May 6

Darkness and despair

Part-7

β€” Mayli. Senga hamma gapni aytib beraman, Yudjin.

Bu qiz uchun juda kutilmagan edi. U Chongukning bunchalik osonlik bilan bor haqiqatni aytishga qaror qilishini aslo kutmagandi. Shunday bo'lsa-da, u darhol o'zini qo'lga oldi va yigitga yuzlanib, uning og'ziga tikildi-da, aytadigan har bir so'zini tinglashga shay bo'ldi.

β€” Faqat, Yudjin, β€” dedi u g'alati ohangda va qizning ko'zlariga qaradi, β€” iltimos, gapimni bo'lma va hozir aytadiganlarimga ishonishga harakat qil, chunki bu hazil emas, tushundingmi?

Yudjinning ko'ngli gash bo'la boshladi, lekin u baribir ishonch bilan bosh silkidi. Guk xayollarini jamlab, hikoyasini boshladi. Uning so'zlari dastlab Yudjinga shunchaki ertak va uydirmadek tuyulardi.

β€” Seul, umuman olganda butun dunyo g'ayritabiiy mavjudotlar bilan to'la. Ularning turi ko'p va deyarli hammasi o'ta xavfli. Odatda eng kuchli mahluqlar guruhlarga bo'linib, mafiyaga o'xshash narsa tuzishadi. Bu shunchaki oddiy odamlar shubhalanmasligi uchun ishlatiladigan niqob, xolos. Taehyung va uning to'dasi aynan shundaylardan. Taehyungβ€” inson emas. U β€” mahluq. U juda xavfli, shuning uchun ham otang sening Seulga qaytishingni aslo xohlamagan edi.

Yudjinning kulgisi qistab, Chongukdan "yo'lda biror narsa ichib olmadingmi?" deb so'ramoqchi bo'ldi, lekin va'dasiga muvofiq jim eshitishda davom etdi.

β€” Ularni "Zulmat" yoki shunchaki demonlar deb atashadi. Ular hatto tashqi ko'rinishidan ham iblisga o'xshaydi. O'zing ham ko'rgandirsan β€” ularning ko'zlari qop-qora, xuddi qalblari kabi. O'zlaridagi g'ayritabiiy kuchni saqlab turish uchun ular, qanchalik dahshatli eshitilmasin, inson ruhlari bilan oziqlanishadi. Bu ularga haqiqatan ham cheksiz qudrat beradi. Taehyung β€” Osiyodagi eng mashhur va xavfli demonlardan biri. Uning shafqatsizligi haqida ko'plab mish-mishlar yuradi, tabaqasi pastroq bo'lgan mavjudotlar esa undan qo'rqib, unga duch kelmaslikka harakat qilishadi. U ham barcha Zulmatlar kabi hech narsani his qila olmaydigan vaxshiy. Ular inson emas, shuning uchun ham sevishni, achinishni, rahm qilishni bilishmaydi. Ularda yorug' tuyg'ular mutlaqo yo'q. Ularni boshqaradigan yagona narsa β€” hokimiyat va qonxo'rlik nafsi. Taehyungning otasi Koreyadagi demonlar irqining yetakchisi, go'yo ularning qiroli, lekin oddiy odamlar uchun u β€” yirik biznesmen. Sening otang bo'lsa, Yudjin... β€”Chonguk bir muddat to'xtab, so'zlarini qanday davom ettirishni o'ylay boshladi. Yudjin hayajon va hayratdan portlay degan holatda edi.

β€” Nima? β€” qiz o'z ovozi titrab chiqqanini sezdi.

β€” Otang β€” "Ovchi" klanining vakili. Bu odamlar azaldan tinch aholini mana shunday mahluqlardan himoya qilib kelishadi. Ular shaharlarni "tozalashadi" va begunoh insonlarni asrab qolishadi. Bu guruhga men, otang, Hosok va sen tanimaydigan ko'plab boshqa insonlar kiradi.

β€” Shokdaman... β€” Yudjinning og'zi ochilib qoldi. Eshitganlarini hazm qilishga urunib, aqldan ozmaslikka harakat qilardi. Chonguk uning reaksiyasiga e'tibor bermay davom etdi:
β€” Sen tug'ilganingda otang va Taehyungning otasi o'rtasida kelishmovchiliklar bo'lgan. O'shanda demonlar va Ovchilar o'rtasida tinimsiz urushlar ketar, begunohlar qurbon bo'lardi. Keyin klan boshliqlari sulh tuzishdi va urush bir muddat to'xtadi. To Taehyung paydo bo'lguncha. U Ovchilarni qattiq yomon ko'rgani uchun urush olovini yana yoqishga urunyapti. Bunda esa sendan foydalanib, bizga shantaj qilmoqchi. Shuning uchun biz seni bu mahluqdan himoya qilmoqchimiz.

β€” Mana buni haqiqiy fantastika desa bo'ladi... β€” Yudjin tirsaklarini tizzasiga tirab, boshini ushlaganicha chuqur nafas oldi. β€” Xudoyim, atrofimda shuncha narsa bo'lyapti-yu, men esa bexabarman... Demonlar, iblislar, maxluqlar... Oila va ona shahrim haqida yana nimalarni bilmayman?

