto Seokjin ham, namunali oila boshi, g‘amxo‘r ota va er bo‘lsa ham, o‘ziga osonlik bilan erishish mumkin bo‘lgan qizlarning e’tiboridan chetda qolmasdi. Ammo bu ularga ham e’tibor beradi degani emasdi. Chonguk uchun bu hammasidan muhimi edi. — Meni nima qilishimni hohlaysan?

​— Endi ...hech narsa... — Aseel chuqur nafas oldi, yangi ko‘z yoshlari oqimini to‘xtatishga urindi.

​— Blyaaaaaat , Aseel! Men bu yerda turib, o‘zimni oqlashga harakat qilyabman, sen esa kichik burningni mendan jiyiryapsan! Men o‘zimni oqlayabman, tushunyabsanmi?!

​— Nega sen qilayotgan hamma ishingni butun dunyo boyligidek ko‘rsatasan? — Aseel yig‘idan qizargan tushunarsiz ko‘zlarini unga ko‘tardi. Eri u uchun nima qilmasin, u buni ta’kidlashni, bunga e’tibor qaratishni zarur deb hisoblardi. — Sening har bir harakatingni men albatta seningcha qadrlashim kerak Chonguk! , uni tabiiy narsa deb qabul qilmasligim kerak! Garchi, mohiyatan, bular oila ichidagi tabiiy narsalar bo‘lsa ham!

​— Chunki men uchun bu tabiiy narsalar emas, sen buni bilasan... — Chonguk Aseelga yaqin keldi va ko‘rsatkich barmog‘ining bo‘g‘ini bilan yuzidan ohista o‘tkazdi. — Sen meni maqtaganingni yaxshi ko‘raman. Menga bu yoqadi, tushunyabsanmi? Birgina sening mamnun nigohingdan yanada ko‘proq narsa qilishni istayman...

​Erining bunday gaplari Aseelni hayron qoldirdi. Chonguk xotirjam, biroz xirillagan ovozi bilan gapirib, uning g‘azabini yengishga muvaffaq bo‘ldi...

​— Men o‘sha la'nati fohishaga barmog‘imni ham tekkazmoqchi emasdim... hech qanday istagim yo‘q edi ishonaver. Menga sen... sizlar yetarlisizlar. — Chonguk kaftini xotinini qorniga tushirdi, uni siladi, so‘ngra Aseelni o‘ziga tortdi, uni quchog‘iga yashirdi. — Blyaaaaaat, Aseel, sen mendan itoatkor kuchukcha yasashga harakat qilyapsan. Menga bu yoqmaydi va meni itvachcha qilishingga yo‘l qo‘ymayman, tushundingmi? — Erkakning ohangida tahdid ohanglari bo‘lsa ham, uning teginishlari juda yumshoq edi. Chon xotining qorniga qattiqroq tegib ketishdan qo‘rqib, uni quchog'ida qattiq siqmadi.
​To‘satdan musiqa balandladi. Klub eshigi ochilib, bir guruh mast yigitlar va qizlar tashqariga chiqishdi. Ulardan qaysilaridur darhol o‘sha joyda bir-birlarini o‘pishga tushishni, kimdir esa nafas rostlash va chekish uchun sovuq asfaltga o‘tirishni lozim topdi.

​— Men bu yerda qolishni istamayman... — Aseel yuzida jirkanish bilan ochiqchasiga o‘pishayotgan "juftlik" tomon qaradi.

​— Mana bu to‘g‘ri qaror, karamcham. — Chonguk xotinining maftunkor yumshoq lablariga tegish istagida unga egildi ammo Aseel yuzini burdi va o‘pich yonog'iga tushdi. — Nima? Hali ham arazlashda davom etyabsanmi? — Chon uzoqlashib, norozi ravishda gapirdi. — Menga qara, dedim!

​— Xohlamayman! Senga qarashni xohlamayman! — Xafa bo‘lish qizni aslo tark etmasdi.

