PATIENVICE 6-QISM
— Nega har bir shovqindan cho‘chib tushyapsan, Aseel? — Abha qizi tomon shubha bilan qaradi, qiz esa onasining teginishidan juda keskin yelkasini tortib oldi.
— Shunchaki sizni kelganingizni sezmay qolibman, — dedi qizi yupqa non bo‘lagiga sariyog‘ surtarkan.
Aseel onasini tashvishga solmoqchi emasdi. Ayol juda ta’sirchan va sezgir. U o‘zini ayblay boshlaydi, qo‘rqib ketadi va butunlay uxlamay qo‘yadi. Ustiga-ustak hammasini Akilga aytadi, u esa buning evaziga uning erkin harakatlanish imkoniyatini butunlay yo‘qqa chiqaradi. Buni bardosh bilan yengib o‘tish kerak... hammasi o‘z iziga tushadi va avvalgidek bo‘ladi — hech qanday Chonguk ham, uning teginishlari ham bo‘lmagan paytdagidek.
Kechagi voqeadan keyin Aseel zo‘rg‘a o‘ziga keldi. U xonasiga ham kirmadi — darrov onasining bag‘riga bosh urdi., va yoqimli hotirjamlikni his qildi. Onasi bilan hech qanday qo‘rquv yo‘q, quchog'i ishonchli va iliq edi.
— Mana, yana ol. — Abha qiziga yana bir nechta non bo‘lagini uzatdi. — Hammasini yeb bo‘lmaguningcha chiqib ketma! Darsga kech qolish och qoringa qaraganda unchalik dahshatli emas! — U norozilik bilan yuzini burishtirib, qizining yoniga o‘tirdi.
— Och qorinni universitetda ham to‘ldirsa bo‘ladi, lekin kechikish reyting daftarchamda aks etadi, ona, — dedi Aseel, nonni tishlab choydan bir ho‘plab icharkan.
— Unda ertaroq tur, kech qolmaslik uchun! — ayol muloyim tanbeh berishda davom etdi.
— Bo‘ldi, ona, ertadan albatta turaman, lekin hozir ketishim kerak. — Aseel stuldan turdi va onasining yuzidan o‘pdi. — Kechgacha hayr onajon.
— Ha, bilaman men seni «ertadan» degan oxiri yo'q va’dalaringni. Qachon keladi o‘sha «ertang»?! — dedi Abha qiziga qarab. — Va umuman, necha marta aytaman, yurib ketayotib chaynama deb?!
Qizining orqasidan eshik yopildi, Abha esa o‘ylariga g‘arq bo‘ldi. Aseel bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng, ayol endi tushuna boshlagandi: qizi bu yerliklar orasida yashashga juda bog'lanib qolgan. U birgina shu fikrning o'zidan titrab ketardi. Aseel yuragini begona odamlarga, ularning jamoasidan bo‘lmagan kishiga berib qo‘ysa-chi?! Faqat Abha bilmasdiki qizining yuragini kimdir allaqachon kuch bilan yulib olayotganini.
Aseel yelkasidagi katta sumkasini tuzatdi, kitoblar ko‘pligidan u har doim sirg‘alib tushardi. Endi oddiy ryukzakni olmagani uchun afsuslana boshladi. O‘quv kampusi oldida qadamini sekinlatdi, qo‘lini tonggi quyosh nurlariga ko‘tardi. Sleyv-braslet tong nurlarida yoqimli chaqnab turardi. Amakisi safardan keltirgan bu sovg‘a Aseelga yoqqandi. Bilagiga taqilgan bu uzuk va zanjir bilan bog‘langan nozik braslet qizning yuzida qoniqarli tabassum uyg‘otdi. Seulda bunday narsani topish deyarli imkonsiz edi, shuning uchun u Akilga chin dildan minnatdorchilik bildirgandi.
Chongukning kutilmagan ovozi darrov Aseel yuzidagi tabassumni o‘chirdi. Qiz orqasiga qaramadi, faqat darvozadan o‘tib olishga shoshildi.
— Ey! Men seni sog‘indim deb kelyapman! Seni ko'rish uchungina erta turdim! — yigit chindan xafa ko‘rindi. — Qayerga shoshilyapsan?!
— Tez orada darslarim boshlanadi! — Aseel qadamini tezlashtirdi, atrofda quyosh charaqlab turgani va talabalar ko‘pligi uni biroz dadil qilardi. Qanday bo‘lmasin, bu unga jasorat va himoya hissini berardi.
— Menda senga syurpriz bor edi aslida… — U qizning bilagidan ushlab, uni o‘girilishga majbur qildi va jaxl bilan gapirdi — Men gapiryotganimda yuzimga qaragin!
— Qarayapman, faqat tegma. — Aseel to‘liq yuzlanib yigit tarafga o'girildi, qo‘lini tortib oldi va yengini barmoq uchigacha tushirdi.
— Axir sen menikisan, xohlagan paytim va xohlagan joyimda senga tegishim mumkin, — dedi Chonguk o‘zining mag‘rur tabassumini yashirmay. U Aseelga diqqat bilan qarab turardi. Seokjin bilan allaqachon muhokama qilingan rejani amalga oshirishga sabrsizlanardi. Otasini bu taklifga ko‘ndirishning yo‘lini Seokjin topadi, bunga u ishonardi.
— Tez orada sen Chon Aseel bo‘lasan. Bilaman unchalik chiroyli eshitilmayabti lekin menga buni farqi yo'q — dedi yigit qo‘l siltab.
— Chonguk, men senga bir narsani tushuntirmoqchiman, — ehtiyotkorlik bilan gap boshladi Aseel, so‘zlarini muloyim va tushunarli yetkazishga harakat qilib. — Bunday tutish mumkin emas. Ruxsatsiz ushlash, ta’qib qilish, tun yarimida uyning oldiga kelish, bularning barchasi noto‘g‘ri. Tushunyapsanmi? Men...
