❤️YOUNG FOREVER ❤️
📱MrJimin : Balki nikini o'zgartirish payti kegandir.
📱SohyunHope : Shundog'am yaxshiku
📱MrJimin : San bilan kelishib ogandik shekilli. Man nima disam shuni bajarishin kerak.
📱MrJimin : Mayli. Ertaga oyim bilan unashtiruv kechamizga kiyim olish do'konlarni aylangani borasan.
📱MrJimin : Mani yana ko'rgin kevottimi?
📱KimSohyun : Shunchaki so'ravomman 😏
📱MrJimin : Yo'q man bormiman. Mani oyim va sani oyin borishadi.
📱KimSohyun : Jaxliz chiqishiga arziydigan sababmas
📱Hope: Kimmidir topganga o'xshisande nikini o'zgartirganingga qaraganda
📱KimSohyun : Nega kimmidir topgan bo'lishim kerekan. Shunchaki hamma nikimmi g'alatiligini etvotti
📱Hope: Nikini go'zalligiyam aynan uni g'alatiligida😏
📱Hope: Kulgili joyi yoq. Sandan mani jahlim chiqdi.
📱SmileVirus : Bir qo'rqiti didimde😀
Bugun maktabga bormaslikka qaror qildim. Odatda dars qoldiradigan odatim yo'q. Lekin Jenny ketgandan beri maktabga borgim ham kelmay qoldi. Kamiga Jisu bilan Liza ham mandan xafa. Bugun Jiminni oyisi bilan ko'ylak tanlagani borishimiz kerak. Negadir hayajonlanvomman. Park honim ko'rinishidan huddi meni yoqtirmaydigandek tuyiladi. Jimin bilan esa kechagi uchrashuvimizdan keyin oramizdagi munosabat ancha yengillashganga o'xshab tuyilardi menga. Menga Xuddi Jiminni ichida ikta odam bordek tuyuladi. Bittasi mehribon bittasi esa manman Jimin.
- Qizalog'im Park xonim qo'ng'iroq qildi. 10 daqiqada uyimizga yetib kelarkan. - dedilar xonam eshigidan mo'ralagancha.
- Hop bo'ladi oyijon man tayyorman.- deya o'rnimdan turdim.
Ular shahar markazidagi mashxur do'konlar joylashgan binoda aylanib yurganlariga mana salkam 3 soat bo'lyabti. Lekin hali ham Park honim ko'nglidagidek ko'ylak topa olmayabti. Kim xonimga esa bir necha ko'ylaklar yoqdi. Ammo Park honim ularni rad etdi. Sohyun esa hech narsa demay ketma ket kiyimlarni kiyib ko'rishda davom etardi. Nihoyat uzoq tanlovlardan keyin Park honim bir ko'ylakda to'xtadi. Bu ko'ylak haqiqatdan ham juda chiroyli edi. U shuncha vaqt sarflanganiga arzir edi. Ular savdo binosidan chiqib ovqatlangani restoranga borishdi. Ammo yo'lda Syuzi xonimni ishi chiqib qolgani sababli Sohyunni bo'lajak qaynonasi bilan yolg'iz qoldirib ketadi. Sohyun onasidan ketmasligini qancha iltimos qilsada Syuzi honim muhim ish chiqib qolganligini aytib ularni yolg'iz qoldiradi. Sohyun bir stol atrofida Park xonim bilan yolg'iz o'tirar ekan o'zini judayam noqulay xis qilardi.
- Xo'sh Sohyun nima yeysan?- deydi Park honim Sohyunga tikilgancha
- Bilmasam o'zizga yoqadiganini buyurtiravering- deydi qiz uyalgancha
- Mayli- deya ofitsiantga taomlarni buyurtiradi. Yana oraga jimlik cho'kadi. Sohyunning esa hayajoni yanada ortardi.
- Sanga bir nechta savolim bor. Faqat ularni ovqatlanganimizdan keyin so'rayman. - deydi jilmaygancha Park honim
- Hop bo'ladi - deydi Sohyun. Ular indamay ovqatlanishadi. Bu orada Park xonim Sohyunga tez tez qarab qo'yadi. Sohyun ham uni qarashlarini sezib turardi ammo bildirmasdi.