​U Chonning so‘zlariga ishongan bo‘lsa ham, u o‘sha fohisha qizga nisbatan hech narsa qilmoqchi bo‘lmagan bo‘lsa ham va ular o‘rtasida hech narsa bo‘lmagan bo‘lsa ham, bu uning erining bunday davrada bo‘lgani, gunoh va shahvat orasida vaqt o‘tkazganini bekor qilmasdi. Aseel erining ertami-kechmi pastkash istaklarga berilishi mumkinligidan qo'rqardi. Faqat qachon bo'lishi noma'lum ... shuning uchun u erining bunday joylardan har tomonlama qochishini istardi, ammo buning iloji yo‘qligini ham bilardi. Chonguk unga bunday yig‘ilishlar uning hayotining bir qismi ekanligini, ba’zan majburan, ba’zan esa shunchaki o‘z xohishi bilan, dam olish uchun ekanligini aniq bildirgandi. U asta-sekin, shoshilmasdan o‘z hayoti ritmini oilaviy hayotga moslashtirishga harakat qilishga va’da bergandi, ammo Chonga bu o‘zi kutganidan ko‘ra qiyinroq tuyulardi.

​— Uyga borib, yana sen bilan gaplashamiz. Hozir seni olib ketishadi. — Chonguk shimining cho‘ntagidan telefonini olib, o‘z odamlaridan birining raqamini tera boshladi.

​— Sen qolasanmi? — Aseelning pastki labi alamdan titradi. Hatto hozir ham u bu la’nati joyni tark etib, u bilan birga uyga ketishni rejalashtirmasdi... u yerda yaxshiroq tushuntira olardi, uni erkalay olardi va o‘ziga yana ishonishga majbur qila olardi. — Men o‘zim ketishim mumkin! Taksi tutaman! Sen esa la'nati klubingga bor! — u butun yuragidan baqirdi va ketish uchun ortiga burildi.
​Chonguk telefonda gaplashayotgan bo'lsada Aseelning bilagidan ushlab oldi.

​— Meni ishim bor. Biz bir odamni kutyabmiz. Uyga keyinroq boraman va biz albatta gaplashamiz, — telefon suhbatini tugatib, Chonguk xotiniga o‘girilgancha dedi.

​— Menga farqi yo‘q! Menga endi hech narsani farqi yo‘q! — Aseel qo‘lini tortdi, ammo Chonguk lablarini qisib, bilagini yanada mahkam siqdi.

​— Baqirishni bas qil... — u atrofga qarab pichirladi. — Hozir Hichol seni uyga olib boradi. Sen bu barcha safsatalarni boshingdan chiqarib tashlaysan. Dam olasan, dush qabul qilasan, uxlaysan. Meni tushundingmi? Senda onalik instinktlari umuman yo'q shekilli? Faqat o‘zing haqida o‘ylayabsan!

​Eshik g‘ijirlab ochildi. Tashqarida past bo‘yli yigit ko‘rindi, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chonguk tomon yo‘naldi va undan ko‘rsatmalar olgach, mashinaga o‘tdi.

​— Sen hayvonsan, Chon Chonguk! Sen shunchaki... — Aseel qo‘lini keskin tortib oldi, buning natijasida muvozanatni ushlay olmay orqaga og'ib ketdi. Chonguk katta bir qadamda ular orasidagi masofani qisqartirdi va xotinini ushlab qolib, yiqilishiga yo‘l qo‘ymadi.

Aseel yengil nafas oldi va qo‘lini ko‘kragiga qo‘yib yurak urishini normallashtirishga harakat qildi.

​— Mana shuning uchun ham senga uyga borishing kerakligini aytyabman! — Chonguk Hicholga o‘girildi va qo‘shib qo‘ydi: — Uni kuzatib uyga kirgunicha qarab tur.

​Aseel boshqa hech narsa demadi. Alam bilan oyog‘ini yerga tepindi va Chongukning odami boshqaruvida kutib turgan mashina yoniga bordi.

