September 2, 2025

PATIENVICE 20-qism

Aseel universitet joylashgan hudud yaqinidagi kichik, ammo shinam kafe oldida turardi.
Chonguk u bilan kelishni, u aytgan oddiygina tug'ilgan kun o'tadigan joyni ko'rishni istashini aytgandi, ammo qiz uning bunga hojat yo'qligiga ishontirdi, va darsdan so'ng darhol o'sha yerga borishini aytdi. Eri ko'p injiqlik qilmay, uning tug'ilgan kunga borishiga ruxsat berdi. Albatta, Aseel kimning tug'ilgan kuni ekanligini aytmadi. Dugonasi bilan yarashib olishi navbatdagi yolg'onga arziydi deb umid qildi.
Qizning o'zi ham shunchalik ko'p yolg'on gapirsa, uning uchun shunchalik osonlashib borayotganidan hayratda edi. U Chonni, faqat yaqin kursdosh qizlar bo'lishiga osongina ishontirdi va u ham shunchalik osonlik bilan unga ishongandi.
Kimdir qiz kafe eshigiga yaqin kelishi bilan kirish eshigini ochdi. Chiqayotgan odamni o'tkazib yuborib, Aseel ichkariga kirdi va Xoseokni qidirib atrofga qaradi. Uzoq qidirishga hojat qolmadi, binoning burchagidan katta kurs talabasining quvnoq kulgisi eshitildi. Yigit Aseel universitetda uchratadigan talabalar davrasida quvonch bilan vaqt o'tkazardi. Uni stol atrofida yana bir nechta aniq talaba bo'lmagan qizlar o'tirgani tinchlantirdi. Chamasi Xoseokning qarindoshlari bo'lsa kerak. Faqat Namjun va Djiminnning yo'qligi ajablanarli edi, ammo ular shunchaki biroz kechikishayotgan bo'lishlari mumkun.

— Ouu keldingmi?! — Xoseok Aseelni ko'rishi bilan ovozini ko'tardi. U qo'lini ko'tarib, tezroq ularga qo'shilishni so'radi.
Jilmayib, Aseel shovqinli davra tomon ishonchliroq qadam tashladi.
Stolda allaqachon turli xil taomlar va gazaklar bo'lib, spirtli ichimliklar yo'q edi. Qiz Xoseok uni taklif qilganida yolg'on gapirmaganini mamnuniyat bilan esladi.

— Tanishing, bu Aseel, mening do'stim. — Xoseok o'rnidan turdi va qizga qarab, o'tirganlarga uni tanishtirdi. Qiz esa javob qaytarish uchun biroz ta'zim qildi. — Bular esa mening do'stlarim va yaqinlarim, ba'zilarini sen universitetda uchratgan bo'lishing kerak. — U qo'li bilan atrofni ko'rsatdi.
Aseel har biri bilan alohida salomlashish uchun nigohini ko'tardi. Endi u tug'ilgan kun egasiga sovg'a sotib olmaganidan xijolatda edi, ammo albatta buni keyinroq qiladi…
Orqa o'girib o'tirgan erkak Aseel tomon burilishi bilan, qiz nafas olishni to'xtatib, joyida qotib qoldi.
Yengil ko'ylak kiygan va sochlari tepaga turmaklangan Min Yungi unga hayrat bilan boqardi. Erkak o'zining barcha aktyorlik mahoratini ishga solib, “hech narsadan bexabar”lik rolini mukammal o'ynardi.

— Bu mening sevimli amakivachchalarim Omxa va Rayon, mana bu kelishgan yigit esa mening amakivachcham, Yungi. — Xoseok erkakning yelkasiga qoqdi. Aslida u xavotirda edi, chunki Aseelni ahmoq deb hisoblamasdi, biroq… qanday shubha ham bo'lishi mumkin? Eng muhimi, Namjun ularning kichik yig'inidan xabar topmasligi kerak, aks holda hamma narsa izidan chiqib ketadi, chunki do'sti Yungini tanib qolishi mumkin edi, bunga esa yo'l qo'yib bo'lmasdi.
— Endi nima uchun tez-tez uchrashib qolishimizni tushunayabman, — Yungi tabassum qildi, o'rnidan turib qizga yonidagi stulga o'tirishni ishora qilib taklif qildi.

— Sizlar tanishmisiz? — Xoseok o'z “amakivachchasi”dan Aseelga nigohini o'tkazdi va boshini biroz qashidi.

— Bir necha bor darsdan so'ng seni kutganimda uchrashib qolgandik. Bizga bu taqdirdek tuyulgandi, demak hamma narsa biz o'ylagandan ancha oddiyroq ekan. Bizni oramizda umumiy “sen”imiz bor ekansan. — Yungi jilmaydi va Aseel bo'sh stulga o'tirgandan keyin o'z joyiga qaytib o'tirdi.
— Men sizlarni aka-ukasizlar deb o'ylamagandim, — dedi qiz yengillik bilan nafas olib. Erkak va Xoseok o'rtasidagi qarindoshlik haqidagi ma'lumot qizni ancha tinchlantirdi. Aks holda, ichki paranoya Aseelni yeb bitirib, “ta'qib” haqidagi keraksiz shubhalar girdobiga tortgan bo'lardi.
— Amakivachcham, — Xoseok aniqlik kiritdi, tabassum qilib Aseelga toza likopchani yaqinlashtirdi. — Agar bu pedant haqiqiy akam bo'lganidami… — Yigit boshini chayqab, aka*siga ko'z qirini tashladi.
— Siz bu bilan isib ketmaysizmi? — Amakivachchalardan biri Aseel qiziqish bilan qarab suhbatga aralashdi.
— Aslo. — Qiz samimiy tabassum qilishga urindi, chunki u bunday savollarga ko'nikib qolgan va qisqa javob berishni o'rgangan edi. U yana Xoseokga burilib, kelganidan beri uni qiynab kelayotgan savolni berdi: — Djimin tez orada kelib qolarmikin?—
Aseel do'sti bilan tezroq gaplashib, bu yerdan ketishni xohlardi, garchi bu yerda Xoseok va'da qilganidek barcha narsa yaxshi va tinch bo'lsa-da, qizning yuragi baribir tez urardi.


Min Yungini davrasida o'tirish noto'g'ri… Min Yungi davrasida o'tirib unga ahmoqona jilmayish va uning diqqatli ko'zlaridan nigohini uzmasdan u bilan gaplashishni istash.

— Kelishingdan oldin unga qo'ng'iroq qilgan edim, yo'lda ekanligini aytgandi, — Xoseok biroz balandroq gapirdi. Quvnoq kulgi yangradi, kafelarning ko'p bo'lmagan mehmonlari biroz shovqin solardi. — dasaturxonga qara!

— Agar boshqa nimadir xohlasangiz, buyurtma berishingiz mumkun. — Yungi Aseelga menyuni uzatdi. — Nima xohlaysiz?
Aseel bu taklifni boshini chayqab rad qildi. Likopcha va tayoqchalarni olib, o'ziga tofu solib oldi. Shunchaki odob yuzasidan, qorni ochgani uchun emas. Yungi unga bunchalik yaqin turganda, u nimadir yeyishi qiyin edi. Chunki erkakning diqqati unga qaratilgandi.

— Agar sizga aynan mening borligim noqulaylik tug'dirayotgan bo'lsa, men ketishim mumkin. Xoseok bilan shundiq ham tez-tez ko'rishib turaman, sizlar bemalol vaqt o'tkazishingiz mumkun — Yungi oldindan qizning bunga rozi bo'lmasligini bilgan holda taklif qildi.
— Yo'q! Siz hech qayerga ketishingiz shart emas! Siz menga noqulaylik tug'dirmayapsiz. Shunchaki… men dugonamni kutyabman, u bilan gaplashishim kerak edi — Aseel xavotir bilan kirish eshigi tomonga Djiminni ko'rishga umid qilgancha qarab qo'ydi. Erkak uning holatini shunchalik ochiq-oydin sezganida, kafeda qolish qiyinlashardi. Nahotki u shunchalik oshkora o'zini tutayotgan bo'lsa?

— Men Xoseokni iltimoslariga rozi bo'lmasligim kerak edi. Tan olaman, yoshlar davrasida o'zimni ancha noqulay his qilyapman. — Yungi istehzoli kuldi va bir qultum suv ichdi.

— Umuman olganda Xoseok ota-onasi ham bo'lishini aytgan edi. Oh, Xudoyim… — Aseel kulib yubordi. — Mening hayolimda bu bayram biroz, m-m-m… — u bir oz pauza qildi, stolga nigoh tashlab. — …boshqacha ko'rinishda edi.


