July 28, 2025

PATIENVICE 16-qism🔞

Chonguk kompaniya koridori boʻylab ketar ekan, Akil bilan o'tgan uchrashuvni o'ylab ketardi.
Suhbat davomida erkak labini tishlab, arang oʻzini ortiqcha soʻzlardan tiyib turardi. Akil ahmoq emasdi va Chongukning borligi buning isboti boʻlgani uchun ogʻiz ochishga haqqi yoʻqligini yaxshi bilardi. Shu sababli, erkak yangi transport rejasiga jimgina rozi boʻldi va uni amalga oshirishning barcha xarajatlarini oʻz zimmasiga oldi.
Uchrashuvdan bir necha kun oʻtgan boʻlsa-da, otasi safarda boʻlgani uchun unga hisobot berishga hali imkon boʻlmagan edi. Janob Chon qaytib kelganligi haqida Seokjinga xabar berilishi bilanoq, u darhol Chongukka qoʻngʻiroq qilib, otasining kelganini maʼlum qildi.


Yigit otasining kotibasiga boshini qimirlatib ishora qildi. Ayol ish joyidan sakrab turib, muloyimlik bilan kichik Chonga taʼzim qildi. Shundan soʻng, janob Chonni oʻgʻlining kelishi haqida ogohlantirmoqchi edi, biroq Chon qoʻlini oldinga choʻzib uni toʻxtatdi. Yana bir bor taʼzim qilib, qiz ortga oʻtirdi va kompyuter ekraniga tikildi.
Chonguk eshik dastagini ushladi, ammo uni ochmadi. Unga otasining baland ovozi eshitildi, u nimadandir gʻazablangan edi.

— Akilning oʻrniga boshqasini top! U bizning unga bogʻliqligimizni, xuddi u bizga bo'lgani kabi tushunib boryapti!

— Akil oʻz vatanida juda katta obroʻga ega, Jivon. Biz bu ishlarga sinovdan oʻtmagan odamlarni jalb qila olmaymiz.

— Unday boʻlsa, sinovdan oʻtkazib jalb qil! Hali bunga vaqtimiz bor!

— Biz buning ustida ishlayapmiz.

Chonguk gap poylagani uchun boshini chayqadi , otasi bilan janob Parkning suhbatini nega tinglaganini oʻzi ham tushunmasdi. Biroq, otasining keyingi soʻzlari uni yana qotirib qoʻydi, u boshini yon tomonga egib oldi, goʻyo bu uni yaxshiroq eshitishga yordam beradigandek.

— Agar Akil oʻgʻirlash tashkil etilganligini bilsa, uni hech narsa toʻxtata olmaydi. Biz uni yoʻq qilishimiz kerak, — dedi erkak aniq, goʻyo har bir soʻzni suhbatdoshining miyasiga oʻyib yozgandek.

— Oʻgʻirlash haqida sendan va mendan boshqa hech kim bilmaydi, Jivon.

Janob Park (Jiminni otasi)

— Ya'ni hozir tirik boʻlganlardan hech kim bilmaydi… — bir soniyalik sukut.

— Lekin yana kimdir bilardi.

— Min allaqachon oʻlgan, — deb faktni aytdi janob Park. Jivondan farqli oʻlaroq, u ancha xotirjam edi.

— Lekin uning oʻgʻli tirik…

Chon Jivon (Chongukni otasi)

— Chonguk? — Seokjinning baland ovozi Chongukni qimirlashga va eshikdan chekinishga majbur qildi. — Birga gap poylaymizmi yoki ichkariga kiramizmi? — yigit do'stini javobini kutish bilan qoshini koʻtardi.

— Kiramiz. — hech qachon yigit oʻzini bunday aybdordek his qilmagan edi. Hozir esa, uni shunday jiddiy boʻlmagan ish ustida ushlab qolishganida, hyonining sinchkov nigohidan tezroq yashiringisi keldi.
Chonguk va Seokjin kabinetga kirishi bilanoq, erkaklar suhbatdan chalgʻishdi.
Janob Chon stol ustiga tirsaklarini tirab oʻtirardi, janob Park esa uning roʻparasidagi charm kresloni egallagan edi.

— Tovarni tashishni kuzatdingmi? — hech qanday salomlashuvsiz, Chonning otasi Seokjinga murojaat qildi.

— Aynan shu haqida gaplashmoqchimiz — Kim Chonguk bilan birga divanga oʻtirdi. — Yangi joy allaqachon tayyorlangan, va u yerdan tashish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Akil hech qanday ortiqcha savollarsiz aytilganlarni bajarishga kirishdi.

— Kuzatdingmi? — Jivon savolini takrorladi.

— Ha. Hammasi nazorat ostida, — Seokjin shoshilib javob berdi, janob Chonning kabinetidan chiqishi bilanoq bu nazoratni kuchaytirishni oʻylayotgan edi.
Javobdan mamnun boʻlgan janob Chon oʻgʻliga yuzlandi.

— Xotiningni nazoratda ushla. U hatto uyiga burun suqishini ham hayoliga keltirmasin, — jiddiy ohangda dedi u.

Chonguk qoshlarini chimirdi. Endi Aseel nafaqat uning sevgilisi, balki "WINGS" va Akil oʻrtasidagi almashish vositasi ekanligi yanada ravshan boʻldi.
U, albatta, qizni kompaniya ishlarida ishlatish imkoniyatini oʻylagan edi, lekin bu bilan bunchalik tez toʻqnashishni kutmagan edi.


Barmoq uchlari yoqimsiz qichishardi. Xonani tark etib, chekishni xohlardi. Iloji boricha tezroq chekishni…

— U shundoq ham nazoratim ostida, — Chongukning yagona javobi shu boʻldi.

— Agar aytadigan boshqa gapingiz boʻlmasa, ketishingiz mumkin, — janob Chon ularni shoshirdi. Yuzidan uning janob Park bilan toʻxtab qolgan suhbatiga qaytishga sabrsizlanayotgani koʻrinib turardi.

— Otam qaysi oʻgʻirlash haqida gapirdi? Akil nimani bilmasligi kerak? — Yigitni tinglashdan keyin paydo boʻlgan savollar qiynardi, shuning uchun u ularni toʻgʻridan-toʻgʻri Seokjinga uning kabinetiga ergashib borayotganida berishga qaror qildi.

— Men nimani aytyapsan, tushunmayapman. — Erkak ularning ortidan eshikni yopdi va darhol stoliga bordi.

— Sen haq eding. Men otam bilan janob Parkning suhbatini tingladim. Ular oʻgʻirlash haqida gapirishdi.
Seokjinning yuzi oʻzgardi. U yigitga sinchiklab qaradi, goʻyo uning yuzidan nimadir oʻqimoqchidek.