— Endi menga aql o‘rgatmoqchimisan? — Chonguk oldinga qadam tashladi , Aseel esa orqaga chekina boshladi. — Endi esa meni yaxshilab eshit qizaloq. O‘ylab ko‘r, men senga qanchalik yumshoq munosabatda bo‘lyatganimni? — Yigit yaqinlasha boshladi, uning so‘zlarida tahdid va sabrsizlik sezilib turardi. U barmog‘i bilan Aseelni ko‘kragiga ishora qilib davom etdi: — Men seni o'sha kuniyoq mashinada zo‘rlashim mumkin edi va hech kim menga bu ishim uchun hech nima deya olmasdi. Ammo ko‘ryapsan-ku, sen bilan men qanday yumshoqligimini!
— O‘zingni har narsaga qodirdek ko'rsatma ! — Aseelni sabr kosasi ham to‘ldi. Bu yigit o'zini kim deb o‘ylaydi ? Boy bo‘lsa ham, bu narsa unga hech kimni tahqirlash huquqini bermaydi. — Sen menga hech kim emasan! Shunday ekan meni tinch qo'y!
Aseel orqasiga o‘girilmoqchi bo‘ldi, lekin Chonguk uning yelkasidagi sumkasini tortib oldi. Aseel bunday harakatni kutmagandi, sumka qo‘lidan tushib ketdi. Asfaltga daftaru qalamlar, kitoblar sochilib ketdi.
— Menga qara Suchka, men senga hozircha darsga borishga ruxsat beraman. Lekin, agar darslaringdan keyin menga sms yozmasang, qasam ichaman afsuslanasan! — U oyoq ostidagi kitobni oyoq kiyimi uchida tepib yubordi. Har bir harakati bilan Aseelga ustunligini ko‘rsatmoqchi edi. U Aseelda paydo bo‘layotgan jasoratini yo'q qilmoqchi edi. — Endi esa yo‘qol!
Aseel titroq qo‘llari bilan narsalarni yig‘ishni boshladi, nima yig'ayotganini ham ajrata olmay, ba’zida tosh, ba’zida daftarlarini sumkaga tashlardi. Lekin bir narsani aniq olib ketdi, bu hayvoniy qo‘rquv edi.
U ortiga qaramay kampus tomonga yugurdi. Chongukning qorong‘i ko‘zlariga qarashdan, u yerda o‘zining qayg‘uli kelajagini ko‘rishdan qo‘rqdi. Uning kaftlari iflos edi, xuddi yuragi singari. Chunki Chonguk hayotiga kirguncha u hech qachon bunday hissiy sinovdan o‘tmagan edi.
Yigit esa Aseelning orqasidan darvoza ortida ko‘zdan yo‘qolguncha qarab qoldi. So‘ngra nigohi o‘zi tepib yuborgan kitobga tushdi — Aseel uni olib ketishga ulgurmagan edi. Uning yonida bir nechta ruchkalar yotardi.
Chonguk engashib, kitobni oldi. Bu Aseelning shaxsiy kundaligi edi.
— Qiziq... — deb pichirladi u, qattiq muqovali daftarni ikki barmog‘i bilan varaqlab.
Unda chiroyli yozuv bilan yozilgan ko‘plab iqtiboslar bor edi: kitoblar, filmlar yoki mashhur odamlarning so‘zlari. Ba’zi sahifalarda Aseelning shaxsiy fikrlari, chetlariga esa yurakchalar chizilgan edi. Chonguk kulib qo‘ydi — bunday sodda qizni o‘ziga tobe qilish istagi undan battar kuchaydi.
U kundalikni o‘zi bilan olib ketdi, keyinroq batafsil o‘qib chiqishga qaror qildi. Balki qandaydir qiziq narsa bilib olar...
Darslar yakuniga yetay dedi. Endi chet tillari bo‘yicha so‘nggi leksiya qolgan edi, keyin esa uyga...
Aseel har daqiqada barmoqlaridagi tirnoq chetlarini yulib o‘tirardi, ba’zida og‘riqdan oh tortib. Stol chetidagi telefonni uloqtirib yuborishni istardi, parcha-parcha bo‘lib sindirib tashlashni, toki u na qo‘ng‘iroq qila olsin, na xabar yozsin.
Ertalab zavq bilan taqilgan braslet esa endi g‘ashiga tegardi, go‘yo ortiqcha e’tiborni o‘ziga tortayotgandek. Shuning uchun Aseel uni yechib, sumkaga beparvo tashladi.
— Senga nima bo‘ldi o‘zi?! — pichirladi Djimin, u ertalabdan beri dugonasining g‘alati kayfiyatini kuzatib yurardi.
— Hech narsa. Shunchaki boshim og‘riyapti, — dedi Aseel yelkasini qisib.
U tinchlik va osoyishtalikni xohlardi, o‘ylab ko‘rish va qaror qabul qilish uchun. O‘qituvchining bir maromdagi gaplari Aseel quloqlariga yaqqol yetib borardi, lekin u hatto bitta so‘zni ham anglay olmasdi. Birinchi darsdan boshlab u faqat bir narsani o‘ylardi: nima qilish kerak? Unga yozsinmi? Yozmaslik kerakmi? Agar u itoatsizlik qilsa, nima bo‘ladi? Yana uyi oldida paydo bo‘ladimi?
Aseel anchadan beri migren bilan azob chekardi, ammo yaqinda uning hayotida bu og‘riqning yangi bir ko‘rinishi paydo bo‘ldi — uni esa bemalol “Chon Chonguk” deb atasa bo‘lardi.