— Sen ota-onalar majlisini tasavvur qilganmiding? — Yungi samimiy tabassum qilgancha qoshlarini ko'tardi. — huddi har birlari farzandlarini bilagidan ushlab yetaklab keladigandek..? — U boshi bilan stol atrofida suhbatlashayotganlarga ishora qildi.
Aseel erkakning rasmiy “siz”i o'rniga birinchi marta “sen” deb aytganiga e'tibor qaratib, bu lahzadan zavqlanishni xohlardi, biroq uning so'zlari uni o'ylab o'tirishga vaqt bermaslik darajada kuldirib yubordi. U o'zini to'xtata olmay kulib tishlagan tofu bo'lagini yutishga ham ulgurmadi, shuning uchun uyatli ravishda ovqat qoldiqlari og'zidan tushib ketmasligi uchun kaftini lablariga bosdi.


— Yo'q, yo'q! — Aseel rad etish ishorasi bilan tayoqchalarni faol ravishda silkiti. — O'ylaymanki, ota-onalar sizni yoshlarni nazorat qilishingiz uchun ataylab yuborishgan. Aytgancha… yoshingiz nechida?
— Sen meni ota-onalar orasidagi eng yoshig'i ulug'idek ko' rsatyabsami?! Yaxshi, rahmat. — Yungi xafa bo'lgandek yuzini burishtirdi, ammo qizning quvnoqlikdan aybdorlikka o'zgargan yuz ifodasini ko'rib, darhol qo'shdi: — Endi o'ttiz uchinchi yoshimga qadam qo'ydim, shunday ekan men hozir ayni kuchga to'lgan yoshdaman.
Hatto Yungining yoshi ham nimagadir Aseel uchun o'zgacha yangradi. Tanasi bo'ylab katta yosh farqidan go'yoji yoqimli seskandi. U o'z tanasini bunday reaksiyasini tushunmadi… nima uchun bu unga shunchalik jozibadordek tuyuldi?..

— Siz… — Qiz noqulay holda stulda biroz qimirladi va erkakdan nigohini olib dedi. — Siz katta ekansiz.

— Yana menga bu stolda o'rin yo'qligiga ishora qilyapsanmi? — Yungi uning nigohidan qochishga urinishlarini kuzatib, jilmaydi.

— Men bunday demadim.

— Bir daqiqaga chiqib, havo olib kelmaymizmi? Qarshi emasmisan? — Yungi odatdagidek, chiqish eshigi tomon ishora qilib so'radi.
Aseel labini tishlab, ikkilanib eshikka ko'z tashladi. Erkak bilan shovqinsiz joyda gaplashish istagi juda kuchli edi, biroq sog'lom fikri uni aqilli bo'lishga chorlardi.

— Men bu yerga kelishdan oldin toza havo olib kelgandim. — U tabassum qilishga urindi, so'ngra likopchasiga yuzini burdi, Min talab qilmasligiga umid qildi, aks holda… u osongina taslim bo'lardi.

— Ahhh... Sen kecha ham ovqat yegansan, bu esa hozir bu bechora tofuni yeb qo'yishing xalaqit bermayabdi, — Yungi kulib yuborishdan o'zini tuta olmadi. Qizning u bilan yolg'iz qolishni istamasligi, xuddi u bu “bayram”da katta qiyinchilik bilan qatnashayotgani kabi ochiq va oydin edi.

Lekin u adashgan edi. Aseelning yuragida shu payt bir bitta istak bor edi. Ya'ni aksincha hohishlarini sezdirib qo'ymaslik.

Stol atrofida Xoseok do'stlariga ichkilik buyurtma qilishni rad etganda, norozi ovozlar yangradi. O'tirgan do'stlari ular uchun tashkillashtirgan “bolalar” bayrami haqida noroziliklarini yashirmadilar. Va yigitning kursdoshlaridan biri sumkadan to'q sariq rangli shisha butilkani chiqarib, mamnunlik bilan dedi:

— Bu mening senga sovg'am, kechirasan ammo seni taqiqlaringga qarshi chiqaman!

Xoseok aybdorona Aseelga ko'z qirini tashladi. Qiz bayramda ishtirok etayotganidan o'zini noqulay his qildi, chunki u boshqalar uchun bayramni buzishga muvaffaq bo'lgan edi.

— Men haqiqatan ham toza havo olishim kerak. — U o'rnidan turdi. Xoseokga hammasi yaxshi deb ishora qilgancha jilmaydi va chiqish eshigi tomon yo'l oldi. Albatta, u ortidan Yungi kelganidan ajablanmadi.

— Ko'rinib turibdiki, men yomon “ota” ekanman, bu yoshlarning g'ayratini nazorat qila olmayabman, — erkak Aseelning yonidagi zinada turib gapirdi.

Tashqarida yorqin quyosh nur sochar, ko'zni qisishga majbur qilardi. Qiz dugonasini kutish uchun yana yigirma daqiqa qolishi mumkunligini o'yladi, biroz kutib keyin uyga ketadi. Notinch yuragi bu yerni darhol va besh daqiqa ichida tark etishni maslahat berardi, biroq u eridan bekorga ruxsat so'ramagan edi ahir. Garchi u to'liq rost aytmagan bo'lsa-da.
Aseel Chongukni yuzini eslab, bir sapchib tushdi, u qizga qarshilik qilmagan hatto savol ham bermagan edi. Agar oldiniga uning vijdoni uni shunchalik qiynamagan bo'lsa, endi esa og'riq berishga boshlagandi.
Ularning butunlay noto'g'ri… yolg'onga asoslangan nikohi qanday bo'lishi mumkin? Ikkala tomondan ham, chunki u erining ham yolg'on gapirishdan qaytmasligini bilardi. Garchi… qiz istehzoli kuldi. Chonguk o'zining boshqa qizlar bilan intim sarguzashtlarini undan mutlaqo yashirmasdi. To'g'ridan-to'g'ri qaysidir qiznikida bo'lganini va u bilan yotoqda pechenye pishirmaganini aytardi.

— Nima haqida o'ylayabsan? — Yungining ovozi Aseelni o'y-xayollardan chalg'itdi.

— Bekor keldim deb o'ylayapman, — u rostini aytdi.

— Nega?

— Chunki… — Qiz so'zini to'xtatdi, erkakka qaradi va uning reaksiyasini kuzatib, davom etdi: — …men turmushga chiqqanman.

Aseel Yungi hayratdan og'zini ochishini kutganmidi? Yo'q. Biroq u erkakdan hech bo'lmaganda biror his-tuyg'u yoki yuzidagi birorta mushakning titrashini kutgan edi.

— O'ylaymanki, u munosib inson, chunki sen uni tanlagansan! , — Min hech qanday ifodasiz yuz bilan oyoqdan oyoqqa o'tib gapirdi.
Bir necha soniya ikkilanishdan so'ng, Aseek nigohini o'tayotgan odamlarga qaratdi va boshini egib, jilmaydi.
O'zining ahmoqligiga… o'zining hayolida o'ylab topgan ahmoqona safsatalariga kuldi. Qanday qilib u bunday erkak unga qiziqish bildirayotganini va ularning barcha uchrashuvlari shunchaki tasodif emas deb o'ylashi mumkin edi?
Qanday qilib u o'ziga o'zga erkak haqida o'ylashga ruxsat berdi?..

— Mening tanlash imkonim yo'q edi, ammo… — Qiz nima uchun bu haqida umuman gapirayotganini tushunmay jim bo'ldi.

— Biror narsani o'zgartirishni xohlarmiding?

Xohlarmidi? Aseel Chonguk unga qiziqish bildirgan o'sha kunni butunlay o'zgartirgan bo'lardi… ularning uchrashuvi haqidagi tasavvurini butunlay buzib, erining miyasidan o'z obrazini tirnoqlari bilan shilib tashlagan bo'lardi. Go'yoki ular hech qachon uchrashmagandek, u esa yuragida yuk bilan universitetga borishda davom etardi, onasi uning kelishini kutayotgan shinam uyga qaytardi, Djimin bilan uchrashuvlaridan, suhbatlaridan va chiroyli talaba yigitlarga yashirincha qarab qo'yishlaridan xursand bo'lardi.
Qiz Chonguksiz o'z hayotini tasavvur qilishga urindi, biroq xayolida faqat xira rasmlar paydo bo'ldi. Aql qizga o'zining borlig'iga singib ketgan eri bo'lmagan holda orzu qilingan ertakni ko'rsatishdan bosh tortdi. Go'yoki taqdir endi tinchlikni qabul qilmaydi, faqatgina qachon portlashi noma'lum bo'lgan porox bochkasi ustidagi hayotni talab qilardi. Aseek aynan shunday yashashga shunchalik o'rganib qolganini anglab yetgandek bo'ldi… Chonguksiz dunyo u uchun boshqa, xira va zerikarli ranglarga kirgan bo'lardi. Kitoblarda tasvirlangan hikoyalar unga endi diqqatga sazovor tuyulmasdi. Aseelning o'zi ham o'zining oldinlari sehrli va hatto real bo'lib tuyulgan hikoyalar haqidagi fikri butunlay buzilganini sezardi. U endi taqdirida mister Darsi*ning paydo bo'lishini ehtimoliy deb hisoblamasdi.
Aks holda, turmushga chiqib o'zini butunlay topshirib qo'yganidan so'ng, Min Yungidek boshqa bir inson qizning hayotida paydo bo'lmagan bo'lardi.
Aseel savolga javob berishga ulgurmadi. E'tiborini burchak tarafdan chiqayotgan juftlik tortdi. Ular baland ovozda gaplashib, ular tomon yurib kelishardi.