- Tanlagan ko'ylagim sanga yoqdimi?- deydi ovqatlanib bo'lgach Park honim
- Albatta. Judayam chiroyli - deydi Sohyun jilmayib
- Menga yoqdimi demak Jimingayam albatta yoqadi- deydi Park honim Sohyunga tikilgancha. Uni eshitib Sohyun shunchaki jilmayib qo'yadi.
- Biz uchun asosiysi shu emasmi? To'g'rimi?
- Albatta- deydi Sohyun. Park honim nega unday savollar berayotganini tushunmasdi.
- Bilasanmi lekin san ko'ylak tanlayotganimizda o'zingni befarqdek tutding- deydi Park honim va yuz ifodalari jiddiylashadi. Sohyun esa hayron bo'lib tili aylanmay qoladi.
- Men.... haligi.... unday emas. Shunchaki siz tanlaganiz uchun aralashishni hohlamagandim- deb o'zini oqlashga harakat qiladi.
- Shunaqami....? - kulib qo'yadi - Sohyun hammani aldashing mumkin lekin manimas- deydi Park honim va yana jiddiylashadi.
- Chummadim sizni Honim?- deydi Sohyun
- Mayli...... Jimin san uchun qanchalik muhim?- Park honimni bu savolini eshitib Sohyun javob berolmay qoladi. Chunki nma deyishni bilmasdi
- Uni sevasanmi?- deydi Sohyunni ko'zlariga qaragancha
- ......- Sohyun kutmagan savollarini eshitgan edi. Nima deb javob berishni ham bilamasdi.
- Savollarim shunchalik sanga qiyinchilik tug'diradi deb o'ylamagandim. Bilaman bu unashtiruv kutilmaganda paydo bo'ldi. Balki bu unashtiruv masalasi sani kelajakdagi rejalarini ham buzib yuborgandur. Lekin bilasanmi man uchun o'g'limni hayoti hamma narsadan ustun. Man uni chinakamiga sevgan insoniga uylanishini istiman. Oilasini ko'chada qolishdan qutqarishga harakat qilayotgan qizga emas. Hammasi ajoyib Jiminga turmushga chiqib uni mol mulkini yarmisiga ega chiqmoqchimisan. Man bunga yo'l qo'ymiman
- Honim unday emas. Siz mani noto'g'ri chundiz. - shu paytda Sohyunni telafoni jiringlab qoladi. U sekin stol tagidan telefon ekraniga qaraydi. Jimin qo'ng'iroq qilayotgan edi. Sohyun chuqur ho'rsingancha qo'ng'iroqni qabul qiladi. Uni telefoni ovozsiz vibratsiya rejimida bo'lgani uchun Park honim buni sezmaydi va gapirishida davom etadi.
- O'zini oqlashga harakat qilmay qo'yaqol. Man bunga yo'l qo'ymiman. Mani o'g'lim o'zimizga teng bo'gan tabaqadagi qizga uylanadi. Bankrotga uchravotganlaga homiy bo'miydi. Shuni bilib qo'y.
- Sani eshitishniyam hohlamiman o'g'limdan uzoqroq yur
Afsuski onasining har bir og'zidan chiqayotgan gaplarini telefon orqali Jimin eshitib turgandi. U tezda gps orqali qizning qayerda ekanligini aniqlaydi. Ular Jimin turgan yerdan unchalik ham uzoqda emas edilar. U bir zumda ular o'tirgan restoranga yetib boradi. Ular o'tirgan stol yoniga boradi. Park honim esa o'g'lini kelib qolishini kutmagandi.
-Oyi....- deya ular o'tirgan tarafga yurib boradi.
- Balki Park xonim xaqdirlar? Biza rosdanam bir birimizga mosmasdurmiz. Balki to'yimiz bo'magani yaxshidir? - deydi qiz mashina oynasidan tashqaridagi manzaralarni kuzatib ketar ekan.
