PATIENVICE 23-qism
— Nima uchun shunchaki joningni saqlab qolishga harakat qilmading? — Yarim soatlik so‘roqdan so‘ng Seokjin Yoongini oldida charchagan holda nafas chiqardi.
— Nima uchun? — Yoongi hatto qoshini ham qimirlatmay so‘radi. U mutlaqo xotirjam edi, go‘yo o‘lim xavfi unga emas, boshqa birovga tahdid solayotgandek.
— Sen bu harakatlaring bilan hech narsaga erishmading… aksincha, Chonlarning kuchliroq ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilding. — Seokjin qo‘llarini temir stolga qo‘ydi va sobiq do‘stining yuziga diqqat bilan tikildi. — Shunga arzir edimi?
Stulga bog‘langan bo‘lsa ham, Yoongi ishonch bilan kulib qo‘ydi.
— Seokjinniiii , men ularning imperiyasini ancha qismini parchalay oldim. Ularni “sodiq” itlaridan ayirdim, tizim ichida ixtilof keltirib chiqardim. Janob Kang, Shin, Chxve tuzoqqa tushdi. Akil ham Chonning o‘ziga qarshi chiqishga shay. Ularning qo‘llab-quvvatlashisiz “WINGS” qanchalik zaif ekanligini men senga aytishim shart emasdir. — Yoongi ko‘zlarini porlatib, hyoniga qaradi. — Shunday ekan… ha, bu yetarli.
— O‘lish uchun yetarlimi? — so‘radi Seokjin joyidan turib, do'stiga yaqinlashar ekan. Uning ko‘rishni istagan oxirgi narsasi: bog‘langan, o‘lim xavfi ostida turgan Min Yoongining ahvoli emasdi. Kim sobiq do‘sti o‘z hududida qolishiga, janob Chonni g‘azablantirmasligiga, ayniqsa, Seulda paydo bo‘lmasligiga umid qilgan edi.
— Qasos olish istagimni qondirish uchun yetarli. — Yoongining yuzida na tabassum, na istehzo, balki sovuq jiddiylik aks etardi.
— Tirik qolganing yaxshi edi, yaramas… — umidsizlik bilan dedi Seokjin, o‘z odamlarini chaqirishi kerakligini anglar ekan.
Mindan kerakli ma’lumotlar olindi va endi unga ehtiyoj qolmadi. Janob Chon, Minning o‘g‘liga nisbatan qilgan ishlarini hech qachon kechirmaydi. Kompaniyaning muhim yo‘llari, yordami va moliyaviy ahvolini larzaga keltirgan ichki tizimning izdan chiqishi uchun esa janob Chon Yoongini yo'q qilib , o'ldirib yuborishga ham tayyor. Zero boshqalar unga qarshi chiqishga jur’at etganlarning hayoti qanday yakun topishini ko‘rsin.
— Janob Chon har doimgidek o‘z repertuarida. Yillar o‘tsa ham, bu qari yaramas prinsiplariga sodiq qoladi. — Yoongi yana o‘zining istehzoli tabassumini qaytardi. Kimning tushunmagan nigohiga javoban u qo‘shimcha qildi: — Seni ataylab meni yo‘q qilishga yuboribdi. Bu faqat unga xos.
— Adashasan. Men o‘zim ixtiyorim bilan keldim.
Yoongi bir zumga esankirab qoldi, lekin qiziqish bilan so‘radi:
— Seokjinniii, o'limimni yengillashtirmoqchi bo‘ldingmi? Qiynoqlarsiz o‘tishini hohladingmi? Nima uchun tishlarim qoqilmagan, tirnoqlarim joyida ekanligiga hayron bo'lgandim faqat arqon qattiq bog‘langan… — U to‘xtab, ular turgan nam xonani ko‘zdan kechirdi. — «Uchrashuv» joyini ham unchalik chiroylisini tanlamabsan.
Oraga sukunat cho‘kdi. Deyarli bo‘sh yerto‘lada biror ovoz aks sado berayotgani, ritmik ravishda tomchi ovozi bilan bezovta qiluvchi shovqin yaratgani eshitildi.
— Aytadiganlaring shumi? — Kim Yoongining yuzini ko‘zdan kechirib, qoshlarini ko‘tardi.
— Seokjinniiii, senga nima bo‘ldi? Sen ahir mening hayotimni yashayapsan-ku. Shunday emasmi? Men sevgan qizga, yoki… ayolga uylangan bo'lsang, mening qizim bo‘lishi mumkin bo‘lgan qizni tarbiyalayabsan. Xo‘sh… shunday ekan muammo nimada? — Erkak ovozidagi sog‘inchini yashirishga urindi, ammo uning to‘satdan so‘ngan nigohi Seokjindan yashirinmadi.
— Sen la’nati yaramas, Min Yoongi ! Men axir Shinnga sen uchun uylanganman! — Kim oldinga egilib, do‘stining ko‘kragiga ko‘rsatkich barmog‘ini ishora qilib, baland ovozda gapira boshladi. Uni g‘azablantirish qiyin edi, biroq bu holat yuz berayotgandi. — U janob Anning qizi edi va hozir qandaydir bir qari, jirkanch kimsaning uyida yashayotgan, bo'lib uning xotini bo‘lishi mumkin edi. Xo‘sh, uning qo‘lini o‘zim uchun so‘rab noto‘g‘ri ish qildim-mi sen shunday deb o‘ylayabsanmi?! Men o‘sha paytda faqat sen haqqingda o‘ylaganman! — Jin tik turib, chuqur nafas oldi va tinchlandi. U kafti bilan yuzini silab, boshqa tomonga o‘girildi va sekin qo‘shib qo‘ydi: — Va ha, men uni sevib qoldim.
— Shunchalikki, hatto ikkinchi farzandingizni kutayotgandek… — Yoongi o‘z o‘yiga botib, xotirjam boshini qimirlatdi. — Otam har doim seni o‘z odamim deb o‘ylardi. Men bilan barobar senga yo‘l-yo‘riq berardi, Seni bu hayotga o‘zi olib kelgan bo‘lsa, senga barcha narsani o‘rgatishim kerak deb o‘ylardi. Sendan o'zaro yaxshi munosabat kutganmi? Ehtimol, bu…balki , shunchalik adashish… — u boshini chayqab, kulib qo‘ydi.
— Hammamiz janob Chonning odamlarimiz va men boshqa bo‘linmalarni tan olmayman.
— Biz… — Yoongi kulib, takrorladi.
Seokjin sobiq do‘stiga bir necha qadam yaqinlashdi va uning oldida cho‘kkalab o‘tirib, qo‘llari bilan boshini ushladi va uning ko‘zlariga qarashga majbur qildi.
— Nima uchun bularning barchasini boshlading, nima uchun?.. Men buni endi qanday javobini beraman. Bu vijdonim bilan qanday yashashim kerakligini ham bilmayman ahir.
— Xuddi avvalgidek. Sen dadamni yo‘q qilinganingdan keyin ham yashaganding… huddi shunday yashashda davom etaver, — Yoongi do'stini qo'llari orasidan boshini tortib, uning qurshovidan chiqishga harakat qildi.
— Qanday qilib buni solishtirishing mumkin…
— Men seni janob Choningni yo‘lini kesib o‘tgan odamman, — erkak do'stini gapini bo‘ldi.
Seokjin sekin o‘rnidan turib, shimini qo‘li bilan qoqdi, bu ongsiz harakat bo‘lib, uning yuzlari jiddiy qiyofada dedi:
— Bilasanmi, sen shunchalik ikkiyuzlamachisanki... Sen bilan birga janob Chonni vazifalarini bajarganimizda, u sen uchun bunday yaramas odam emasdi. Hozir-chi?..
— Bularni anglashni yaqin insonlaring haqida gap ketgandagina bilar ekansan. Kim biladi, ehtimol, keyingi anglash navbati sen bo'larsan? — Yoongi tabassum qildi, ammo birdan jiddiylashib, gapiga qo‘shimcha qildi: — Men senga bu narsani tilamayman, faqatgina Shinn uchun buni istmayman. U seni bu barcha jirkanchliklaringni bilmasdan yashashi kerak.
Seokjin sobiq do‘stiga oxirgi marta qaradi va o‘girilib, so‘nggi so‘zini aytdi:
— Sen meni eng yaqinlarimdan biri eding, Min Yoongi.
U shoshilib xonadan chiqib ketdi va Yoongini o‘z hayollari bilan yolg‘iz qoldirdi. Eshik yonida uni bir necha odami turardi, Seokjin ularga bosh irg‘adi va qadamlarini tezlatib, oldinga yura boshladi. Eng muhimi, bu joyni tezroq tark etishi edi, keyingi ovozlarni eshitmaslikni istardi. Seokjin kulib, boshini chayqadi.
U zax va xaroba xona orqasida, do‘stining qiyofasi abadiy qoladigan joyda, hatto uning bo‘g‘iq qichqirig'ini ham eshitmasligiga ishonardi.
Janob Chonning topshirig'i bilan Akilni vataniga yuborilgan Jiminning 2 haftasi u uchun juda qiyinchilik bilan o'tayotgandek edi.
U butun vujudi bilan qaytishga intilardi va ilk bor kompaniya tomonidan unga bo‘lgan bunday ulkan ishonchdan xursand bo‘lmadi. Otasi tashrif maqsadlarini aytganida, Jimin ishni kechiktirib bo'lmasligini va xatoliklar bo‘lmasligi kerakligini tushundi. U Akilning odamlarini, ular orqali tovarlar eksport qilinadigan shaxslarni aniqlashi va ular bilan muzokara o‘tkazishi kerak edi. Albatta, hamma narsa oson kechmadi, lekin hech kim osonlikni kutmagan edi ham.