Chuqur nafas olib, Aseel yakuniy qarorga keldi: u Chongukka xabar bermaydi. Taksi chaqirib, darhol uyga yo‘l oladi. Falokatdan uzoqroq, faqat shu falokat uning uyiga kelib qolmasa bo‘lgani…
— Tur, Aseel! Kar bo‘lib qoldingmi? Sen bilan nimadir bo‘layapti bu aniq! — Djimin norozilik bilan bosh chayqadi va do‘stining sumkasini uzatdi. Dars tugaganiga bir necha daqiqa bo‘lgandi. Talabalar daftarlari bilan shovqin solib, stullarni surib, kimdir uyga, kimdir navbatdagi darsga yo‘l olayotgandi. — Balki aytib berarsan, nima bo‘layotganini?
— Namoz vaqti bo'lib qoldi. Namoz o‘qib bo'lib keyin taksida uyimga ketaman. — Aseel o‘rnidan turib, sumkasini oldi.
U har doimgidan ko‘proq ibodat qilishni niyat qilgandi. Aseel har doim besh mahal namozni vaqtida ado etardi. Universitetda boshqa dinlarga nisbatan imkoniyatlar yetarli bo'lib namoz o‘qish uchun barcha sharoitlar yaratilgan edi. Aseel bunga koreyslardan juda minnatdor edi. Albatta, ba'zida noxush holatlar bo‘lgan, lekin kamdan-kam.
— Mendan nimadir yashirayotganingni sezayapman, Aseel. Umid qilamanki qachondir, menga ko‘proq ishonishni boshlaysan… — Djimin xafa bo‘lib chiqib ketdi. U dugonasida qandaydir o'zgarish bo'layotganligini yuragi bilan sezardi. U uni chin dildan o‘ylardi, lekin ayni paytda qiziqishi ham yo‘q emasdi.
Aseel esa Djiminning gaplariga e’tibor bermadi, miyasi boshqa tashvishlar bilan to‘lib-toshgandi. Dugonasining xafaligi esa hozircha unchalik muhim emasdi. Hech bo‘lmasa, bugun emas…
Klubda hozircha odam ko‘p emasdi. Odatda, odamlar tun yarmiga yaqin yoki kechqurunroq to‘planardi. Hozir esa faqat ichimlik ichgani kelganlar bor edi. Chongukka aynan shunday paytlar yoqardi, chunki do‘stlari bilan bemalol gaplashsa bo‘ladi, qiz tanlash ham oson, ko‘zlari charchamaydi.
— Hali Djimindan buni bilmadingmi? — Chonguk Parkka yuzlandi.
— Nega o‘zing buni so‘ramaysan? Telefon qilib, darslaring tugadimi yoki yoqmi so‘rash qiyinmi? Men senga dars jadvalni va raqamini birgalikda bekorga yuborganmidim? — Jimin yuragi siqilib, yana vositachi rolini o‘ynayotganidan charchagandi. — Mana endi esa Djimin hozir Taehyungdan meni bu karamcha bilan do‘stlashishdan qutqarishini so‘rayapti.
Taehyung esa uning gaplariga e’tibor ham bermay, tizzasida o‘tirgan sarg‘ish sochli qiz bilan band edi. U qizning sonini silab, nimadir qulog‘iga pichirlardi. Qiz esa tabassum bilan bosh qimirlatardi. Atrofda esa Seokjin telefonda kim bilandir suhbatlashar, yonida o‘tirgan qiz esa unga yaqinroq suykalib, oyog‘ini silardi.
— Juda ko‘p gapiryapsan, Jimin!? — Chon unga yalt etib qaradi. Jimin esa indamay singlisiga telefon qildi.
Chonguk VIP stol yonidan o‘tayotgan ikki qizdan birining bilagidan tutdi. Qiz norozilik bilan atrofga qarab, ko‘zlarini Chonga tikdi. Do‘sti esa bar stoli tomon yurdi.
— Qizaloq Daddyinga yoqimli qilishni istamaysanmi? — Chon lablarini yalab, oyog‘ini kengroq ochdi.
Stol atrofida bunday oddiy flirtdan kulgu ko‘tarildi, faqat Jimin ko‘zini chirt yumdi va telefonda gaplashishda davom etdi.
— Yo‘qol, axmoq! — Qiz qo‘lini tortmoqchi bo‘ldi, ammo Chon uni mahkam ushlab, ochiq-oydin kulib turardi.
U bu «fohisha»dan bunday munosabat kutmagandi, lekin buni bildirmadi. U klublarda qizlar o‘zlari kelib yopishishiga o‘rganib qolgan, VIP stolda o‘tirganingda hatto ism aytishga ham hojat yo‘q edi.
— Yaxshilab o‘ylab ko'r. Birga ajoyib vaqt o‘tkazishni istamaysanmi? — Chon qizning ochiq va chiroyli sonlariga qarab ko‘z qisdi.
— Istayman albatta faqat seni ko‘z o‘ngimdan daf bolishingni! Men bu yerga jin#iy aloqa uchun emas, dam olishga kelganman, — dedi qiz qo‘lini kuch bilan tortgancha, lekin yigit allaqachon qo‘yib yuborgan edi. Yigit qizga yosh bolalardek jilmayib qo'llarini silkitdi.
Do‘stlari esa qah-qah otib kulib yuborishdi, bu esa Chonni battar asabiga tega boshladi. Hatto yigitlarni yonidagi qizlar ham berilib kulishardi.
Chongukning battar jaxli chiqib bosh ishorasi bilan klubdagi yirik qo‘riqchilardan birini chaqirdi. Uning yuzida ko‘z burchagidan iyagigacha cho‘zilgan qizil tirnalgan chizig‘i bor edi.
Qo‘riqchi yaqinlashib, qulog‘ini tutdi. Yigitni eshitgach, u yana so‘radi:
— Ikkalasini hammi? — Uning ovozi qo‘pol va baland bo‘lsa-da, jimjit musiqali muhitda stolda o‘tirganlar so‘zlarni anglab olishdi.
— Yo‘q. Faqat qizil kiyimdagisini, — dedi Chonguk, erkakning cho‘ntagiga oq kukunli kichik paketni solarkan. Uning labida yana o‘sha kulgu paydo bo‘ldi.