— Qaysi oʻgʻirlash?

— Agar bilganimda, sendan soʻrarmidim? — Chonguk xayron boʻlib hyoniga qaradi, goʻyo u bemaʼni gap aytgandek. — Otam xavotirda edi, — oʻylanib qoʻshdi u.

— Unday boʻlsa, eshitgan odamlaringdan soʻramaysanmi?

— Otam eshik orqasida turib gaplarini eshitishim kabi yangi odatimdan unchalik xursand boʻlmaydi deb oʻylayman. — Chonguk kuldi.

— Kechqurun klubga boramizmi? — Seokjin mavzuni oʻzgartirishga qaror qildi, yigitga kechki oʻtirishlar haqidagi rejalarni eslatib.

— Albatta. Goʻyo u yerda bir umr boʻlmagandekman… — Chonguk deyarli stulda yoyilib, mamnunlik bilan lablarini yalab qoʻydi.

— Faqat unutma, sen va Taehyung klubga borishdan oldin bir joyga borishinglar kerak, — Seokjin do'stiga eslatdi, chunki u allaqachon yoqimli oqshomni kutishda oʻzini yoʻqotib qoʻygandi.

— Ha, bilaman, — yigit qoʻl siltab qoʻydi, u pul olish uchun borishi kerakligini eslagancha.