Jimin Chongukning mastlikdagi har bir qo‘ng‘irog‘idan titrab ketganini esladi va uning ko‘rsatmalarini e’tiborsiz qoldirmadi, u Aseelning qayerdaligini aniqladi. Qizni bozorda yolg‘iz sayr qilayotganini ko‘rganida esa biroz hayratda qoldi. Sotish uchun osilgan ko‘plab ro‘mollar orasida qizni ko'rib ularning dunyosidan ko'ra uning qanchalik bu atmosferaga mos ekanligini o‘ylab qoldi. Do‘stining rafiqasi har bir ro‘molga yengil tegib, matosini ushlab ko‘rardi va yuzida tabassum bor edi. Park Chonga bu tabassumdan g‘amginlik ufurayotganini aytishni istardi, biroq… undan ma’lum bir xotirjamlik va osoyishtalik ufurardi. Bu butun muhit musulmon qizi uchun to‘liqligicha mos kelardi. Faqatgina hozir Jimin qizni Seulga qanchalik begona ekanligini tushundi, garchi u butun umrini u yerda yashagan bo‘lsa ham. Yigit Chongukning qizgacha yetib borishini va uni qaytarib olib kelishini unchalik ham istamasdi, shu sabab bu hayollarni o‘zidan uzoqlashtirishga harakat qildi. Jimin doimgidek qizni kuzatib yurgan kunlaridan birida, Aseel uni sezgandek yoki begona nigohni his qilgandek tuyuldi, shu sababli u shoshilib o‘zining vaqtinchalik yashash joyiga yo‘l oldi. U atrofga qarab-qarab yurardi, go‘yo kimdir ortidan kelayotganini aniq bilgandek. Park uni ortiq asabiylashtirishni istamadi va uni tinch qo'ydi. Ammo Chongukning bu borada butunlay boshqa rejalari bor edi. U Jiminga o‘z odamlaridan birini ajratishni buyurdi, u rafiqasini doimiy kuzatib yurishi kerak edi. Garchi Park uni bu fikrdan qaytarishga uringan bo‘lsa ham. O‘jarligi tufayli do‘sti bilan tortishish befoyda edi. Akil bilan ish kompaniya uchun kerakli yo‘nalishda ketayotganligi va bu Chonguk uchun ko‘p jihatdan ajoyib yangilik ekanligi haqidagi barcha ishonchli so‘zlari bekor qildi. Shu sababli Jimin do‘stining g‘azabini jilovlashga urinishlar samarasiz bo‘ldi.
Jimin Seulga qaytishdan xursandligini yashira olmadi. Hatto tug‘ilib o‘sgan shahridagi havo ham unga yengil tuyuldi. U qachondan beri tug‘ilib o‘sgan joylariga bu qadar bog‘lanib qolganini yoki bu shunchaki sentimentalizm uni butunlay o‘rab olganini eslay olmadi.
Aeroport chiqishida uni kutayotgan haydovchisi bor mashinani ko‘zlari bilan izlab, yuziga jiddiy ifoda qo‘ydi va tez qadamlar bilan orqa o‘rindiqqa o‘tirdi. Jimin “Utopiya” manzilini aytishni qanchalik istamasin, baland ovozda faqat shunday dedi:
— Uyga.
Otasi uni bajarilgan ishi haqidagi hisobotini kutayotgan edi, shundan so‘ng ular janob Chonning ofisiga birga bormoqchi edilar.
Yigit Syuin bilan hech qanday aloqasiz bu ikki haftani qanday o‘tkazganini o'zi ham bilmaydi. Ularning muloqot shakli telefon qo‘ng‘iroqlarida bo'lmagani sababli, Jimin bu vaqt davomida o‘zining "Quyoshi" bilan tezroq uchrashishni orzu qilardi. Qiz u yo‘qligida qiynalganini aniq biladi, chunki Jimin qizning tashqi dunyo bilan bog‘lanish manbasi edi. Park har doim Syuin unga nisbatan minnatdorchilik hissini tuyib, bu tuyg'uni sevgi bilan chalkashtirib yuborganini taxmin qilardi. Ehtimol, uning his-tuyg‘ulari o'zaro emasdi, ammo yigit uchun qizning xotirjamligi va kamdan-kam uchraydigan tabassumi muhim edi. Yigit boshidanoq o‘z sevgisini ikkalasiga ham yetqaza olishiga o‘ziga-o‘zi va’da bergan edi. Bu juda sentimental tuyulsa ham, u aynan shuni his qilardi. Syuin boshqa mamlakatga tez orada ketishini o'ylasa ongida paydo bo'layotgan fikrlardan g'azablanardi, bu esa umidsizlik bilan chegaradosh edi. Ular noaniq vaqtga ajralishlari oldidan. birga o‘tkazishlari mumkun bo'lgan atigi bir kun qolgandi, Jimin qizga uzoq vaqt bir-birlaridan uzoqda bo‘lmasliklari haqida qanchalik qat’iy aytmasin, ich-ichidan bunga ishonchi komil emasdi. Yigit birlashish yaqin orada sodir bo‘lmasligini aql bilan tushunardi.
— To‘xta! “Utopiya”ga hayda, — u keskin gapirdi va haydovchini to‘satdan tormoz bosishga majbur qildi.
— Orqaga qayt, — u yanada xotirjamroq ovozda dedi.
Agar Syuin ketishiga atigi bir kun qolgan bo‘lsa, u o'zini u bilan bo‘lishi shart ekanligiga ishontirdi. Jimin qizning o‘z o‘rnini topa olmaganini, asabiylashganini, ehtimol, uning g‘oyib bo‘lishi haqida har xil ahmoqona narsalarni o‘ylab topganini yaxshi tushunardi. U uni quchoqlashi, tinchlantirishi va hamma narsa yaxshi bo‘lishiga ishontirishi kerak edi.
Uning tabassumini eslab qolishi kerak edi…
Jimin yo‘l davomida otasiga qo‘ng‘iroq qildi va uni kechikishi haqida ogohlantirdi. Erkak javob bermasdan trubkani o'chirib qo'ydi. Biroq, yigit go‘yo telefonda otasining bosh irg‘aganini sezgandek edi.
Mashina to‘xtaganda, Jimin haydovchi uni kutishini buyurdi. O‘zi rulga o‘tirishga umuman kuchi ham hohishi ham yo‘q edi. Uzoq parvoz uning kuchini sezilarli darajada so‘rib olgandek edi.
Yigitning yuziga yana tabassum qaytdi. U Syuinni xonasiga qanchalik yaqinlashsa , lablari ham tabassumdan shunchalik kengayib borardi. Uning xayolida birgina istak bor edi: yo'lda Satomi bilan uchrashmasdan o‘zining quyoshiga tezroq yetib borish, chunki u bilan suhbatlarni ishdagi mavzuga aloqador bo‘lmasa, vaqtni behuda sarflash deb hisoblagan.
Jimin Syuinning xonasi yonida to‘xtadi va ongsiz ravishda sochlarini orqaga taradi, peshonasini ochdi. U uning yuziga bu uslub juda yarashishini aytganini esladi. U eshikni barmoqlari bilan sekin taqillatdi, ammo javob yoki qadam tovushini eshitmagach, biroz kuchliroq takrorladi.
— Bu menman, Jimin, — dedi yigit, boshini yengil egib.
Narigi tomondan biror tovushni eshitilmagach ortiq kutmay, u tutqichini burab, eshikni ochdi, lekin u birdan ochilmadi, shuning uchun Park uni kuchliroq itardi. Bu safargi urinishi muvaffaqiyatli bo‘ldi…
Afsuski Jiminning baxtiga qarshi…
— Syuin… — yigit oldidagi manzarani ko'rib faqatgina nafas chiqarib, joyida qotib qoldi.
Jiminning oyoqlarini zanjirlar bog‘lab qo‘ygandek, tanasini tonna og‘irlik bosib, bir qadam ham oldinga qo‘yishga imkon bermayotgandek tuyuldi. U nafas olishga qanchalik urinmasin, nafasi juda g‘alati edi. Ko‘zlari unga bo‘ysunishdan bosh tortdi, u faqatgina og‘zi ochiq holda bir nuqtaga tikilib turardi.
Syuinning oyoqlari jonsiz osilib turgan joyga…
Jimin qiz tomon kichik bir qadam tashladi, ammo u hecham boshini yuqoriga ko‘tara olmadi… faqat rangpar yuzini ko‘rmaslik uchun… o‘z Syuinini, qandilga o‘zini osganini ko‘rmaslik uchun…
Nihoyat, o‘ziga kelgan Park bir qadam bilan qizni yoniga keldi va oyoqlaridan ushlab, tanasini ko‘tara boshladi.
— Nima qilib qo'yding… nima qilding sen… — u bir xil so‘zlarni takrorladi, Syuinni iloji boricha yuqori ko‘tarishga harakat qilardi.
U nafas oladi, yo‘taladi, hayot alomatlarini ko‘rsatadi deya umid qilardi…
U kechikkanidan qo‘rqayotgandi.
Bor kuchi bilan Jimin nihoyat yordam so‘rab baqirdi. U Syuinning o‘lganini tushunayotgandi, ammo yuragi bunga ishonishdan bosh tortardi.
Xonaga fohisha qizlaridan biri yugurib kirdi va Syuinni ko'rib qichqirgancha og‘zini kafti bilan yopib yuzini burib oldi.
— Qo'riqchilarni chaqir! Tezroq! — ovozi qirilib baqirdi Park.
Ko‘p o‘tmay, boshqa qizlar ham to‘planishdi. Ularning qichqiriqlari va ko‘z yoshlari Jiminning asabiga tegib, uni yanada ko‘proq baqirishga majbur qilardi.
Qo'riqchilar xonaga yugurib kirib, darhol yigitga yaqinlashdilar va qizni tanasini qandildan olib tashlashga yordam berishdi. Ular uning boshini ehtiyotkorlik bilan chiqarish uchun arqonni bo‘shatdilar.
Syuin krovatga qo‘yilganda, Jimin qo‘llarini silkitib baqirdi:
— Hammang tashqariga! Tashqariga! Yo‘qolinglar!
U ortiga o‘girilib hamma chiqib ketishini kutmay, krovatga chiqdi. O‘ziga Syuinni qarashga majbur qilib yuzini to'girladi… Qizni sochlari yig'ilgan ammo betartib bo'lib ketgan edi va ba’zi tutamlar rezinkadan chiqib ketgan edi. Qizning yuzidagi rangparlik esa yigitni battar dahshatga solardi.
— Hey… — Yigit uning ustiga engashdi va nafas olishini tinglab, butunlay jim qoldi. U barmoqlarining titrashi bilan uning yelkalarini yengil silkidi. — Syuin… hushingga kel. Iltimos.
