March 28

Darkness and despair

Part-4

Qo'rquvdan qaltirashim kerak ,lekin hech narsani his qilmayapman. Kimnidir yordamga chaqirishim lozim, biroq ovozim chiqmayabdi. Hozir qo'limdan keladigan yagona narsa β€” savollarimga javob topish. Sekin ortimga o'girildim. U hali ham shundoqqina yonimda turibdi. Bu yigit shunchalik kelishgan-ki, ammo shunga qaramay, unda qandaydir vahimali narsa bor. Birgina qarashining o'zi butun tanamni titratib yubordi.

β€” Kim... san? β€” dedim qurib qolgan lablarimni arang qimirlatib.

β€” Senga yangi hayot sovg'a qilgan inson, β€” dedi u ko'zlarimga tikilgancha. Qimirlashga holim yo'q, faqat unga termulib, aytgan gaplarining ma'nosini tushunishga harakat qilardim. β€” Menga minnatdor bo'lishing kerak, β€” uning ko'zlarida yovuz bir uchqun yaltiradi, β€” va tez orada buni haqini to'laysan.

Uning chiroyli yuzida istehzoli tabassum paydo bo'ldi, men esa nihoyat o'zimga keldim.

β€” Bor-e, yo'qol! β€” dedim o'zimdan ham kutmagan ohangda baqirib. β€” Seni birinchi marta ko'rib turgan bo'lsam shuning uchun tuyog'ingni shiqillat, bo'lmasa hozir hamma qo'riqchilar shu yerga yig'ilsa sening kuning bitadi.

Unga shunchaki tilimga kelgan gaplarni gapirib qo'rqitishga harakat qildim, garchi bu gaplarim unga zarracha ta'sir qilmasligini bilayotgam bo'lsam ham. Ko'rinib turibti, yigit hech narsadan qo'rqmayabti. Balki bekor bu gaplarni gapirdimmi? Ha, haq bo'lib chiqdim. Sariq sochli bu yigitning gaplarimdan hatto kulgisi qistadi.

β€” Sen haqiqatdan ham qiziq ekansan. Ajoyib nusxa, β€” dedi u meni boshdan-oyoq kuzatib. Birdan ko'nglim g'ash bo'la boshladi. β€” Lekin eslab qol, qo'g'irchog'im, β€” u menga yaqinroq egildi, shu darajadaki bizni tanamizni tungi kiyimimni yupqa ipak matosigina ajratib turardi. Shu zahoti nafasim siqilib, atrofda harorat ko'tarilib ketgandek tuyuldi. Yigit yanada yaqinlashib, qulog'imga issiq nafas bilan shivirladi: β€” Sen endi menikisan, va buni o'zgartirib bo'lmaydi. Sen β€” mening mulkimsan. Agar biror narsa mening rejamdan chiqsa, sen tanigan barcha insonlarni o'ldiraman. Hatto hech qanday aybsiz bo'lsang ham.

Mana endi rostdan ham qo'rqib ketdim. U hazillashmayotganini ochiq-oydin tushuntirdi. Chiroyli yuziga qaramay, u o'ta xavfli. Buni butun vujudim bilan his qilib turibman.
Hozirning o'zidayoq bu jinnidan imkon qadar uzoqqa qochib ketgim keldi. O'zi u kim bo'libdiki, uyimga bostirib kirib, meni o'z mulki deb e'lon qilayabdi?! Unga Β«shirin-shakarΒ» gaplarimdan bir-ikkitasini aytmoqchi bo'lib turgandim, ko'z oldimni kutilmaganda qora parda qoplab boshim aylanib ketdi. Bu kutilmagan Β«xurujdanΒ» o'zimga kelib, atrofga qarasam β€” undan asar ham qolmabdi. Faqatgina derazadagi oppoq parda shamolda hilpirab turardi.

Β«Nima bo'ldi o'zi hozir...Β» Yana ko'zguga yaqinlashib, bo'ynimni ushlab ko'rdim. Qora tomirlar hamon ko'rinib turardi, lekin avvalgidek bo'rtib chiqmagan. Β«Bo'ldi! Yetar...Β» Xonamdan faqat pijama bilan chiqib, pastga yugurib tushdim. Taxmin qilganimdek, Chonguk televizor qarshisida, divanda mudrab o'tiribdi.

β€” Chonguk! Uyg'on! β€” deb baqirdim. U cho'chib ketganidan divandan sakrab tushdi va uyqusirab menga tikildi.

β€” Nega uxlamayapsan... β€” deb g'o'ldiradi u.