U boshini ko'tarib, rulga tikilgancha xayolga cho'mgan Chongukka qaradi.

β€” Ko'p narsa o'zgardi, Yudjin. O'zing ko'rib turganingdek...

β€” Shunchaki aqlga sig'maydi...

β€” Bunga ishonish qiyin, bilaman. Lekin ishonishga majbursan. Avvalroq seni asrab qolaman deb o'ylab aytmagandim, lekin hozir tushunib yetdimki, nima bilan to'qnash kelayotganimizni bilishing shart.

β€” To'xta, Guk, o'shanda bardagi voqea nima edi? Taehyung men bilan nima qildi? β€” qiz o'sha mash'um kechani eslab, so'rashga qaror qildi.

β€” O'sha barda? Taehyung menga nima qildi? β€” o'sha mash'um tunda sodir bo'lgan voqeani eslar ekan, qiz so'rashga qaror qildi.

β€” O'shanda... O'zing tushunganingdek, sen o'layotgan eding. Demonlar qanchalik yomon bo'lishmasin, ularda insonni davolash qobiliyati bor. Sening holatingda Taehyung aynan shunday yo'l tutgan.

β€” Lekin... Buni nima uchun qildi? Birinchi marta u buni qilganida... Axir u meni tanimasdi-ku. Meni qutqarishiga hech qanday sabab yoq edi.

β€” Kim bilsin. Balki u o'sha paytdayoq kimning qizi ekanligingni bilgan va vaziyatdan foydalangan bo'lishi mumkin, β€” Chonguk yelka qisib, demonning asl niyatini o'zi ham bilmasligini ko'rsatdi. β€” Kim juda ayyor odam. Uning miyasida nima borligini hech kim bilmaydi, lekin yaxshilik yo'qligiga ishonchim komil.

β€” Mayli, men hozir nima uchun ko'proq hayratda qolishni ham bilmayman: bu dunyoda demonlar yashashini bilganimdanmi yoki otam va eng yaqin do'stim "Qasoskorlar" jamoasi ekanligidanmi, β€” uning so'zlariga Guk faqat nimtabassum bilan javob berib, og'ir xo'rsindi.

β€” Seni bularning hammasiga aralashtirganimdan haqiqatan ham afsusdaman, β€” u bosh chayqadi. Yudjin uning rostdan ham o'zini noqulay his qilayotganini va aybdorlik hissini tuyayotganini payqadi.

β€” Hoy, bunday o'ylashing kerak emas. Men bu yerga o'zim qaytib keldim-ku, qolaversa, voqealar bunday tus olishini hech kim bilmagandi, β€” qiz Chongukni rostdan ham aybdor emasligiga ishontirishga shoshildi. β€” Endi otamning his-tuyg'ularini va nega u meni qaytarib yuborishni shunchalik xohlaganini tushunyapman, β€” qiz aybdorona bosh egdi, Guk bilan birga uning tanasida Taehyungning "izlarini" topishganida otasining xavotirli yuzini esladi.

β€” Nima bo'lganda ham, endi ketishga kech. Qayerda bo'lsang ham, Taehyung seni topadi va qaytarib olib keladi, shuning uchun endi bizdan uzoqlashishingga yo'l qo'ymaymiz. Chunki faqat bizgina seni undan himoya qila olamiz, β€” Chonning jigarrang ko'zlari qizga qadalib qoldi. Yudjin labini tishlagancha unga jim tikildi. Mashinada bir daqiqalik og'ir sukunat cho'kdi, keyinchalik bu noqulaylikka aylandi, shuning uchun Yudjin uni tezroq buzishga qaror qildi:


β€” Yo'q ! meni yana biror yoqqa yubormoqchi bo'lsangiz ham, men hech qachon ketmagan bo'lardim, β€” deb e'lon qildi u qo'llarini ko'kragiga chalishtirib.

β€” Shundaymi? Nima uchun ekan-a? β€” deb kulimsirab so'radi Chonguk.

β€” Yana nima! Bu yerda shuncha narsa bo'lyapti! Men bugunning o'zida o'zim uchun butun boshli yangi dunyoni kashf qildim, agar shunday deyish mumkin bo'lsa... β€” Chxve g'ayrat bilan gapira boshladi va qo'llarini siltadi. β€” Va hozir ketishim kerakmi? Yo'q, aslo, bunday tomoshani qo'ldan boy bermayman, β€” Yudjin hayajondan o'rindig'ida qimirlab qo'ydi, yuzida esa qiziqish aralash tabassum paydo bo'ldi. Chonguk buni ko'rib, umidsiz bosh chayqadi va xo'rsindi.

β€” Tomosha? Doimgidek sening uslubingda. Hayron ham emasman, β€” Yudjin kulib qo'ydi va yelka qisdi. β€” Xavf-xatarlar seni o'ziga tortadi. Hatto apokalipsis boshlansa ham, sen baribir shunaqa g'ayratli bo'lib turaverasan.