Jimin baland ovozda nafas chiqardi, Syuinni ko‘tarib, boshini o‘z ko‘kragiga bosdi.
— Axir sen ertaga ketishing kerak edi. Quyoshim… — u sekin-sekin chayqalib, jonsiz tanani o‘ziga qattiq bosar ekan, dedi. — Sen ahir reysga kechikishing mumkin emas. Oldinda seni yangi hayot kutyabti Syuin?..
Park Syuinni o‘zidan uzoqlashtirdi va qizning ochiq ko‘zlariga tikilib, jim qoldi. U bosh barmog‘i bilan uning yuzini silab, ko‘zlarini bo‘ynidagi qizil izlarga tushirdi. Jimin qizga, yoki o‘ziga birga bo'lish haqidagi va'dalarni berib yupatishni hohlardi. Ammo shu damda bir so‘z ham ayta olmadi. Uning qoshlari ko‘zlari ustiga yaqinlashib, lablari titradi. U bor kuchini sarflab qalbidagi og'riqdan baqirib yubormaslikka urinardi, hech qanday va’da o‘lim oldida zarracha ham kuchga ega emasligini anglashdan yuragi larzaga kelayotgandi.
Jimin barmoqlari bilan Syuinning yuziga tushgan o‘zining ko‘z yoshlarini artdi, so‘ng kafti bilan uning ko‘zlarini sekin silagancha, yopdi. U egilib, peshonasini uning peshonasiga bosib sekin dedi:
— Nega unday qilding?.. Nega sabr qila olmading? O‘zing uchun, biz uchun…
Qizning sovuq yuzlari Jiminning ko‘z yoshlaridan namlanardi. Yigit go‘yo telbalikda uni o‘ziga bosishda davom etardi, u uni kutmaganlikda, umuman achinmaganlikda ayblab baqirishni hohlardi.
Yigitning o‘ylari xonaning g‘amgin atmosferasida cho‘kib ketdi. U Syuinning zaif tanasini o‘ziga qattiqroq bosdi, qo‘li bilan uning belini siladi. Ayni damda faqat birgina yurak urayotgandi… ikkalasi uchun ham.
Jiminning ongiga qizning hatto nafas olishi bilan ham buzilmaydigan qo‘rqinchli sukunat urildi.
— Syuin?.. — u yana bir bor qizni ismini chaqirdi, javob bo‘lmasligini tushunsada. U uni ehtiyotkorlik bilan krovatga qo‘ydi, boshini avaylab joylashtirdi.
Jimin qo‘lining orqa tomoni bilan uning bo‘ynini siladi, so‘ng yelkalarini qo‘llari bilan silab, oyoqlarigacha tushdi. Yigitni uning quyoshini qoplagan sovuqlik qo‘rqitayotgandi , shuning uchun u uni uxlatayotgandek silashda davom etdi. Birdan yigitning nigohi qizning ingichka oyoqlaridagi ko‘karishlarga tushdi. U qoshini chimirib, barmoqlari bilan gematomalarga tegdi.
— Bu qayerdan?.. — Faqatgina hozir yigit detallarni sezishni boshlagandi. U xonani ko‘zdan kechirdi, qandilda osilgan arqonga qaradi, ammo qiz o‘zini osish uchun nima ustiga chiqqan bo‘lishi mumkinligini topa olmasdi.
Xonadagi yagona stul kiyim-kechak stoli yonida turagandi. Park yana Syuinga qaradi. Uning maykasining ingichka lyamkalaridan biri yirtilgan edi, bu uni hayollarini yanada chalkashtirib yubordi.
Shu payt eshik keskin ochildi va xonaga Satomi hansirab yugurib kirdi. U ko‘zlari kattalashgan holda Syuinning tanasiga tikildi, so‘ng hayratlangan nigohini Parkga o‘tkazdi.
— Men… — yapon ayoli lablari titragancha , nima deyishni va qanday o'zini oqlanishni bilmasdan turib qoldi.
Jimin Satomiga g‘azabli nigohini ko‘tardi. Umidsizlik butunlay g‘azabga o‘zgargan edi, go‘yo bu yo‘qotishni yengishga yordam berishi mumkindek edi.
— Bu o‘z joniga qasd qilish emas, — yigit tishlari orasidan gapirdi. — Sen… — Yigit krovatdan turib, sekin kichik qadamlar bilan yapon qiziga yaqinlashdi, qiz qochishi kerakligini tushunardi, ammo oyoqlari unga bo‘ysunmadi. Yigit Satomining sochlaridan siqimlab ushlab, boshini orqaga tortib, dedi : — Sen kimnidir uning yoniga qo‘yganmiding ?
— Meni jonimni og‘rityabsan, Jimin…
— Qiz vahima qilmaslikka harakat qilardi, ammo Parkning nigohi uni qichqirishga va rahm-shafqat so‘rab iltijo qilish ayni vaqti ekanligini anglatardi. — Hech.... kimni! Men... u.. uning yoniga hech kimni qo‘ymadim! — Satomi yigitning qo‘lini ushlab, og‘riqni kamaytirishga harakat qildi.
Jimin yapon qizini sochlaridan sudrab, chiqish tomon tez qadamlar bilan yurdi. Qiz uning ortidan yetishga harakat qildi, ba’zan keskin og‘riqdan qichqirardi.
Koridorda to‘xtab, yigit qo'riqchilarni chaqirdi va Satomini ularning yoniga itarib tashladi.
— Uni yuqoriga olib chiqing! .
Yaponiyalik qizni ushlab turgan erkak, savol nazari bilan Parkga qaradi.
— Yomon qizlarga yaxshi bo‘lishni o‘rgatadigan xonaga olib boring. — Jimin g‘azab bilan ko‘zlarini qisib gapiga qo‘shimcha qildi.
Uning Harukani aynan qayerga olib borishni buyurganini tushunish uchun boshqa izohlar kerak bo‘lmadi. Bu bordelning “aybdor” qizlari uchun maxsus ajratilgan xonasi edi.
“Utopiya”ning avvalgi boshqaruvchisi bunday jazo usullari uchun mahsus xona tashkillashtirgandi. Janob Chxve tez-tez qizlarni shunday jazolab turardi. U yuqori lavozimga ko‘tarilib, Yaponiyaga ko‘chirilishi bilanoq, Jimin uni o'rniga yangi vazifalarga qo'yilganda birinchi navbatda bu xonani yopishni buyurgandi, chunki u bunday jazolarni juda shafqatsiz deb hisoblagan.
— Sen! — Jimin o‘z odamlaridan biriga qarab baqirdi. Satomining qichqirig‘i uning diqqatini umuman chalg‘itmasdi, chunki u uni qattiq tutib turgan qo'riqchilarning qo'lidan chiqishga harakat qilardi. — Shu yerda tur! — U yigitga yaqinlashdi, egilib uning boshining orqa qismidan ushlab, Syuinning xonasi tomon qo‘pol ravishda itardi. — Agar biror kim bu xona ostonasidan xatlab o‘tsa… — Park qurolini chiqarib, qorovulning boshiga o‘qtalib, davom etdi: — Sen mendan shu o‘qni miyyangga joylashimni iltijo qilib so‘raysan.
Jimin o‘n daqiqadan beri yerda yotgan Satomining oldida u yerdan bu yerga yurar edi. U o‘ychan holda oldinga qarab, qo‘llarini quroli bilan orqasiga qo‘ydi. Uning yuzida hech qanday his-tuyg‘u yo‘q edi, go‘yo u o‘zining turgan joyidan butunlay ajralib qolgandek, va qizning og‘riqli ingrashlari unga umuman ta’sir qilmasdi.
Uning odamlari Parkdan to‘xtatish buyrug‘ini kutsalarda olmaganlari uchun qizni kaltaklashdan to‘xtadilar. Agar kaltaklashda davom etsalar qiz hushini yo‘qotgan bo‘lardi, shuning uchun erkaklar Jiminning oldida turishda davom etib, keyingi ko‘rsatmalarni kutishardi. Biroq, yigit ularga e’tibor berishga shoshilmadi va erkaklar uning fikrlash jarayonini to‘xtatishdan qo‘rqib jim turishardi.
Satomi esa og'riqdan ingragancha oyoqlarini qorniga yig'ib kaltaklar yana davom etishidan qo'rqib yotardi. U imkon qadar ovoz chiqarmay Jimin uni tirik qoldirishini Hudodan iltijo qilgancha yotardi. Xitoylik qizning o‘limiga aloqasi yo‘qligi haqidagi qancha gapirsa ham uning barcha so‘zlari e’tiborsiz qoldirildi. Park uni umuman tinglamadi, unga qaramadi ham. U go‘yo boshqa dunyoda edi, xona ichida bo'lsada, Satomini o‘z odamlarining qo'liga tashlab qo'ygandi.
Jimin Syuin bo‘lmagan dunyoni tasavvur qilishga harakat qilardi, ammo xayolida faqat g‘amgin rasmlar aylanardi. U go‘yo parda ortidan kelajagini ko‘rayotgandek edi. Uning barcha kelajakdagi rejalari Syuin bilan qurilgan edi: uni qutqarish, davolash, olib ketish, yashirish, yangi hayot berish va keyin u bilan birga bo‘lish uchun hamma narsani qilish. Hozir esa yigit butunlay adashgan edi. Shunchalikki, oyoqlari uni yana uning xonasiga qaytishga va hushiga kelishi uchun yig‘lab yolvorishga undayotgandek edi.
Park boshini keskin Satomi tomonga burdi va uni sovuq nigoh bilan teshib o‘tdi. Uning yuzida kam qon borligini his qildi, ko‘proq azob, ko‘proq og‘riq, ko‘proq ko‘z yoshlarini xohladi.
Jimin har xil buyumlar yotgan stolga o‘tdi va ko‘zi taxlangan mato bo'lagiga tushguncha ularni ko‘zdan kechira boshladi.
— Suv olib kel, — u qisqa dedi va matoni erkaklardan biriga uzatdi, so‘ng o‘tirish uchun stulni tortdi.
— Nima qilmoqchisan?! — Satomi uning niyatini dahshat bilan taxmin qilib, orqaga sudralib yurishga harakat qildi, ammo bunga kuchi qolmagandi. U yosh to'la ko‘zlari bilan «kerakli narsalarni» ko‘tarib kelayotgan qo'riqchiga dahshat bilan qaradi.