Seokjin Chonni harakatlarini kuzatib turardi, qo‘riqchi bar peshtoqiga bordi, baristaga pichirladi va kichkinagina paketni topshirdi. Barista bosh irg‘ab, rozilik bildirgach, erkak orqaga qaytdi.
— Nega? — Seokjin tinchlik bilan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chonga tikilgancha so'radi.
— Nima deding unga? — Jimin ham suhbatga qo‘shildi, bo‘layotgan voqeaga qiziqib.
— U qiz bugun ajoyib vaqt o‘tkazadi, — dedi Chonguk, yarim tabassum bilan. — Taki bilan.
Seokjin norozi lablarini burdi. Jimin esa Chonni naqadar tubanligiga qoyil ham qolmasdi. Faqatgina Taehyunggina kulgudan qarsak chalib yubordi.
— Men seni fanatingman, Chonguk! Lekin… agar qarshi bo‘lmasang taklifim bor. Taki o'zidan keyin u qizga xat qoldirsin va unda “Daddyying taklif qilganda og'zingga olishing kerak edi.” degan yozuv bo'lsin.
— Xaliyam yosh bolani o'zisiz, — bosh chayqadi Jimin, yana o'ziga ichimlik quyib. — Nima hamma ham seni kichkina Choningni so'rishni istamasligi xafa qildimi?
— Yaxshisi sen menga Djimin nima deganini ayt? — Chonguk yana Aseel haqida o‘ylay boshladi.
— Darslari yarim soat oldin tugaganini aytdi va yana doimgidek singlisining dugonalari bilan intim mumkunmasligi, ayniqsa musulmon qizlar bolsa undanda battar xatoligini gapirishdan charchamadi. — Jimin qiz bola ovozida singlisini taqlid qildi.
— Havotir olyabsanmi mening shirin bulochkam, — dedi Chonguk mazax qilgancha. — U tez orada tushunib oladi singlisini musulmon dugonasi bilan akasi emas uning do'sti yotib yurganini.
Chongukning miyasi Aseel uchun yangi “jazolar” bilan band edi — bo‘ysunmaslik, isyon va qarshilik uchun qanday qilib jazolash kerakligini o‘ylardi. Unga qarshilik qiluvchi Aseel yoqmas edi.
Jinning ovozi uni o‘ylaridan chiqarib yubordi:
— Ha, quyoshim, dadang tez orada yoningga boradi . Telefonni onangga ber, — dedi Seokjin shirin tabassum bilan.
Chonguk va Taehyung bir vaqtda Seokjinga qarashdi. Ular Seokjinni mehribon ota Sodiq erligiga hali ham o‘rgana olishmagan edi.
— Blyaaaaaat , eshitdilaringmi bu er okamizning gapini, Garov o'ynayman. hozir uyiga yuguradi.-dedi Chonguk mazax qilgancha
Yigitlar hali garov bog‘lashga ulgurmaslaridan Jin o‘rnidan turdi va o‘ziga mehr ko‘rsatishga urinayotgan qizni e’tiborsiz qoldirgancha, o'zidan itardi.
— Hozir borib o‘zim olib ketaman. Taksi chaqirib o‘tirma, jonim, — dedi u, bir qo‘lida telefonni tutib, ikkinchi qo‘li bilan shim cho‘ntagini titkilagancha.
— Har safar shu ahvol… biror marta bo‘lsa ham qizlar bilan yolg‘iz qolsa bo‘lmaydimi? Yo‘q, hech qachon. Faqatgina o‘zini silatishgacha boradi xolos. Balki qizlarga uni a'zosi turmas? — Taehyung jiddiy yuz bilan do‘stlariga qaradi. Uning xayolida Seokjin jinsiy aloqada bo‘la olmayotgani jonlandi. Bu tasavvuri esa Taeni kuldirdi.
— Faqat xotiniga turadi, — yelka qisdi Jimin. — U fohishalarga muhtoj emas, xotini bilan baxtli-ku. — Park do‘stlariga qo‘shilmasdi. U hyoniga chuqur hurmat bilan qarar, uning oilaviy hayotiga havas qilardi. Jin uydagi hayotiga ham ishiga ham vaqt ajrata olardi.
Seokjin suhbatni yakunladi, telefonni cho‘ntagiga solib, Chongukka qaradi:
— Bugun janob Chon bilan ishing haqida gaplashamiz, esingda bo‘lsin. Iltimos, kechikma va suhbatimizga qadar esa ahmoqlik qilma. — Javobni kutmasdan, chiqishga yo‘l oldi.
Ahmoqlik qilma, deysanmi? Mayli, Aseel… qalbing va badaningni tayyorlab qo‘y. “Baxtli yakun” degan chiroyli so‘zlardan keyin eng og‘riqli narsalar boshlanadi. Uylanmaydi, deb o‘yladingmi? Adashding. Uylanishimning yana bir sababi ko‘zlaringdagi qo‘rquvni yanada kuchaytirish. Men senga endi o‘zim xo‘jayin bo'laman, hatto oilaviy maqoming ustidan ham hukmronlik qilaman. Men seni jamoangdan, yagona panohingdan ayiraman va o‘zim — faqat o‘zim— yagona tayanchingga aylanaman.
Aseel hatto uy eshigigacha qayta-qayta orqasiga qarab, qo‘rquvdan yuragi siqilib borardi. Har bir shitir-shitir yoki mashina signali yuragini o‘ynatib yuborardi. Faqatgina uydan ichkariga kirib, atir hidi burunlariga urilganda, bemalol nafas oldi. U chuqur nafas olib, oyoq kiyimini yechib, oshxonaga yo‘l oldi. Onasini kutayotgan edi.
— Onajon! — Aseel yo'lda sumkasini tashlab Abha tomon yugurdi, — Sizni sog‘indim!
Ajablangan ayol birdan qizini quchoqlay olmadi. Aseel boshi bilan uning yelkasiga suyanib oldi.