- San bo'sa ularni noxaq ekanlilarini isbotla -deydi Jimin mashina rulini boshqargancha.
-Man sani tanladim. Xammasi sani qo'lingda. Bundan keyingi hayoting hozirdan bajaradigan haraktlaringga bo'g'liq.- Uni asabiylashayotgani mashina rulini qattiq siqib turishlaridan sezilib turardi.
- Lekin....- deydi Sohyun shu paytda Jiminni telefoni jiringlab qoladi .
- Man hozir ish bilan yurgandim.
- Aha qaysi klub didin ''FIRE'' mi?
- Yaxshi xozir 20 minutlada boraman. Mansiz boshlavormalarin. - deb kulgancha telefonini o'chiradi. Sohyun esa uni gaplarini eshitib turgandi.
- Nima deyatgandin? - deb Sohyunga qarab qo'yadi. Sohyun hech narsa demaydi.
- Oyimni gaplariga e'tibor berma - deydi yana Jimin. Sohyunni hayolida esa ''FIRE'' nomli klub aylanardi. Yo'q Sohyun Jiminni rashk qilmayotgandi. Faqatgina yuragida qandaydr g'ashlik bor edi. Tez orada Sohyunning uyiga ham yetib kelishdi. Qiz mashinadan tushadi Jimin bilan xayrlashib uyi tomon yuradi. Uyi eshigini ochib ortiga o'girilib qaraydi. Lekin Jimin allaqachon ketib bo'lgandi. Odatda yigit qizni uyiga kirib olguncha ortidan kuzatib turadi. Lekin bularni bari faqat romantik kinolarda bo'ladi - deb o'ylardi Sohyun.
- Har doimgidek uyga kirishim bilan onajonim kutib oldilar. Tinmay savol berardilar. Lekin hech biriga javob berishni istamasdim. Meni Park xonim bilan yolg'iz tashlab ketganlaridan juda xafa edim. Agar vaqtida Jimin kelib qolmaganda bilmasam yana nima qilardim. Oyimni menga qancha gapirishlariga qaramasdan indamay xonamga chiqib ketdim. Kayfiyatim yo'q ekanligini tushundilar shekilli boshqa bezovta qilmadilar. Xonamga kirishim bilan kiyimlarini almashtirib tungi kiyimimni kiyib krovatimga yotib oldim. Hech kim bezovta qilmasligi uchun chiroqni ham o'chirib qo'ydim. Negadir judayam asabiylashardim. Biz Jimin bilan bir-birimizni yoqtirmasak ham har xolda bo'lajak oilamizku. O'zini shunga yarasha tutsa bo'lardi. Ex nimalarni o'ylavomman o'zi Jiminni qanaqaligini yaxshi bilardimku. Nima azgina yaxshi gapirgani uchun u haqidagi fikrlarim o'zgarib kettimi?
Erta tong. Quyoshning moviy osmonga ko'tarilishi naqadar go'zal. Deraza pardalaridan xonaga tushayotgan yorug'lik insonga zavq bag'ishlaydi.
Xashamatli uy eshigi ochilib yigitni iloji boricha ovoz chiqarmay yurib kelishga harakat qilayotgani esa zinapoya yonida stol atrofida kechasi bilan uhlamay chiqqan g'azablangan otani yanada asabiylashtirardi.
Yigit otasini ko'rmay sekingina zinapoyaga qadam qo'yadi. Uni harakatlarini esa Janob Hyonshik kuzatib turardi.
- Kechasi bilan qayerda eding?- deydi ovozini ko'tarib janob Park. Jimin cho'chib sekin orqasiga qaraydi va g'azablangan otasini ko'radi.
- Sal o'zimga kevoli.... keyin hammasini sizga tushuntirib beraman- deydi Jimin chuqur nafas olgancha
- O'sha... qiz kechasi bilan o'zingga kelishingga yordam bermadimi?- deb baqiradi otasi
- Ada ..faqat hozimas iltimos sizdan. Shundog'am judayam charchaganman- deb zinadan chiqmoqchi bo'ladi. Lekin otasi gapirgan gapi uni to'xtatib qoladi.