β€” Nega deysanmi? Ha... Qiziq savol! Hatto nimadan boshlashni ham bilmayman, β€” ichimda hissiyotlar qaynayotganidan baland ovozda gapirardim, lekin bu Gukni hayron qoldirmadi. U mening bunaqa qiliqlarimga o'rganib qolgan. Chonguk menga bir qarab qo'yib, yutindi va darhol yuzini o'girib oldi. U o'zini noqulay his qilardi, lekin hozir bu mening zarracha parvoyimga kelmasdi.

β€” Hech bo'lmasa... kiyinib olsang bo'lardi...

β€” Qara! β€” men shunchaki yaqinroq borib, barmog'im bilan bo'ynimga ishora qildim. β€” Bu nima?! Buni bilishingga ishonchim komil!

Haqiqatdan ham, Guk sinchiklab qaradi-da, bir ozdan so'ng o'rnidan sapchip turdi. Endi u hech qanday uyalib o'tirmay, ochiq yelkalarimdan tutdi va meni o'ziga tortib, diqqat bilan tikila boshladi.

β€” Bu... bo'lishi mumkin emas... β€” deb pichirladi u.

β€” Nima? Nima bo'lishi mumkin emas?! β€” men unga tashnalik bilan tikildim. β€” Menga ayt, bu qanaqa balo o'zi!

β€” Xo'sh, yarim tunda bu yerda nima baqir-chaqir? Nega uxlamayapsizlar? β€” kutilmaganda zalga dadam kirib keldi. Ishdan endigina qaytgan, ko'rinishidan juda charchagan edi.

β€” Juda soz, endi ikkovingiz ham menga hamma narsani aytib berishga majbursiz! β€” dedim ularga barmog'imni o'qtalib.

β€” Chonguk, nima bo'lyapti? β€” deb so'radi charchagan otam jiddiy ohangda.

β€” Janob, bu yerda... haligi ...Ishonmaysiz, β€” deb gap boshladi Guk, so'z topolmay dovdirab. So'ng shunchaki qo'limdan ushlab, otamning yoniga sudradi va bo'ynimni ko'rsatdi.

β€” La'nat bo'lsin , Yudjin! Bu qayerdan... β€” dadam ko'rganlariga ishonolmay tutilib qoldi. β€” Unda bu qayerdan paydo bo'ldi...

Bo'ldi, ularning bunday shiddatli reaksiyasidan tushundimki, men rostdan ham qandaydir iflos... juda yomon narsaga aralashib qolibman.

β€” Sizlar mening savollarimga javob bermaguningizcha, men ham savollaringizga javob bermayman! β€” dedim bir necha qadam ortga chekinib. β€” O'sha kuni kasalxonada... Eshik ortidagi hamma gaplaringizni eshitganman! O'layotganimni, lekin mo'jiza tufayli omon qolganimni va bularning hammasi shunchaki emasligini aytganingizni eshitganman. O'shanda bularning hammasi qulog'imga chalingan alahsirash deb o'zimni ishontirmoqchi bo'ldim, lekin... Mana, endi hammasi bir-biriga to'g'ri kelyabti...

β€” Yudjin, tezda nima bo'lganini gapir! β€” dadam buyruq ohangida ovozini ko'tardi. β€” Darhol!

β€” Nima bo'ldi deysizmi?! β€” men ham jahl bilan portladim. β€” Besh daqiqa oldin qizingizning yotoqxonasiga derazadan kimdir bostirib kirdi. Mana nima bo'ldi!

β€” Nimalar deyapsan... β€” deb hayratlandi Chonguk. Avval zinapoyaga, so'ng menga va dadamga qaradi.

β€” Qo'riqchilar! β€” deb baqirdi dadam shu zahoti. Hozirgina hovlimizning har chekkasida turgan devday yigitlar uyga yugurib kirishdi.

β€” Labbay, janob!

β€” Tezda butun hovli va ko'chalarni ko'zdan kechiring. Har bir teshikkacha qarang! Qizimning xonasida kimdir bo'lgan! Bunga qanday yo'l qo'ydingiz?! Qayerga qarayapsizlar o'zi?! Tezda o'sha ablahni toping! β€” u shunchalik baland ovozda baqirdiki, hatto hayron qoldim. Dadamning bunaqangi g'azablanganini kamdan-kam ko'rish mumkin edi.