—Jimin! Iltimos… men hech narsada aybdor emasman… — qiz ko‘z yoshlaridan qiynalib, unga iltijo qilib yalindi.
Agar Park xotirjamroq bo‘lganda, hatto yapon qizining ko‘z yoshlaridan lazzatlangan bo‘lardi. Uning ko‘z oldida bunday «hodisa» birinchi marta yuz berardi. Har doim kibrli Haruka Satomi kamdan-kam ko‘z yosh to‘kardi, va Jiminning ahvolida esa u aynan shuni istayotgandi. Qasos olishni...
Yigit qo‘llarini tizzalariga qo‘ydi, qurolni barmoqlari bilan mahkam ushladi. U o‘z odamlariga qisqa bosh irg‘adi, shundan so‘ng ulardan biri Satomini ushlab, tanasini harakatsiz ushlab turish uchun yelkasidan tutib yotqizdi. U qizning yuzini latta bilan yopdi, so‘ngra qo‘llarini qattiqroq ushladi. Yapon qizi oyoqlarini tortib, o‘zini ozod qilishga harakat qildi. Dahshatli qo‘rquvdan uni allaqachon nafasi bo‘g‘ila boshlagandi, chunki qolgan barcha kislorodini o‘zini qutqarishga sarflardi.
— Boshla. — Jimin ikkinchi erkakga o‘girilib, buyruq berdi.
Erkak cho‘kkalab o‘tirdi va chelakdan Satomining og‘zi va burun teshiklariga sekin suv quyishni boshladi. Uni ushlab turish tobora qiyinlashib borardi, chunki qiz avvalgidan ham qattiqroq o‘z hayoti uchun kurasha boshladi.
— Yetar. — Jimin qo‘l silkidi va erkak harakatdan darhol to‘xtadi, o'rnidan turib, bir chetga o‘tdi. Ikkinchisi esa Satomini ushlab turishda davom etdi va faqatgina boshidan matoni oldi.
Satomi telba nigoh bilan og‘zi bilan havoni yutardi, yo‘talgancha baland nafas olardi. Ko‘zlari kattalashib ketgan edi. Qiz avvaliga nima bo‘layotganini tushunmadi. U o‘zini instinktiv tarzda qo‘llarini tortib olib uni ushlab turganlarni itarishga urindi, ammo urinishlari behuda edi.
— Kim? — Jimin faqat shu savolni berdi, oyoqlarini bir-birining ustiga qo‘ydi. — Kimni… uning yoniga kirgazding? — U Syuinning ismini ayta olmadi. Birgina urinish uning tomog'ini kuydirib yubordi.
Satomi haligacha shoshib nafas olayotgandi, ammo yigitga javob berish uchun o‘zini tinchlantirishga harakat qildi. U o'zini yana xuddi shunday, go‘yo qutulish imkoniyatisiz cho‘kayotgandek his qilishdan qo‘rqardi, shuning uchun bor kuchi bilan yig‘lagancha dedi:
— Men bunday bo‘lishini bilmagandim… men… men… — u gapirishdan oldin o‘zini oqlashga harakat qildi. — U… Jimin, u… uning bunday qilishini xayolimga ham keltirmagandim… iltimos, Jimin…
Qiz yerda oyoqlarini to'g'rilamoqchi bo'lganida uning qimmatbaxo ko‘ylagi ko‘tarilib, qizil krujevali ich kiyimi shu yerda turganlarga ko'rinib ketti. Qo'riqchilar esa uni turishiga yo'l qo'ymadilar.
— Kim? — Yigit yana savol berdi, javobni huddi oldindan bilgandek. Balki eshitishdan qo‘rqdimi? Ha deb ham, yo‘q deb ham bo'lmasdi. Uning butun g‘azabi tashqariga chiqishga muhtoj edi, shuning uchun u erkaklarga bosh irg‘adi va ular o‘z harakatlarini yana takrorlashga kirishdilar.
— Yo‘q! Iltimos o'tinaman! Yo‘q! Taehyung! Men senga hamma narsani aytdim-ku! Bu Taeh… — u davom etishga ulgurmadi, chunki yuziga yana mato qo‘yishdi va suvni yuziga qayta quya boshladilar.
— Men sening ham azob chekishingni xohlayman, — Jimin lablari orasidan dedi, titrayotgan qizni tanasidan nigohini uzmasdi. U hatto ko‘zlarini ham pirpiratmadi.
Yigitning yuragiga kuchli og‘riq kirdi. U bu ismni eshitishni qanchalik istamasin, ammo uning qalbida yorqin alanga yonayotgan edi. Park o‘zining dunyosi butunlay ostun-ustun bo‘lganini nihoyat tushundi. Jarayon u Syuinga birinchi marta boshqacha nigoh bilan qaragan kundan boshlangan edi, hozir esa… hozir Jimin o‘zi uchun boshqa yo‘l ko‘rmayotgandek edi.
— Yetar! — u keskin baqirdi va erkaklarni to'xtashga va qiynoqlarni to‘xtatishga majbur qildi. Yigit ichidagi og‘riq - qichqirish, parchalash, urish, o‘ldirish kabi kuchli istaklar bilan almashdi.
— Uni yo‘q qiling. — Jimin o'rnidan turdi va stulni oyog‘i bilan itarib yuborganda u chayqalib yerga yiqildi.
— Ammo… — erkaklardan biri hayrat bilan unga tikildi, nam lattani yerga tashlagancha qo‘llarini shimiga artdi.
— U axir… — u sezilarli darajada zaiflashgan, ongi qoldiqlarini saqlashga urinayotgan qizga qarab qo‘ydi.
— Nima? — Jimin erkakni gapini kutib turgancha unga qaradi.
— U janob Parkning fohishasi-ku. Biz… — u davom ettirishga ulgurmadi, o'q ovozi uni to'xtatdi. Erkak bir necha soniya hayratda Jiminga qarab turdi, so‘ngra uning chakkasidan yupqa qon oqimi oqib tushdi va u jonsiz holda Satomining ustiga yiqildi.
Qiz qichqirib, tanani o‘zidan itarib, yon tomonga sudralib ketishga harakat qildi.
— Iltimos… Jimin… men xohlamagandim, menga ishon…
— U janob Parkning fohishasi, men esa uning o‘g‘liman. Menga aytadigan yana gaping bormi? — Yigit ikkinchi erkakga g‘azab bilan qarab, undan ijobiy bosh irg‘ishni olgach, qo‘shimcha qildi: — Uni o‘ldirishdan oldin, yuzini tanib bo'lmas holga keltir. — Jimin yerga tupurdi va Satomining rahm-shafqat so‘rab qilgan iltijolarini e’tiborsiz qoldirib, qat’iy qadamlar bilan xonadan chiqib ketdi.
— Taehyung shunchaki gaplashmoqchi ekanini aytgandi… menga ishon, Jimin… iltimos. — Satomi yigitning ortidan qichqirardi.
Ko‘zlari oldida Taehyungning keng tabassumi paydo bo‘ldi, u Syuinning xonasidan keng shimining cho‘ntagiga qo‘lini solib chiqib ketayotgan edi.
— Do‘stimning didi juda zo‘r. Qanday qilib sen sevgan Parklarning kenjasi sening «farishtadek» hislaringni tanlamasligiga yo‘l qo‘yib berding Satomi?
Kim ikkinchi qo‘lini Satomining beliga qo‘ydi va uni burib, boshqa tomonga olib bordi.
Haruka hammasidan ham o‘sha oqshomda Taehyungga xitoylik Syuin haqida aytib qo‘yganidan afsuslandi…
Agar vaqtni ortga qaytarish mumkin bo‘lganda, u o‘z his-tuyg‘ulari va hasadiga tupurib tirik qolishga harakat qilgan bo‘lardi…
Jimin Syuinning tanasidan ko‘zini uzmasdi. Krovatning chetida o‘tirib, uning yuzi va bo‘ynini yengil silardi. Uning ichida turli xil his-tuyg‘ular kurashardi: sodir bo‘lgan narsaga ishonishni istamaslik, sodir bo‘lganini anglash, baqirish istagi va qizning tanasini quchoqlash ehtiyoji, uni qo‘ldan chiqarmaslik.
Jimin Syuinning yuzi ustiga engashib ko‘zlarini yumdi va nafasini ichiga yutib, o‘z lablarini qizning lablariga bosdi.
— Kechir.... Sen men haqimda shubhalanganing to‘g‘ri edi, — yigit sokin nafas chiqarib, davom etdi. — Men yaxshi odam hisoblanishga loyiq emasman. Men seni o‘ldirdim. Quyoshim…
Jimin o‘rnidan turdi va Syuinning sovuq yuzini barmoqlari bilan ehtiyotkorlik bilan siladi.
Bir necha daqiqa shunday turib, o‘ychan holda bir tomonga qarab, so‘ng og‘riqli nigohini qizning tanasiga tashlab, xonadan chiqib ketdi. Hech kimni kirgazmaslikka buyruq berdi, chunki o‘zi dafn marosimi haqida shaxsan kelishib olishni xohlardi.
Yigit eshikni ortidan ehtiyotkorlik bilan yopdi, go‘yo kimnidir uyg‘otishdan qo‘rqayotgandek.... Uni....
Quyoshi endi porlamaydi… u Park Jimin uchun butunlay va qaytarib bo‘lmas darajada ufq ortiga botdi.
Jimin qayoqqa ketayotganini o‘zi ham tushunmasdan, tezlikda mashinasini haydab ketardi. Telefonda chaqiruv ovozi eshitildi shu sabab mikrofonni yoqib uni yon o‘rindiqqa tashladi.
— Bizning nozik Park Jiminimiz do‘stlarini eslab qolibdimi? — mashinaning ichida mobil dinamikasi orqali Taehyungning yo‘g‘on ovozi eshitildi.
— Qayerdasan? — yigitning bema’ni gaplariga umuman e’tibor bermay, Jimin so‘radi.
Telefonning narigi tomonida kulgi yangradi, shundan so‘ngina Kim dedi:
— Senga aytishim kerakmikan? Kichkina qo‘llaring bilan meni qattiq urmaysanmi? Yoki… — u to‘xtab, davom etdi: — Yoki darhol qurolingni peshonamga tiraysanmi?