β€” Va sen bilan birga biz zombilarni qirib tashlaymiz β€” deb qo'shib qo'ydi qiz va qo'lini cho'zdi. β€” Qani besh tashla! β€” Chonguk istamaygina qizning qo'liga urib qo'ydi. U hikoyani aytib berganidan so'ng Yudjinning naqadar ruhan tetiklashganini diqqat bilan kuzatib turardi. Bir tomondan, Yudjinga borini aytib bergani unga biroz yengillik berdi, lekin ikkinchi tomondan, bu yaxshilik bilan tugamasligini va hozirgina xatoga yo'l qo'ygan bo'lishi mumkinligini tushunardi.

β€” Lekin umuman olganda, β€” shu yerda Chxve to'xtab, yana xayolga cho'mdi va lablarini tishladi, β€” bu Taehyung baribir qo'rqinchli.

β€” To'g'ri, undan qo'rqishing kerak, β€” Chonguk darhol jiddiylashdi va qizga nigoh tashladi. β€” Shuning uchun, Yudjin, sendan yagina iltimos unga duch kela ko'rma, xo'pmi? U baribir seni ta'qib qilmoqchi, shunchaki... o'zingni undan uzoqroq tut va uni ko'rishing bilan qoch, kelishdikmi? Va yana bir gap... Bularning hammasi faqat oramizda qolishini tushundinga?

Yudjin Chonni hamma narsa joyida bo'lishiga ishontirib, qat'iyat va o'ta jiddiy yuz bilan bosh silkidi. Shundan so'ng yigit sekingina xo'rsinib, mashinani o't oldirdi va uyga tomon yo'l olishdi.
******


Xonasiga kirgan Yudjin krovatga yiqildi va yulduzcha shaklida cho'zilib yotdi. U shiftga tikilib, bugun bilgan barcha narsalari haqida o'yladi.

β€” Mana buni kutilmagan burilish desa bo'ladi, β€” deb pichirladi o'ziga va qo'lini boshi ostiga qo'yib, yonboshiga o'girildi.

Uning hayoti endi qanday o'zgarishini faqat tasavvur qilish mumkin edi, xolos. Bugun uning ko'z o'ngida haqiqatan ham yangi, shu paytgacha noma'lum bo'lgan olam eshiklari ochildi. Faqat kitoblar, filmlar va boshqa manbalardagina eshitgan g'ayritabiiy mavjudotlar bilan to'la dunyo. Endi bularning barchasi haqiqatda, aynan uning atrofida sodir bo'lmoqda, u esa voqealar markaziga tushib qolgan edi.

Β«Qarang-a, mening otam oddiy biznesmen emas, balki insoniyatni "Zulmat mahluqlar"dan qutqaruvchi haqiqiy xaloskor ekan!Β» β€” bunday o'ylar Chxveni jilmayishga majbur qildi va u darhol yotog'idan turib, devordagi katta ko'zgu tomon yurdi. Ko'zgu oldida to'xtab, o'z aksiga qarar ekan, qiz o'sha tunda Taehyung uning xonasiga bostirib kirib, unga o'zining qorong'u qiyofasini ko'rsatgan voqealarni esladi. Yudjin o'sha dahshatni qayta eslaganida, butun tanasi bo'ylab sovuq titroq yugurdi. U xonaga ko'z yugurtirdi va deraza biroz ochiq turganini payqadi.

Uy xizmatchilari xonani tez-tez shamollatib turishardi, shuning uchun bunda g'alati narsa yo'q edi, lekin Yudjin birdan hovliqib deraza oldiga yugurdi va uni yopa boshladi. Nima bo'lganda ham, u uyga yana bostirib kirishlarini xohlamasdi. Garchi ochiq deraza Taehyung kabi mahluq uchun to'siq bo'la olmasa ham. Agar u xohlasa, bugunning o'zidayoq qizning yoniga yana kelishi mumkin edi.
Yujin derazadan pastga qaradi va hovlining har bir burchagida turgan ko'plab qo'riqlovchilarni ko'rdi. Chamasi, bu Chongukning buyrug'i edi. Otasi bugun ham uyga kech qaytadi, ertaga ham, indinga ham shunday bo'ladi, shuning uchun Chon shu yerda tunab qolishga qaror qilibdi. Garchi uning o'z uyi bo'lsa-da, u Yudjinni ulkan uyda butun tun davomida yolg'iz qoldira olmasdi. Har qanday ko'ngilsizlik yuz berishi mumkin edi.

Ayni damda yigit oshxonada edi va oshpaz yordamisiz Yudjin uchun o'zi kechki ovqat tayyorlashga urinayotgan edi. Yudjin hali ham deraza oldida turganida, birdan ko'kragida, yurak sohasida yoqimsiz og'riq sezdi. Qo'li bilan o'sha joyni ushlab, to'xtab qoldi va ichida nimadir tez o'zgarayotganini his qilib, shovqin bilan nafas chiqardi. Nimadir... u oxirigacha tushunmayotgan nimadir. Ichkarida qandaydir achchiq, yopishqoq va quyuq narsa qotib qolgandek edi va bu unga to'yib nafas olishga yo'l qo'ymasdi. Yudjin shoshib yana ko'zgu oldiga bordi va o'z aksini ko'riboq toshdek qotib qoldi.
Ko'z atrofidagi sohalar, yonoqlari va bo'yni qora, jirkanch tomirlar bilan qoplangan edi. Uning ko'zlari ham deyarli qorayib ketgan, bu qizni dahshatga soldi. Ko'zgudan uzoqlashib, u o'zini chetga oldi, labini tishladi va xotirjam nafas olishga urinib, ko'zlarini yumdi. Tez orada vahima bosila boshladi, qo'rquv chekindi. U yana boshini ko'tardi va ehtiyotkorlik bilan o'z aksiga boqdi. Bu safar uning yuzi toza edi, qoralikdan asar ham qolmagandi.