Chonguk eng katta nafrat bilan boradigan yagona joy…

~~~~~~~~~~

Universitetda oʻtkazgan kun Aseel uchun juda qiyin kechdi. Aftidan, u Djimin bilan yangi munosabatlarga hech qachon koʻnikolmasdi, Djimin esa Aseel bilan yarashishni oʻylab ham koʻrmasdi. Shuning uchun qiz oʻzi gaplashib olishga qaror qildi. Birinchi qadamni qoʻydi, salomlashdi, ammo javobiga faqatgina dugonasining kibrli nigohini oldi, u darhol gʻashlik bilan burun tortdi va o'rnidan turdi va ketdi.
Parkning bunday xatti-harakatidan soʻng, Aseel bir necha soniya universitet oshxonasida noqulay turdi, ammo toʻsatdan Xoseokning unga qoʻl siltashi qizni yerga kirib ketish istagidan chalgʻitdi.
Yigit mehribonlik bilan ularning stoliga oʻtirishga taklif qildi, Aseel esa, albatta, bunday qilmadi. Namjun esa, Xoseokning yonida oʻtirgancha, norozi holda lablarini chimirib, doʻstining mehmondoʻstligiga teskari burildi.
Aftidan, ularning doimiy mehribon Namjuni biroz oʻzgargan edi, bu esa qizni yoqimsiz holatda qoldirdi. U darhol Djimin u haqida har xil narsalar aytib bergan boʻlishi mumkinligini oʻyladi. Va mana natija…

Aseel yo'lakchada sekin yurib borardi. Butun hayotiy energiyasi undan soʻrib olingandek edi. Ungacha universitet unga kulishi va qaygʻurishi mumkin boʻlgan qulay joy boʻlib tuyulardi. Albatta, doim kayfiyatni koʻtarishga, xursand boʻlishga va oʻz quvonchi bilan Aseelga yuqtirishga tayyor boʻlgan doʻstining yonida. Endi esa oʻquv joyi ham u uchun azobga, yangi "uy" esa haqiqiy doʻzaxga aylangan edi.
Chonguk haqidagi birgina oʻy qizning butun vujudini gʻayritabiiy sovuqlik bilan qamrab olardi.
Aseel oʻzini tushunardi, chunki Chonguk muloyimroq boʻlsa edi, balki u ham uning quchogʻida boʻshashardi, va qayerdadir hatto unga o'rganardi ham.
Boshqa tomondan…

Agar oʻylab koʻrilsa, Chon jinsiy aloqani, intimni… butunlay va toʻlaqonli faqat oʻz xotinidan xohlardi. Qiz oʻz vazifalarining yangi tomoniga hech koʻnika olmasdi, va bu qizni juda gʻazablantirardi.
Lekin Aseel oʻzi uchun bir narsani aniq hal qildi…
Har qanday holatga rozi, faqat bir necha kun oldingisi emas…
Boshqa hech qanday "chupa-chups"ga chidash yoʻq… u bilan doimgidek ko'rinishda bo'lsin, har xil jirkanchliklarda emas.

📱Jungkook: Faqat kech qolma.

📱Jungkook: Va uyga borganingda xabar ber.

Nihoyat, Aseel kitob kafe-doʻkoniga borishga ruxsat soʻragan xabariga javob oldi. Eriga yozganida, u ijobiy javobga deyarli umid qilmasdi, biroq uning bunday kichik roziligi ham qizni xursand qilmasligi mumkin emasdi. Chunki bu oʻnlab salbiy javoblar orasida bir yoki ikkita ijobiy boʻlishi mumkinligini anglatardi, yaʼni har doim urinib ko'rishi kerak.

— Kitob doʻkoniga ketyapsizmi?

Toʻsatdan Aseelni yonida Yungi paydo boʻldi. Unga o'sha juda qiziq kitobni tavsiya qilgan Yungining oʻzi.
Va oʻsha kechasi u haqida oʻylashda davom etgan oʻsha odam… faqat endi sariq sochli emas, balki qora sochli.

— Yana sizni uchratishni kutmagan edim, — dedi yana yigit Aseelni hayratiga eʼtibor bermay. — kamiga siz tavsiya qilgan kitobni muhokama qilishga menda sherik ham yoʻq edi. Demak, bu taqdirmi? — u qizning yonida yurgancha kuldi.

— Taqdir? — Aseel soʻradi, goʻyo bu soʻzni birinchi marta eshitayotgandek.
Afsuski, uning taqdiri allaqachon hal boʻlgan edi…

— Ha. Bu yuqoridan belgilangan narsa. — U barmogʻi bilan qoshlarini ko'targancha osmonga ishora qildi.

— Men buning nima ekanligini bilaman. — Aseel sekin kuldi. — Faqat nega siz buni tasodif emas, taqdir deb oʻylaganingizni tushunmayapman. Agar biz uchinchi marta uchrashganimizda, unda aniq taqdir boʻlardi…

— Agar biz uchinchi marta uchrashganimizda, bu endi taqdir emas, balki koinotning bizni koʻrinmas iplar bilan bogʻlash istagi boʻlardi… — Yungi gapini tugatmadi. U qizga qaradi va keyin sekin kuldi. — Aftidan, men koʻp kitob oʻqib yuboribman shekilli. Erkak kishi romanlardan iqtibos keltirishi yarashmaydi. — Erkak tomoq qirdi, ovozini ataylab qoʻpolroq qilib, Aseelni yana bir bor kulishiga sabab bo'ldi.

— Hech qisi yo'q. Menga hatto sizning ichingizdagi qiz ham yoqa boshladi. U chiroyli bo'lsa kerak-a? — Kulgi bilan tugallangan ritorik savol. — Menga aynan bir dugona kerak. — Xafa ohangda aytilgan tasdiq.

— Menga aynan bir dugona kerak. — Xafa ohangda aytilgan tasdiq.

— Unday boʻlsa… dugona bo'lamizmi?


Aseel boshini erkakka burdi. Avvalgidek, u… yigʻlagan koʻrinardi?

— Dugonalar? — qiz yana Yungiga ishonchsiz qarab soʻradi, Aftidan, undan hazil tuygʻusi butunlay yoʻqolgan edi.

— Do'stlar!? — erkak Aseelga jiddiyroq qarab gapini tuzatdi.

— Kechirasiz, menda unchalik koʻp vaqt yoʻq. — U erkakka soʻnggi marta qaradi, goʻyo manzilga shoshilmoqchidek. Yangi tanishi unda uygʻotgan his-tuygʻular uni xavotirga solardi. Qiz u bilan uzoqroq gaplashishni, birga sayr qilishni va unga yoqadigan koʻplab kitoblarni tavsiya qilishni xohlardi. Biroq, haqiqat butunlay boshqacha edi…

Imkoniyatlarga boy emasdi....

— Meni tuyg'ularimga ko'ra biz bir joyga ketayabmiz , — sekin gapirdi Min.
Aseel erkakning soʻzlariga oʻgirilib, rozilik bilan bosh qimirlatdi va yana undan yuzini oʻgirdi.

Yoʻl uzun emasdi. Oʻn daqiqa oʻtdi va qiz allaqachon oynaning yonidagi oxirgi stolda oʻtirardi. Aseel sezdirmasdan erkakka qaradi, u esa kirishi bilanoq kitob javonlariga borib, ularni qiziqish bilan koʻzdan kechirardi.
Aftidan, erkakni haqiqatan ham oʻqish qiziqtiradi, va Aseelga oʻz suhbatini "majburlash" niyatida emasdi.
Ogʻir xoʻrsinib, qiz oʻziga ham kitob tanlash uchun oʻrnidan turdi.
U oʻzini sabrsizligi uchun urushardi, chunki u Yungi tanlovni tugatib, oʻtirguncha kutishga qaror qilgan edi, lekin ichki istak uni u bilan yana gaplashishga undadi.

Nim uchundir bu erkak ajablanarli darajada qizni bezovta qilmaslikka harakat qilayotgandek edi…
Aseel undan bir oz masofada turdi va barmoqlari bilan yon tomondagi sarlavhalarni tekshira boshladi. Qoshlarini chimirib, u kitoblardan birini olib, varoqlay boshladi.

— Yana eski odatingizga qaytdingizmi? Shu qadar ogʻriq va azobga intilyapsizmi?

Yungining istehzoli savollari Aseelga kutilmagan boʻldi deb boʻlmasdi. Qiz erkakning oʻziga yaqinlashayotganini, u kabi javonlar boʻylab yurayotganini aniq bilardi. Aseel ataylab qaygʻuli hikoyani tanladi va muqovasini uzoq vaqt koʻzdan kechirdi, u yerda katta shriftda xangilda yozilgan sarlavha koʻzga tashlanardi. Qiz Yungi kitobning qaygʻuli syujetini oʻqiganini va bilganini umid qilardi…

Adashmadi…

— Balki… hayotimda shunchalik koʻp baxt borki, yomon boʻlish qandayligini oʻqishni istayotgandurman? — Gʻazabli quvonch Aseelning ichida tarqaldi, bu esa istalmagan tabassumni bostirishga majbur qildi.

Bostira olmadi…

— Va bu ham baxtdanmi? — Yungi begunoh tarzda Aseelning qizargan, mayda tirnalgan barmoq uchlariga ishora qildi, lekin darhol uning yuziga aytilganidan keyingi his-tuygʻularni oʻtkazib yubormaslik uchun qaradi.
Qiz kitobni tutgan qoʻlini juda keskin pastga tushirdi. Biroq, uning yuzidan tabassum yoʻqolmadi, shunchaki qandaydir sust boʻlib qoldi.

Goʻyoki erkak uni Chongukning spermasiga tasodifan tegib ketib, xonaning sovuq poliga qoʻlini isterik tarzda ishqalayotganiga guvoh boʻlgandek.

Ular oʻrtasidagi har qanday erkin suhbat birdaniga qayergadir gʻoyib boʻldi… goʻyo koʻrinmas Chonguk bu kunni ham buzib tashlagandek.

— Yaxshisi buni oling. — U Aseelning xavotirlangan koʻzlariga tikilib, biroz egildi, uning qoʻlidan kitobni olib, boshqasi bilan almashtirdi. — U har bir inson avvalo oʻzini va oʻz hayotini qadrlashi kerakligi haqida. — Uning dalda beruvchi tabassumi qizni hayratdan chiqardi. U oʻzi ham bunday kitoblarni oʻqishni yaxshi koʻrardi, ammo soʻnggi paytlarda umuman taʼsirchan hikoyalarga emas, balki boshqa narsalarga qiziqardi.

— Unda… — U qoʻlidagi narsani qattiq siqdi. — Balki bu hikoyadagi sevimli iqtibosingizni menga aytib berarsiz?

— Men chiroyli soʻzlarni yodlashda unchalik usta emasman. Biroq, agar men kitobning nomini, qahramonlarning ismlarini va syujetning maʼnosini eslab qolgan boʻlsam, demak u menga yoqqan. — Yungi bir chetga oʻtib, Aseelning oʻz joyiga oʻtishiga imkon berdi va oʻzi ham uning orqasidan bordi. — Agar menga uni varaqlashga ruxsat bersangiz, juda tez orada bir necha qatorni topib, sizga aytib beraman. Boʻladimi?

Aseel koʻylagining burmalarini tekislab, shoshilmasdan oʻtirdi, soʻngra chiroyli, yaltiroq koʻzlari bilan unga kitobni qaytardi.

— Juda minnatdor boʻlardim, — dedi u labining burchaklari titragancha.

— Unday boʻlsa, qimmatli vaqtingizni yoʻqotmaymizmi? — Yungi ikkinchi stulni tortib, oʻtirdi va darhol sahifalarni varaqlashga kirishdi, koʻzlari bilan koʻp qatorlarni koʻzdan kechirdi.
Uning nigohi diqqatli edi. Goʻyo u "ish"ga jiddiy yondashgandek. Bu Aseelni juda qiziqtirdi. Rahbarlik lavozimida ishlaydigan odamdek koʻrinadigan katta yoshli erkak, hozir uning uchun kitobdan esda qolarli jumlalarni oʻqib bermoqchi.
Uning mayda-chuydalarga jiddiy munosabati bilan qizni qiziqtirdi.

— Aftidan, men… uchun mos keladigan narsani topdim, — Yungi unga koʻzlarini koʻtardi va keyin iqtibos keltirdi:
— "…keyin u kuldi va oʻzini sevishga ruxsat berdi."

Erkak Aseelning hayratlangan koʻzlariga sinchkovlik bilan qarashda davom etdi, toki u qizargancha birinchi boʻlib nigohini chetga olmaguncha.

Va…

Kuldi…

Bu tabassumning maʼnosini umuman oʻylamasdan…

Va Min Yungi…

— Keyin u kuldi va oʻzini sevishga ruxsat berdi… — Min Yungi iqtibosni yana bir marta takrorladi, javoban kulib qoʻydi va telefonni stoldan olib, ekranini pastga qaratib qoʻydi.
Chunki Aseel kiruvchi xabarning yongan ekranini koʻrishi shart emasdi.

📱Janob Min, Akil allaqachon uyga qarab yoʻl oldi.

U albatta Akilgacha yetib boradi…

Muvaffaqiyat ehtimolini maksimal darajaga koʻtarish uchun barcha yoʻllarni ishlatadi…