— Nima bo‘ldi senga, Aseel? — nihoyat u toza qo‘lini qizining yelkasiga qo‘ydi, ikkinchi qo‘lini esa Aseelni kiyimiga tegmaslik uchun chetda tutdi. — Uzoqroq tur ko‘rmayapsanmi, kechki ovqat tayyorlayapman.
— M-m, qanday yoqimli hid kelyapti. Borib kiyimimni almashtirib kelaman, — dedi Aseel onasining quchog‘idan chiqarkan.
— Tez orada tayyor bo‘ladi. Faridga ham biroz olib chiqasan. U doim menga eslatib turadi, kabsa tayyorlasam, uni unutmasligimni so‘raydi.
Aseel onasi uni Farid bilan unashtirmoqchi bo‘layotganini bilmas edi. Farid ularning jamoasidan bo‘lgan yaxshi yigit — e'tiqodli va doim e'tiborli. U allaqachon Aseelning atrofida parvona bo'lar, lekin Aseel bu ishoralarni ko‘rmaslikka olardi. Akil ham Farid va uning oilasidan mamnun edi.
Abha oxirgi suhbatlaridan keyin ko‘p o‘ylardi. Oldin hech qachon qizi boshqa din vakillari orasida yashab, o‘qib, noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolishi mumkin deb o‘ylamagan edi. Unga qo‘shimcha ravishda, Aseel o‘zgarib qolganini sezayotgan edi — o‘ychan va parishon. Abhaning yuragi hotirjam emas edi. Har safar nimadandir yomon narsa kutayotgandek bo‘lardi, bu his-tuyg‘u uni qiynardi.
— Unda kiyinmayman, baribir yana chiqishimga to‘g‘ri keladi, — dedi Aseel va stulga o‘tirib oldi. U mevalar idishidan bir shoda uzum oldi va onasini kuzatdi, onasi esa ovqatning oxirgi detallarini tugatardi. — Umid qilamanki, Faridning onasi uyda bo‘lmaydi. Har safar o‘g‘lini osmonga ko‘tarib maqtaydi. Go‘yoki superqahramon: yurishni biladi, uxlashni biladi, yeyishni biladi. — U ayolning o‘g‘lini maqtamoqchi bo‘lgan urinishlarini eslab kulib yubordi. Biroq Abhaning jiddiy chehrasini ko‘rib, yo‘talgandek bo‘lib, jiddiylashdi. — Kechiring , ona, ba'zida onasining bunday urinishlari juda kulgili ko'rinadi.
Aslida, Aseelga Farid yoqardi. U baland bo‘yli va yelkasi keng, ko‘rkam va chiroyli yigit edi. Aseel uchun ideal nomzod. Ammo uni ko'rganda, yuragida hech qanday hayajon bo‘lmas, yuragi qattiq urmasdi. U sevgi haqida ko‘p kitob o‘qigan edi — qizlar o‘z sevikli insonini ko‘rganda yuragi orqaga tortar, yuragi qattiq urardi. Har bir hikoyadan sevib qolish alomatlarini yodlab olgan: sevgani bilan doim birga bo‘lishni xohlaydi, uni ko‘rishni, gaplashishni, eshitishni, hatto tegishni ham. Ammo Aseel Faridga nisbatan bu tuyg‘ularning birortasini his qilmasdi.
— Demak, burningni burayapsan? Bir imkon berib ko‘r, balki senga ham yigit yoqib qolar. Hech kim seni unga turmushga chiq deya majburlamayapti-ku, — dedi Abha sokin ohangda.
— Umid bog‘lashni xohlamayman. Yoqmaydi — bas. Qo‘limdan hech narsa kelmaydi. — Aseel birdaniga ikki dona uzumni og‘ziga tashladi. — Faridga bog‘lanib qolishimni istaysizmi, ona? Menga hech kim kerak emas. O‘qishim va ishlashim kerak.
— Qara-ya… hech kim kerak emas emish. Men shunday qilganimda, sen bu yerda tug‘ilmagan bo'lar eding— Onasi qo‘lida kabsa solingan konteyner bilan orqasiga o‘girildi.
— Taqdir, ona! Taqdirdan qochib qutulib bo‘lmaydi! Agar Alloh menga biror kishini peshonamga yozgan bo‘lsa, demak shunday bo‘ladi. — Aseel uzumni joyiga qo‘ydi va ovqatni olib chiqish uchun o‘rnidan turdi.
— Agar faqat o‘tiraversang, taqdiring seni aylanib o‘tadi. Oldindan belgilangan narsani ro‘yobga chiqarish uchun, hech bo‘lmasa harakat qilish kerak!
Aseel yelka qisdi, onasi bilan tortishishni xohlamadi. Shunchaki konteynerni oldi va chiqishga yo‘l oldi. Eshik ostonasida kulib baqirdi:
— O‘z taqdirim uchun men allaqachon bir ish qilyapman — o‘qiyapman, ona. Qolganini vaqt ko‘rsatadi, qanday yoqimli "bonuslar" kutayotgan ekan. — Eshik yopildi, Abhaning qalbida esa og‘ir tuyg‘u qoldi.
— Faqat bu "bonus"larni boshingga balo qilib olmasang bo‘ldi… — dedi ayol sekin, chuqur xo‘rsinib, kechki ovqatni dasturxonga qo‘ya boshladi.
Faridning uyi ko‘chaning narigi tomonida edi. Oradan besh daqiqa o‘tmay, Aseel u yerga yetib bordi va eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdi. U hatto bilmasdi hamki, orqasidan kimdir uni diqqat bilan kuzatayotganini.