β€” U menga nima qildi... β€” deb pichirladi u jigarrang ko'zlariga tikilib, ularda o'sha qorong'u "narsa" qanday so'nayotganini deyarli payqamasdi.

β€” Hoy, Yudjin-a, uxlayapsanmi? β€” eshik taqilladi, bu Chxveni o'ziga kelishga majbur qildi, u boshini silkidi va ko'zlarini pirpiratdi.

β€” Yo'q, uxlamayapman...

β€” Kirsam bo'ladimi?

β€” Ha, kir, β€” qiz shosha-pisha krovatiga o'tirdi va hayajonini maksimal darajada yashirib, bir necha daqiqa oldin bu xonada hech narsa bo'lmagandek ko'rinishga harakat qildi.

β€” Nima qilyapsan? β€” Chonguk eshik ortidan mo'raladi va uni yopib, krovat yoniga keldi, ovqat solingan patnisni tumba ustiga qo'ydi. β€” Mana, senga bir oz shirinliklar tayyorladim. Hammasi sen yoqtirganingdek.


Yigitning g'amxo'rligi Chxveni erkalatib yubordi. Lekin uni yanada ko'proq quvontirgan narsa β€” yigitning quyonchali sviteri edi. Bu juda yoqimli, juda shinam va uydagidek tuyulardi. U bunday Chongukni juda yaxshi ko'rardi.

β€” Bu qanaqa kiyim? β€” Yudjin jilmayishini tiya olmay, yigitga boshdan-oyoq yana bir bor razm soldi. β€” Endi kiyimlaringni bolalar bo'limidan olyabsanmi?

β€” Juda kulgili, β€” deb masxaraomuz javob berdi Guk uning yoniga o'tirib. β€” Senga shunaqa narsalar yoqadi-ku, shunday emasmi?

β€” Ha-ya, demak sen menga yoqish uchun buni kiyding-da, mmm?β€” deb ayyorona jilmaydi qiz.

β€” Albatta, β€” deb javob berdi yigit va shundan so'ng Yudjinning biroz kayfiyati tushganini payqadi.

β€” Dadam yana dunyoni qutqaryaptimi? β€” qiz boshini egib, qo'llari bilan maktab yubkasini o'ynay boshladi.

Chonguk qizning otasi doim ishda bo'lishi va uni deyarli ko'rmasligi tufayli Yudjin yana xafa bo'layotganini tushunardi. Endi esa uning xavfli ishlar bilan shug'ullanishini bilgani qizga ikki karra og'ir botayotgan edi.

β€” Aynan shunday, β€” Guk o'zida hamdardlik tabassumini uyg'otishga harakat qildi. β€” Lekin u xayrli ishlar bilan bandligini tushunasan-ku.

β€” Ha, bilaman, β€” qiz bosh silkidi. β€” Lekin bundan yengil tortmayman... β€” u yigitga shunday ko'zlar bilan boqdi-ki, Gukning ichida uni mahkam quchoqlash istagi uyg'ondi, biroq u o'zini zo'rg'a tiyib turardi.

β€” Xm, xullas... Sen hech narsadan xavotir olma, ovqatingni ye-da, uxlab dam ol, xo'pmi? β€” Guk o'rnidan turib, ketishga shaylandi, lekin Yudjin uning qo'lidan tutib to'xtatdi. O'zi nima qilayotganini anglamay, yigitga noqulay qarab qo'ydi-da, yutinib, boshini eggancha pichirladi:
β€” Men uxlab qolgunimcha yonimda qola olasanmi? Yolg'iz qo'rqyapman...

Albatta, u qo'rqayotgani yo'q edi, shunchaki bu Gukni olib qolish uchun ajoyib bahona edi. Yudjin bunday vaziyatda yigit rad etmasligini bilsa-da, hammasi boshqacha bo'lib chiqdi. Chon ko'zlarini qisib, bir muddat qizga diqqat bilan tikilib turdi, so'ngra kutilmaganda uni krovatga yiqitdi. Guk uning ustiga egilganida, Yudjin chalqancha yiqilib, ko'zlarini katta-katta ochdi.

β€” Yudjin, biz birga uxlash uchun endi yosh bola emasmiz. Bunday tungi o'tirishlar nima bilan tugashi mumkinligini o'zing yaxshi bilasan, β€” deb shivirladi Guk qizning qulog'iga deyarli yaqin kelib, qaynoq nafasi bilan uning yuzini kuydirgandek bo'ldi. Yudjin bosh silkidi va lablarini tishlab, unga dovdirab qarab qoldi. Ularning nigohlari bir daqiqa to'qnashib turdi, so'ngra Chon shok holatidagi Yudjinning ustidan turdi va hech narsa bo'lmagandek xayrli tun tilab, xonani tark etdi.
Chxvening o'zi esa besh daqiqa davomida krovatda qimirlamay, shiftga tikilib yotdi va hozirgina nima sodir bo'lganini anglashga harakat qildi. Keyin esa xuddi ayyor mushukdek jilmayib, o'rnidan sakrab turdi va yonayotgan yanoqlarini qo'llari bilan bosib, zavq bilan qimirlab qo'ydi.