~~~~~~~~~~~~

— Qayerga ketyapmiz, ota? — Jimin allaqachon oynaga qarab, qayerga ketayotganlarini tushunishga urinishdan charchagan edi.
Jimin uyga kirishga ulgurmasdanoq, otasi uni orqaga qaytardi va oʻz mashinasiga oʻtirishni buyurdi.

— Nahotki oʻgʻlim bilan dam olishga bora olmasam? — Erkak baland ovozda rulni qattiq ushlagan holda kuldi.

— Bora olasiz.. — Jimin rozi boʻlib oʻzidan tabassum chiqarishga uringancha bosh qimirlatdi, Otasining kayfiyati unga umuman yoqmasdi. Boshida butunlay boshqacha fikrlar aylanardi, va rostini aytsa, oilaviy koʻngilxushlikka umuman moyil emasdi. Biroq otasini ranjitishni ham istamasdi. — Faqat biz yangi turmush qurgan er-xotinlar emasmizki, menga syurprizlar qilsangiz ota...

Jimin yana oynaga burilib, uchib oʻtayotgan binolarga, kafelarga va doʻkonlarga sinchiklab qarashga urindi. Ammo ularning tezligi unga sinchkovlik bilan qarashga imkon bermasdi, va ular yoʻlga chiqqanlaridan beri quyosh yanada botib qorong'ulik qalinlashgan edi.


Jimin qayerga ketayotganlarini tushundi. Mashina Seul tashqarisiga chiqqanida, ularning yakuniy manzili aniq boʻldi. Uning oʻz taxmini yigitga hech qanday quvonch keltirmasdi. Ongining orqa qismida u savollariga javoblarni bilardi, ammo tasdiq olishdan qoʻrqardi.

— Biz allaqachon yetib keldik. — Janob Park norozi holda oʻgʻliga qaradi.
Erkak mashinani eski, uzoq vaqtdan beri taʼmirlanmagan binoning yoniga ehtiyotkorlik bilan qoʻydi. Derazalari qalin parda bilan yopilgan edi. Shunday qilib, hech bir nur ular orqali oʻtmas edi.
Jiminning kaftlari sezilarli darajada terladi, u oʻz taxminlarida adashmaganini tushungandi.
Buruniga baliq va dengiz hidi urildi.
Ular ketayotgan binodan koʻrinadigan masofada faqatgina kamdan-kam turar-joy binolari koʻzga tashlanardi. Ularda, albatta, boshqa joyga koʻchib oʻtish imkoniyati boʻlmagan oilalar yashardi. Bu tashlandiq tuman edi, hukumat u yerga kirishni afzal koʻrmasdi.
Atrofda yolgʻiz turgan eski qayiqlar va baliqchilar tomonidan kechqurun qoldirilgan baliq ovlash toʻrlari koʻrinardi.
Yigit jim turib otasining ortidan eskirgan devorli koridor boʻylab yurdi. Oyoq ostidagi taxtalar gʻijirlab, bu joyning jirkanchligini isbotlagandek edi.

— Dada, biz bu yerda nima qilamiz? — U buni soʻraganida yolgʻon gapirmadi. Yigit ota-onasining uni eng past darajadagi fohishaxonaga olib kelishi sababini chin dildan tushunmasdi.
Janob Chonning odamlari safiga kirganida, Jimin bunday joylarni saqlashning maʼnosini tushuna olmasdi, chunki ular eski edi va normal pul toʻlay olmaydiganlar uchun moʻljallangan edi. Ammo Seokjin unga ularning biznesining butun mohiyatini tushuntirdi. Qisqacha va aniq: fohishalarga boʻlgan talab jamiyatning barcha qatlamlarida mavjud.
Savolga javob berish oʻrniga, erkak eshikni ochib xonaga kirdi. Jiminning nigohi toza boʻlmagan choyshabli va qandaydir dogʻli krovatga tushdi. Sasigan hid buruniga urilib, yuzini burishtirishga majbur qildi. Boshida faqat bir fikr aylanardi - odamlar bunday joyda qanday qilib jinsiy aloqa qilishi mumkin? Aftidan, u buni chin dildan tushunmasdi.

— Bilasizmi, dada siz bilan bunday joyga kelishni kutmagan edim. — Jiminning kulgisi biroz asabiy chiqdi.
Janob Parkning yuzi jiddiylashdi. U jiletining ichki choʻntagidan telefonini chiqarib, qulog'iga tutib, xona boʻylab yurdi.

— Olib kelinglar! , — trubkaga qisqa buyruq berdi, soʻng erkak burchakda turgan stulga yaqinlashib, choʻntagidan oppoq roʻmolcha chiqardi. Bir oz yuzini burishtirib, stul yuzasini artdi va unga oʻtirdi. — Syurpriz, oʻgʻlim, — goʻyo boʻshliqqa gapirgandek dedi otasi.