Aseelni uzoq kutgan dugonasi nihoyat keldi, biroq yolg'iz emas edi.
Uning yonida Kim Taehyung erkin qadamlar bilan yurib kelayotgandi. Go'yoki butun dunyo uning qo'lidadek. Ishonchli va oson. Uning bir qo'li Djiminnning beliga qo'yilgan edi, ba'zan pastga tushib, butun “hududni” o'ziniki qilib belgilardi.

Park yigitni qo'lidan chiqarib yuborsa, u qochib ketishidan qo'rqqandek, yigitning bilagiga osilib olgandek edi.

— O'ylaymanki, Chonga yoqadi, — dedi Taehyung , kafening zinapoyalaridan ko'tarilarkan qiz va Yungini suratga olib.
Aseel o'zining va Yungining surati olingan telefon kamerasining ovozidan o'ziga keldi. Agar qiz isterikaga tushishi mumkin bo'lganida, aynan shunday qilgan bo'lardi. Kim Taehyung uni Min Yungining yonida turgan holatda suratga oldi ahir.
Chongukning do'sti uni bir erkakning yonida suratga oldi. Tug'ilgan kunga borish uchun yana bir bor yolg'on gapirgan qizni endi bu “yolg'on”i Taehyungning telefonida yorqin porlab turibdi.

— Bu Min Yungi, Xoseokning akasi, — Aseel bu biror narsani o'zgartira olgandek, erkakni tanishtirishga shoshildi. U yordam kutib Djiminga umid bilan qaradi, chunki u ularning janjalini ahamiyatsiz deb hisoblagan va jiddiy ehtiyoj tug'ilganda uni yordamga kelishiga umid qilgan edi. Biroq u, Aseelning “hamrohi”ga nazar tashlab baho bergancha istehzoli kuldi.

— Nahotki Chonguk senga shunchalik yetarli bo'lmayotgan bo'lsa? Agar u sen uchun muhim bo'lmasa do'stligimizni qurbon qilishga arzirmidi? — Djimin jaxl bilan gaplarini go'yo tupurgandek gapirdi, Taehyungni bilagini esa yanada qattiqroq siqardi.
Aseel hayrat bilan qoshlarini ko'tardi… nahotki Djimin u bilan yarashmoqchi emas bo'lsa? Agar unday bo'lmasa, nega bu haqida Xoseokga aytgan? Yoki unga Taehyungning borligi shunday ta'sir qilayabtimikan?

— Men nima qildim? Sizlar meni biror nomunosib ish ustida ushladingizlarmi? Men sizlarning ayblovlaringizni tushunmayabman. — Aseel ham javob qaytarishga qaror qildi. Agar o'lishi kerak bo'lsa, hech bo'lmaganda o'zini himoya qilishga urinishi kerak. Kim biladi, agar u o'zini beparvo tutsa, Taehyung ham bunda hech qanday noto'g'ri narsa yo'q deb hisoblab suratlarni unutar yoki undan ham yaxshirog'i — o'chirib tashlar.

— Sizlar salomlashishni unutdingizlar chog'i, — sukut saqlab, yuzaga kelgan tortishuvni kuzatib turgan Yungi gapga qo'shildi. — Bu seni shunchalik kutgan o'sha dugonangmi? — U Djiminga sovuq nigoh tashladi va bu Aseelning asabiy jilmayishiga sabab bo'ldi.

— Janob Min Yungi-i… — Taehyung erkakka yaqinlashib cho'zib gapirdi — Siz kabi jiddiy erkak, bu talabalarning oddiygina bayramida nima qilyabsiz?

Yungi yigitga yaqinlashdi va uning qulog'iga shivirladi :

— Sen nima qilsang, men ham o'shani qilyabman, Kim Taehyung… — Shundan so'ng u tabassum qildi va boshini Aseelga burib so'radi: — Kiramizmi?

Qiz ko'zi bilan Yungidan Taehyungga o'yardi. U kirishni, Kimning ko'z o'ngidan g'oyib bo'lishni va undan ham yaxshisi, umuman bu “yig'ilishga” kelmaslikni xohlardi.
Mana uning yolg'oni nimalarga olib keldi…

— Men yana biroz havo olaman, — erkak bilan birga ichkaroga kirishdan qo'rqib faqatgina shunday dedi. Asosiysi ularni birga deb o'ylashmasin birga yurishadi deb o'ylashmasin.

— Xohishing, — Yungi ichkariga kirib eshikni sekin yopdi.
Djimin Taehyungni ham o'zi bilan ichkariga tortib kirmoqchi edi, biroq yigit joyidan jilmadi.

— Sen boraver, men birozdan keyin kiraman… — dedi u va qo'lini qizning qo'lidan ajratib oldi.

Parkning lablari norozilik bilan chimirildi. Albatta, u Taehyungni Aseel bilan qoldirishni istamasdi, ammo o'z noroziligini ochiq aytishga ham haddi sig'masdi.
Yungidan farqli o'laroq, qiz eshikni baland ovozda qarsillatib yopdi.

Aseel bilan yolg'iz qolgan, Kim cho'ntaklariga qo'llarini solib, uning atrofida aylanib yurishni boshladi.

— Musulmon qizalooooq…

Aseel Taehyungning sovuq ohangidan eti jimirladi. U uning orqasida bo'lishi bilan, undan nima kutishni bilmasdan xavotir bilan unga o'girildi.

—Hamma narsalarni eng chetida yiqiladigandek yurishni yaxshi ko'rasanmi, mmm?

— Nimani nazarda tutyapsan? — Aseel ich-ichidan faqatgina yigitning borligidan yonayotgan bo'lsa-da, boshini baland tutishga harakat qilayotgandi.
Taehyung uning yonida to'xtadi, atrofida aylanishni bas qildi, bu esa allaqachina qizning boshini aylantirishni boshlagan edi. U shimining cho'ntagidan sigaret qutisini olib, bir donasini chiqardi va Aseelga uzatib, dedi:
— Chekasanmi?

— Cheksam nima bo'ladi? — U g'azab bilan yigitga o'girildi, garchi o'zining “nima bo'ladi? …” degan so'zidan o'zi ham xijolat bo'ldi.

— Ruxsat bermayman. — Taehyung sigaretni yoqdi, so'ngra zajigalkani cho'ntagiga soldi. — Chekuvchi qizlarni yoqtirmayman… — U jilmaydi va sigaret tutunidan zavqlandi.

— Men chekmasdim ham. — Negadir Aseel yigitning bu haqda bilishini xohladi.

— Endi ishonchim komil emas. Sen meni kutganimdan ko'ra ko'proq hayratda qoldiryabsan…