Chonguk klubni Seokjin ortidan darhol tark etgan edi. Qizni ko‘rishga, u hali ham undan qo‘rqayotganiga amin bo‘lishga sabri chidamasdi. Telefon qilib chaqirmoqchi yoki eshikni taqillatib chaqirmoqchi boldi. Ularda bu mumkun emasligi esa uni qiziqtirmasdi. Unga bu jamoaning qoidalarining nima aloqasi bor ? Ammo bu ishga ulgurmadi. Chunki Aseel qo‘lida nimadir bilan eshikdan chiqib ketayotganini ko‘rdi. Qiz dadil qadamlar bilan ko‘cha bo‘ylab yurardi, lablari esa xuddi o‘zi bilan suhbatlashayotgandek qimirlayotgan edi.
Aseelning bu oddiy, xotirjam holati Chongukni yanada g‘azablantirdi. U rulni qattiq siqdi va mashinani sekin haydab, uni kuzatdi.
Chonguk eshikni ochgan yigitni ko‘rdi, u Aseelga kulib qo‘ydi. Yigit Aseel qo‘lidan konteynerni oldi va ichkariga kirib ketdi, Aseel esa ostonada kutib turdi. Ko‘p o‘tmay yigit qaytib chiqdi, qo‘lida ikki banka limonad bor edi. Birini ochib Aseelga uzatdi, ikkinchisini o‘zi oldi. Ular birga qaytishdi, ehtimol, Aseelning uyiga qarab.
Chonguk ularni mashina ichidan kuzatib turar ekan jaxli chiqqanidan bo'ynidagi vena tomirlari bo'rtib ketdi. Yigit tishlarini bir-biriga tirab g'azab bilan shivirladi:
— Jin ursin! O'zini huddi farishtadek qilib ko'rsatishini, kimdur ko'rib qolishidan qo'rqaman deganmidi? ! … — U bir necha marta rulga urdi, yigit va qizni g'azab bilan uzoq vaqt davomida kuzatdi. — Ming la'nat! Axmoqlik qilma deganmidi?.... — deb Seokjinni klubdagi gaplarini eslab so'zlarini takrorladi.
Ayni paytda, Aseel va yigit qizning uyiga yaqin joyda turishar, nimalarnidir berilib muhokama qilishardi. Qiz tez-tez qo'lini og'ziga qo'yib kulardi. Chonguk esa borgan sari g'azabdan yonib borardi. Qizni har bir tabassumi va yigitning bosh irg'ashi uni battar qo'zitardi. Chonguk rulni qo'lida tutib turishdan ko'ra, unga Aseelga qarab kulib turgan yigitni bo'ynini qisib olish istagi kuchayardi…Va unga qarab kulayotgan Aseelni o'sha o'zi yuborgan do'zaxni 7 aylanasini ko'rsatishga tayyor edi. Har bir qadamni unga o'zi ko'rsatib borishni istardi.
— Sabr qil , Chonguk… — deya o'zini tinchlantirishga urindi.
Chonguk shovqinli tarzda boshqa yo'lga burildi va, oxirgi marta qizga qaradi, ularning qanday hayajon bilan motor ovoziga qarashganini ko'rdi. Aseelning qo'rquv to'la ko'zlari… demak, u ko'rdi. Bu esa Chongukni kuldirib yanada tezlikni oshirishga undadi va ularning ko'zidan g'oyib bo'ldi
Birozdan keyin Yigit, g'azablanishga qaramay, tezlikni tezda sekinlashtirib, odatiy tezlikda davom etdi. Uyiga borib dush qabul qilib, otasinikiga boradi, u yerda Seokjin kutib turardi, hamma narsa hal bo'ladi. U muhojir qizning qiliqlaridan asabiylashib yosh boladek muammolar topib yurmaydi. U uning hududida… ularning butun jamoasi uning hududida.
Svetafor oldida yashil chiroqni kutayotgan paytida, Chongukning ko'zlari yo'lovchi o'rindig'ida yotgan yashil daftarga tushdi.
— Koramiz, nima haqida orzu qilarkinsan, mening Pekin Karamcham, va bu orzularingni hammasini teskarisini amalga oshiramiz.
Avtomobil kalitlari stolga uchib tushdi, palto va kundalik esa divanga uloqtirildi. Chonguk to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga o'tib, bir banka sovuq pivoni ichdi. Suv ovozi va tozalash buyumlarini shovqinli tovushi vanna ichidan eshitilib, u uy tozalovchisi hozirgina kelganini yoki ishini tugatishga yaqin ekanligini anglatardi. Yigit ikkinchi variant ekanligiga umid qilardi.
— Hayrli kech, janob Chon. — Ayolning og'ir aksenti yigitni endi yanada asabiylashtira boshlagandi, bu hatto yuzini burishtirishiga sabab bo'ldi. — Men yotoqxonangizni tozalab toza choyshablar soldim, sochiqlaringizni alishtirdim va siz har kuni sevib qiladigan tartibsizliklaringizni ham yig'ishtirdim.
Chonguk pivosiga tiqilib yotaldi. Qiziq, bu ayol unga hozir yetarlicha haq to'lashiga qaramay uni tartibsizlikda va buzg'unchilikda ayblayabtimi?
— Kvakun'ya xonim, men sizga aynan shuning uchun pul to'layman. Sizning ishingiz mening axlatimni tozalash, shuning uchun iltimos, buni og'zingizni yumib bajarsangiz — Chonguk ayolga o'girilib, qo'lidagi pivo bankasini teskarisini o'girib, iflos tabassum bilan suyuqlikni polga oqizdi. — Aks holda va'da beraman, oyoqlaringizni qo'lingizga olib kelgan joyingizga ..... Blyaaaaaat qayerdan kelgandingiz o'zi?.... Jin ursin ... — U jaxl bilan qo'lidagi bo'shagan bankani hayron bo'lgancha qotib turgan ayolga uloqtirdi.