Otasidan farqli oʻlaroq, Jimin hech qayerga oʻtirmadi. U bunday iflos xonada turishdan ham jirkanardi, "mebel" buyumlariga tegishdan esa umuman.
Oʻn daqiqa hayajonli kutishdan soʻng, xonaning eshigi ochilib, yoshiga mos kelmaydigan yirtiq jinsi va katak koʻylakda kiyingan boʻyi pastroq erkak kirdi. Soqoli uning koʻrinishiga yanada qoʻpollik bagʻishlardi, va u qattiq chaynayotgan saqich ovozidan Jimin unga tupurgisi keldi.
Nomaʼlum kishi qoʻlini uzatib, ichkariga sochlari butunlay yuzini yopgan qizni tortib olib kirdi. Keskin turtilishdan u muvozanatini yoʻqotib, Jiminning oyoqlariga yiqildi. Yoki, boshidanoq aynan shunday qilish o'ylangan edi…

Qiz tizzalab oʻtirardi, qoʻllari esa oyoqlari ustida. Boshini jonsiz holatda yerga egib olgan edi.
Yigit nima boʻlayotganini tushunishga urinib, undan otasiga xayron boʻlib qaradi. Xavotir toʻlqin kabi Jiminni qamrab olgandi.

— Bu sening sovg‘ang. Och uni, Jimin, — dedi janob Park hech qanday hissiyotsiz. O‘g‘lining sarosimaga tushganini ko‘rgach, u bir kishiga ishora qildi. Haligi kishi qizning oldiga shoshilib borib, uning iyagini qo‘pol ravishda ushlab, boshini ko‘tardi va yuzidagi sochlarini chetga oldi.

Oʻsha qiz, u "Utopiya"da fohisha boʻlishdan qutqarishga qaror qilgan qiz, pilonda raqs tushish unga yaxshiroq taqdir boʻladi deb oʻylagan edi… endi esa u Jimin sabab unga butunlay boʻsh nigoh bilan qarardi.
U qizning bunday taqdiriga sababchi boʻlganini tushundi… uni fohisha hayotidan qutqarishni, hech boʻlmaganda jirkanch nomardlar bilan toʻshakda yotmaslik imkoniyatini berishni xohlagandi…

…lekin u faqatgina unga yomonlik qildi.

Janob Park uni oʻzlarining insoniyatsiz oʻyinlarida almashish vositasiga aylantirdi. Qiz otasining oʻgʻlini jazolash "imkoniyati"ga aylandi.

— Dada… — yigit qiyinchilik bilan aytdi. Jimin qizdan koʻzini uzolmasdi.
Yana bir ozdan soʻng janob Park oʻgʻlining koʻzlarida oʻz otasiga nisbatan hafsalasi pir boʻlganini va oʻziga nisbatan nafratni payqashi mumkin edi.

— Uning bokiraligi hatto bu joyda ham yaxshi pulga sotildi. — Janob Park qoʻli bilan atrofni koʻrsatdi, soʻngra boshini qimirlatib, erkakka xonani tark etishni buyurdi.

Jimin aybdor nigohini pastga tushirdi. Yuzi ogʻriq va vijdon azoblari bilan burishdi.
Agar u tizimga qarshi borishga qaror qilmaganida edi… agar faqat…

Qizning labi yaqinidagi kichik yarani oʻz qoʻli bilan tuzatishni, chakkasidagi yangi koʻkargan joyga barmoqlarini yugurtirishni xohlardi…

Jimin uni yoniga qanday qilib otasi jaxl bilan kelib qizni itarib yuborgancha oʻgʻlining yoqasidan ushlab olganini sezmay ham qoldi.

— Balki yana yigʻlab ham berarsan?! Bizni qanday xavf ostiga qoʻyayotganingni tushunyabsanmi?! — Har bir savolida erkak uni silkitar, gʻazabini bosolmay, tupuk sachratardi.

— "Kim"larga birgina xato uchun nima boʻlganini eslataymi?! Xuddi shunday boʻlishini xohlaysanmi?! Oʻz otangni oʻldirishni xohlaysanmi yoki men oʻgʻlimni oʻldirishimnimi?! Men hozirgi hayoting uchun nima ishlarga borganimni tasavvur ham qila olmaysan!

Uning har bir aytgan soʻzidan Jiminni yuzi yanada koʻproq burishardi, ammo uning changalidan qutulishga urinmasdi.

— Qandaydir fohishaga rahm-shafqat qilib, butun oilani xavf ostiga qoʻyishga qaror qildingmi?! Singling sening zaifliging tufayli azob chekishi mumkin edi! Va uni kim qutqarardi?! Otasining soʻziga hech qachon quloq solmaydigan Chongukmi?! Qoʻllari oʻz ota-onasining qoniga botgan Taehyungmi Xoʻjaynining sodiq iti boʻlgan Seokjin-mi?! Yoki kompaniyaning bir guruh "askarlari"mi?!

— Aynan Djimin haqidagi oʻylar meni bu zaiflikka undadi dada… — Jimin lablarini chimirdi va nihoyat otasining qoʻllarini oʻzidan tortib olib uni biroz itardi — Bu qizning oʻrnida singlim boʻlishi mumkinligini tasavvur qilsam…

Janob Park oʻgʻliga achinish bilan qaradi. Nafas olishini tiklashga harakat qildi. Aftidan, erkak biroz tinchlangandi.

— Aynan sen sabab u ham shunday boʻlishi mumkin edi… — deb uning soʻzlarining butun dahshatli maʼnosi aslida qanday ekanini Jimin tushunishi uchun taʼkidlagancha dedi.

— Men adashdim, dada, lekin u… — Yigit otasi uni jazolash uchun boshqa, insoniyroq va shafqatliroq usulni tanlashi mumkinligini aytmoqchi edi, lekin oʻz vaqtida tilini tishlab oldi.

— Ha, aytgancha yana shuni unutma-ki Satomi mening foxisham va u menga hisobot beradi.

Yigit bir soniya toʻxtab qoldi. Yapon ayoli otasiga hamma narsa haqida batafsil hisobot beradimi yoki…
…yoki biror narsani parda ortida qoldiradimi?.. Axir Jiminning nafaqat unda siri bor…

— Satomi mening buyrugʻimga boʻysunmadi, dada!

— Unda uni buning uchun jazola! , — erkak qisqa rozilik berdi.

Hatto yapon ayoli uning himoyasi ostida boʻlsa ham, u fohishasini oʻgʻlini maqomini mensimasligiga yoʻl qoʻymaydi. Bu shafqatsiz aylana boʻlsa ham…

— Yaxshi.

— Kimoshdi savdosigacha boshqa fohishani olib kelishadi. Men bu haqda o'ylab qo'yganman. — Erkak allaqachon chiqish tomon yoʻl olgandi.

— Endi bilasan, sening bitta notoʻgʻri qaroring qaygʻuli oqibatlarga olib kelishini. Agar sen bu qizni "Utopiya"da qoldirganingda, u kuniga oʻnta och erkak bilan jinsiy aloqa qilmasdi. Ha, yana… qandaydir bokira qiz oʻz qizligini sevgilisi uchun to'ygacha saqlardi, tasodifan kimoshdi savdosiga tutib keltirilmasdi. — U yelkasini qisdi, goʻyo aytganlari odatiy narsa boʻlgandek.