Taehyung kafening kirish qismiga tupurib, ichkariga kirdi, o'zidan keyin faqat tamaki tutunini va Aseel uchun o'zining hech narsaga arzimaydiganlik hissini qoldirdi.

~~~~~~~~~~~

Eridan qachon kelishini so'ragani haqida xabar olganidan so'ng, Aseel unga allaqachon jamoat transportidan foydalanganini va uyga ketayotganini aytishga shoshildi. U javobni yozarkan, shu bilan birga o'rnidan turib, barcha mehmonlar bilan xayrlashdi. Xoseok, albatta, uni o'z so'zlari bilan aytganda, “odob yuzasidan” ular o'tirishdan keyin boradigan klublariga taklif qildi. Aseel, albatta, unga rahmat aytib, rad etdi. U Yungi bilan alohida xayrlashishdan qo'rqdi, ammo u o'ziga qadalgan nigohini, shuningdek, Djiminn bilan Taehyungning nigohini ko'zi qiri bilan sezdi, Djimin esa keyin ataylab yuzini burib oldi va baland ovozda ichimlik buyurtma qildi.

Butunlay holdan toygan Aseel ular Chonguk bilan yashaydigan ko'p qavatli uy oldida turardi. U bekorga eriga yolg'on gapirgan edi, oxir oqibat berbt Djimin bilan yarashmadi, ustiga-ustak, hamma narsa yanada yomonlashdi va yarashishdan asar ham yo'q edi. Va, tort ustidagi yaramas olcha kabi, u butunlay Kim Taehyungni qo'liga tushdi…
Kim Taehyung , u birinchi imkoniyat topilishi bilan uning bayramdagi ishtiroki haqida “gapirish” imkoniyatidan albatta foydalanadi… Balkii… ehtimol u buni qilmas, chunki yigit unga “kayfiyat”iga qarab ish qiladigan odamdek tuyulardi. Ammo bu Aseelni aslo tinchlantirmasdi, chunki endi u har qanday vaqtda zarbani kutishiga to'g'ri keladi.
Qiz yana biroz turib, tepaga, ularning kvartirasi derazalari bo'lishi kerak bo'lgan joyga qaradi, so'ng sumkasidan telefonini olib, onasining raqamini terdi.
Onasi uni olib ketsin, himoya qilsin, quchoqlasin va yashirsin… aks holda Chonguk uni ayamaydi… endi ayamaydi. Bo'lak-bo'lak qilib terisini shiladi, u esa sukut saqlab taqdirini qabul qiladi, chunki o'zi aybdor va buni tan olishga tayyor, ammo… bunga ko'nishga tayyor emas. Yashashni istaydi, ammo uni jahannam o'tiga yoqishga tayyor g'azabli erini ko'rishni xohlamaydi.
Shuning uchun Aseel ikkinchi marta onasiga qo'ng'iroq qildi, u javob berishini va uni Chongukning g'azabidan yashirishga yordam berishini iltijo qilgancha. U endi Akilning bu odamlarning xavfli ekanligi haqidagi ogohlantirishlariga, shuningdek, bu nikoh qizning yoki uning oilasining xohishi natijasi emasligiga parvo qilmasdi, bu nikoh — tanlovning yo'qligi edi. Endi Aseel uchun bularning barchasi ahamiyatsiz edi, eng muhimi, erining g'azabli qo'liga tushmaslik. Hatto Taehyung unga rasm yubormagan yoki tilini tiymasa ham, baribir qiz uning yaqin kelajakda buni qilmasligiga ishonch hosil qila olmasdi.
Agar olti oy oldin unga shunchalik “katta” bo'lmagan yolg'on kimdir uchun uydan qochishga sabab bo'lishini aytganlarida, u qattiq tortishgan bo'lardi. Axir, bunday kichik muammolardan qochish bilan emas, o'tirib, gaplashib, hal qilish mumkin-ku. Ammo hozir emas… hozir eri Chon Chonguk bo'lganida va hozir uning oldida allaqachon bir necha bor yolg'on gapirganida.

— Aseel? — trubkada onasining uyqusiragan ovozi eshitildi.

— Men sizni uyg'otib yubordimmi?

— Hammasi joyida. Arterial bosimim biroz ko'tarilibdi, shuning uchun yotib oldim. Xavotirlanma, hozir yaxshiman, — qizi xavotirlanishini bilib, Abxa uni tinchlantirishga shoshildi.

Aseel yuzini kafti bilan siladi, podyezd tomon qadam tashladi. Bir chuqur nafas olib-chiqarib, qiz gapirda davom etdi:
— Ko'proq dam oling, oyijon. — Ikkinchi qadam. — Unda sizga keyinroq qo'ng'iroq qilaman. — Uchinchisi…

Nima bo'lsa bo'ldi. Aseel o'z uyiga qochib ketsa eri uni ortidan bormasmidi, aksincha unda g'azabi yanada oshib borardi.

—Hammasi yaxshi bo'ladi, ahir men hech qanday yomon ish qilmadim-ku..

Qiz telefonni ushlab turgan qo'lini sust tushirib, lift kerakli qavatga kelib to'xtaganda tashqariga chiqdi va tezda uyi oldiga yurib borib eshik kodini terdi. U qancha o'zini qo'lga olishga harakat qilmasin o'zini tinchlantira olmadi, chunki xayollari doim Taehyungga olib ketardi, hayollarida esa yigit “jirkanch” tabassum bilan suratni Chongukga yuborardi. Hozircha bu faqat uning xayoli bo'lsa-da, tez orada bu faqat “xayol” bo'lmasligi mumkin edi.

U allaqachon uchinchi marta divanda yotgan holatini qulaylashtira olmay o'girildi. Divanning noqulay shakli to'liq bo'shashishga imkon bermasdi, televizor ovozi esa quloqni bosardi, biroq qiz uni o'chirishga intilmadi. Aseel jimlik yanada ko'proq bosim o'tkazishiga amin edi.
Balki u turib, nihoyat kechki ovqat bilan shug'ullanganida, og'ir o'ylar uning hayolidan ketarmidi.
Qiz vaqtni tekshirib, telefon ekraniga qaradi. Agar u shunchalik sust bo'lmaganida, o'rnidan turib oshxonaga yugurgan bo'lardi, eriga shoshilinchda ovqat tayyorlardi, ammo hozirda uning kuchi faqat mobil telefonini chetga otishga yetdi.
Chonguk ovqatga injiq emas edi, u Aseel uning oldiga qo'ygan hamma narsani yeb qo'yardi. Bu uni juda xursand qilardi, erining plyus tomonlaridan bir deb hisoblardi. Kam sonli plyuslaridan biri.

Qiz ekranga umuman qaramasdan, kanallarni tartibsiz ravishda o'tkazishni boshladi. Og'ir nafas olib, u pultni qorniga qo'ydi va kaftlarini ustiga qo'yib, shiftga tikildi. Toki… uning qulog'iga ayol kishining sokin ingrashlari eshitilmaguncha.
Aseel nihoyat ekranga qaradi, u yerda 18+ kanalda kattalar uchun mo'ljallangan film sahnasi namoyish etilardi. Ochiq-oydin sahna, unda qiz oyoqlarini yoyib to'shakda o'tirardi, bir qo'li bilan o'z ko'kragini silab, ikkinchi qo'li bilan esa yerda o'tirgan erkakning boshini Aseel tasavvur ham qila olmagan joy*iga bosardi…

Aseel birdaniga o'tirib oldi , shu sabab qornida turgan pult baland ovoz bilan yerga tushib ketdi. U kanalni o'zgartirish uchun olishga egildi, ammo uni televizor ekraniga qaratib, boshqa kanal tugmasini bosmadi…

Aseel nafrat bilan jirkangancha qaradi, qanday qilib qiz bunday narsadan zavqlanishi mumkun , tushunmasdi. Unga bu jirkanch va hatto axloqsizdek tuyulardi. Bunday narsaga erkakning o'zi bilan qilishiga ruxsat berish, uning oldida butunlay ochiq bo'lish, butunlay ochiq… ammo o'ta sharmandali ingrashlar va tananing bir-biriga urilgan ovozlaridan Aseelning ichida hamma narsa olov bo'lib yonishni boshladi. Xona birdaniga dimiqib ketgandek bo'ldi…hatto Aseelning kalta yubkasi ham uni juda qizdirardi.

— Ahmoqsan, Aseel! — u o'ziga o'zi pichirladi, yerga o'tirgancha belini divanga suyadi. Qiz oyoqlarini o'ziga tortdi va pultning burchagini xavotir bilan tishlari orasiga oldi.
Faqat bunday qiziqishgina Aseelni o'z tashvishlari haqida o'ylashdan to'xtatishi mumkin edi.

Ekrandagi erkak qaddini tik ko'tardi, shunda uning ulkan “istagi” yirik planda ko'rindi… bu manzaradan Aseel bo'g'ilishni boshladi, bir lahzalik qiziqishni almashtirgan nafrat tuyg'usi yana qaytdi. Qizning o'zini tuta bilishining so'nggi nuqtasi ochilayotgan eshikning ovozi bo'ldi. U shoshgancha pultning qizil tugmasini bosishga urundi, hatto ekran allaqachon o'chib qolgan bo'lsada.

— Ahmoqman! — o'zini haddan tashqari qiziqqanligi uchun la'natlab, u tezda o'rnidan turdi va eri uni bunday holatda ushlab olmasligi uchun oshxona tomonga yurdj.
Biroq u yashirina olmadi. Chonguk qizni ortidan kirdi va bir necha qadamda masofani qisqartirib, uni biroz yerdan ko'tarib orqasidan quchoqlab oldi.

— Qanchalik sog'inganligingni eshitishni xohlayman, keyin esa to'yib ovqatlanishni va… — yigit uning bo'ynini tishladi, yerga tushirib va o'ziga yuzma-yuz qilib, davom etdi: — …kiyimlaringni yechib, oyoqlaring orasini ochib tinmay aloqa qilishni, toki “se#s” so'zidan ko'nglim aynimaguncha... Shunday ekan.. seni… — Chonguk kaftlari bilan Aseelning yubkasining ostiga kirib, ichki kiyimiga tegdi. — Tayyorlan, go'zalim, chunki meni hech qachon bu so'zdan ko'nglim aynimaydi.

— Chonguk … — Aseel erini o'zidan itarishga urindi. — To'xta…

— O'zingni bos, men dushga kirib, keyin esa ovqatlanib undan keyin deyabman. Balki.… — Yigit Aseelga qaradi va lablaridan yengil o'pib, yashirib bo'lmaydigan istak bilan davom etdi: — Biz birga dush qabul qilarmiz…

— Men hech narsa pishirmadim…

Chonguk hayrat bilan xotiniga qaradi, uning yuzida nigohini yugurtirib, dedi:
— Nimadir bo'ldimi? Sen har doim ovqat tayyorlarding… o'zingni yomon his qilyapsanmi?

Chonguk uning yolg'onidan bexabar ekanligi haqidagi birgina o'yidan Aseel tabassum qilishni xohlardi, biroq tabassum uzoq davom eta olmasdi, chunki kutish eng yoqimli tuyg'u emas edi. Kim bilardi, qachon Taehyungning boshqarib bo'lmas tili aylanishini… bugun bo'lmasa balki ertaga...

— Agar kutib tursang, men tezda biror narsa tayyorlayman…

— Men juda ochman! Har qanday ma'noda… — Ko'z qisib, eri yo'lda ko'ylagini yechgancha mehmonxonaga kirdi.

Chonguk kiyimini almashtirishga erindi, shuning uchun buni ham Aseelning o'zi birgalikda dush qabul qilishdan oldin bajarishini o'ylab jilmaygancha o'zini divanga tashladi. Ovqat pishishini kutish orasida vaqt o'tkazish uchun televizorni yoqdi. Ekranda ayol kishini yirik planda videoga olinayotgan ko'kragi paydo bo'lganda yigit hayron bo'lib qoldi. Chonguk kecha kechasi kattalar uchun mo'ljallangan kanalni ko'rganini eslashga urindi va javob aniq salbiy edi. Kecha kechasi uni faqat xotining erotik raqsi va Aseelning tanasi qiziqtirgandi.