Ayni o'sha vaqtda uy yaqinidagi qorong'u burchakda ulkan qora jip to'xtab turardi, uning ichida Taehyung va uning odamlari o'tirardi. Kim sirli tabassum bilan kirish eshigidagi qo'riqchilarga qaradi, so'ngra nigohini ikkinchi qavatdagi kichkina derazaga qaratdi. Ko'p o'tmay u yerdagi stol chirog'i o'chdi va xonaga tun cho'kdi.

β€” Ichkariga kirishni xohlasangiz ham, bu ancha muammoli bo'ladi. Ular qo'riqlashni kuchaytirishibdi, β€” dedi yaqinroqda o'tirgan yigitlardan biri past ovozda.

β€” Bilaman. Bugun bormoqchi ham emasdim, boshqa safar. Mening maktab o'quvchim mendan hech qayerga qochib ketmaydi, β€” dedi Taehyung. Keyin o'ng qo'li bolgan Xanga o'girildi. β€” Bilasan-ku, men hozirning o'zida hech qanday muammosiz u yerga kirib, o'sha bir siqim arzimas qo'riqchilarni yo'q qilib tashlashim mumkin. Lekin bugun qo'limni qon qilgim va qo'g'irchog'imni qo'rqitgim yo'q. Mayli, tinch uxlasin. U bilan ertaga ko'rishamiz, hozir esa ishlarimiz bor. Jinning oldiga ketdik, o'zimizga tegishli bo'lgan narsalarimizni olamiz.

Xan bosh silkib odamlariga buyruq berdi va haydovchi joyidan qo'zg'aldi.
Taxminan bir soatdan keyin ular kichik kotejd yoniga kelib to'xtashdi. Seokjinning hovlisi shahar chekkasida joylashgan edi va bu Taehyungning g'ashini keltirardi. Umuman olganda, bu yigitning dabdabaga va o'zini ko'rsatishga bo'lgan ishqi uni doim g'azablantirardi. Uyga yaqinlashgan norozi Taehyung hatto eshikni taqillatib ham o'tirmadi.

Kiraverishdanoq eshitilayotgan baland musiqa ovozidan u Kimning uyida hozir nima bo'layotganini taxminan bilardi. Va uning barcha taxminlari to'g'ri chiqdi. Jin bazmlar, qizlar va ichkiliksiz yashay olmasdi.
Ichkariga kirgan Taehyung Jinning keng zaliga ko'z yugurtirdi va xona o'rtasidagi olomon orasida pushti sochli yigitni ko'rib, to'g'ri o'sha tomonga yo'naldi.

β€” Hoy, kelishgan yigit, dam olishni xohlamaysizmi? β€” deb unga yarim yalang'och qizlar yopishishardi, biroq sariq sochli yigit ularga faqatgina yirtqichlarcha tabassum hadya qildi, xolos.

β€” Boshqa safar, jonim, β€” deb kelishgan qizga ko'z qisib qo'ygan Kim qadamini tezlatdi. Raqsga tushayotgan va mast bo'lgan Jinning yoniga yetib borib, uni yoqasidan tutdi va ikkinchi qavat zinasiga sudradi.

β€” Bazm hali tugagani yo'q, azizlarim! Menga bir ozga ruxsat berasizlar! β€” deb qizlardan biriga havo bo'sasini yo'llashga ulgurgan Jin, uni noma'lum tomonga sudrab ketayotgan Taehyungning kuchli qo'llariga qarshilik qila boshladi.

β€” Taehyung-i, azizim, asrlar o'tib mening bazmimga tashrif buyurishga qaror qildingmi? Men bundan mamnunman, β€” mastona jilmayib, Kim nihoyat to'xtadi va kiyimlarini allaqachon g'azabda bo'lgan Taehyungning changalidan yulqib oldi. β€” Buncha qovogi'ngdan qor yog'adi?

β€” Men ko'ngil ochish uchun kelganim yo'q. Sen meni yana asabiylashtiryapsan, β€” deyarli hirillab javob berdi Taehyung ,uning ko'zlari g'azabdan qorayib ketgandi. Ammo Jin yigitning bunday tajovuzkor kayfiyatidan zarracha ham cho'chimadi. U qimmatbaho fransuz vinosini to'g'ridan-to'g'ri shishaning og'zidan ichib tugatdi-da, shishani tumba ustida qoldirdi.

β€” Unda nima uchun kelding, agar o'yin-kulgi yoqmasa? Bilasanmi, men ham sening kelishingdan uncha xursand emasman, borliging bilan shunday ajoyib kechamni rasvo qilding. Senga nima kerak? β€” deyarli nolib gapirdi norozi Jin, ammo Taehyung uning yoqasidan tutib, o'ziga tortganida jim bo'lib qoldi.