β€” Xo'p bo'ladi, janob! β€” qo'riqchilar qanday tez kelishgan bo'lsa, shunday g'oyib bo'lishdi. Men esa charchoq bilan divanga o'tirdim va endi hech kim hech narsa aytib bermasligidan umidimni uzib, chakkalarimni uqaladim.

β€” Bu men o'ylagan narsami? β€” ortimdan Gukning xavotirli ovozi eshitildi. Men quloq solishga harakat qildim, lekin ular juda past ovozda gaplashishardi. Faqat ayrim gaplarni eshitib qoldim:

β€” Unga aytishimiz kerak...

β€” O'zingiz hal qiling...

β€” Bu uni yanada katta xavf ostiga qo'yadi...

β€” Uning kimligini bilmaymiz...

Men qiynalgan nigohimni dadam va Chongukga qaratdim. Dadam asabiy va hamon g'azabda, Chonguk esa xavotirli va tarang holatda edi.

β€” Mayli, β€” Guk bosh irg'ab menga tomon yurdi. Men ham darhol o'rnimdan turdim. Unga deyarli yolvoruvchi nigoh bilan qaradim.

β€” Bugun haqiqatni bilamanmi yo'qmi? β€” ovoz chiqardim. Lekin Chon og'ir tin olib, qo'llarini yelkamga qo'ydi va bosib, meni qaytadan o'tirishga majbur qildi. So'ng o'zi ham yonimga o'tirdi va jiddiy tikildi.

β€” Yudjin, meni diqqat bilan tingla, β€” deb gap boshladi u. Har bir so'z unga qiyinchilik bilan kelayotgan edi, go'yo aytadigan gaplari shunchalik ko'p-u, nimadan boshlashni bilmayotgandek. β€” Senga hammasini aytib beraman, faqat sen xavotir olma.

Β«Tushunarli, bu menga allaqachon yoqmayapti... Nimalar deyapman... Bularning hammasi menga umuman yoqmayapti, la'nat bo'lsin!Β» Men yutinib, qandaydir dahshatli hikoyani eshitishdan qo'rqib, Gukga xavotir bilan qaradim.

β€” N-nima?

β€” Seulda hozir vaziyat tinch emas, buni dadang bilan bo'lgan ko'plab suhbatlarimizdan o'zing ham bilasan. Bu... qandaydir shahar mafiyasiga o'xshash narsa.

β€” M-mafiyami? β€” dedim titroq ovozda qaytarib. β€” Xudoyim, o'zi nimalarga aralashib qoldingizlar?

β€” Shunday deylik, ular dadangni ta'qib qilishyapti va juda xavfli.

Oddiy mafiyadan ko'ra... ancha xavfliroq. Shuning uchun ham dadang sening qaytishingni xohlamagandi.

Endi hamma narsa oydinlashdi. Dadam nega doim jinnilarcha qayg'urishini oz bo'lsa-da tushuna boshladim. Axir men zarar ko'rishim mumkin edi... Hozir o'zimni yanada yomon his qilyapman, chunki haqiqatni bilmay turib, unga qancha qattiq gaplarni aytib yubordim.

β€” Endi nima qilamiz? Endi ular meni ta'qib qilishga qaror qilishdimi? β€” men unga mo'ltirab qaradim.

β€” Xavotir olma. Senga buni qilgan kimsani... albatta topamiz, β€” u yana bo'ynimga tegib, sochlarimni surdi va muzdek barmoqlari bilan terimni siladi. Butun tanam junjikib ketdi.

β€” Bu nima o'zi? β€” past ovozda so'radim. β€” Tanamga nima kiritishdi? Bu... qandaydir narkotikmi? β€” deb taxmin qilishga jur'at etdim.

β€” Yo'q. Bu, β€” Chonguk qo'llarini tortib, lekin nigohini bo'ynimdan uzmay jim qoldi, β€” bu sening hayotingni saqlab qoldi, lekin uni organizmingdan chiqarib tashlash kerak. Bu senga zarar yetkazadi, β€” Chonguk har bir so'zni aytganda yanada taranglashib borardi va bu menga shubhali tuyuldi.

β€” Ishonching komilmi? Bularni qayerdan bilasan?

β€” Endi sening navbating, β€” gapimni bo'ldi yigit. β€” Menga ayt-chi, u qanaqa edi? Xonangga bostirib kirgan kishi. Senga nima dedi? Bu juda muhim, gapir.