Jiminning ichidagi hamma narsa otasining bunday shafqatsiz soʻzlaridan agʻdar-toʻntar boʻldi. U qizga afsuslangandek qaradi, tishlarini gʻijirlatdi va orqasiga qaramay chiqib ketdi.

Afsus kabi tuyg'u Jiminning koʻzlarida muzlab qoldi.
Uning quyoshi… uning Syuini… bir vaqtlar xuddi shunday oʻtirardi, fohishaxonadagi hamma atrofdagilarga qoʻrquv bilan qarab turardi. Jimin uzatgan qoʻlini isterik tarzda itarardi… ruhan sindirilgan va zaif edi.
U qul bo'lganini tushunish uchun xitoylik qizga bir marta qarashni o'zi kifoya qilgandi. Jimin juda nozik boʻlgan bu qizning allaqachon buzilgan psixikasini oxirigacha buzadiganlar bilan ya'ni bordeldagi mijozlar bilan yashata olmasdi, va u uni "Utopiya"da daxlsiz qildi. Oʻzi uchun…

Syuining ruhini, yuragini va tanasini qoldiqlarini saqlab qolish uchun...

Faqatgina oʻz his-tuygʻularini anglaganidan soʻng u qanchalik yuragiga chuqur kirganini tushundi...

Faqatgina uni sotqin Tzining qizi ekanligini bilganidan keyin…

Faqatgina hamma narsadan soʻng u doʻstlari kimni oyoq osti qilganini tushundi…

Afsuski, bu qoʻrquvga to'la yuzni xotirasidan oʻchirib tashlash uchun juda kech edi.

~~~~~~~~~~~~~~

— Nega Jimin kelmadi? — Chonguk baland ovozda soʻradi.

— Goʻyo bizning nafis jayronimiz doim bandligini bilmaysan. — Kimga kinoyali yuz ifodasini saqlab qolish qiyin edi, shu bilan birga ovozi klubdagi har qachongidan balandroq musiqani bosib oʻtishga urinardi.

— Lekin uning singlisi shu yerda. Boshidan o'tganlari unga hecham saboq bo'lmabti — Chonguk stakandagi alkogolni ichgancha kuldi.

Taehyung va Seokjin Chonning nima deganini eshitmadilar, lekin uning nigohiga qarab, kim haqida gapirayotganini tushundilar.

— Kichkina Park… — Te yaramas tabassum bilan olomon orasidan oʻtayotgan qizga qaradi. U quvonchdan porlayotganini aytish qiyin edi, lekin mast boʻlib qolgani aniq sezilardi. — Men hozir. — Doʻstlarining kompaniyasini tark etishdan oldin, yigit Djiminni koʻzdan qochirmasdan, viskidan katta qultum ichdi va qizni oldiga qarab yoʻl oldi.

Park yaqin orada klubga borishni rejalashtirmagandi, u yer unga unchalik yoqimli boʻlmagan xotiralar bilan bogʻliq edi, lekin kursdoshlarining koʻp undashlaridan keyin rozi bo'ldi. Va bu yerda boʻlganida, koʻngilxushlik muhitiga, umumiy his-tuygʻularga qoʻshilmaslik qiyin edi. Shuning uchun, barga yetib borganida, u yana bir ichimlik buyurtma qildi, garchi oʻziga yetarli ekanligini his qilsa ham.
Qizning kayfiyati soʻnggi paytlarda juda past edi. Nihoyat akasiga qilmishi haqida tan olganida, yelkasidan ogʻir yuk tushgandek boʻldi. Biroq, Djiminning gʻazabi Aseelni koʻrishi bilanoq hali ham qaynardi…

U qayerdan keldi?.. Djimin uchun odatiy dunyoni qanday qilib buzishga muvaffaq boʻldi?..


Bu savollarning barchasi sobiq doʻstiga qarashi bilanoq qizning miyasidan chiqmasdi.

— Bu kecha uchun bunday kamtarin ko'ylakni tanladingmi? Nima Kichkina Djiminga aql kirib boryaptimi? — Taehyung kaftini uning bo'yniga qo'ygancha qizning qulogʻiga shivirladi.


Qiz kutilmagan teginishdan titradi, lekin Taehyung yoniga oʻtirishi bilanoq norozi holda koʻzlarini yumdi. U yigitni o'zini Chongukka halaqit qilmasligi uchun qizlarni juftlik uchrashuvlaridan olib ketganligi uchun kechira olmasdi.

— Nega jimsan? — yaqinroq kelib, musiqa orasidan baqirmaslik uchun soʻradi u.

— Meni sen bilan gaplashishim yoqimsiz ekanligini koʻrmayapsanmi?
— Djiminning qoshlari savol bilan koʻtarildi, lekin ofitsiant uning oldiga kokteyl qoʻyganida yuzi yana o'zgardi.

— Lekin spirtli ichimliklar esa senga yoqimsiz emas… — Taehyung labini yalab, qizning oldidagi stakanga bosh qimirlatdi, soʻng katta tabassum bilan qoʻshdi: — Mastsan — U Djiminning ogʻziga yetib ulgurmagan kokteylni tortib oldi.
Qizning norozi qichqiriqlariga eʼtibor bermay, bir necha qultum ichdi. Taehyung bosh barmogʻi bilan labining burchaklaridagi tomchilarni sekin artdi va shu barmoqni qizning lablari boʻylab surdi.

Sekinlik bilan… uning hayratidan zavqlangancha..

Goʻyo sehrlangandek Djimin yigitning koʻzlariga tikildi, ammo uning nigohi uning lablariga tushdi…

Taehyung qoʻlini qizning yuzidan olib tashladi, shundan soʻng qiz beixtiyor oʻz lablarini yalab qoʻydi.

Unga shu kifoya edi…

Kim oʻrnidan turdi va qizning qoʻlini oʻz qoʻliga oldi. Yigit qizni koʻzlariga tikildi, goʻyo oʻzining telbalik parchasini unga uzatmoqchi boʻlgandek.

— Kettik… — uni oʻziga tortib, stuldan turishga majbur qilishdan oldin u faqat shu soʻzni aytdi,

Va u uning ortidan borishga tayyor edi…

Garchi aqli alkogol bilan tumanlangan boʻlsa ham, Djimin kimning oldida turganini yaxshi bilardi. Kim Taehyung - akasining doʻsti va bolalikdan tanigan yigiti…


Biroq oʻsha alkogol uni unga boshqacha qarashga majbur qildi. U yigitga hohish bilan qaradi… orzu qilingandek....

U hohlayotgan erkak...

Djimin atrofdagi voqealarni sezmasdi. Nigohi faqat Taehyungning orqasiga qadalgan edi, u raqsga tushayotgan olomonni itarib, ular orasidan oʻtib borardi. Shu bilan birga, qizning bilagi atrofidagi changal qattiqlashardi, bu Parkning toʻxtamasligi va uning ortidan borishdan qaytmasligini kafolati edi.

Boʻsh qoʻli bilan Taehyung erkaklar hojatxonasining eshigini ochdi. Begonalarning borligiga eʼtibor bermadi. Ularning noroziliklariga esa umuman. Djiminni hojatxona eshigiga itarganda qiz boshini ogʻritib urib olgan boʻlsa ham, bir ogʻiz soʻz aytmadi, hatto qichqirmadi ham. U istagan narsani qilishiga ruxsat berishga tayyor edi…

Oʻsha hodisadan soʻng, mashinada Kim Taehyungning uddaburon tili uning yuziga tegib oʻtganida... Djimin buni yodidan chiqara olmagandi...

Uning tili o'shanda qandayin nam iz qoldirgan edi…

U yana buni xohlardi…

Hayollarida, dushda, krovatda… hatto oʻzini qondirayotganda ham u haqida oʻylab miyasida tasvirlar aylanardi.
Avvaliga bu laʼnati Kim Taehyung haqidagi fikrlarni haydab yuborishga harakat qildi, miyasini Chongukga va sotqin Aseelga nisbatan gʻazab va nafratga toʻldirishga qaratdi. Biroq, ikkisi turmush qurgan "kabutar"larga boʻlgan nafrat yetarli bo'lmadi, shuning uchun u oʻz otasini ham bu qora roʻyxatga kiritishga qaror qildi.

Ammo barchasi behuda edi…

Aqli butunlay Kimning boshqaruvida edi...

— Menga nimalar qila olishingni koʻrsat, kichkintoyim Djimin… — quloqqa xirillagan shivirlash yetib borishi bilan qiz shundoq ham issib ketgan edi, lekin Taehyungning soʻzlaridan soʻng u terlab ketdi.

Hamma joyi…

Namlanayotganini his qilardi...

Bir nechta yigit nima boʻlayotganini tushunishdi, shuning uchun kulib va qiziqish bilan qarab, tez orada hojatxonani tark etishdi.
Taehyungning qoʻllari qizning ko'ylagini ishonch bilan koʻtarib, ishtahali sonlarini ochib tashladi.
Djimin sabrsizlik bilan yigitni oʻziga yaqin tortib kiyimiga yopishdi.


U sukut saqlab, koʻproq harakat qilishini istadi…

Shuning uchun yigit o'ylab ham o'tirmay qizning lablariga yopishdi, tishladi, hatto ogʻriqli bo'lishi mumkinligini oʻylamadi ham.
U uni klubning iflos hojatxonasida, bir paytlar nomaʼlum bir nomard tomonidan boshlangan ishni tugatmoqchidek edi. Oʻsha yaramas beliga shpilka sanchilmaguncha faqatgina kirgaza olgan edi holos.

Taehyung oʻz xayollariga beixtiyor kuldi...

U qizni yumaloq orqa*sini qoʻllari bilan ezg'ilagancha qizning ogʻzini tili bilan oʻrganardi, xayolan oʻz fantaziyalarida uchardi. Taehyung Djiminning eshik dastagiga intilganini, uni ochganini sezmay qoldi ham, shunda ular kabinaga kirishdi.
Qizning oʻzini tiyish istagi juda kam edi, Taehyung aksincha qizdan farqli oʻlaroq undan uzoqlashib, tinch turdi va faqat tili bilan oʻz lablarini tishladi. Parklarning kichkina qizchasi tashabbusni oʻz qoʻliga olganini kuzatayotgandi.

Qizning chaqqon barmoqlari yigitning kamari ustiga kelib yechishga urinayotganidan Taehyung jilmayib boshini biroz ortga tashladi.

Zavqdan ko'zlari suzilib ketdi...

Va Kichkina Parkni uning aʼzosini oʻzi shaxsan ozod qilayotganini anglaganidan zavqlandi…

Huddi och qolgandek qizni o'zi kiyimidan ozod qildi…

Uning aʼzosiga och qolgandek...