β€” Menga o'z qiliqlaring bilan o'yin ko'rsatib, jaxlimni chiqarma, Jin. Bu bema'ni gaplaringni eshitishga kayfiyatim yo'q. Yaxshisi ayt, Minhyok o'zining... sumkasini qayerda qoldirdi? β€” oxirgi so'zni u o'zgacha ohangda aytdiki, Jin Taehyung nima haqida gapirayotganini tushunishi qiyin bo'lmadi.

β€” Sumkasini? β€” tushungan ohangda pichirladi u va ayyor jilmaydi. Ammo bir necha soniyadan so'ng tabassumi yo'qoldi, qalin qoshlari esa chimirildi. β€” Men qayerdan bilaman, ahmoq? β€” Taehyung chuqur nafas olib Kimning yoqasini qo'yib yubordi, uning yuziga musht tushirmaslik uchun o'zini zo'rg'a tiyib qoldi.

β€” Unda kim biladi?! A?! U sening uyingda xazina qoldirgan! Uni topib ber, Jin! Bo'lmasa hozir bu yerdagi hamma odamlarni o'ldiraman! Ikki daqiqada barchasining kallasini olaman, keyin esa qimmatbaho yungli gilamlaringdan bir oy davomida qonni artib tozalashingga to'g'ri keladi! β€” Taehyung jaxl bilan gapirarkan uning ko'zlari butunlay qoralikka botdi, oppoq yuzida qora tomirlar bo'rtib chiqdi. Jin baribir asta-sekin g'azablana boshladi, uning boyagi yaxshi kayfiyati sekin-asta g'oyib bo'layotgan edi. Buning aybdori esa yana nimadir kerak bo'lib qolgan Kim Taehyung edi.

β€” Sen hali ham o'sha la'nati qalblarni qidiryapsanmi? Ular senga nega kerak, a? β€” norozi ohangda gapirdi Jin, u oyoqdan-oyoqqa o'tib, g'azablangan Taehyungga go'yo konfet berilmagan yovuz bolaga qaragandek qaradi.

β€” Bu shunchaki qalblar emas, Seokjin, sen buni juda yaxshi bilasan. Endi menga ayt! Qayerda ular?!

β€” Yerto’laga qara, β€” Jin loqaydlik bilan qo'l siltadi, β€” anavi yaramas oxirgi marta u yerdan 1756-yilgi eski vinoni qidirayotgan edi. Ehtimol, o'sha yerga yashirgandir.

Taehyung ko'p o'ylamay, Jin ko'rsatgan tomonga otildi. Zinadan tushgach, Kim qora yo'l sumkasini qidirib atrofga qaradi, ammo u hech qayerda ko'rinmasdi. Shunda u asabiylashib, vino javonlaridagi har bir pardani shoshilinch ravishda tortib ko'ra boshladi.

β€” Hoy, u yerdagi shishalarni sindirib qo'yma! Ular kolleksiya buyumlari va juda-juda qimmat! β€” deb baqirdi Jin qayerdandir, ammo Kim uni eshitmadi.
Yigit navbatdagi matoni tortganida, uning ortida o'sha qora sumkani ko'rib to'xtab qoldi. U bir muddat sumkaga tikilib turdi, so'ngra vahshiyona jilmayib, uni tezda ochdi. Kichkina, qorong'u podval xonasi zumda o'sha sumkadan taralayotgan oq nurga burkandi. Sumka ichida ko'plab mayda shaffof sharchalar bor edi, ularning ichida och moviy tutun aylanardi. Bular o'liklarning qalblari edi. Shuncha vaqt qidirgan xazinasini topgan Taehyung, jilmayishdan to'xtamay, yengil nafas oldi.

β€” Bu hammaga yetadi...

β€” O! Topdingmi? β€” deb ovoz berdi Jin yon tomondan. β€” Juda soz, endi marhamat qilib uyimdan yo'qol. Men mehmonlarimning oldiga qaytishim kerak.

Taehyung o'rnidan turdi, Seokjinning yoniga keldi va... unga qarab jilmaydi, bu Jinning hayratdan ko'zlari olayib ketishiga sabab bo'ldi. Taehyung hali hech qachon unga bunday qaramagan edi. Umuman olganda, u hali hech qachon hozirgidek mamnun bo'lmagandi. To'g'rirog'i, juda uzoq vaqtdan beri bunday bo'lmagandi. Taehyung sumkadan bitta sharchani olib, hayratda qolgan Jinga tutqazdi.

β€” Bu senga. Bugun saxovatim oshgan, β€” pushti sochli yigitning yelkasiga qoqib qo'ygancha, Taehyung yerto’ladan chiqdi va hali ham mehmonlar bazm qilayotgan zalga tushdi. Xan Taehyung gapirishi uchun musiqani pasaytirdi.