​— Seni sevaman, karamcham... — Chonguk xotinini orqasidan lablarini mamnun tabassumda cho‘zgancha baqirdi. Endi u klubdagi uchrashuvni iloji boricha tezroq hal qilishga harakat qiladi va keyin o‘z xotinining yoniga yuguradi, Aseel ham doimgidek uxlab yotgandek ko‘rinishga harakat qilishini ham biladi. Har doimgidek. Yigit miyig‘ida kulib, eshikni itarib ochdi va shovqinli klub ichiga kirdi. Hech qanday qizlar yo‘q. Endi birorta fohishani o‘ziga tegishiga yo‘l qo‘ymaydi... agar uning shirin karamchasi bundan xafa bo‘lsa, klubdagi qizlar bilan yanada qo‘pol bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.​Chonguk mashinasining kalitlarini xolldagi tumbochka ustiga tashladi. Ichilgan spirtli ichimlikdan boshi biroz aylanardi, garchi u haddan oshirmagan bo‘lsada, aks holda rulda hatto yo‘lni ham ko‘ra olmasdi.​

~~~~~~~~~~~~

Kvartira jim va qorong‘i edi. Chiroqni yoqmasdan, Chonguk oshxonaga borishga qaror qildi, u yerda chiroq yoqiqligiga qaraganda xotini o'sha yerda bo'lishi kerak.

​Chonguk mashinasining kalitlarini xolldagi tumbochka ustiga tashladi. Ichilgan spirtli ichimlikdan boshi biroz aylanardi, garchi u haddan oshirmagan bo‘lsada, aks holda rulda hatto yo‘lni ham ko‘ra olmasdi.

​Kvartira jim va qorong‘i edi. Chiroqni yoqmasdan, Chonguk oshxonaga borishga qaror qildi, u yerda chiroq yoqiqligiga qaraganda xotini o'sha yerda bo'lishi kerak.

​— Suka! — Yigit bir qadam qo'yishi bilan joyida sakrab tushdi va oyog‘ini ko‘targancha og'riqdan lovullayotgan kichik barmog‘ini uqalay boshladi.
— Bu nima yana?! — U oldida turgan buyumni, aftidan, *yurish moslamasi (xodunok)*ni itarib yubordi.

Uning savoliga javob kelmadi. Shuning uchun bir oyog‘ida oqsoqlangancha ovozsiz so'kinib, oshxonaga kirdi.
​Aseel stol oldida krujkasidan choy ichib, barmog‘ini telefon ekranida yurgazib o'tirardi. Uning nigohi faqat telefon ekraniga qaratilgandi bu esa erining borligini e’tiborsiz qoldirish niyatida ekanligini bildirardi.

​— Meni huddi bu yerda yo‘qdek ko‘rsatyabsami? — Chonguk stolni aylanib o‘tdi va Aseelning orqasiga turdi, qo‘llarini esa ayolining yelkalariga qo‘ydi. — Jonim og‘riyapti, shuni bilasanmi...

​— Meniki ham, — dedi Aseel sekin, bir qultum choyidan ichib.

​— Hali ham hovuring bosilmadimi, sovimadingmi?

​— Bosildi.... Sovidim... sendan. — Aseel krujkani stolga baland ovozda sharaqlatib qo‘ydi.

​— Haddingdan oshayotganingni his qilmayabsanmi? O'ylaysanki men seni tomoshalaringga chidashim kerakmi? Men qanchalik yumshoq bo‘lishga harakat qilsam, sen menga shunchalik injiq fe’lingni ko‘rsatyabsan, — dedi Chonguk qat’iy, Aseelning yelkalarini biroz siqqancha .

​— Jonimni og‘rityabsan ... — dedi Aseel yelkalarini silkitib. Chonguk darhol qo‘llarini oldi.

​U xotinining telefon ekraniga tikildi, u yerda bolalar do‘konlari sahifasi ochilib yoqqan buyumlar savatga tashlangandi.

​— Biror narsa sotib oldingmi? Mehmonxonadagi nima edi? — Chonguk biroz egildi, boshini xotinining yelkalariga qo‘yib, belidan quchoqladi.

​— Yurish moslamasini oldim. Sendan farqli ravishda ishlayotganingda, men farzandimizning kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qilyabman.

​— Men senga aytgandim-ku, xaridlar uchun vaqt ajratamiz. Uch yuz yil oldin tayyorgarlik ko‘rish shartmi? — Chonguk Aseelni bo‘yniga norozi tarzda g‘o‘ldiradi.

​— Ikki oy qoldi, Chonguk... — agar eri unutgan bo‘lsa, eslatdi u.