Jiminning ichi g‘azabdan yonib ketardi. Kerakli joyga yetib borishga ham sabri yetmadi, u Taehyungning mamnun yuzi oldida to‘satdan paydo bo‘lib qolishni xohlardi.
— O'zimizning uychamizda, — Taehyung jiddiylashib, javob berdi.
Jimin telefoniga qo‘l uzatib, uni o‘chirib, gazni bosgancha tezlikni oshirdi. U Kimning yolg‘iz emasligini aytganini eshitmadi ham.
— Park umuman eshitishni bilmaydi, — Taehyung o‘ylangancha dedi va telefonini stolga qo‘ydi. — Sujon, narsalaringni yig'ishtir, ketishing kerak, — u vanna tomonga boshini burib, baland ovozda baqirdi, u yerda qiz yigirma daqiqadan beri dush qabul qilayotgandi.
— U keldimi? — Chonguk hayajonlanib kresloda o‘rnidan qo‘zg‘aldi va darhol do‘stiga qo‘ng‘iroq qilish istagi bilan telefoniga qo‘l uzatdi.
— O‘zingni qiynama, u bu yerga kelyapti. — Taehyung kulib qo‘ydi. U Parkning nima uchun kelayotganini yaxshi bilardi, shovqin, og‘riq va jirkanchlik bo‘lishini oldindan sezayotgandi.
— Juda yaxshi! —Chonguk Aseel haqida Jimindan yangilik eshitishini o'ylab sevindi. Uni nimalar qilgani, qayerlarda bo'lgani, kimlar bilan gaplashgani, necha marta jilmaygani qiziqtirayotgandi.
— Sujon… — Taehyung baland ovozda qayta baqirdi. — Tezroq ketaqol endi.
— Nima uchun uni haydayabsan? Minet qilib bo'ldi endi kerak emasmi? — Chonguk bema’ni kulib, sigaret olgancha labiga tutib, uni yoqdi.
— U buni qanday qilishni unutib qo‘yibdi… — Taehyung lablarini burib o‘ylangancha ko‘zlarini yumdi. —.... yoqimli qilishni...
— Balki sen uchun yoqimliroq qila oladigan boshqa kimdir paydo bo'lgandurda? — Chon do‘stiga qarab, qoshini ko‘tarib qo‘ydi.
— Buning uchun menda sen borsan Chon Chonguk! — Taehyung boshini yuqoriga ko‘tarib, kulib yubordi.
— Kechir, lekin men o‘zimni faqatgina karamcham uchun saqlayman… — Yigit do‘stining kayfiyatini tushundi, ammo o‘z rafiqasi haqida o‘ylashi bilan yana jiddiylashdi. — Blyaaaaaat!
— Saqlanyabsami?... Shuning uchun kecha bordeldagi fohisha sening ustingda sakraganmidi?
— Jin ursin seni, Men chiqarib yuborishim kerak edi ahir! — Chonguk jaxl bilan Kimga norozi nigoh tashlagancha gapirdi.
— Oxir-oqibat sen emas o‘sha fohisha chiqarib yubordi shekilli. — Taehyung o'zining oyoqlariga urib, o‘rnidan turdi va ichimlik quyish uchun mini-bar tomonga yo‘naldi. U Park bilan uchrashishdan oldin ichkilik unga kerak bo‘lishini tushundi.
— Qachon yana uchrashamiz? — Sujon kiyinib bo‘lib, vannadan chiqdi va Taehyungga yaqinlashdi yuzini yigitning yelkasiga qo‘ydi. — So‘nggi paytlarda kam uchrashyabmiz. — U xafa bo‘lib lablarini cho‘chaytirdi.
— Ket endi bu yerdan, Sujon. Og‘zing yana menga qachondir kerak bo'lib qolsa senga qo‘ng‘iroq qilaman, — Taehyung viskidan bir qultum ichib, dedi.
Uni gaplaridan Chongukning baland kulgusi eshitildi.
— Bu shuni anglatadiki, endi sen butunlay ozodsan! Te seni bo'rtingni berdi Sudjon. — Chonguk «tarjimon»lik rolini o‘ynashga qaror qildi.
Sujon unga g‘azablanib qaradi, so‘ng yana Kimga qarab gapirdi:
— O‘zim senga qo‘ng‘iroq qilaman, tashvishlanma.
— Bilaman. Sen kibr emassan — seni sindirib bo‘lmaydi. — Taehyung unga qadaxni ko‘tarib ishora qildi va labidan o‘pish uchun egildi. — Endi esa ket.
Sujon yana bir narsa demoqchi edi, lekin jirkanch jilmayib turgan Chongukka qarab, fikridan qaytdi.
U divandan sumkasini olib xayrlashmasdan chiqib ketdi. Ammo eshikni yopishga ulgurmadi, uni ichkariga kirib kelgan Jimin ushlab qoldi va qizni deyarli yiqitib yuboray dedi.
— Mana bizning Romeo ham keldi. — Taehyung stakanni og‘ziga olib bordi, ammo Park uning yoniga tezlikda yugurib kelib, ichimlikni qo‘lidan urib tushirib Kimning jag‘iga mushti bilan urdi, buning natijasida u boshini yon tomonga burgancha qo‘li bilan jag‘ini ushlab oldi. — Ahhh… tan olaman, mushting kuchli ekan.
— Jin ursin senlarni bu nimasi? — Chonguk o‘rnidan turgancha, sigaretini stolga tashladi.
— Aralashma! — Jimin barmog‘ini Chonga ishora qildi, so‘ng Taehyungni futbolkasi yoqasidan ushlab, o‘ziga tortdi: — Nega menga bunday qilding?! Qanday qilib uni o‘ldirishga qo'ling bordi?!
Taehyungning yuzida yorqin tabassum paydo bo‘ldi. U qonning metal ta’mini his qilib, lablari ustini tili bilan yaladi.
— Juda oson. Bu qanday qilinishini bilmaysanmi? Garchi… uni osishdan charchagandim. Lekin o‘zgacha uslubda qilmoqchi edim, ammo…
Jimin uning gapini tugatishiga yo‘l qo‘ymadi. Uning so‘zlaridan kelgan barcha og‘riqni Taehyungni mini-bar tomon butun kuchi bilan itarib yuborib, chiqardi. Jimin yana urish uchun qo‘lini ko‘tardi, biroq Taehyung o‘zini olib qochdi va musht stolning yuzasiga tushdi. G‘azabdan baqirib, Jimin barcha alkogollarni yerga uloqtirdi. Shisha butilkalar yerda tushib siniqlarga bo‘linib ketdi va suyuqliklar atrofga sochildi.
— Qanday qilib bunday qila olding?! Qanday qilib qilib, Taehyung?!
— Sizlar nima qilyabsizlar o'zi?! — Chonguk Parkni oldiga yugurib kelib uni orqaga tortishga harakat qildi. Ammo jilovsiz g‘azabga to‘lgan Jimin do'stiga bo‘ysunmadi. U Taehyungni urishda davom etdi, zarbalari qayerga tushayotganini umuman his qilmas edi.
— Aralashma! — Yigit Kimni qo‘yib yubordi, u esa yonboshga dumaladi va qornini ushlab oldi.
— Nima qilyabsizlar o'zi?! — Chon qo‘llarini yoyib, bir do'stidan ikkinchisiga nigohini o‘tkazardi.
— U uni o‘ldirdi! U Syuinni o‘ldirdi! U o‘ldirdi! — Jimin yana Kimni oldiga yugurib keldi va uning oldida tizzasiga o'tirib, qo‘lidan ushladi. — Shu qo‘llari bilan uni osgan! — Yigit allaqachon nima qilayotganini tushunmasdi. Go‘yo u endigina sodir bo‘lgan voqeani telbalarcha nigoh bilan kuzatayotgandek edi.
— Kimni o‘ldirdi? — Chonguk sodir bo‘layotgan voqeadan butunlay adashib qoldi. U do‘stiga yaqinlashishga urindi, ammo u o‘rnidan turib, uni itarib yubordi va xona bo‘ylab tartibsiz yurishni boshladi.
Taehyung o‘rnidan turishga harakat qilib qon tupurdi, so‘ng qo‘lining orqa tomoni bilan og‘zini artdi. Yigit Chongukning tushunmagan nigohiga qaradi, u javobni kutib, uni sinchkovlik bilan kuzatardi.
— Sen nima qilding? Axir u… — Chon hech narsaga tushunmagan nigoh bilan Jiminga qaradi, u esa boshini ushlab, devorga suyangancha bir nuqtaga tikilib pastga o'tirib qoldi. — U o‘zida emas, — yigit qoshini chimirib, xulosa qildi.
— Sen uni o‘ldirding! — Jimin yana turib, Kimni yoniga yugurib keldi va qo‘lini mushtga siqib, urish uchun ko‘tardi, ammo Chonguk uning qo‘lini o‘z vaqtida ushlab, uni to‘xtatib qoldi.
— Ha men uni o‘ldirdim! — Taehyung yana tupurdi va qonga belangan tishlarini ko‘rsatib, kuldi. — Bilasanmi, uning oxirgi so‘zlari nima edi?
Taehyung Jiminning yuzi qanchalik qotib qolganini aniq ko‘rdi. U qo‘lini tushirgancha gapini davomini kutib jim bo'lib qoldi. Kimning keyingi so‘zlarini eshitishdan qo‘rqishi, hayotining qolgan qismini Syuin o‘limidan oldin nima deganini bilmasdan yashashdan qo‘rqishiga teng edi.
— «U meni qutqarishga va’da bergandi».
Taehyung shunchalik sovuqqonlik bilan kulib gapirdiki, hatto Chongukning tanasidan ham yoqimsiz titroq o‘tdi. Chon do‘stlariga ko‘z yugurtirdi, ilk bor ularning hayoti qanchalar iflosliklarga botib ketganligini angladi.
— O‘zinglarga kelinglar, axmoqlar! — Chonguk qo‘lini sochlari orasidan o‘tkazib, ularni orqaga taradi.