β€” Xo'sh, u... Oddiy yigit, β€” yelka qisdim, oq-sariq yigitning yuz chizgilarini eslab, β€” juda kelishgan... β€” bu yerda to'xtab qoldim. Uning jozibali ekanini aytmay ilojim yo'q edi. Chonguk esa bir soniya ham bo'shashmasdi. β€” Oq-sariqdan kelgan. Bo'yi ancha baland... Ko'p istehzo bilan kuldi va buni menga u qilganini aytdi, β€” bo'ynimga ishora qildim, β€” va buning uchun minnatdor bo'lishim kerakligini, aks holda o'lib ketishimni aytdi. Lekin nega? Agar u dadamga qarshi bo'lsa, meni qutqarishdan nima naf? Bu qandaydir taktika mikan? Nima reja qilyapti u?

β€” Buni tushunish kerak... Mayli, biz... β€” Chonguk o'rnidan turdi, men ham unga ergashdim, β€” biz ularning to'dasini topamiz va hammasini tuzatishni talab qilamiz. Bu senga xalaqit beryaptimi? β€” u bo'ynimdagi qora tomirlarga nafrat bilan qarab so'radi.

β€” Yo'q, aksincha, o'zimni odatdagidan yaxshiroq his qilyapman, β€” dedim yelka qisib. β€” Qandaydir bema'nilik...

β€” Shunchaki, endi ehtiyotkorroq bo'lishing kerak, Yudjin. Ertagayoq ularning yoniga boramiz va hammasini hal qilamiz, xavotir olma, β€” Chonguk meni mehr bilan bag'riga bosib, boshimni siladi. Shu zahoti ko'nglim joyiga tushdi.

β€” Yaxshi, Guk, senga ishonaman, β€” men ham uning yurak urishini eshitib, uni quchoqladim. Faqat bir daqiqadan so'nggina unga deyarli yalang'och holda tegib turganimni angladim. Egnimda faqat yupqa shoyi pijama bor edi. Chonguk ham buni tushundi shekilli ikkalamiz tezda bir-birimizdan uzoqlashdik. Shu payt ko'chadan hamon asabiy holdagi dadam kirib keldi.

β€” Xo'sh? β€” darhol so'radim. β€” Uni topishdimi?
Dadam faqatgina tund qiyofada bosh chayqadi.

β€” Chonguk, bir daqiqaga, β€” u Gukga imo qilib oshxona tomonga yurdi. Men esa shu fursatda ko'zguga qarab yugurdim. Baxtimga, qora tomirlar butunlay g'oyib bo'lgan edi. G'alati. Men ular doim turadi deb o'ylagandim...

Lekin barbir... Nega Chongukning gaplarida qandaydir sir borligini his qilyapman? Axir hammasi haqiqat bo'lishi mumkin-ku. Dadamning kompaniyasi hozir juda mashhur, katta daromad keltiradi va albatta, bunga ko'z tikkanlar paydo bo'lishi tabiiy. Dadamga tahdid qilishlari ham mumkin... Nega o'sha blondin yigit bilan uchrashuvdan keyin o'zimni g'alati his qilyapman? U sirli... Shunchalik sirliki, hali ham u haqda biror aniq fikrga kelolmayapman. U kim? Meni qayerdan taniydi? O'sha klubda bo'lganmidi? Va eng asosiysi... Meni rostdan ham u qutqardimi? Nega u bunday qildi? Balki u orqali dadamga yo'l topmoqchi va meni garov sifatida ishlatmoqchidir? Bo'lishi mumkin... Va hali ham u meni qanday qilib tanamga tushunarsiz narsa yuborib qutqarganini bilishni juda xohlayapman.

Pov:Avtor

Chonguk va janob Kim oshxonaga o'tishdi. Ikkalasi ham dovdirab qolgan, lekin shubha ostidagi Yudjinni qo'rqitmaslik uchun buni bildirmaslikka harakat qilishardi.

β€” Nima qilamiz? β€” deb so'radi Chonguk past ovozda stulga o'tirarkan. U boshini ko'tarmay, qo'lidagi yarim bo'sh stakanni aylantirardi. Janob Kim deraza yoniga borib, og'ir tin oldi.

β€” Uni bularning hammasidan asramoqchi edim. Juda xohlardim... β€” dedi u va umidsizlik bilan sochlarini g'ijimladi. β€” Bu sodir bo'lmasligi kerak edi...

Chonguk unga achinish bilan qaradi va nima deb tasalli berishni bilmasdi. Chunki shunchaki "hammasi yaxshi bo'ladi" degan gap bu vaziyatda kor qilmasdi. Ahvol haqiqatdan ham jiddiy. Agar o'sha narsani organizmdan chiqarishmasa, Yudjin zarar ko'rishi mumkin. Buni esa faqat o'sha β€” uni Yudjinning tanasiga kiritgan kimsagina qila oladi.