U oshxona tomon ko'z qirini tashladi va kanalni o'zgartirmay, Aseelni yoniga bordi, u yerda xotini shoshilinchda mahsulotlarni muzlatkichdan olardi.

— Sen porno ko'rayotganmiding? — u xotiniga qiziqish bilan tikilib o'zini qiziqtirgan savolni to'g'ridan-to'g'ri berdi.
Xotini sezilarli darajada asabiylashib, rakovinaga yuzini burdi.
Yigit Aseel tomonga yana bir qadam tashladi va orqasida turdi, qo'llarini esa ko'ksida chalishtirdi.

— Agar men emas bo'lsam, demak bu sen? — Chonguk tinchlanmasdi, qizni bunday ish ustida ushlab olganidan zavqlanardi.

— Yo'q, — qat'iy javob berishga urindi Aseel.

— Men emas, sen ham emas, unda kim? — u jilmayib so'radi, — Sening qiziquvchanligingni juda yaxshi bilaman, esingdami? Munajjimlar bashoratlarini sevuvchi…

— Men… bu men emas! Mendan nima xohlaysan o'zi?! — u asabiylashib javob berdi, hayajondan uchinchi marta likopchadagi narsani bir joydan boshqasiga qayta-qayta o'tkazardi.

— Unda hozir tekshiramiz… — Aseelning tirsagidan ushlab, Chonguk uni o'ziga tortdi. Bir soniya ham ikkilanmasdan, u xotinining kalta yubkasini beligacha ko'tardi va uning qarshiligiga mutlaqo e'tibor bermay, kaftini uning ichki kiyimi ichiga kirgazdi. — Ko'ryabsanmi, mening kichkina yolg'onchi karamcham! —Chon barmoqlarini namligini his qilgancha chuqur nafas olib pichirladi.
Bunday narsa uni yahshigina ehtirosini uyg'otgandi. U hatto ular birgalikda porno ko'rishlari mumkunligini o'yladi-yu ammo uning karamchasi boshqa erkakning jinsiy a'zosiga qarayotgani haqidagi fikr bir lahzalik g'oyani butunlay boshidan chiqarib tashladi.
Chonguk kaftini yubkaning tagidan oldi va barmoqlarini uning soniga artdi.

— Umid qilamanki, erkak a'zosini ko'rsatganda bu o'ynoqi ko'zlaringni yumib olgansan. — Yigit Aseelning ikkala ko'zini o'pdi, qiz esa ko'zlarini qattiq yumib olgan edi.

— Men… qasam ichaman, men boshqa kanallarga olayotgan edim. Ammo sen kelib qolding va men televizorni o'chirdim. Men shunchaki kanallarni o'tkazayotgan edim va tasodifan tushib qolgan. Ko'rishni istamagandim… — Qiz erining o'pishlaridan qochib, o'zini oqlashga kirishdi.

— Men ishonaman!

Men ishonaman… Aseelning asablari uchun trigger kabi javob bo'ldi. U ishonadi, u esa yana yolg'on gapirdi va tez orada bu oshkor bo'ladi. O'zi ular o'rtasidagi mo'rt tinchlikni tiklashni xohlagandi va o'zi xatolar qilayabdi…


Chongukning javobi Aseelni tinchlantirmagan bo'lsa-da, u erkakning quchog'ida kirib, boshini uning ko'kragiga bosdi.

— Chonguk … kel gaplashaylik… — Qiz eriga suyanishga, undan issiqlikni his qilishga, notinch qalbini, tez urayotgan yuragini tinchlantirishga, o'zini hamma narsa yaxshi bo'lishiga ishontirishga kuchli ehtiyoj sezayotgandi.

U uni kechiradi… yana bir bor. Oxirgi marta…

— Nima haqida gaplashmoqchisan, m-m-m? — Chonguk xotini unga yopishib erkalanayotganidan erib lablarini yalagancha jilmaydi.

— Sen.... Qayerda ishlaysan o'zi, Chonguk ? — javobni bilishni xohlamagandek ishonchsizlik bilan so'radi u.
Qiz birinchi marta bu savolni berardi. Hozirgacha u bu suhbatga umuman aralashmaslikka harakat qilardi, amakisi va onasining uning xavfli odamlar bilan bog'liqligi haqidagi ishonchlari yetarli edi, shuning uchun bu haqda so'rab-surishtirishdan qo'rqardi. Bilmasdan yashash eng yaxshi qaror bo'lib tuyulardi, chunki uni hech qachon Chon oilasidan qutula olmasligi haqidagi haqiqatni bilishdan ko'ra bu eng yaxshisi. Ustiga-ustak, u erining shkaflarida bir necha marta qurolga duch kelgan, shunchaki bu haqda gapirishdan qo'rqqan edi.
Chonguk qizni yelkalarini o'zidan uzoqlashtirdi va uning yuziga diqqat bilan tikildi.


— Chiqindilarni qayta ishlash kompaniyasida. Bu otamning kompaniyasi, bilmaysanmi? — Yigit uning ko'zlariga tikilib, ko'zlarini qisdi. Unga ish haqida suhbatlar mutlaqo kerak emas edi.

— Men… bu haqiqatan ham shundaymi? — Aseel umidli ovoz bilan so'radi, garchi haqiqatga umid qilmagan bo'lsa-da.
Chonguk belini stolga suyab xotinini o'ziga tortdi, uning belini qulay tarzda quchoqladi.

— Go'zalim, men ish haqida gapirishni xohlamayman. — U ko'rsatkich barmog'ining uchini qizning burnining uchiga urdi va qo'shdi: — Umid qilamanki, senga mutlaqo keraksiz joyga aralashmaysan. Shundaymi? Aralashmaysan-a?

Aseel rozi bo'lib boshini qimirlatganidan xursand bo'lib, Chonguk tabassum qildi va dedi:
— Juda yaxshi.
— Chonguk… — Qiz unga nigohini ko'tardi va so'radi: — Bu xavflimi? Ya'ni… men bilaman, sen oddiy ofis ishchisi emassan, ammo… — U so'zini to'xtatdi, ko'zlarini yigitning kuchli qo'llariga tushirdi, ular uning belini yanada qattiqroq siqardi. Erining mushakdor qo'llarida katta tomirlar aniq ko'rinardi. — Sen meni o'ldirishing mumkin... shundaymi?

Chonguk qoshlarini chimirdi, qizning yuzining har bir emotsiyasini o'rganib, nima uchun u birdaniga bu haqda gapirganini tushunmadi. U bu mavzuni cho'zishni mutlaqo xohlamasdi…

— Javobini eshitishdan xursand bo'lmaydigan savollaringni bermay qo'ya qol… — Chonguk Aseelning qulog'iga sokin pichirladi, keyin huddi ogohlantirgandek og'riqli ravishda tishladi.

— Iltimos, javob ber… — Qiz qulog'iga kaftini bosib erining yuzini o'zidan biroz itarib uzoqlashtirdi.

— Sen menikisan, bilasanmi? — Yigit yelkasini qisib javob berdi, go'yoki bu allaqachon ko'p narsani anglatardi va qo'shimcha tushuntirishlar talab qilmasdi. — Sen menikisan, buni eslab qol, — qat'iy ovoz bilan qo'shdi u.

Aseel erining quchog'idan chiqdi va stol ustiga qo'yilgan mahsulotlar yoniga bordi.

— Tayyor bo'lishi bilan chaqiraman… — titroq ovoz bilan va xuddi shunday titrayotgan qo'llari bilan u idishdan o'ziga kerakli miqdordagi ko'katlarni tortib olishga kirishdi.
Chonguk oshxonani tark etishni o'ylamadi ham, bu Aseelni yanada asabiylashtirdi. U xotinining har bir harakatini, uning har bir qadamini diqqat bilan kuzatardi. Uning kaftlari qanday harakatlanayotganini yigit abadiy kuzatishi mumkin edi… Uning miyasida xotiniga qarata “nafis” so'zi qayerdan paydo bo'lganini o'zi ham bilmasdi, ammo aynan shu so'z uning tilida aylanardi, faqat albatta “pizdes” qo'shimchasi bilan, o'zini butunlay madaniyatli odamdek his qilmasligi uchun.

Chon o'zining nigohi ostida xotinining qo'llaridan hamma narsa tushib ketishiga oz qolayotganini ko'rdi, bu esa yigitni Aseelni o'zini qoldirib, mehmonxonada kutishga undamadi. Aksincha… u nima uchun bunday savollarni bera boshlagani, xotini ish qilayotganini kuzatishga bo'lgan qiziqish qayerdan paydo bo'lgani qiziq edi.
Aseel pomidorlarni maydalashni boshladi, lekin birdaniga ingrab, barmog'ini lablariga olib bordi.
U baribir kesib oldi… ammo erining nigohi, uning borligi yanada qattiqroq kesardi.

— Nima uchun kamdan-kam tabassum qilasan? — xotining barmoqlaridagi qonga e'tibor bermay, Chonguk so'radi.

— To'ydan oldin kuzatganimda, sen tez-tez tabassum qilarding… — o'ziga o'zi boshini qimirlatib, qo'shdi u.
Aseel kranni ochdi va barmog'ini suv ostiga tutdi. U yig'lashni, o'z xayollari bilan yolg'iz qoldirishni so'rashni xohlardi. Vijdoni qizni qiynardi, Chonguk uning kichik yolg'onini bilganida, o'zining impulsivligini ushlab tura olmasligidan qo'rqardi. Bu safar emas… va yana… uning o'z yuragi uni qo'rqitardi, u erining kelajakdagi hayotida yo'qligidan oldindan cho'chiyotgandi. Uning yuragi oxirgi paytlarda juda g'alati bo'lib qolgan edi.

— O'shanda menda tabassum qilish uchun sabablar bor edi, — qiz sovuq suv ta'siridagi vaqtinchalik yengillikdan uzoqlashib, keskin gapirdi. Jahli chiqishga boshladi.

— Hozir nima uchun yo'q? Men senga yomon muomala qilyapmanmi?

— Chunki sen hatto mendan jarohating og'riyaptimi deb ham so'ramayabsan! — Aseel yigitga burilib, birdaniga gapirdi. — Boshqa birov sening o'rningda bo'lganida, hatto o'rnidan turib, plastir yopishtirishga yordam bergan bo'lardi.

— Ammo mening o'rnimda boshqa birov yo'q va hech qachon bo'lmaydi. Men, Chon Chonguk , o'z qonuniy joyimda va sen, mening go'zalim, o'z joyingdasan. Faqat shunday bo'ladi, yoki umuman bo'lmaydi. — Yigit nima uchun asabiylasha boshlaganini o'zi ham tushunmadi. U birdaniga Aseelga o'zining zaifligini juda tez-tez ko'rsatayotgandek tuyuldi, unga o'zini boshqarish imkoniyatini berishdan qo'rqdi.

— Men senga hech narsa demayabman. Hammasi yaxshi. Shunchaki meni yolg'iz qoldir, sen shunday qaraganingda qo'llarimdan hamma narsa tushib ketyapti… — Aseel allaqachon umidsiz pichirlashga o'tdi, barmog'ini esa sochiq bilan qisib oldi.

— Bu shunchaki odiygina kesib olingan jarohat. Nima uchun fojia qilyabsan?! — Chonguk ovozini ko'tarib gapirdi va stoldan itarilib chiqishga yo'l oldi, ammo eshik oldida burilib, allaqachon yuzini burib olgan xotinining orqasiga qarashda davom etdi. — Aseel… — u uni baland ovozda chaqirdi, so'ng sovuq ohangda gapirdi: — Ha. Sening savolingga mening javobim Ha, o'ldirishim mumkin, ammo faqat bitta sababga ko'ra…

Chonguk oshxonadan chiqib ketdi, Aseelni o'zining dahshatli o'ylari bilan yolg'iz qoldirib ketti.

Faqat bitta sababga ko'ra? U ketma-ket cho'milayotgan navbatdagi yolg'oni sabab. Yoki bu yolg'onda ishtirok etgan boshqa erkak sababidan… agar unda bu “sabablar”ning butun guldastasi bo'lsachi unda nima bo'ladi?

Men, Chon Chonguk , o'z qonuniy joyimda va sen, mening go'zalim, o'z joyingdasan. Faqat shunday bo'ladi, yoki umuman bo'lmaydi…

Uningcha “yoki umuman bo'lmaydi” degani — bu faqat yer ostida ko'milgan bo'lishi.