Kiantisak xonim og'zini ochib qoldi, Chonguk esa jaxl bilan uni yonidan o'tib ketti . Ayol albatta yigitning odobsiz va qo'pol ekanligini bilardi ammo bunday kayfiyatini tez o'zgarishini birinchi marta ko'rayotgan edi. Uy tozalovchi Ayol boshini biroz qimirlatgancha yerdagi bankani olib chuqur nafas oldi. U majburlikda vatanida hayot bilan olishayotgan farzandining shifoxona to'lovlari uchun ishlayotgan bo'lsa, bu erkatoy kap katta bola o'ziga berilgan imkoniyatlardan ifloslarcha foydalanardi.
Chonguk daftarni olib, divanga o'tirdi, yumshoq yostiqlarni orqasiga qo'yib, oyoqlarini jurnal stoliga joylashtrib oldi.
U Aseelning har bir kundalik sahifasini sinchiklab o'qirdi. Har bir o'qigan kitobidan olingan iqtiboslardan keyin qizning o'z yozgan yozuvlari bor edi. Chonguk har bir jumlani o'qigan sari peshonasi tirisha boshlayotgandi. So'zlar uni ko'zlari oldida o'zgarib turlanayotgandek ko'rinardi.
"Haqiqatan ham insonlar- qiziqarli mavjudot. Bizni ota-onalarimiz dunyoga keltiradi, tarbiyalaydi, yoshlikda o'g'il-qizlar bilan o'ynaymiz, aka-ukalar bilan do'stlashamiz, va keyin hayotimizga umuman begonaga bo'lgan inson kirib kelib bizning eng yaqin odamimizga aylanadi. Shunchalik yaqinki, nafas olishing hatto unga bog'liq. Elchin Safarli "Agar sen bilganingda."
Nega hali ham nafas olishim qiyinlashyabti, hatto uning yuzini eslay olmayotgan paytimda ham?
"Menda bir narsa bor, faqat menga tegishli va abadiy menda qoladi. Bu — mening hotiralarim." Sesiliya Axern, "Ishonmayman. Umid qilmayman. Sevaman."
Sening xotiralaringni saqlamoqchiman, Ammo unda seni doim eslashim kerak.
"Ichki qalbida u hech qanday dahshatli narsa bo'lmasligini bilardi. U aqldan ozmas edi va o'z joniga qasd qilmas edi. Bir kun kelib o'zini yana baxtli his qilardi. Faqat shu kungacha yashashi kerak edi." Sesiliya Axern "P.S. Men seni sevaman."
Men o'zimni baxtli his qilaman, rahmat. Ammo agar sen bir oz erta kelganingda yuragim achchiq ko'z yoshlarim bilan yuvilib, bu xotiralar ichimni yemirib tashlamas edi…
"Xayol — mana uni nima qutqarib oldi. Xayol, dunyoning har qanday joyiga olib borishga qodir… Tez orada u o'zining hayotining doimiy xafagarchiligini yengishning yana bir usulini kashf etadi'' Kitoblar dunyosi… Sidney Sheldon "Qorong'udan qo'rqasizmi?"
Siz meni qutqardingiz, kitoblar esa orzu qilishimga yordam berdi.
"O'tmish haqida faqatgina xotiralar sizni baxtli qilsa, o'ylang" Jane Austen "G'urur va Hudbinlik."
Men o'tmish haqida o'ylamoqchi emasman. Men seni o'tmishdan chiqarishni xohlayman. Men seni mening hozirgi haqiqatimga aylantirmoqchiman.
Chonguk har doim, odamlarning shaxsiy kundaligida hayotdan biron bir hikoya yoki bir kunning qanday o'tganligi haqida yozilgan bo'lishi kerak deb o'ylardi, lekin Aseelning kundaligi boshqacha. Kundalikni o'qir ekan qizni yaxshiroq tushunish, uning fikrlarini va istaklarini bilish o'rniga, Chonguk yanada chalkashib qoldi. Aseel so'zlarida sirlilik sezilib turardi. Va, ko'rinib turibdiki, u o'zi ham bu sirni yechishga qodir emas edi. Ammo bir narsa aniq bo'ldi... kundalikning barcha sahifalari biron bir "sen"ga bag'ishlangan edi. U kimdan shu qadar azoblangan? Kimni kutayotgan edi?
Chonguk sahifalarni varaqlagan sayin, uning g'azabi ortdi. Oddiy bir yosh orzumand qizning matnlari, atirgul va yurakchalar bilan to'ldirilgan yozuvlari bilan duch kelishni xohlagan edi, va bu istagi kundalik ohirrog'ida bajarildi. Keyingi sahifalar Aseel universitetdagi hayoti va uning yangi do'sti Djimin haqida edi. Qiz o'zining nihoyat kimdir bilan do'stlashganidan, Park Djiminning qanchalik yoqimli va yaxshi ekanini yozgan, keyin esa ko'plab yurakchalar bilan to'ldirgan edi. Chonguk biroz kuldi, ammo g'azabi ketmadi. Aksincha, hozir Aseelning yoniga borib, u yozgan har bir so'zning izohini so'rashni istardi.
Chon telefonning takroriy chalinganiga e'tibor bermadi. U eng oxirgi yozilgan sahifalarni ochib, so'zlarni diqqat bilan o'qidi.
"Insonlarning sevgisi shu darajada arzimagan shakllarni olgan va odatiy qulaylik va kichik o'yinlarga aylangan." Aleksandr Kuprin "Anorli bilaguzuk."
Va hech qanday shaxsiy izoh yo'q edi.
— Sevgi? Xotiralar? Erkak? Har bir so'zingning ma'nosini bilishni xohlayman! — deb Chonguk daftarni yonidagi o'rindiqqa uloqtirdi.
Telefonning ovozi, yoqimsiz hasharotning vijirlaganidek, unga o'qiganlaridan diqqatini chetga tortdi. U kurtkasining cho'ntagidan telefonni chiqarib, Seokjinning navbatdagi qo'ng'irog'iga javob berdi.
— Nega million marta qo'ng'iroq qilasan? Agar olmayotgan bo'lsam, demak vaqtim yo'q! — deb ko'zlarini ishqalagancha baqirdi Chonguk.