Faqat o'sha ablahni topish va qaytarib olishga majburlash qoldi.

β€” Menimcha, u kimligini bilaman. Yudjinning ta'rifiga ko'ra, bu Kim Taehyung bo'lishi mumkin. Siz uni tanisangiz kerak, β€” dedi Chonguk va janob Kim darhol unga o'girildi.

β€” Kim Taehyung?! β€” qayta so'radi u va alam bilan nafas chiqardi. β€” Faqat u bo'lmasa edi...

β€” U bilan kelishish qiyin bo'ladi, β€” qo'shib qo'ydi Chonguk past ovozda. β€” U buni ataylab qilgan, shunday emasmi? Bizni boshqarmoqchi bo'lyabti.

β€” Boshqarolmaydi, β€” qat'iy javob berdi erkak, β€” bizni qo'limizda "ko'zer" bor. Agar ular biror nojo'ya harakat qilishsa, biz toshni yo'q qilamiz.

β€” Siz... bunga ishonchingiz komilmi? β€” so'radi Chon janobning shijoatini ko'rib.

β€” Agar o'sha qora ko'zlilar tufayli Yudjin zarar ko'radigan bo'lsa... Men ularning hammasini yo'q qilaman. Bittasini ham qoldirmayman.


******


Yungi o'zining Ford Explorer mashinasida uy yoniga kelib to'xtadi. Dvigatelni o'chirib, mashinadan tushdi. Shu payt Chonguk ham ko'chaga chiqdi.

β€” O, keldingmi, β€” Chon uning yelkasiga urib, darhol mashina yukxonasini ochdi va sumkasini tashladi.

β€” Xo'sh, meni nega chaqirding? Allamahal bo'ldi, uxlashga yotmoqchi edim, β€” dedi u charchagan ohangda.

β€” Bilasan-ku, sening yordamingsiz ilojim yo'q.

β€” Balki esingdan chiqqandir, Taehyung meni yoqtirmaydi va ko'rsa xursand bo'lishi qiyin. Bu vaziyatni yanada og'irlashtirishi mumkin, β€” deb ogohlantirdi u. Chon unga qarab tabassum qildi.

β€” Xavotir olma. Jaxli chiqmaydiβ€” Yungi uf tortdi, Guk esa darvoza tomonga yurdi. U yerdan mahzun Yudjin chiqib kelardi. β€” Tuzukmisan? β€” deb so'radi undan. Qiz sekingina bosh irg'adi va yonida turgan Yungiga ko'zi tushib, hayratda qoldi.

β€” Bu ....bu yerda nima qilyapti?

β€” U ham biz bilan boradimi? β€” norozi bo'ldi Min ham, qizga ishora qilib.

β€” Nima bo'pti? β€” deb qaradi Guk ikkalasiga. Ular esa barobariga chuqur nafas olib bir-birlaridan yuz o'girishdi.

β€” Agar shu qiz bo'lmaganida, bu sayohatga chidasam bo'lardi, β€” dedi Yungi xotirjam, lekin nafrat bilan.

β€” Huddi meni senga ko’zim uchib turganmidi.., β€” dedi qiz. U Yungining jahli chiqishini kutgandi, lekin unday bo'lmadi. Yungi shunchaki unga mensimay qarab, piching bilan kulib qo'ydi, bu esa Yudjinni noqulay ahvolga soldi.

β€” U faqat bizga xalaqit beradi. Nimadir ish qilib boplab qo’ymasa bo’lgani…— deb gap boshlagandi, Guk uning gapini bo'ldi:

β€” Hech qanday ish qilmaydi. Men bunga kafilman. Ketdik, Yudjin, β€” deb mashinaga ishora qildi. Qiz yigitning yonidan o'tayotib, unga tilini ko'rsatib qo'ydi.
Yungi rulga, Chonguk oldi o'rindiqqa, Yudjin esa orqaga o'tirdi. Mashina yo'lga tushdi. Atrof qorong'ulashib, yomg'ir yog'a boshladi. Bu esa qizning kayfiyatini yanada tushirib yubordi. Nega oxirgi paytlarda, aniqrog'i bo'ynida o'sha qora "belgi"ni ko'rgandan beri, o'zini g'alati his qilyapti. Kayfiyati keskin o'zgarib ketyapti. Bir zumda g'ayratga to'lsa, yarim soatdan keyin o'zini juda yomon his qilar edi. Buning sababini tushunolmasdi.