​Eri u bilan bolalar buyumlari markaziga borishga vaqt topa olmaganidan, yangi uyidagi pardozlash ishlariga qaray olmasligidan Aseelning jaxli chiqardi. Qiz hamma narsani o‘zi qildi. Ha, eri pulni ayamadi, unga o‘zi xohlagan hamma narsani tanlashga, jihozlashga ruxsat berdi va mutlaqo aralashmadi. Ammo Aseel erining aralashishini fikr bildirishini juda hohlagandi, u ularning umumiy uyiga va bo‘lajak farzandi kelajagiga ko‘proq qiziqish bildirishini xohlardi.

​Qiz homiladorligini bilganida, eriga qanday xabar berish haqida uzoq o‘yladi. U xursand bo‘ladimi? Qanday munosabat bildiradi? Boshida ko‘plab savollar aylanardi. Chunkinular shu paytgacha farzand haqida hech ham gaplashib ko'rishmagandi. Nihoyat yangilikni aytganida erining xursand bo‘lib, uni ko'targancha xonada aylantirganida Aseel qanday yengil nafas olganini haligacha eslaydi.

​— O‘g‘il bo‘lsin! Aks holda men aqldan ozaman! Agar qizni tarbiyalashimga to'g'ri kelsa, men aqldan ozaman! Bu naqadar qiyin... uni kechayu-kunduz kuzatishim, ko‘z oldimdan qo‘ymasligim kerak!

​O‘sha kuni Chonguk tinchlanishni istamadi, ularga o‘g‘il kerakligini qayta-qayta takrorladi. Qiz erining bunday fikrlaridan xafa bo‘lmadi. U erining nega bunday gapirayotganini darhol his qildi. Yigit shunchaki qiz farzand uchun mas’uliyatdan juda qo‘rqardi, uning fe’l-atvori bilan bu Aseel uchun ham, kichkintoyning o‘zi uchun ham faqat asabiy taranglik bo‘lar edi. Shuning uchun Aseel erining gaplariga rozi bolib bosh irg‘adi. Agar chaqaloqqa Chon Chonguk otalik qiladigan oilada tug‘ilish nasib etsa, kichkintoyga juda achinardi. Qo‘pol, impulsiv, rashkchi va qattiqqo‘l ota. Ibodatlarida esa Aseel ularga sog‘lom farzand berishini so‘rardi, jinsi esa mutlaqo ahamiyatsiz edi.

​— Meni eshityapsanmi? — Chonguk Aseelning yuzi oldida ikki barmog‘ini shiqillatdi va uni o‘tmishdagi fikrlardan chiqardi. — Men aytdim-ku, ertaga butun kunimni sen istagan hamma narsaga sarflaymiz. Rozimisan?

​Aseel erining nima haqida gapirayotganini darhol anglamadi. U unga qarab turardi, aytilganlarning ma’nosini tushunishga harakat qilardi.

​— Sen nimani o‘ylayabsan o‘zi? — Chonguk qoshlarini chimirib, stulga o‘tirdi.

​— Shunchaki bir narsani esladim...

​— Nimani?

​— Chonguk... — Aseel krujkasini o‘zidan uzoqlashtirdi va erining ko‘zlariga qaradi. — Biz, bolani jinsini aniqlashni istamadik... lekin... agar... qiz bo‘lsa-chi?

​Chonguk yanada qattiqroq qoshlarini chimirdi va barmog‘ini stol yuzasiga taqillata boshladi.

​— Xo‘sh, nima bo‘pti? Qizni xohlamaydi deb o‘ylayabsanmi? Men shunchaki unga achinaman, xolos...

​— Nega? — Aseel javobini bilsa ham savol berdi.

​— Chunki men uni tashqariga chiqarmayman. U bundan xursand bo‘ladi deb o‘ylaysanmi? — Chonguk miyig‘ida kuldi, so‘ngra mehribonlik bilan tabassum qildi va xotinining stulini o‘ziga yaqinroq tortdi. — Karamcham, men kichkinagina qizimiz bo'lsa xursand bo‘laman albatta lekin,... men uchun ikkingiz bilan bu juda qiyin bo‘ladi. Agar senga biron bir boshqaruv choram bo‘lsa, qizim uchun cho‘ntagimda hech qanday kozerim bo‘lmaydi. Keyin men nima qilaman?

​— Menda sening qanday kozering bor? Tahdidlaringmi? — Aseel shubha bilan ko‘zlarini qisdi.

​— Doimiy se#s! . — Aseelning boshini orqa tomoniga qo‘lini qo‘yib, xotinini o‘pish uchun yaqinlashdi.

​Aseel uni itarishga urindi, ammo eri chekinish niyatida emasdi. U lablarini noziklik bilan ezdi, ustki labiga ko‘proq e’tibor berib, uni biroz tishladi.

​— Chonguk ... — Nihoyat o‘zini bo‘sh tutgancha, Aseel og‘ir nafas oldi.