— Otangni oldiga kelishing kerak bo'lganda nima qilyabsan? Huddi men uchun biror ish qilayotgandek o'zingni tutma Chonguk! — Seokjinning odatdagidan tinch ovoziga norozilikning ohanglari qo'shildi. — Umid qilamanki tez orada otangni uyiga yetib kelasan!
— Umid qilaqol... Meni borishimga! — dedi g'azab bilan Chonguk keyin biroz xotirjamroq bo'lib qo'shdi: — Xullas dush qabul qilib keyin boraman. Bir necha daqiqa uchun asabimga tegma hyon.
— Seni bir necha daqiqalaring qancha ekanligini juda yaxshi bilaman Chonguk. Kutaman!
Qo'ng'iroqning o'chirilgan signalini eshitgan Chonguk telefonini stolga qo'ydi va boshini shiftga qarata baland ovozda baqirdi:
— Kiska, kiyimimni tayyorlab qo'y.
Yigitning uy tozalovchisidan bunday narsani so'rashi odatiy hol edi. U kiyim tanlashda injiq emas, faqatgina Jiminning garderobidan bo'lmasa bo'lgani. Kiantisak xonim tezda yigitning shkafidan kiyimlarini, va hatto ichki kiyimlarini ham tanlab olib borib berardi.
— Biz allaqachon bir narsani muhokama qilib bo'ldik Chonguk. Sen band bo'lganingda.... albatta.. — Janob Chon yuzini burib, o'zining kechikkan o'g'liga qaradi, u esa Seokjinni yoniga kelib o'tirdi. Otasi barmoqlarini stolga qo'yib, ularni bir-biriga asabiy taqillatardi.
— Onam qayerda? U odatda meni kutib olardi, ammo hozir bu uyda uni ko'rmadim. — deb Chonguk otasining tanbehini e'tiborga olmadi. Chon bilardi, agar otasi jaxl otiga minsa, Chon uchun hech narsa yaxshi bo'lmaydi, shuning uchun bugundan qat'iy qarorga keldi, bu oxirgi kechikishi bo'ladi. Aks holda, kechikadigan joyi ham bo'lmasligi mumkun.
— U ota-onasining yoniga bir haftaga ketdi. Sog'ligini tiklash uchun, — janob Chon befarq ohangda javob berdi.
Chonguk Seokjin yoniga yaqinlashdi va lablarini qisib, kulib shivirladi:
— U otamning oyoqlari ostida tez-tez tizzalab turgan bechora.. .
Jin Chongukka shunday qaradiki, uning yuzi "Hozir sen jiddiy gapiryabsanmi?" degan ma'noni ifodalardi.
— Nega shunchaki qizni olib ketmading? Akil bilan aloqamiz seni to'xtatganini menga sabab qilmay qoyaqol, — dedi janob Chon, o'g'liga jiddiy qarab.
Otasi o'g'lini tushunishga harakat qilardi: uning niyatlari nima, maqsadi jiddiymi? Agar qiz ko'cha qizi bo'lganda, u o'g'lini bunday hohishini rad qilgan bo'lardi. U anchadan beri o'g'liga mos ishonchli odamlarining qizlaridan qidirayotgandi. O'g'li uchun Parklarning qizini ham rejalashtirgan edi. Lekin Seokjin turmush rejasining barcha ijobiy va salbiy tomonlarini tushuntirgach, janob Chon buni muammoni hal qilish yo'li deb hisobladi. Albatta, u bilardi, o'g'li bunday qaror qabul qilayotgani, uning uzoqni ko'rishga qodirligidan emas, balki beqarorligi sababli bo'layotganini.
— Chunki men uni boshqacha yo'l bilan o'zimniki qilmoxchiman— dedi Chonguk, otasiga qarab. Otasi va o'g'li bir-birlariga qarab turishardi, go'yo ko'zlarini qay birlari birinchi uzishni kutayotgandek. Faqatgina otasining yuzidagi mushaklari harakatlana boshlaganda, Chonguk nigohini stolga qaratib, o'tirgan joyida biroz qimilladi.
— Yaxshi, sen xohlaganingcha bo'la qolsin. Lekin shuni yodingda saqla, hatto birinchi se#sdanoq qiz joningga tegsa ham ajrashib ketolmaysan! Akil bizga kerak bo'lmay qolgunicha nikoh buzilmaydi. — Otasi turib, Chongukning yoniga keldi va kafti bilan yengilgina o'g'lini yuziga urdi. — Haftaning oxirida ularnikiga boramiz. Qiz seniki bo'ladi.
Chonguk otasining kaftidan qochib yuzini burdi.
— Akil bizni rad etsa-chi ? Siz unga yetarlicha tushuntirib qo'ya olasizmi? — Chonguk otasini Akilni ko'ndira olishidan shubhalari qolmasligini istayotgandi.
— Sen bu suhbatda ishtirok etmaysan. Lekin biz... — Otasi Seokjinga qarab davom etdi: — Akilga taklifimizni rad etmasligi kerakligini tushuntira oladigan barcha dalillarni keltiramiz.
Otasining javobidan mamnun bo'lgan va yanada ishonch hosil qilgan Chonguk keng tabassum bilan jilmaydi.
Janob Chon chiqish tomonni ko'rsatib, suhbatni yakunlaganini bildirdi. Seokjin va Chonguk o'rnidan turib, janob Chonga bosh egib, tashqariga chiqishdi.
— Seokjin, bu odamlar nima va qanday ovqatlanishlarini yaxshilab bilib ol. Biz musulmonlarni ranjitadigan harakat qilmasligimiz kerak! — oxirida janob Chon shunday dedi, Seokjin esa bosh irg'agancha xonadan chiqib ketti.
Avtor: Bu fanfik muallifligi menga tegishli emas. Bu tarjima fanfik ekanligini unutmang!