β€” Hey, yaxshimisan? β€” Chonguk orqaga o'girildi, Yudjinning jimib qolganini sezib.

β€” Yaxshi... β€” dedi u hissizgina, telefonini qo'lida aylantirib. Uning xayolidan o'sha sirli blond yigitning siymosi ketmasdi. U tez orada uni yana ko'rishini va o'shanda nima bo'lishini tasavvur qilardi. Yana o'sha g'alati tuyg'ularni his qiladimi? Go'yo u o'sha yigitga talpinayotgandek. Lekin bu qanday bo'lishi mumkin? Axir uni tanimaydi-ku...

β€” Ma, ozroq chips ye. Sening sevimli chipslaring, β€” Chonguk qizga paketni uzatdi. Qiz zaif tabassum bilan uni oldi.

β€” Rahmat.

Yungi ko'zgudan qizga bir qarab qo'ydi-da, so'ng Chonga qarab ensasini qotirdi va yana yo'lga tikildi. Mashina shaharning chekka, kimsasiz joyida to'xtadi. Bu yerda binolar turar-joydan ko'ra ko'proq tashlandiq joylarga o'xshardi. Chonguk va Yungi mashinadan tushishga tayyorlanishdi, Yudjin ham xavfsizlik kamarini yechdi.

β€” To'xta, to'xta! Sen Qayerga? β€” Chonguk orqaga o'girilib uni to'xtatdi.

β€” Nima? Men sizlar bilan bormaymanmi? β€” dedi u ko'zlarini pirpiratib.

β€” Albatta yo'q, β€” Yungi gapga aralashdi va mashinadan tushib ketdi.

β€” Hozircha shu yerda o'tir. Biz o’zimiz borib kelamiz. Hammasini hal qilgach, o'zim yoningga kelaman, xo'pmi? β€” dedi Chon Yudjinga.

β€” Hey, u yer... xavfli, shundaymi? β€” Yudjin xavotirlana boshladi. β€” Balki bormasligingiz kerakdir?

β€” Xavotir olma. Yungi bilan eplaymiz, lekin... Agar bizdan uzoq vaqt darak bo'lmasa, β€” u nigohini chetga olib, shubhali gapirdi, β€” mashinani yurgizib, bu yerdan ket. Tushundingmi?

Yudjin yanada ko'proq qo'rqib ketdi.

β€” Nima... Demak, u yer sizlar uchun haqiqatdan ham xavfli ekan. Ustiga-ustak, men haydashni bilmayman, β€” dedi u vahima ichida.

β€” Hammasi joyida, β€” dedi Guk darhol. β€” Shunchaki shu yerda o'tirib chips ye, β€” u qizni tinchlantirish uchun ko'z qisib qo'ydi va eshikni yopib mashinadan tushdi.


Yigitlar mashina qo'yilgan joydan bir oz uzoqroqdagi binolardan biriga yo'l olishdi. Bar... "zulmat ko'zlilar" uslubida edi. Juda mahzun va qorong'u. Ichkariga kirishing bilan zulmat nafasi sezilardi. Agar Yungi tushunarli sabablarga ko'ra bunday muhitga o'rganib qolgan bo'lsa, Chon uchun bu yerlar juda yoqimsiz edi. Lekin kirishga majbur.

β€” Tayyormisan? β€” deb kuldi Yungi Chonga qarab. U faqat chuqur nafas oldi va og'ir eshiklarni itarib ichkariga kirdi. Ichkarida tamaki va kuyindi hidi anqirdi. Odamlar ular o'ylaganchalik ko'p emasdi. Muhit ham ancha tinch edi. Yigitlar bar peshtaxtasiga borib o'tirishdi.

β€” Menga biror nima quy-chi, β€” dedi Min go'yo u yerning egasidek. β€” bu harobada biror narsa bo'lsa, albatta...

β€” Hey, ehtiyot bo'l, β€” dedi barmenchi β€” bo'yi ikki metrli devday yigitlarga qarab o'girildi, β€” bu yerda yolg'iz emassan.

Yungi devday yigitga qarab shunchaki muloyim tabassum qildi.

Yo'q, u qo'rqmadi, shunchaki bu yerdagilar qanchalik "asabiy" bo'lishini bilgani uchun ortiqcha janjal chiqarishni istamadi.

β€” Biz bir odamni qidiryapmiz, β€” gap boshladi Chon

β€” Kim Taehyung... Bu ism senga biror nimani eslatmayabtimi?