~~~~~~~~~~~

Seokjin Chonguk bilan suhbatdan chalgʻimasdan, shimining kamariga tegayotgan foxishaning kaftini olib tashladi.
Yana bir bor erkakning "sharafini himoya qilish" urinishlaridan kulimsirab, Sudjon olov bilan oʻynashmaslikka qaror qildi va boshini uning yelkasiga qoʻydi. Biroq, qiz barmoqlari bilan Seokjinning koʻkrak qafasiga naqshlar chizishda davom etdi.


— Sudjon, aftidan, bizlarni adashtirib yubording chog'i? — Kim norozi holda unga qaradi, lekin uning qoʻlini olib tashlamadi. — Va doim adashtirasan shekilli, shundaymi?

— Taehyung qayergadir gʻoyib boʻldi, — lablarini burib gapirdi Sudjon.

Albatta, uning xafa boʻlib koʻrinishga urinishlari stolda oʻtirganlarni faqat kuldirardi.

— Va shuning uchun sen hyonni Te ni o'rniga ajoyib variant deb o'ylayabsanmi? — Chonguk kuldi, zalni koʻzdan kechirdi, ammo doʻstining tanish yuzi hech qayerda koʻrinmasdi.

— Taehyung bunga qarshi boʻlmaydi. — ruhlanib, Sudjon gavdasini ko'tardi va lablari bilan Seokjinning boʻyniga tegdi.

— Men esa qarshi boʻlaman. — baland musiqa orasidan baqirishga ham urunmay erkak sabr bilan Sudjonni oʻzidan itardi. — Bor, yaxshisi raqsga tush.

—Ahhhh, Seokjin oʻzingni sodda qilib koʻrsatishni bas qilsangchi. Hammamiz bilamiz, seni qizlarni e'tiboriga qarshi emasligingni. — Rad etilganidan xafa boʻlgan qiz erkakka kinoya qila boshladi.

— Men qizlarni e'tiboriga qarshi emasman, lekin senga qarshiman.

Endi Sudjonning lablari umuman soxta emas, balki haqiqiy norozilikdan burildi. Chonguk va Seokjinni gʻazabli nigoh bilan kuzatib, u ularni uning fikricha "zerikarli", doirasini tark etdi.
Yigitlar qizning "effektli" ketishiga umuman eʼtibor bermadilar ham. Toʻxtab qolgan suhbatlarini davom ettirishdi, toki…

— Qizlar bilan bunday munosabatda boʻlish yaxshi emas, Jin-niiii...