— Chonguk, sen shunchaki bizning shahzodamiz Parkning hayotidagi sevgilisi Syuin Tziya ekanligini bilmaysan. Sen zo'rlagan o‘sha kichkina bokira teshikchani eslaysanmi? — Taehyung kulgancha, charchoq bilan orqasiga yiqilib butun tanasida qayta og‘riqni his qildi.
Faqat bu safar Chonguk do‘stining hazilini qabul qilmadi, uning kulgusiga sherik bo‘lmadi. U faqat bir necha qadam orqaga yurdi va divanga o‘tirib qoldi.
— Tziyaning qizimi?.. — u do'stini gapini takrorladi va go‘yo tasdiqni kutgandek, Jiminga qaradi. — U axir xitoylik haromining fohishasi…
— U shunchaki siz ifloslar tomoningizdan zo'rlangan kichkinagina qizaloq edi! — Jimin o‘zini umuman nazorat qila olmadi. U stulni ushlab ko'targancha u bilan stolga zarb bilan urdi. — Sizlar uni o‘ldirdingiz! Men uni o‘ldirdim! — Yigit Kimga yaqinlashib uning qorniga yana zarb bilan tepdi, buning natijasida Taehyung yon tomonga dumalab yiqildi. Park joyida qotib qoldi, tez-tez nafas olib biroz tinchlanib gapida davom etdi: — Sen meni ham o‘ldirding, Taehyung.
— Seni o‘z otang o‘ldirdi, Jimin. Seni otang o‘ldirdi. — Kim o‘rnidan turishga harakat qilib, o‘tirib olgancha orqasi bilan stolga suyanib oldi. Uning yuzidan tabassum g‘oyib bo‘ldi, xuddi Jiminning yuzidan biroz oldingi ifoda yo‘qolganidek.
— Bu bilan nima demoqchisan?.. — u javobni eshitishdan qo‘rqib so‘radi.
— Sen meni o‘z hohishi bilan shunday qilgan deb o‘ylayabsanmi? Qanday ahmoqsan-a , Park Jimin.
— Men buni janob Chonning buyrug‘i deb o‘ylagandim, — dedi Park, Chongukga nazar tashlab, ammo bu paytda Chon butunlay o‘z o‘ylariga cho‘mgan edi.
— Bu sening otangning buyrug‘i edi axmoq.... Endi shu azob bilan yashaysan Park Jimin. — Taehyung kulishga harakat qildi, lekin faqat og‘riqdan qiyshayib qo‘ydi. — Lekin bilasanmi.... men na'munali oila niqobini sizlarning yuzingizdan abadiy tushganidan xursandman... Qonga belangan, lekin har biringiz o‘zini avliyo deb hisoblagan ikkiyuzlamachi Parklar oilasi....
Qonga belangan, lekin har biringiz o‘zingizni avliyo deb hisoblagan ikkiyuzlamachi Parklar oilasi....
Jimin qo‘li bilan yuzini silab, terisida qonli izlar qoldirdi va sekin orqaga yurdi, o‘girildi va xonadan keyin esa uydan yugurib chiqib ketdi.
— La'nati Parklar oilasi… — Taehyung butun tanasidagi og‘riqqa qaramay, kulib yubordi.
Chonguk nihoyat do‘stiga yuzini ko'tarib qaradi. Unga bir necha soniya tikilib turib, o‘rnidan sal turgancha, cho‘ntagidan telefonini oldi va tanish raqamni terdi. Har bir qisqa signallar uni siqib, aqlini go'yo qisib qo‘yardi. Boshqa tomondan trubka ko‘tarilganda, yigit faqatgina shu so'zlarni aytdi:
— Trubkani unga berishing uchun besh daqiqang bor. Derazadan sakrab kirib bo‘lsa ham, o‘sha la’nati trubkani Aseelga ber.
U telefonni quloqdan uzoqlashtirdi va uni barmoqlari orasida siqib turdi, boshqa tomondan uning odami buyruqni bajarish uchun harakat qilardi.
Taehyungning ingrashlari Chonni chalg‘itmadi. Kutishdagi hayajon shunchalik kuchli ediki, uning atrofidagi hamma narsa ahamiyatsiz tuyulardi.
U o‘z karamchasi bilan gaplashishi kerak edi… uning Aseeli tirik va uning yonida bo‘lishi kerak. Uning joyi erining yonida.
Jiminning umidsizligi yigitga juda kuchli ta’sir qildi, u o‘zining ham shunday holatga tushishi mumkinligini o‘ylab, titrab ketdi. Faqat Jimindan farqli o‘laroq, bunday narsani Chonguk u kabi qabul qilmaydi. Sababchi bo'lgan hammani o'ylab ham o'tirmasdan jonini oladi.
— Agar bir kun kelib, mening xotinim haqida shunday buyruq bo‘lsa… — Chonguk do‘stiga qaramasada uning tahdidi Kimning ongiga aniq yetib borishi uchun ishonch bilan gapirdi — …men seni kukun kabi parchalab tashlayman va men hazillashmayabman.
Xonada kiruvchi qo‘ng‘iroq ovozi yangradi, yigit tezda ekranni silab, qo‘ng‘iroqni qabul qildi. Trubkada sekin yig‘i ovozlari eshitildi, so‘ng Aseelning titragan ovozi yangradi:
— Chon.. guk?..
— Senga nima bo‘ldi?! U senga biror narsa qildimi?! — Chonguk o‘rnidan turib, xonada yura boshladi. Har bir qizning yig‘isi uning quloq pardalariga urilardi. Yigit o‘zi uni yig‘lashga majbur qilganini esladi, ammo qizning ko‘z yoshlari boshqa birov sababli to‘kilganda, u aybdorni yer yuzidan yo‘q qilishga tayyor edi.
— Bu sensan … men buni bilardim, — u trubkaga chuqur nafas chiqardi. Chon uning hursandlikdan yoki afsusudan bunday qilganini tushunmadi. — Men… kimdir meni o‘g‘irlamoqchi deb o‘ylagandim, ammo… — Aseel to‘xtadi va yig‘lab, davom etdi: — …bu sening odaming ekanligidan ham shubhalangan edim.
Chonguk tinchlanib, o‘tirib oldi. Lablari yengil tabassumga cho‘zildi.
Eng ko‘p u o‘z rafiqasi yonida bo‘lishini, uni quchoqlashni, tinchlantirishni va hamma narsa yaxshi bo‘lishiga ishontirishni xohlardi.
Eng ko‘p u Jiminning ahvolini o‘zida his qilishni xohlamasdi…
— Shunda sen bu mening odamim ekanligidan xursand bo‘ldingmi? Shundaymi... Yoki aksincha? — u o‘zini qiziqtirgan savolni berdi. Yigit boshini Taehyungning navbatdagi ingragan ovoziga burdi, u nihoyat turib, vanna tomon yurib ketayotgandi.
— Men… bilmayman. Bu... boshqa kimdir emas, aynan sen bo‘lganing yaxshiroq emasmi? — u ishonchsiz so‘radi.
— Tentak… — Chonguk samimiy tabassum qildi va divanning orqasiga suyanib, boshini orqaga tashladi. Parkning paydo bo‘lishi va undan keyingi janjaldan kelib chiqqan barcha taranglik, xotinining ovozini eshitishi bilanoq, yo‘qolib ketdi.
— Men kimdir meni kuzatayotganini his qilgandim… — Aseelning ovozi hali ham beqaror edi, lekin u uni tekislashga harakat qildi. — U bozorda onamga yaqinlashib, uni qo‘rqitib yubordi…
Aseelning u bilan o‘z tashvishlarini shu darajada oddiylik bilan bo‘lishishga davom etishi, Chongukni shunchalik ruhlantirdiki, u o‘zining ahmoqona tabassumini yashira olmadi.
— Uyga qayt, mening kichkina karamcham Va’da beraman… — Chonguk bir muddat to‘xtab qoldi. — Va’da beraman, hamma narsa yaxshi bo‘ladi. Men senga hech narsa qilmayman. Menga ishonasanmi?
U Park Jiminning xatolarini takrorlamaydi… hech kimga o‘z rafiqasini xafa qilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Jimin o‘z uyiga jaxl bilan kirib keldi. Kaftlari va yuzidagi qon qurib ulgurgandi, qo‘lidagi qurol esa uning ko‘rinishiga yanada telbalik qo‘shardi. Onasi va singlisi yigitni ko‘rib, o‘z o‘rinlaridan sakrab turdilar. Ammo u ayollarni qichqiriqlariga e’tibor bermadi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri otasining kabinetiga yo‘naldi.
Janob Park shovqinlarni eshitib tashqariga chiqmoqchi edi, lekin eshik ochilib ichkariga Jimin kirib keldi. Yigit darhol otasini ushlab oldi va uning chakkasiga qurolini o‘qtadi.
— Nima qilib qo'ydingiz dada?! — u bor ovozi bilan baqirdi. — Nima qildingiz?!
Erkak jirkanish bilan qarab o‘g‘lining yuzida ko‘zlarini yugurtirdi. U o'g'lining qurol tutgan qo‘lini pastga tushirib xotirjam qadamlar bilan o‘z o‘rniga o‘tirdi.
Jimin go‘yo bir nigoh bilan koyigan kichkina bola kabi joyida turib qoldi.
— O‘tir! — erkak stolni ro‘parasidagi stulga ishora qilib, baqirdi. — Qanday qilib bu ahvolda uyga kelishga jur’at etding?!
Kabinet eshigi ochildi va xonaga onasi yugurib kirdi. U o‘g‘liga yaqinlashib, uni xavotir bilan ko‘zdan kechirdi va dedi:
— Senga nima bo‘ldi?! Tez yordam chaqirish kerak! — u o‘g‘lining yuziga kaftlari bilan tegib, shivirladi. Ostonada esa Djimin turib qolgan edi, u qo‘rqib akasidan otasiga, otasidan akasiga nigohini o‘tkazardi.
— Chiqinglar! Darhol! — janob Park ularga baqirdi. — Hech qayerga qo‘ng‘iroq qilmaysan!
Ayol davom ettirishga ulgurmadi, chunki Jiminning baland ovozi uni qo‘rquv bilan jim qilib, o‘g‘liga tikilishga majbur qildi. U nigohini tushirdi va itoatkorlik bilan kabinetni tark etdi, ularni yolg‘iz qoldirdi.