Barmen boyadan beri stakanni artib turgan joyida qotib qoldi va sekin ularga o'girildi. So'ng peshtaxtaga suyanib, ularga yaqinlashdi va qiyshiq tabassum qildi.

β€” eslatyabti..


******


Yigit ikkinchi qavatdagi kabinetida, eskirgan divanda yotgancha sigaret chekar va oppoq tutunni shiftga qarab puflardi. Bugun xayoliga ketma-ket kelayotgan o'ylaridan mamnun bo'lib istehzo bilan kular edi. Oxirgi paytlarda ishlari uncha yaxshi bo'lmasa-da, kayfiyati a'lo edi. U barning birinchi qavatidan kelayotgan musiqani eshitib, uzun barmoqlari bilan stol ustida ohangga moslab urib turardi.

To'satdan xonaga Seokjin bostirib kirdi va Taehyungni sokinligini buzdi. U qoshlarini chimirib, do'stiga norozi nigoh bilan qaradi.

β€” Hey, ahvollar qalay, og'ayni? β€” Jin unga ko'z qisib qo'ydi. Uning qora ko'zlari yo'qolib, odatiy jigarrang tusga kirdi.

β€” Seokjin... β€” deb sigaretini tortdi Taehyung sekin o'rnidan turib. β€” Baribir yetib kelibsan-da.

β€” Nega bunchalik qo'polsan? Meni kutayotgan eding deb o'ylagandim, β€” Jin arazlagan kishi bo'ldi-da, so'ng stol yonidagi javonni ochib konyak shishasini oldi. β€” O-o, yomon emas. Aynan kerakli narsa.

β€” Haddingdan oshmayapsanmi? β€” Taehyung ko'zlarini qisib, sigaret qoldig'ini kuldonga tashladi va o'rnidan turib, konyakni uning qo'lidan tortib oldi. β€” Esingdan chiqdimi? Boshingdan ayrilishni xohlamasang, meniki bo'lgan narsaga tegma, β€” Taehying unga yaqinroq egilib pichirladi: β€” Bu yerda hamma narsa meniki.

Jin bir muddat unga qarab turib kuldi.

β€” Men sendan qo'rqmayman, Kim Taehyung. Sen mening boshlig'im emassan, β€” u bosh chayqab konyakni qaytarib oldi va stolga o'tib, o'ziga quyib oldi.

β€” Men bu yerga sening klubingda dam olishga keldim, sen bo'lsang...

β€” Bu safar pushtimi endi? β€” Taehyung istehzo bilan Jinning sochlariga ishora qildi va yoniga o'tirdi.

β€” Nima bo'pti? Pushti bo’lsa β€” mening sevimli rangim, β€” dedi Jin sochlarini silliqlab. Taehyung esa g’alati ifoda bilan jilmayib qo’ydi.

Bu zulmat ko’zli doim o'z tashqi ko'rinishiga haddan tashqari e'tibor berardi va ba'zida bu Taehyungning g'ashiga tegardi. Hatto uning chiroyli yuziga bir musht tushirgisi kelardi. Umuman olganda, Jinning o'zi Kimni juda g'azablantirar edi. Ayniqsa, unga umuman reaksiya bermasligi bilan. Agar atrofdagilar undan qo'rqib, soxta bo'lsa-da hurmat ko'rsatishsa, bu ahmoq unga go'yo bo'shliqqa qaragandek qarardi. Chunki uni Taehyungning otasi bilan munosabatlari yaxshi edi.

β€” Agar yana bir marta uyimga shunday bostirib kirsang, burningni uzib olamanβ€” dedi Taehyung hazilsiz, unga muzdek nigohlari bilan qarab.

β€” Bo'pti, bo'pti, β€” Jin qo'l siltab ichimligidan yana bir ho'pladi.

β€” Janob… Boss! β€” eshik oldida kimdir baqirdi.

β€” Nima gap, β€” Taehyung dangasalik bilan divanga suyandi. β€” Kiraver.

β€” Bizda mehmonlar bor, β€” yigit eshikni ochdi va kabinetga ikki notanish kishi kirdi. Jin qiziqish bilan ularga tikildi, Taehyung esa avval qoshini chimirdi, lekin Chongukning ortidan yana bir yigit kirganini ko'rgach qoshlarini chimirdi.

β€” Salom, Kim Taehyung!β€” Yungi unga ma'noli ko'z qisib qo'ydi, bu esa Taehyungni yanada hayratga soldi.