β€” Hammaga xayrli kech, aziz mehmonlar! Men Kim Taehyungman. O'ylaymanki, ko'pchilik men haqimda eshitgan, shunday emasmi? β€” u mamnun tabassum bilan olomonga yuzlandi. β€” Men qanchalik keng ko'lamli bazmlar uyushtira olishimni ko'pchilik bilsa kerak Bugun men shunday bazmlardan birini uyushtiryapman va agar chin dildan ko'ngil ochishni xohlasangiz, bugun tunda barchangizni uyimda kutaman... O'ylaymanki, bunday taklif ko'pchilikni qiziqtiradi? Sizga kafolat beraman, bazm juda "qaynoq" bo'ladi, β€” olomon ma'qullab shovqin ko'tardi va hamma chiqishga yo'naldi. Taehyung boshini o'girib, o'ta norozi bo'lib turgan Jin bilan ko'z urishtirdi. Albatta-da, Taehyung uning mehmonlarini burnining tagidan olib ketyabti. β€” Kechirasan, lekin bu yer juda zerikarli edi. Biz bilan ketasanmi?

β€” Do'zaxingga ravona bo’l, Kim Taehyung!β€” Seokjin uni gaplariga javoban gapirdiyu ortiga o'girilib, ketdi.

β€” Aynan o'sha yerimga ketyabman, β€” deb pichirladi Taehyung va sumkani Xanga uzatib, a'lo kayfiyatda chiqish tomon yurdi. β€” Oh, Xan, bugun biz jekpotni urdik. Haqiqiy bayram qilamizmi?

β€” Shunday, janob. Bayram qilamiz.

******


β€” Ha, ha, eshityapman, u-hu... β€” Hoseok maktab tomon borar va go'shakdagi Namjunning bir maromdagi gaplarini zerikkancha tinglab ketardi. β€” To'xta, nima? Ular yana bazm uyushtirishdimi? Kim? A-a... Yana Taehyungmi? β€” Chon hafsalasi pir bo'lib xo'rsindi, to'xtadi va tilini tishlab qo'ydi. β€” Men senga aytgandim: o'sha zahoti u yerga borib, ularning barchasini adabini berish kerak edi! Ishonchim komil, hammasini qirib tashlardik!

β€” Birinchidan, sen yana men bilan norasmiy ohangda gaplashyabsan, β€” go'shakni narigi tarafidan qat'iy ovoz keldi .

β€” Kechirasan, hyon, β€” deb Hoseok istamaygina uzr so'radi va og'ir xo'rsindi. Ba'zida Namjun-hyonning bu darajadagi vazminligi va qat'iyatliligi uning g'ashiga tegardi.

β€” Ikkinchidan, biz buni qila olmasdik va buning sababini o'zing ham yaxshi bilasan. Bizga yetarlicha odamlar va qurol yetishmaydi. Buning ustiga, sen hozircha bu ishlarga aralashma. Boss senga maktabda topshiriq berdimi? Shuni bajar.

β€” Ha, ha, bilaman, β€” deb to'ng'illadi Chon maktab eshigini ochib ichkariga kirarkan. β€” Lekin bu omadsizlar davrasida vaqt o'tkazish jonimga tegdi.

Men haqiqiy missiyaga borishni, maxluqlarni o'ldirishni xohlayman, bunaqa mayda-chuydalar bilan shug'ullanishni emas.

β€” Mayli ko’rishguncha, β€” Hoseokning nolasini butunlay e'tiborsiz qoldirib, Namjun aloqani uzdi. Hoseok esa go'shakdan kelayotgan qisqa signallarga norozi bo'lib tikilib qoldi.

β€” Aish, u doim shunday qiladi... β€” yigit telefonini cho'ntagiga soldi va atrofga qaradi. Uning nigohi yaqin orada o'tib ketayotgan Bomida to'xtadi. Qiz bugun kechagidagidan ham go'zalroq ko'rinardi. Yigit uning tashqi ko'rinishiga e'tibor bermay iloji yo'q edi. Yengil yurish, quloqlarda quloqchin, kelishgan oyoqlarida baland bo'lmagan tuflilar, uncha qisqa ham, uncha uzun ham bo'lmagan maktab yubkasi, ustidagi pidjak unga quyib qo'ygandek yarashgan, sariq sochlari baland qilib chiroyli yig'ilgan, peshonasidagi soch turmagi esa silliq yuziga juda mos tushgan edi.

Hoseokning xayolidan ular birinchi marta qanday tanishganliklari o'tdi. Bomi ularning maktabiga o'tganida, qizlarning hech biri u bilan do'stlashishni xohlamagandi, chunki u o'zining jozibali ko'rinishi bilan yigitlarning e'tiborini haddan tashqari ko'p tortardi. Deyarli barcha yigitlar faqat unga qarashardi. Bu, albatta, mahalliy "go'zallar"ning g'ashini keltirardi. Yo'q, Bomini hech kim kamsitmadi, bunga Hoseok ham yo'l qo'ymasdi. Shunchaki hamma qizlar Bomi bilan muloqot qilmaslikni afzal ko'rishdi, Hoseokka esa u birinchi kunlardanoq yoqib qolgandi, shuning uchun biroz vaqt o'tgach, ular do'stlashib, deyarli ajralmas bo'lib qolishdi. Chon, albatta, qiz uchun dugonaning o'rnini bosa olmasligini tushunardi, chunki dugona baribir dugona-da, qizga ba'zan ayollar muloqoti yetishmasdi, lekin baribir u Bomi uchun yaxshi do'st bo'lishga va uni hamma narsada qo'llab-quvvatlashga harakat qilardi. Hozirda ular juda inoq, garchi yigit sariq sochli qizni tez-tez kalaka qilishni yaxshi ko'rsa-da, qiz unga hazillashib xafa bo'lardi. Ularning munosabatlari shunday edi. Va bu ular uchun ideal munosabatlar edi.