~~~~~~~~~~

— Faqat menga yulduzlarni sanashni yaxshi ko'raman demagin… — Syuin sekin kulib yubordi. Juftlik yigitning mashinasi kapotida yotar va tungi osmonga, mayda yulduzlarning tarqalishiga qarardi. — Aks holda, biror joyda biror hiyla bor deb o'ylayman, chunki sen shunchalik ideal bo'la olmaysan!

— Men ideal emasman, Syuin… — yigit alam bilan nafas chiqardi, boshini yon tomonga burib, xitoylik qizning yuziga qaradi. — Sen meni nima bilan shug'ullanishimni bilasan. Ideallik mendan uzoqqa qochib ketgan va men uni tuta olmayman.

— Ammo yulduzlarga qarashni yaxshi ko'rasan mmm? — u jilmaydi, barmog'ini yuqoriga ko'tarib havoda yurg'azdi, go'yoki osmonlarga yetadigandek.

— Sen ularga qanday qarashingni kuzatishni yaxshi ko'raman.

— Yana nimani yaxshi ko'rasan? — Syuin tanasi bo'ylab yengil titroq o'tganini his qildi. — Fohisha ayollarni qutqarishni yaxshi ko'rasanmi?

— Ishon, unday emas... yo'q… men shunchaki seni yaxshi ko'raman. — Jimin qizdan nigohini uzmadi, qandaydir reaksiya kutti, ammo hech nima bo'lmadi.

— Ammo menga yordam berishga qaror qiling, meni sevishdan oldin, shundaymi? — u savol berishda davom etdi, yigitning sebgi isxorini e'tiborsiz qoldirdi, garchi u birinchi marta buni aytmagan bo'lsa ham.

— Chunki sen… nima uchun sen bunchalik ozg'insan-a, Syuin? Sen umuman ovqat yemayabsanmi? — U birdaniga butun tanasi bilan yon tomoniga o'girilib va qo'lini boshining ostiga qo'yib, so'radi.

Qiz bir necha soniya qotib qoldi, so'ng kaftini tushirib, sekin kuldi.
— Onam meni doim koyirdi, qushga o'xshaysan, cho'qiysan, tamom, derdi. Ammo mening ishtaham hech qachon bo'lmagan… men shunchaki uyqu va ovqatga vaqt sarflashni unchalik yaxshi ko'rmasdim. Bilasanmi, men o'qishni yaxshi ko'rardim, shaharda sayr qilish mumkin bo'lganida, kafelarda vaqt o'tkazishni yoqtirmasdim… — qizning ovozi o'zining o'tmishdagi hayoti, onasi va uning doimiy nasihatlari haqidagi xotiralardan sezilarli darajada xiralashdi.

— Afsusdaman… — faqat shunday deya oldi Jimin.

— Jimin… men hech qachon so'ramaganman, ammo… — Yigit Syuindan qanday savol kutishini bilmay, sezilarli darajada adabiylashdi.

— Dadam nima qilgandi? — u bir nafasda gapirdi.

— Menimcha, biz bu mavzuda gaplashmasligimiz kerak… kechir, — Park bu mavzuni davom ettirishga darhol nuqta qo'ydi. U o'zi faol ishtirok etgan, ba'zan bilvosita, ba'zan bevosita hayot sohasini muhokama qilishni xohlamasdi. Syuinning yonida u boshqacha bo'lishni xohlardi…
Qiz biroz boshini qimirlatdi va rozi bo'ldi. Bu mavzu u uchun davom ettirishni talab qilish uchun haddan tashqari og'riqli edi.

Birdaniga ulardan uzoqroda kelayotgan mashinaning shovqini eshitildi. Jimin o'rnidan turib orqasiga o'girildi, ehtimol mijoz kelgan deb o'yladi, biroq darhol Taehyungning mashinasini tanidi.
Do'sti motorni o'chirib, faralarini ham o'chirdi va orqa o'rindiqdan nimanidir qidirishni boshladi, shuning uchun vaqtdan foydalanib, Jimin kapotdan sakrab tushishga shoshildi. U yerga tushdi va qizni o'ziga tortib, nafasini ichiga yutgancha dedi:

— Ichkariga kir! Har doimgidek qulflanib ol! Tezroq! — u qizni shoshirdi, chunki Taehyung mashinadan tushib, ularni ko'rib qolmasligiga umid qilardi.