- San uyga yetib kemasindan turib san haqinda sovuu xabarla allaqachon yetib kebo'ldi
- Chummadim?- deydi Jimin sekin ortiga o'girilib.
- Nimasiga chunmisan? Mana kechasi bilan qib yurgan ishlarin isboti bilan yetib keldi - deb baqirib qo'lidagi gazetani o'g'liga qarab otadi.
- Sanga nechchi marta etganman orqeni tozalab yurgin dib. Bu yana nimasi? Bu yurishinda qanaqa qilib sanga mexmonxona boshqaruvini topshiraman Jimin!!?- deydi baqirgancha janob Hyonshik. Jimin esa sekin yerdagi gazetani qo'liga oladi.
Taniqli biznesmen Park Hyonshikni yagona merosxo'ri Park Jimin yana Seuldagi mashxur klublarning birida navbatdagi sevgilisi bilan suratga olindi. Park Hyonshik o'g'li Park Jiminga shu xafta oxirida rasmiy ravishda ''ZEUS '' mexmonxonasi boshqaruvini topshirmoxchi. Ammo yengiltak bu yigit bunday ma'suliyatli vazifani bajara olarmikan. ''- Jimin xabarlarni oxirgacha o'qib o'tirishni ham istamadi. Chunki bu xabar u haqidagi birinchi chop etilgan xabar emasdi. Shu sababli gazetani jaxl bilan qo'llarida g'ijimlab tashlaydi.
- Sani birgina bosgan noto'g'ri qadaming oilamiz obro'sini qanchalik tushirishini bilasanmi? Sandan iltimos qigandim xech bo'masa unashtiruv o'tsin. - asabiylashgancha gapiraradi Janob Park
- Dada ! Bu yana har doimgide o'sha xabarladam bittasiku. Bunaqalaga e'tibor bermen. Nima u klubda faqat manmidim? Og'aynilarim bilan birgedik....
- Bu yoda faqat san to'rinda xabar yozilgan!
- Ashshsh! Bilmiman ada bilmiman. Shundog'am boshim yorilib keti divotti.
- Sohyunni oilasi ham yangililani o'qiganligi aniq. Ulaga nima deb javob beramiz endi?
- Ada ulaga hech qanaqa javob berish shartmas. Axir ulani qizini bizaga berishga hech kim majburlamayaptiku. Berishmasa berishmas qizlarini
- Bas qil! Agar unashtiruv bo'lmasa o'zindan ko'r. Yana muammo chiqaradigan bo'sen o'zini ko'chada qoldim deb xisoblayver- deb xonasiga kirib ketadi. Jimin esa jaxl bilan qo'lidagi g'ijimlagan gazetasini yerga otib yuborib xonasiga chiqib ketadi.
Qorong'u xonada yigit kresloga suyangan xolda ko'zlarini yumgancha o'tirardi. Birozdan so'ng eshik taqillab ochiladi.
- Janob buyurgan vazifezni bajardim - deya oddiy kiyingan yigit qo'lidagi gazetani yigit oldidagi stolga borib qo'yadi. Yigit esa sekin ko'zlarini ochib stoldagi gazateni qo'liga olib birinchi varag'idagi katta xarflar bilan yozilgan xabarlarni o'qiydi va yuzida be'extiyor tabassum paydo bo'ladi.
- Ajoyib !!! Ketishing mumkin. Yordamchimdan albatta xaqqingni olasan!- deydi jilmaygancha.
- Bu yana nimasi? - deydi janob Kim ertalabki gazetani o'qir ekan. Yonida o'tirgan Syuzi xonim va Sohyun hayron bo'lib otasiga qarashadi.
-Azizim nima bo'ldi? Birorta noxush xabar o'qidizmi?- deydi Syuzi honim
- Mana o'zin ko'r- deb qo'lidagi gazetani ayoliga beradi janob Kim. Syuzi xonim xam gazetani o'qib xayron bo'lib qoladi va sekin Sohyunga qaraydi. Sohyun esa bir otasiga bir onasiga hayron bo'lib qarardi.