β€” Hoy, Bom-Bom! β€” deb qattiq qichqirgancha Chon qizning orqasidan yugurib keldi va sochidagi rezinkasini tortib yechib yubordi, natijada qizning sochi yelkasiga chiroyli jingalak bo'lib tushdi. Bomi burnini jiyirib, xafa bo'lgancha boshini ushladi.

β€” Sochimni yulib olmoqchimisan?! Bu yoqqa kel! β€” u yigitning yelkasiga mushtchalari bilan sekingina ura boshladi, yigit esa baland ovozda kulib, o'zini chetga olardi.

β€” To'g'ri, Bom-Bom, bu ketishda yaqinda kal bo'lib qolasan, shunday emasmi?!

β€” Bu manzarani ko'rishni sabrsizlik bilan kutyabman, β€” deb baqirdi ularga yaqinroqda ketayotgan Teyon. Bu juftlik to'xtab qoldi, yuzlaridagi tabassum esa g'oyib bo'ldi.

β€” Men buni senda tezroq amalga oshirib berishim mumkin, xohlaysanmi? β€” Teyon Hoseok bilan ko'z urishtirdi.

Yigit bu ahmoq qanday nayranglarga qodirligini yaxshi bilardi, bunga kecha β€” Hoseok yangi kelgan qizni himoya qilgan paytdagi "jangari film"ga o’xshash jangini boshidan oxirigacha ko'rib, amin bo'lgan edi. Bu haqiqatan ham hayratlanarli manzara edi va aynan shu narsa Teyonning g'ashini keltirardi. U Hoseok bunday mahoratni qayerdan o'rganganini va u o'zi asli kimligini mutlaqo bilmasdi, lekin bu yerda qandaydir shubhali narsa borligiga yuz foiz ishonchi komil edi.

β€” Bor-e, ahmoq, β€” deb gapirdi Teyon va qo'llarini cho'ntagiga solib, uzoqlasha boshladi. Biroq maktabga kirishda yo'liga qaramay kelayotgan Yudjin bilan to'qnashib ketdi. Qiz chochib ketib quloqchinlarini yechib, Teyonga norozi ohangda tikildi.

β€” Yana to'qnash keldik, nahotki bu taqdir bo'lsa? β€” dedi yigit sovuq tirjayib.

β€” Unchalik emas, β€” deb xuddi shunday soxta tabassum bilan javob berdi Yudjin va Teyonning nigohlari ostida yo'lida davom etdi.

β€” Salom, Bomi, Hoseok, β€” qiz do'stlari bilan salomlashdi. β€” U axmoq yana sizlarga tegyabtimi?

β€” E-e, shunchaki piching qilyapti. Muhim narsa emas, β€” dedi Bomi qo'l siltab.

β€” Sening ishlaring qalay? Kecha Cho... Dadangdan gap eshitmadingmi?β€” Hoseok bir lahza adashib ketdi-yu, darhol o'zini o'nglab oldi.

β€” A-a... Ha, biroz, β€” Yudjin ham biroz noqulay ahvolga tushdi.

β€” Nima bo'ldi? Yana oilaviy mojarolarmi? β€” Bomi Hoseok va Yudjin o'rtasida nimalar sodir bo'lganidan mutlaqo bexabar edi.

β€” Shunaqa, doimgidek, β€” Chxve ko'zlarini tepaga qaratdi.

β€” Xo'sh, nima gaplar, haligi... β€” Bomi dugonasiga yaqinroq egilib, pichirladi, β€” haligi, demonlar haqida?

β€” A-a-a, β€” deb cho'zdi Yudjin va nima deb yolg'on to'qishni tezda o'ylay boshladi. β€” Ha, bilasanmi, men shuni... tushunib yetdimki, bularning hammasi aslida safsata, β€” u bosh silkidi. β€” Iblislar, farishtalar... Xullas, hammasiga qo'l siltadim!

Bomi tushunganini bildirib, hayrat bilan lablarini tishladi.

β€” To'g'ri qilibsan! Bunday narsalar haqida o'ylashning keragi yo'q. Juda g'alati!

β€” Qo'shilaman!

Hoseok bu noqulay muloqotni tinglar ekan, faqat vazminlik bilan jilmayib qo'ya qoldi.

β€” Mayli, darsga yuringlar.

β€” Ha, yuringlar, β€” dugonalar qo'ltiqlashib sinf tomon shoshilishdi, yigit esa ularning ortidan ergashdi.
Shu vaqtda maktab yonida o'sha qora oynali mashina to'xtadi. Taehyung besh daqiqa avval Yudjin quloqchinlarida sevimli qo'shig'ini tinglab, hech narsadan shubhalanmay maktab tomon odimlayotganini ko'rgan edi. Bugun ular albatta uchrashishadi. Bunga u shaxsan o'zi g'amxo'rlik qiladi.

To be continued….