Syuin nima bo'lganini so'ramadi, ammo xavotir unga ham qo'rquv shaklida o'tdi. U shoshilinchda Jiminni yolg'iz qoldirgancha binoning ichiga yugurdi.
Park do'stining mashinasi tomon yurib borar ekan, Te mashinadan tushib, eshikni yopdi, shimi etagini changdan qoqib to'g'riladi.

— Nega u men bilan salomlashmadi? Dadasi odobni o'rgatmaganmi? Yoki… ulgurmaganmi? — Taehyung do'stiga kesatgancha savol berdi, do'stiga nigohini ko'tarmay shimini tortishda davom etdi. — La'nati! Qanday qilib bunchalik chang bo'lib ketti?!

— Nima uchun kelding? — Jimin qo'llarini cho'ntaklariga soldi va do'stiga yaqinlashdi.

— Senga qo'ng'iroq qilib tusha olmadim, qayerdan topishni esa bilardim, shuning uchun seni olib ketishga keldim. — Taehyung o'rnidan turdi va bordel tomon ishora qilib, qo'shdi: — Tez orada bizga bir qizni yuborishadi. Shin egizaklaridan sovg'a. Aytishlaricha, bokira va juda chiroyli ekan-ki ko'zlaringni uzib ola olmas ekansan. Ular bokira tovarlarni film uchun ishlatishga achinishibdi, shuning uchun janob Chonni xursand qilishga qaror qilishgan. — U yelkasini qisdi, cho'ntagiga qo'lini uzatib, sigaret qutisini oldi. — Seokjinni aytishicha, egizaklardan biri Chongukga nimader deb qo'yganmush va endi janob Chonni xavfsirayotgan ekan, shuning uchun bir oz o'zini oqlashga qaror qilgan. — Taehyung baland ovozda kuldi va sigaretni og'ziga solib uni yoqdi. — Faqat qizni bir necha marta ishlatganimizdan keyin “kino industriyasi”ga qaytarish kerak bo'ladi.

Jimin navbatdagi qizning taqdiri haqidagi bunday oson mulohazalardan kulib yubordi. Bundan tashqari, u bir oz vaqt oldin o'zi ham shunday osonlik bilan fikrlaganini o'ylab, o'zini yomon his qilardi.

— Yaxshi, men buni hal qilaman. Sen shaxsan buni aytish uchungina oldimga keldingmi?

— Men aslida seni olib ketishga keldim. Bugun hammamiz klubda yig'ilyabmiz, sen bizdan butunlay ajralib qolishingni xohlamayman. — Taehyung do'stining bilagiga urdi va mashina tomon yo'l oldi. — Ketdik.

— Men sen bilan ketaman demadim, — dedi Jimin, joyidan ham jilmay.

— Borasan. Aks holda bu yerda biz sening qandaydir sevgiling bor deb o'ylaymiz… axir biz do'stlarmiz va oramizda hech qanday sirlarimiz yo'q, shundaymi? — Kim mashinaga o'tirdi, do'sti uning ortidan o'tirishini kutdi va Jimin o'tirgandan so'nggina, o'z eshigini yopdi va keng tabassum qildi. — Birga vaqt o'tkazishimiz mumkunligidan xursandman, do'stim.

Jimin klubga ketayotganda do'stining barcha gaplariga ba'zan bosh qimirlatardi yoki qisqagina javob berardi. Taehyung ajablanarli darajada og'zini yopishga va bir oz jimlikdan zavqlanishga ruxsat bermasdi. Do'sti ularning davrasidagi odatiy, odatlangan narsalar haqida gapirayotgandek tuyulardi, ammo Jimin shunchalik suhbatni o'tkazib yuborish yoki bira to'la o'chirib qo'yish uchun sehrli pultga ega bo'lishni juda xohlardi.
Taehyung mashinasini klubning avtoturargohiga qo'ydi, uning oldida allaqachon ichkariga kirishga urinayotgan bir talay olomon odam turardi.

— Umid qilamanki, senga eshikni ochib turishimni kutmayabsan? — Taehyung hali ham o'tirgan do'stiga qaradi. — Aslida … men bunga qarshi emasman...

— Yo'q, rahmat. — Jimin mashinadan tezda tushib, eshikni qarsillatib yopdi, bu esa Kimning lablarini asabiy jilmayishiga sabab bo'ldi.

—Suka huddi nozik joyimga pichoq urgandeksan yaramas. — Boshini chayqab, u do'stining orqasidan tushdi va eshikni ehtiyotkorlik bilan yopdi va do'stiga baqirdi: — Yumshoqroq bo'lish shunchalik qiyinmi? Nima qo'llaring og'rib qoladimi?

Norozi ravishda lablarini chimirib, Taehyung kutayotgan olomon orasidan va keyin raqsga tushayotganlar orasidan o'tib borardi. U to'g'ridan-to'g'ri o'zlarning doimiy V. I. P stollariga bordi, u yerga Jimin allaqachon o'tirib olgan edi.

Park o'zi va Taehyung uchun spirtli ichimlik quyish uchun stolga egildi so'ng unga stakanni uzatdi.

— Ancha vaqt bo'ldi bunday yig'ilmaganimizga, — Chonguk shovqindan deyarli baqirgancha, divanning orqasiga bo'shashib yotdi.

— Faqatgina yig'ilmaganimizga ancha vaqt bo'ldi emas, balki senga minet qilmaganlariga ham uzoq vaqt bo'ldi. — Taehyung do'stining stolining yonida o'ralashib yurgan klubning doimiy mijozlaridan biri bo'lgan qiz va uning dugonalariga imlab boshini qimirlatdi.

— Men yo'q demagan bo'lardim… — Chonguk to'q sariq suyuqlikdan bir qultum ichib, yoniga o'tirgan qizning erkalashlariga qarshilik qilmadi.

— Senga yangi kelgan qiz haqida xabar berishdimi? — Seokjin baland ovozda Jiminga yaqinroq egilib so'radi.

—Xa xabardorman. Menga qaytarish shartlarini ham takrorlashing shart emas, hammasini bilaman— Park tezroq so'zni kesdi, bu mavzuni yana qayta ochishni istamasdi.

Jiminning yoniga qizlardan biri o'tirdi va uning qo'lidan stakanni oldi so'ng o'z lablariga olib borib uning chetini tili bilan yurgazdi. Yigit bu manzaradan yuzini burishga harakat qildi, garchi klubda qizlarsiz bo'lmasligini bilsa-da.

— Faqat qizning yuziga tegishmasin. Axir bo'lajak aktrisa, — Seokjin Jiminga egilgan holda suhbatni davom ettirdi.

Jimin birdaniga qizlarning qo'llari uning oyog'ini shu qadar silab, deyarli a'zosigacha yetib borganida ham Hyoni qanday qilib xotirjamlikni saqlab qola olishiga qiziqdi. Parkda bu holat juda boshqarib bo'lmas darajaga keb qolardi. Ayniqsa tor shimlari ostidagi uyg'onish*ni yashirib bo'lmasdi. Do'stlari uning hayotida jinsiy aloqa yo'qligi haqida hazillashganlarida mutlaqo haq edilar. Aniqrog'i, uning hayotida Syuin paydo bo'lgandan so'ng bu yo'qolgandi. Uzoq vaqt hayotidagi jinsiy aloqa yo'qligi alomatlari borgan sari sezilib borardi.

— Yo'qol! — Jimin qizga jaxl bilan qarab, uning qo'lini o'zidan kuch bilan itarib tashladi.

— Sening kichik do'sting sening gaplaringga qarshi borayabti va u o'zini shunchalik ochiq ko'rsatyaptiki hatto biz seni og'riqlaringni his qilayabmiz. — Taehyung ochiqchasiga do'stining uyg'ongan shimi ostidagi bortib turgan hududiga qaradi.

Jimin joyida o'tirishini o'zgartirib erektsiyasini yashirishga urindi, ammo buning iloji yo'qligini yaxshi bilardi, shuning uchun do'stining so'zlariga va qattiq kulgidan joyida o'tira olmay qolgan Chongukning kulgilariga unchalik berilmaslikka harakat qildi.

— Nima, bordeldagi fohishalar butunlay qo'lingdan chiqdimi? Men bekorga u yerda g'oyib bo'lmayabsan deb o'ylagan edim… Demak haqiqatdan faqat ish bilan band ekansan-da, fohishalar bilan emas. — Chonguk Taehyung bilan birga kuldi. Ikkalasi ham ularning yoniga o'tirgan qizlarga e'tibor berishni to'xtatishgan edi.