Jimin dadasi aytgan joyga borib o‘tirdi va qurolini stolga qo‘ydi.
— Endi yana nimani menga o'rgatmoqchisiz dada ? — u soxta xotirjam ovozda so‘radi, ko‘zlarini pastga tushirdi.
— Men seni ogohlantirgandim! Lekin sen axmoq nima sevgi mojarolaring haqida hech kim bilmaydi deb o‘ylaganmiding?! — janob Park qoshlarini chimirib, so‘radi. — Seni janob Chon Tziyani qizi bilan bo‘lishingga yo‘l qo‘yadi deb qaysi aql bilan o‘ylading?! Sening harakating qanday qabul qilinishini tasavvur qilyapsanmi?! Sen o‘z qo‘llaring bilan butun oilamizni o‘limga yuborishingga sal qoldi! — Erkak qanchalik uzoq gapirsa, uning stoldagi kaftlari shunchalik kuchli zarb berayotgandi.
— Bas qiling! — Jimin otasining gapini baqirib bo‘ldi. — O‘zimizni qutqarish uchun boshqalarning hayotini buzishga bizga kim huquq berdi?! Kim bizga bunday huquq berdi?! Biz o‘zimizni hamma narsaga haqli deb hisoblaymiz: o‘ldiramiz, qiynaymiz, sotamiz, lekin shu bilan birga o‘z yaqinlarimizni himoya qilishga harakat qilamiz… — U ovozini pasaytirdi, endi baqirishga qodir emasligini his qildi. Tomog‘i qichishni boshladi, bu yoqimsiz hisni yo‘qotish uchun bir qultum suv kerak edi. Yigit ko‘zlaridagi yashirin sog‘inch bilan qo‘shimcha qildi: — Bu noto‘g‘ri, dada… nega menga bunday qildingiz ahir?
— Sen hozir bu darajaga yetguningcha qancha ish qilganimni tasavvur ham qila olmaysan va kelajakda sening "WINGS" dagi roling faqat yuqoriga ko'tariladi. Kompaniyada sening o‘rning mustahkamlanadi. Sen…
— Yana nima qildingiz, dada? Yana kimlarni men uchun qurbon qildingiz?
Janob Pak o‘rnidan turdi, bo‘yinbog‘ini to‘g‘riladi va eshikni mahkam yopish uchun yo‘naldi.
— Menimcha hamma narsani bilish vaqting keldi. Sen oilamizning muvaffaqiyati uchun javobgar bo‘lishing kerak o'g'lim, — erkak jiddiylik bilan dedi, o‘z o‘rniga qaytib o'tirar ekan.
— Yana kimlarni qurbon qildingiz?.. — Jimin savolini takrorladi.
— O‘z do‘stlarimni. Kim Tedjun va Min Hvan juda uzoq vaqt menga xalaqit berishdi. Chon ularning ta’sirida edi, va ularning itvachchalari senga tegishli bo‘lishi kerak bo‘lgan narsani tortib olishi mumkin edi.
— Lekin… — Jimin isterik kuldi va kulgi orqali dedi: — Sizningcha o'zi menga nima tegishli? Murdalar uyumimi? Buzilgan taqdirlarmi? Qasos o'tiga to‘lgan farzandlarmi? Bularning hammasidan menga nima tegishli o'zi? Mening vijdonim ustiga yuklagan yuklaringizmi? Siz menga hozirgina yap-yangi sovg'a qilgan tungi dahshatli tushlarmi? Boshqa hech qachon tabassum qila olmaydigan begunoh qizning yo‘q qilingan hayotimi? — u titrayotgan tanasi bilan sanashda davom etdi, go‘yo uning isitmasi bordek edi.
— Bir fohishaning hayoti, sening singling va onangning hayoti evaziga shunchalik Arzon deb o‘ylaysanmi? — Otasi kinoyali kuldi, Jiminda esa yangi g‘azab to‘lqinini uyg‘ondi.
— U fohisha emas edi! — Yigit sakrab turdi va o‘z stulini qo'liga olib zarb bilan otib yubordi.
Erkak o‘g‘lining bunday kutilmagan harakatlaridan bir qaltirab, orqaga sakradi.
— Xuddi sen pul evaziga mijozlarning ostiga qo‘ygan boshqa barcha qizlaring kabi, — dedi otasi nafrat bilan.
— Men Taehyungni o‘ldirishga tayyor edim! Sizni o‘ldirishga tayyor edim Dada, tushunyapsizmi?! — Yigitning ko‘zlari, yuzi va bo‘yni qizarib ketdi. U o‘zini zo‘rg‘a tutib turardi, burnidan esa tomchilab qon oqa boshladi.
— O‘zingni tartibga solib ol! Kechgacha bu ahmoqona vijdon azoblaringdan qutulishing uchun vaqting oz. Kechki ovqatda biz Chonlarni uyiga boramiz. Janob Chon seni sayohating haqidagi ijobiy yangiliklarni kutmoqda.
Jimin tabassum qildi. Burunidan oqayotgan qon og‘ziga tushdi, u ko‘ylagining yengi bilan lablarini artib, stoldan qurolni oldi.
— Yaxshi, Dada. Nima desangiz shuni qilaman… — Yigit uzoqqa tikilgancha jilmayib, kabinetdan chiqib ketdi.
Eshik ortida turgan Djimin, akasi chiqib kelayotganini sezmay qolib eshik ochilganda cho'chib ketdi.
Jimin bir muddat jim qotib qolgancha singlisiga qaradi. U sekin singlisi tomon bir necha qadam tashladi va barmoqlari bilan uning iyagidan ushlab, boshini sal ko‘tardi.
— Iflos hayot kechiradigan bo'lsang o'zingdan ko'r... — singlisini yuziga egilib, dedi, so‘ng keskin qo‘yib yubordi, buning natijasida Djimin turgan joyida chayqalib ketdi.
Qiz akasini xavotir bilan kuzatib qoldi. Katta kirish eshigi Jiminning ortidan baland ovozda yopilganda, onasi zinadan yugurib tushib keldi.
— O‘g‘lim! Bu ahvolda qayerga ketyapsan?! — ayol behuda yigitni chaqirdi.
— Oyi… — Djimin onasini chaqirib oyoqlari titragan holda unga yaqinlashdi. — Akamda pistolet qayerdan paydo bo'ldi? — U havotir bilan onasini quchog'iga yopishdi. U hech qachon bunday Jiminga duch kelmagan edi. Uning butun ko‘rinishi uni titratib yubordi, otasi bilan suhbati esa…
Parklarning kenjasini xayolida akasi Taehyungni o‘ldirishi haqidagi so‘zlari paydo bo‘ldi. U darhol o‘rnidan turib, stolda yotgan telefonga yugurdi. U Kimning raqamini terib, onasining tushunmagan hayqiriqlari ostida uydan yugurib chiqib ketdi.
Faqat Djimin taksiga o‘tirganda, trubkada yigitning xirillagan ovozi eshitildi.
— Taehyung ! — u xavotir bilan uni chaqirdi. — Qayerdasan?! Jimin bilan uchrashma! Iltimos! Keyin men senga hamma narsani tushuntiraman! — O‘zi nimani tushuntirmoqchi ekanini tushunmasdi, chunki hech narsani bilmas edi, ammo qo‘rquv uni butunlay o‘rab olgandi.
Taehyungning bo‘g‘iq kulgusi yangradi, so‘ng esa og‘riqli ingrash.
— Xavotir olyabsanmi? — u so‘radi.
— Taehyung , hozir hazil vaqti emas!
— Men ketishim kerak, kichkina Park. Xavotir olganing uchun rahmat.
— Yo‘q! To‘xta! Hozir qayerdasan?! — u yigit trubkani qo‘yib qo‘ymasligi uchun tezda gapirdi.
— To'xta! Meni kut! Men deyarli uyingga keldim!
Taehyung unga hech narsa javob bermadi, jim turgancha aloqani uzdi.
Qandaydur sababdan Djiminning yuragi notinch edi. Qandaydir yopishqoq, notinch narsa tomirlari orqali o‘tardi, kimnidir butunlay yo‘qotishning jirkanch hissi tanasini o‘rab olardi. Qandaydir noma’lumlik qizni qiynayotgandi, go‘yo o'sha jiddiy narsa sodir bo‘lgan va bularning eng yomoni uni hali oldinda kutayotgandek edi.
— Tezroq haydang! — u o‘zini tuta olmay, baqirdi.
— Biz deyarli yetib keldik, xonim.
Haydovchi yolg‘on gapirmadi, bir necha daqiqadan so‘ng u mashinani to‘xtatdi, qiz esa avtomobildan yugurib tushib qolida gijimlangan kupyuralarni mashina saloniga tashlashni unutmadi.
U darhol Taehyungni avtoturargohda sekin ketayotganini payqadi. Boshqa odamlarga e’tibor bermasdan, Djimin yigitni yoniga yugurib borib darhol uning yuzini kaftlari bilan ushlab, qonli dog‘larga tikildi.
— Bu men tufaylimi?! Bu Jiminni ishimi ? Taehyung , javob ber! Bu men tufaylimi?!
Taehyung kichkina Parkning bunday kibrli soddaligidan kulishga harakat qildi.
— Hatto hozir ham dunyo seni atrofingda aylanadi deb o‘ylayabsan…
— Unda muammo nimada?! — U qo‘llarini oldi.
Yigit Djiminni aylanib o‘tib, o‘z yo‘lini davom ettirdi, ammo qiz uning ortidan qolmadi.
— Qayerga ketyapsan?! Taehyung! — qiz yigitni yelkasidan tortdi, — Sen kasalxonaga borishing kerak!
— Ket, Djimin. Kech bo‘lmasidan qoch, — yigit ogohlantiruvchi ovozda gapirgancha mashina tutqichini ushladi.
— Men hech qayerga bormayman! Nimalar deyapsan o'zi?!
— Tushunmayabsanmi? — Taehyung qizga o‘girildi, uni ko‘z yoshlariga to‘lgan ko‘zlariga tikildi. — Men seni tashlab ketyabman. Hammasi juda oddiy. Tez orada qorong‘i tushadi, uyga bor, aks holda dadang xavotir oladi.
— Taehyung , sen nimalar deyabsan axir? — qiz yigitga tomon bir necha ishonchsiz qadam tashladi.