​— Homilador ayollar odatda biror narsa istashadi, sen esa hamma narsani tanlab o'tirmay yeyabsan. Rostdan ham aniq bir narsani istamaysanmi? Masalan, bo‘r... — Chonguk noqulaylik bilan boshining orqa tomonini qashidi va xotinining nigohida savolni ko‘rib, qo‘shib qo‘ydi: — Men Internetni kavlab o'qib qolgandim.

​— Ha men duch kegan narsani tanlab o'tirmay yeyman, shuning uchun ham semirib ketdim... — Aseel xafa bo‘lib boshqa tomonga burildi, ovqatlanishda o‘zini ushlab turolmagani uchun o'zidan xafa bo'lardi.

​— Hey! — dedi Chonguk qat’iy, xotinini o‘ziga burgancha. — Hozir sen o‘g‘limiz haqida o‘ylashing kerak... uning ishtahasi zo‘r, axir u erkak kishi! — dedi u g‘urur bilan, ko‘kragini chiqarib, ammo keyin qo‘shib qo‘ydi: — Hatto qiz bo‘lsa ham, u sog‘lom bo‘lishi kerak, zero Seokjinning o‘g‘liga qarshilik ko‘rsata olsin...

​— Men qizimning urishishini istamayman...

​—U shunga majbur bo‘ladi. Men uni yigit kabi tarbiyalash niyatidaman. Qani unga teginishga urinib ko‘rishsin... — Chonguk yuzini burishtirdi — Men ularni o‘zim kallasini olaman.

​Aseel hayratdan ko‘zlarini katta ochdi. Ajablanarli, Chonguk hali noma’lum bo‘lgan «ertangi kun» haqida o‘ylab turardi.

​— Xo‘sh, shirin bochkacham, nima yegin kelyabti? Bo‘rmi? — Chonguk o‘rnidan turdi va norozi bo‘lgan Ratini qo‘llariga ko‘tarib, yotoqxonaga yo‘l oldi.

​— O‘zing bochkasan! Meni bunday chaqirishni bas qil! — Aseel uning yelkasiga urdi, agar reaksiyasi bo‘lmasa, tirnoqlari ishga tushardi.
— hech qanday bo‘rni istamayman. Seni xohlayman... homilador bo'lganimdan beri istagim oshib ketyabti. Faqat o‘shanda bo‘lgani kabi tez emas... meni tizzada turishim qiyin, garchi krovat orqasini ushlab tursam ham.

​Chonguk o‘zining biroz uyalgan karamchasi, bochkachasi, qatlama, pekinka va shunchaki sevimli xotiniga qarab jilmaydi.

​Chon Chonguk o‘zining karamchasiga qanchalik qattiq bog‘langanini so‘zlar bilan ifoda eta olmasdi. Uning har bir sokin nafasidan lazzatlanardi, qizning og‘ziga yopishib, har bir shirin nafasini yutib yuborishni xohlardi. Yigit yotoqda Aseelning shoshilmasdan va sekin bo‘lish haqidagi iltimosini ataylab e’tiborsiz qoldirdi, chunki tez va keskin harakatlardan o‘zini tiyishi unga juda qiyin edi. Uning kichkina karamchasi uning oldida bunday holatda ekanligi haqidagi birgina fikr ham boshini aylantirardi. Chon bu lahzada istagan yagona narsa: boshini orqaga tashlash, ko‘zlarini yumish va butun vujudi bilan yagona xotini bera oladigan hayratlanarli tuyg‘ularga berilish edi. Aseel bilan jinsiy aloqa uni butunlay boshqa dunyoga olib ketardi, u yerda uning uyatchan qizalog‘idan boshqa hech kim yo‘q edi. U — o‘zgaruvchan egasimon Chon Chonguk uchun ideal passiv, va u buni ancha oldin tushungandk. Yigit ularni birinchi uchrashuvlaridan boshlab anglagan edi: uning karamchasi, u bilan millionlab tunlardan keyin ham, unga o‘z istaklari haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytish uchun vulgar va erkin bo‘lmaydi. U uyaladi, yuzlari qizaradi, nigohini chetga oladi va uni xohlayotganini ochiqchasiga ayta olmaydi. Chon esa bundan rohatlanadi. Xotinini tushunmagandek o'zini tutib, ataylab gapirishga majbur qiladi. Bu esa Chonguk uchun haqiqiy zavq.

U o‘z karamchasi bilan kuniga o‘n marta aloqa* qilishi mumkin, lekin u baribir har doim huddi birinchi martadek bo‘lib qolaveradi: kamtar, nozik va pok.
​Chon Chongukning bokira karamchasi.

THE END...

Avtor: Bu fanfik muallifligi menga tegishli emas. Bu tarjima fanfik ekanligini unutmang!

Avtor: Bu fanfik muallifligi menga tegishli emas. Bu tarjima fanfik ekanligini unutmang!