…toki ularni yana toʻxtatmagunlaricha. Bu safar, afsuski, Taehyungning foxishasi emas.

Min Yungining shaxsan o'zi stol yonida turardi. Ularga ishonchli nigoh bilan yuqoridan pastga qarardi. Goʻyo ular uning hududiga kirib kelgandek…
Qarshisidagi hayratlangan qiyofalarga eʼtibor bermay, erkak oʻng va chap tomonida turgan ikki tansoqchisiga bosh qimirlatdi va oʻzi ham charm divanga oʻtirdi.

— Min Yungi?.. — Dushmanning ularning uyasida paydo boʻlishini kutmagan Chonguk, hayratdan ochilib qolgan ogʻzini yopishga urindi.
Albatta, u yigitni tanidi. Oxirgi marta uni shunchalik yaqindan bir necha yil oldin koʻrgan boʻlsa ham. Min Yungining tasviri uning boshida yorqin saqlanib qolgan edi, uni bir vaqtlar "WINGS" kompaniyasining vorisi deb hisoblashgan ham edi.

— Sen ulgʻayibsan, Chongukki. Rosa katta boʻlibsan. Endi erka boshingni barmoqlaring bilan qashlamayabsan deb umid qilaman.. — lablarini "chinakam" tabassum bilan choʻzib, zerikarli ohangda dedi Yungi. U viski shishasiga qo'l uzatdi va uni ochib, toza stakanga quydi.

— Meni boshimni endi faqat tyolkalar uqalaydi, — Chonguk qoʻpol tarzda gapini go'yoki tupurgancha gapirdi. Butun vujudida kutilmagan mehmoniga nisbatan nafratini izhor qilgandek— Yaramas!...

Yungi koʻzlarini biroz siqdi, yuzidan esa tabassum ketmadi. Oʻz kuchini va soʻzlarini juda katta "ego"dan aziyat chekayotgan yigitga sarflash niyatida emasdi.

— Nega bizning Jin-nii sukut saqlayapti? — Yungi stakanni qoʻlida aylantira boshladi, uni aylanma harakatlar bilan harakatga keltirib, alkogolni stakanda chayqalishga majbur qildi. — Qizlarga yomon munosabatda boʻladi... eski doʻstlarini kutib olmaydi… — U tili bilan norozi tovush chiqardi — Butunlay o'zligidan ketibti...

— Min Yungi… — Seokjin nihoyat ovoz chiqardi. Gavdasini ko'tarib, jiddiy yuz ifodasini saqlab qoldi va u bilan hazil qilmoqchi emasligini koʻrsatmoqchi edi. — Bilasan, agar biz senga bu yerda joy yoʻq deb aytsak bu ikki qo'riqching ham yordam bera olmaydi?

— Nega bunchalar mehmondoʻst emassan Jin-niii? Tan olishim kerak, hayratda qoldim. Doim aqilli va muloyim bo'lgan Seokjin asabiylashyaptimi?

— Adashyapsan! . Men shunchaki bu joyda… seni koʻrishdan ajablandim. — Bu soʻzlarda Seokjinning ustki labining burchagi titrab ketdi.
Yungi bir daqiqa oʻtirdi keyin esa kulib suhbatdoshlariga oʻzining mutlaq xotirjamligi bilan bosim oʻtkazdi. Klub xavfsizlik xodimlariga va shu bilan birga "WINGS" kompaniyasi odamlariga Chongukning qilgan ishorasini sezganda esa erkak tugatmagan viski stakanini stolga qoʻydi.

— Tinchlan, kichkintoy — U oʻrnidan turdi, aynan oʻsha paytda Taehyung stolga qaytib keldi.
Kimni hayratga solish kamdan-kam boʻlardi, lekin Yungini koʻrganida, uning yuzi aynan shuni aks ettirardi.

— Bu axlat bu yerda nima qilayapti? — u norozi holda soʻradi.

— Bu axlat sen bilan salomlashgani keldi, — dedi Yungi, koʻzlaridagi kulgilarini yashirmay. — Va bu axlat agar sen kabi harakat qilganida, balki shu stolda oʻtirgan boʻlardi… — Yungi Taehyungning yelkasiga urdi, soʻngra uning qulogʻiga egilib, pichirladi: — Sen kabi oʻz otasini oʻldirganida!

Taehyung oʻziga nisbatan bunday soʻzlarni eshitishga qanchalik oʻrgangan boʻlsa ham, aynan dushmanidan bu juda masxarali ohangda eshitilardi. Goʻyo Taehyungning qilmishi uning arzimas hayotidagi eng absurd narsadek edi.

— Balki qoʻriqchilar seni tashqariga uloqtirmaslaridan oldin bu yerdan yoʻqolarsan? . — Chonguk bosh qimirlatib, istalgan vaqtda ularning stoliga tashlanishga tayyor turgan qoʻriqchilarga ishora qildi.

— Ha, aytgancha, esimdan chiqay debti... — Yungi bir qadam tashlab, zinapoyadan tushdi va Chongukga oʻgirildi. — Umid qilamanki, xotiningni kuygan joyi endi ogʻrimayabdi? Ishonchim komil, Jin-niii uni yaralarini davolashga yordam bera olgan. Sen bu haqda albatta oʻylab koʻr…

Yungi qoʻl silkidi. U soʻzlarining taʼsiridan mamnun edi. Axir, barcha o'tirganlar "birdaniga" Seokjinga oʻgirilishdi, u esa oʻz navbatida boʻshliqqa tikilgancha, stakanidan ichardi.

Yungi ketishi bilanoq, Chonguk boshini yon tomonga egib, aytilganlarning maʼnosini tushunishga harakat qildi.

— Nima demoqchi bo'ldi u la'nati..?— deb qoshlarini chimirib dedi Chon.

— Aftidan, doʻstim, biz sening musulmon qizing haqida hech narsa bilmaymiz…

— Sen hozir sabrsiz boshingda Aseelni ayblashni boshlashingdan oldin, aytib qo'yay - u fohisha emas. Va keyin… agar meni eshitib oʻzingda chiday olishga kuch topa olsanggina- men sen bilan gaplashaman, — Seokjin oʻzining xuddi oʻsha xotirjamligi bilan qaynab portlashga tayyor turgan doʻstiga qarab dedi. Chongukning boshidagi boʻronni toʻxtatish uchun ataylab qoʻpol soʻzlarda gapirdi.

Asosiysi, oʻz ruhida urush hukmronlik qilayotganini koʻrsatmaslik.

To be continued.....

Avtor: Bu fanfik muallifligi menga tegishli emas. Bu tarjima fanfik ekanligini unutmang!