β€” Yungi... β€” Taehyung nihoyat o'ziga kelib o'rnidan turdi. Jin nima bo'layotganini tushunmayotgan yagona odam edi. β€” Qaysi shamol uchirdi seni bu yerga? β€” Taehyung o'zining o’sha mashhur tabassumi bilan kuldi, lekin gapining oxirida kulgisi g'oyib bo'ldi.
β€”Jin ursin seni...

β€” Men ham seni ko'rganimdan xursandman,
Taehyung-a, β€” Yungi muloyimlik bilan jilmadi, β€” lekin men ish yuzasidan keldim, shuning uchun ortiqcha janjalsiz gaplashaylik.

Taehyung Yungining bo'ynidan bo'g'ib, boshiga shisha bilan urmaslik uchun o'zini zo'rg'a tiyib turardi.

β€” Menimcha, endi seni muammolaring bo'ladi.

β€” Menimcha esa, ular senda bo'ladi, β€” uning gapini Chonguk bo'ldi.

β€” Sen yana kimsan? β€” Taehyung ko'zlarini qisdi.
Jin divanga qulayroq o'rnashib oldi, u Taehyungning navbatdagi janjalini tomosha qilmoqchi edi. Unda Taehyung albatta dushmanlarining miyasini ochib xona bo'ylab sochib yuborib g'alaba qozonishi aniq edi. Shafqatsiz Kim Taehyung ishtirokidagi barcha janglar shunday tugardi.

β€” Kecha sen bir qizning xonasiga bostirib kirding, undan oldinroq esa o'sha qizning ichiga o'zingning iflos ruhingni kiritib, uni qutqarib qolganding, β€” Chonguk endi so'zlarini o’ylab o'tirmadi. β€” Esingdami?

Albatta, Taehyung eslaydi, lekin u hozir bu ikki ahmoqning bu voqeaga nima aloqasi borligini tushunishga harakat qilayotgan edi.

β€” Xo'sh, β€” davom etdi Chonguk, β€” kel buni ortiqcha muammosiz hal qilaylik. Sen shunchaki xatoyingni tuzatasan va biz tinchgina tarqalamiz.

Taehyung buni eshitib baland ovozda kulib yubordi va qaytadan divanga o'tirdi.

β€” Oh, meni rosa kuldirdinglar-kuβ€” nihoyat to'xtadi u, ularning gapini jiddiy qabul qilmay. β€” Sizlar unga kim bo'lasizlar o'zi?

β€” Buning senga aloqasi yo'q, β€” javob berdi Chon. β€” Yoki buni qilasan, yoki boshing balodan chiqmaydi.
Taehyung eshitganlari haqida o'ylayotgan edi, biroq javob berishga ulgurmay xonaga yana kimdir kirdi.

β€” Boss, yana mehmonimiz bor, β€” yigit Yudjinni qo'lidan sudrab kirdi, qiz esa uni so'kib, qo'lidan chiqishga harakat qilardi. β€” Shu yaqin atrofda izg'ib yurgan ekan. U oddiy odam, β€” qo'shib qo'ydi yigit. Taehying qizni darhol tanidi va ko'zlari yondi. Chonguk hayratda qizga tikildi, Yungi esa kafti bilan yuziga urib, qattiq ovoz chiqardi.

β€” Kechir, β€” dedi Yudjin past ovozda Chonga qarab, so'ng boshini egdi. β€” Shunchaki xavotir oldim...

β€” Qarang-a, taqdir hazilini, β€” Taehying qarsak chalib o'rnidan turdi va qizga yaqinlashdi. Chonguk bunga yo'l qo'ymaslik uchun harakat qildi, lekin uni Taehyungning odamlari ushlab, qo'llarini orqasiga qayirishdi. Yungiga tegishmadi, chunki u o'zini bosib turardi. β€” Mening o'yinchog’im o'zi oyog’i bilan kelibdi, naqadar yoqimli, β€” sariq sochli yigit Yudjinning iyagidan tutdi, qiz esa darhol boshini burib oldi. β€” Mana, yana ko'rishdik-a?

β€” Menga tegma, narkoman!, β€” deb yuziga tupurdi qiz. Taehyungning yuzida avval hayrat, so'ngra yana o'sha kulgi paydo bo'ldi.

β€” Senga meni kimligimni tushuntirishmabdi-daβ€” u Chon va Yungiga qaradi. β€” Qani, kelinglar, hammasini bir boshdan gaplashib olaylik-chi, mmmm?

To be continued….