— Yo‘qol dedim senga — u to‘satdan juda past hirillagan ovozda dedi.
— Men hech qayerga ketmayman! Eshityabsanni?! Sen o‘zingda emassan! — Djimin yigitga yaqinlashdi va uni quchoqlash uchun intildi, biroq yigit uni qo‘llarini qo‘pol ravishda itarib yubordi.
— Yo‘qol! — u faqat shu so'zni aytdi.
Djimin tushunmagan holda o‘z qo‘llariga qaradi, so‘ng ularni shimiga artdi va ko‘z yoshlarini ortiq ushlab tura olmay, dedi:
— Sen meni sevmaysanmi? Hech qachon sevmaganmisan? Taehyung… — U yigitga yig‘lab qaradi, o‘zining hech qanday qiymati yo‘qligini his qila boshlagandi.
— Nima ham derdim, se#sda yaxshi eding, kichkina Park. — Taehyung beparvo yelkalarini qisdi va kulib qo‘ydi. — Sen deyarli mening hayotimni to‘ldirishga muvaffaq bo‘lganding ham... . Lekin… sening otangni ko‘rgani ko'zim yo'q.... Uni yomon ko‘raman.
— Otamni? — qiz yana ham chalkashib so‘radi.
— Men yomon odamman, Djimin. Juda yomonman. Sen noto‘g‘ri tanlov qilding, sen do'stlar orasidan eng noto‘g‘ri nomzodni tanlading.— Taehyung o'girilib o‘tirish uchun mashina eshigini ochdi, lekin qiz bir qadam bilan oradagi masofani qisqartirdi va yigitni orqasidan mahkam quchoqlab oldi. U yuzini yigitning yelkasiga bosdi, uning tanish yoqimli hidini hidladi. U Taehyungni yo‘qotayotganini his qilardi… ruhi, yuragi, tanasining har bir qismi bunga qarshilik bildirardi, butun tanasi Taehyungni ushlab turishni qo'yib yubormaslikni buyurardi. Qiz agar qo‘yib yuborsa, bu abadiy yo'qotish bo‘lishidan qo‘rqayotgandi… u uni yo‘qotayotganini his qildi… u allaqachon uni yo‘qotgandi...
— Iltimos, ketma. Men sensiz yashay olmayman… menga sening qandayliging muhim emas. Yo‘q! Sen menga aynan shunday boringcha keraksan!
Taehyung qizga o‘girildi va hech narsa demasdan, uning sonlaridan ushlab, ko‘tardi. U mashinani aylanib o‘tib, qizni kapotga o‘tqazdi va o‘zi uning oyoqlari orasiga joylashdi.
— Men seni akang bilan nima qilganimga qaramay-a? Men sen bilan nima qilganimga qaramay-a? — u nozik ovozda shivirladi, burnini qizning yuziga tekkazdi.
Djimin yigitning yumshoq ovoziga erib, tez-tez bosh irg‘adi. U uning so‘zlarining ma’nosini umuman tushunmasdi, ammo u yaratgan atmosferaga singib ketishni istardi.
Djimin Taehyungni futbolkasiga yanada qattiqroq yopishib, uni o‘ziga yaqinroq tortgancha go‘yo u g‘oyib bo‘lishidan xavotir olayotgandek kaftlari bilan uning belini siladi, bu imkoniyatni yo‘qotishdan qo‘rqardi.
Taehyung lablari bilan uning qulog‘iga tegdi va sekin shivirladi:
— Lekin sen menga kerak emassan, kichkina Park… buni hech qachon unutma, sen akangni butun umr azob chekishiga majbur qilgan odamni tanlading… — U qizning terisiga o‘z nafasini tekkazib, jilmaydi.
Keyin esa qaddini ko'tarib qizdan uzoqlashgancha ishonch bilan haydovchi o‘rindig‘iga yo‘naldi va mashinaga o‘tirdi.
Djimin esa ahmoqona ifoda bilan kapotdan sakrab tushib yon tomonga o‘tdi. Uning yuzida endi ko‘z yoshlar oqmayotgan edi. U butunlay uzoqlashayotgan mashinaga diqqatini qaratdi.
U qo‘rqqan barcha his-tuyg‘ular bir lahzada uning ichini butunlay to‘ldirdi, ularning eng asosiysi — kamsitilish edi.
Qiz o‘zini qo‘llari bilan quchoqlab turib qoldi… birdan juda sovib ketdi.
Taehyungni esa aksincha, butun tanasini o‘rab olgan kutilmagan issiqlik qiynardi. U juda terlagan edi, ammo to‘g‘ri yo‘nalishda ishonch bilan mashinasini haydab ketardi. Yigit yonboshiga teginib quroli joyidami yoki yo‘qligiga yana bir bor ishonch hosil qildi.
U konditsionerni yoqishni xohlamasdan, ochiq derazadan kirayotgan shamoldan bahra olishni istadi.
Yigirma daqiqa o‘tgach, yigit allaqachon elita uy-joy hududlaridan biriga yetib keldi. Ba’zi uylarda chiroqlar yoniq edi, xuddi u kirishni istayotgan uy kabi.
Eshikni sekin taqillatib, Taehyung bir oyog‘idan ikkinchisiga o‘tib, uni ochishlarini kutdi.
— Taehyung?.. — Shinn unga eshikni ochib, hayrat bilan so‘radi. — Senga nima bo‘ldi? — U og‘zini kafti bilan yopib, yigitni xavotir bilan ko‘zdan kechirdi.
— Men yaxshiman. — Taehyung uy egasiga qarab turishda davom etdi.
— Kir! Balki muz qo‘yish kerakdir? — U yigitga kirishga imkon berib, yon tomonga o‘tdi. — Seokjin uyda yo‘q, lekin unga qo‘ng‘iroq qilishimiz mumkin.
Taehyung pastki labini qonaguncha tishladi va bir soniya ham o‘ylanmasdan, qizga tomon katta bir qadam tashladi. U qizning yuzini kaftlari bilan ushladi va o‘zinikiga tortdi, egilib Shinning lablarini ehtiyotkorlik bilan o'pdi, go‘yo og‘riq berishdan qo‘rqayotgandek.
Aslida uni hamma joyi og‘riq berardi.
Nihoyat, Shinn hayrat va gangib qolishdan o‘ziga kelgach, yigitni o‘zidan itarib yubordi va uni yuziga tarsaki tushirdi. Qiz og‘ir nafas olardi, kaftini ko‘kragiga qo‘yib, Taehyungga hayratlanib qarardi.
— Men o'zimni hech narsa bo‘lmagandek tutaman va Seokjinga bir so‘z ham aytmayman. Faqat hozir kasalxonaga borishga, jarohatlaringni davolatishga va… psixolog qabuliga yozilishga va’da ber. — U og‘ir nafas olib o'zini tinchlantirishga harakat qildi. — Ishonchim komil, agar sen sog‘lom aqling joyida bo‘lganda bunday qilmagan bo‘larding. Shuning uchun bu bizning orasimizda qoladi. — Shin ishonchsiz bosh irg‘adi va yigitni yuziga eshikni ishonch bilan yopib qo'ydi.
Taehyungning lablari mamnun tabassumga cho‘zildi.
— Haqiqatan ham… Shinn farishta, — u kulib qo‘ydi va mashinasiga yo‘naldi.
Yigit qayerga borishni aniq bilar edi. Ko‘ngli biroz yengillashdi. Uzoq vaqtdan beri birinchi marta u yengillikni his qildi, ammo shu bilan birga, uning hayotdagi maqsadi so'rib olingandek edi.
Aralash tuyg‘ular hali ham yigitni qiynardi, u qadam va qadam eski uyiga yaqinlashardi. Taehyung bu safar eshikni o'ylab o'tirmay taqillatdi, ichkaridan ham uni uzoq kuttirishmadi. Eshik ochilib, ostonada uy xalatidagi ayol ko‘rindi. Kim jilmayib, boshini eshikka suyadi.
Uy egasi diqqat bilan yigitga qarab so‘ng charchoq bilan nafas olgancha kirishi uchun yigitga bosh irg‘adi. Bu esa yigitni yanada kengroq tabassum qilishga majbur qildi.
— Menga pechene pishirib berasizmi? — Taehyung xonaga kirib, bir nechta xonalarga bo‘lingan kichik kvadratdagi uyni ko‘zdan kechirib so‘radi.
— Qanaqasidan? — onasi qisqa savol berdi va yuvilmagan idishlar yotgan rakovinaga yaqinlashdi.
— Bizda… — ayol so‘zni go‘yo yangidan o‘rganayotgandek takrorladi. — Namjunga uyga qaytayotganda sotib olishini aytaman.
— Unda… — Taehyung bu uyda butun umr yashagandek ishonch bilan boshqa xona tomon qadam qo‘ydi. — Men ungacha yotib turaman… — yigit charchoq bilan dedi. Uning yuzida shu vaqt davomida to‘plangan sog‘inch aks etardi. — Men yotib turaman, — u gapini takrorladi va yotoqxonaga kirib ketdi.
Ayol bosh irg‘adi va o‘g‘lidan do‘konga kirishini so‘rash uchun stoldan telefonini oldi. Keyin esa idishlarni yuvishni davom ettirdi. Uning yuragini nimadir og‘ir narsa bosayotgandek edi, u bir necha marta o‘girilib, yotoqxona eshigi ortida yashiringan o‘g‘liga qaradi. Onaning yuzidan be’xtiyor ko‘z yoshlari oqib tusha boshladi.
Ayol xonadan o‘q ovozi eshitilganda vujudi titrab ketdi. U qo‘llaridagi idishni yanada qattiqroq siqqancha ehtiyotkorlik bilan ishqalashda davom etardi.
— Yo‘q. Yo‘q, — u pichirladi. — Men pechene pishiraman. Namjun dolchin sotib olib keladi. Yo‘q. Yo‘q. Hozircha yana biroz yotib tur. Men… senga pechene…pishiraman... — ayol bir xil narsani takrorlardi, qayta-qayta idishlarni sovunlab yuvardi.
— Ey Xudoyim...nima qilib qo'ydim…
Avtor: Bu fanfik muallifligi menga tegishli emas. Bu tarjima fanfik ekanligini unutmang!