— Nima uchun doim hamma narsadan komediya yasashingiz kerak mmm? — Seokjin norozi ravishda ko'zlarini aylantirdi va kaftini yuzidan o'tkazdi. U Jiminnga qaradi va xotirjam ovozda gapirdi: — Borib, biroz o'zingni tinchlantir. Bo'shashishing kerak. Qiz ham bunga qarshi emas.

— Men buni qilishni xohlamayapman… — Park tishlari orasidan gapirdi. — Men... o'zim hal qilaman.

— Xohlamayabman deysanmi? Ishonching komilmi? — Seokjin qoshlarini chimirdi, do'stidan esa nigohini uzmadi.

— “Xohish” shunchalik kichkina-a-aki, Jiminga umuman yo'qdek tuyulyabdi. — Chonguk oldinga ikkita barmog'ini uzatib, hajmini ko'rsatdi va yana tinmay kula boshladi.

Seokjin Jiminga qarab turar ekan u albatta do'sti bilan gaplashishi kerakligini o'yladi, aks holda…

— Se#s bo'lsa se#sda… — Jimin o'rnidan turib qizni qo'pol ravishda bilagidan ushlab tortgancha alohida ajratilgan xonalar tomon yurib ketti.

— Ouuuu, bugun bizning yigitchamiz ulg'ayadi. — Chon bilan Te “qarsak chalishni” va hatto hushtak chalishni boshladilar.

Do'stlarining quvnoq kulgisi ostida, Jimin qizni alohida xonaga olib bordi. U jinsiy aloqa qilishni niyat qilmagan edi, biroq suhbatlardan charchagan, shuning uchun shunchaki ular o'ylagandek ko'rsatishga qaror qildi…

— Sizlar yana uni nima uchun bizlar bilan vaqt o'tkazishni xohlamay qolganiga hayron bo'lasizlar-aa? — Seokjin kulishda davom etayotgan ikki do'stini ayblagancha qaradi.

— Men sizlarga aytishim mumkunki, uni bordellda bitta fohishasi bor… — Chonguk spirtli ichimlikdan katta qultum ichdi.

— Hyon, biz bir-birimizni deyarli bolalikdan yaxshi bilamiz va har uchrashganimizda, jiddiy Park Jimin ustidan kulish uchun fursatni boy bermadik… ammo… bu uning hozirgacha biz bilan vaqt o'tkazishiga xalaqit bermadi… — Taehyung kulishni to'xtatdi, faqat Jimin ketgan tomonga qarab biroz jilmaydi.

— Men sizlarni bu yerda uchratishimni bilardim… — atrofdan Min Yungining baland ovozi eshitildi. Erkak darhol ularni yoniga ishonch bilan o'tirib, shimining etagini biroz ko'tardi.

— Bu yerda ajablanarli hech narsa yo'q, klub bizniki ahir, — Seokjin keskin javob berdi, sobiq do'stining navbatdagi paydo bo'lishidan norozi edi. U yonidagi qizlarga boshini qimirlatib, darhol ketishlarini talab qildi. — Kuzatishimcha, oxirgi paytlarda seni qiladigan boshqa ishing yo'q shekilli?

— Adashasan… men aynan o'zim kerakli deb bilgan ish bilan shug'ullanyabman. — Yungi tabassum qildi va stol ustida turgan viski shishasiga qo'lini uzatdi. Suyuqlikni stakanlarga quyib, u o'zining ortida turgan soqchilari uchun ikkita stakanni ko'tardi. Ular boshlarini chayqab, rad etishdi va to'g'ri turishda davom etishdi.

— Va sen o'zingning ozg'ingina ko'tingga muammolar qidirishda davom etyabsan shundaymi? — Taehyung gap qo'shdi.

— Yana bir marta salom senga Kim Taehyung . Oxirgi uchrashuvimizdan beri ko'p vaqt o'tmadi, shundaymi? — Erkak stakanni ko'tarib, o'tirganlarga salomlashgandek ishora qildi.

— Qanday huy hohlayabsanki yana qarshimizda paydo bo'lyabsan? — Chonguk joyidan jaxl bilan turdi va Minning oldiga kelib, huddi musht tushirishga tayyordek kaftini siqdi. —Nega hali ham bu yaramasni biz bilan o'ynashishiga qo'yib beryabmiz men tushunmayabman? Meni sabrim tugadi ortiq bu iflosga qarab tura olmayman!

— Tinchlan, bolakay, o'z impulsivligingni jilovla… — Erkak kafti bilan divanga urdi, go'yo yigitni o'tirishga chaqirgandek.

— Men yaxshisi…

— Chonguk … — Seokjin kichiklarini gapini bo'ldi, uni chaqirib, nigohi bilan tinchlanishni va o'z joyiga qaytib o'tirishni buyurdi.

— Bizning kichigimiz kimga o'xshab ketganini bilmay qoldim rosti… ehtimol janob Chonga? Yoki… — Yungi nigohini Taehyungga o'tkazib, navbatdagi qultum spirtli ichimlikni ichgancha davom etdi: — …janob Kim Tekvangami?

— Nimalar deyapsan, axmoq?! — Chonguk yana turmoqchi edi, lekin Taehyung uni qo'li bilan to'xtatdi.

— Vou, vou. Bu yerda, albatta, Jivonning genlari ustun. Tekvan bunday vaziyatlarda juda xotirjam edi, shundaymi, Taehyung? — Erkak Kimga nigohini qaratdi. — Otang, sen uni peshanasiga o'q uzganingda ham shunchalik xotirjam edi yodingdami?

Taehyungni yuzidagi jag' mushaklari o'ynadi, bo'ynidagi venasi esa portlashga tayyor edi. Biroq yigit o'zini butunlay qo'lga oldi, og'ir nafas olishini tinchlantirib va hatto jilmaydi ham.

— Ha, u mutlaqo xotirjam edi. Faqat onam va akamning xavfsizligiga g'amxo'rlik qilishimni so'radi, — Te mutlaqo xotirjam yuz bilan gapirdi.

— Yungi ketish vaqting bo'ldi. Aks holda men endi seni chegaradan o'tayotganingni bee'tibor qoldira olmayman. Oqibatlari haqida senga gapirishim shart emas deb o'ylayman, — Seokjin butunlay kech bo'lmasdan o'z vaqtida aralashishga qaror qildi.

— Men hali eng qizig'iga o'tganim yo'qku Seokjinniiii... Aka-uka Kimlar o'zlarining qarindoshlik aloqalari haqida endigina bilishni boshladilar ahir, nega ularning birlashishiga xalaqit beryabsan?

— Nahh#y men uni gaplarini eshitishim kerak? Nega uni hoziroq otib tashlashim mumkin emas ekan?! — Chonguk Taehyungning qo'lini itarib yuborib o'rnidan turdi va qurolini olib, Minning chakkasiga tiradi.

Darxol Yungining soqchilari ham qurollarini olib Chon tomon yo'naltirib, o'z xo'jayinining yon tomonlariga turib olishdi.

— Faqat bitta savolim bor… qanday qilib siz qurolni ichkariga olib kirdingiz? — Taehyung o'ylanib, deyarli bo'sh stakanni lablariga qo'yib jilmaydi.

— Men ham har holda kutubxonachi bo'lib ishlamayman. — Yungi qo'llarini yoydi, keyin esa kaftini to'pponchaga qo'yib uni biroz pastga tushirdi va xotirjam gapirdi: — Qitig'im kelyabti… yaxshisi o'tirib o'z onang haqida eshitganing yaxshiroq bo'lardi, mishiqi bola.

— Dinna#uyyyyy , Min Yungi. Sen ham otang kabi iflossan! — Chonguk pistoletini yanada botirgancha baqirdi.

— Sen ham unda onang kabi fohishasanmi mmm? — Yungi istehzoli kuldi va o'z odamlariga qimirlamaslikka ishora qildi.

— Bundan shubhalanmasang ham bo'ladi. — Chonguk lablarini cho'zib kuldi.

— Bilasanmi… Jivon sening onangni o'ldirganidan afsusdaman. Balki undan ko'proq mehr olganingda, mehribonroq bo'larmiding?

— Mening onam o'z joniga qasd qilgan…

— Sening onangni o'ldirishgan, — Yungi qat'iy xulosa qildi.

Chonguk qurolini tushirib, g'azab uchqunlarini sochgancha Seokjinga qaradi.

— Suka! Nega sen bunchalik xotirjamsan?!

— Chonguk , o'tir va tinchlan! Qurol bilan sen bu ishlarni tugata olmaysan, — Seokjin nigohi bilan Taehyungga Chonni olib ketishni buyurdi.

Kim o'rnidan turib do'stini tirsagidan ushlagancha, uni raqsga tushayotgan olomon orasidan o'tib VIP zonadan olib ketdi.
Ular eshitgan oxirgi narsa Minning sobiq do'sti haqidagi zaharli so'zlari edi:
— Sen haliyam o'sha aqilli fikrlaydigan Seokjiniysan.

Chonguk do'stining qo'llarini o'zidan itarib, yuzini burishtirgancha bar stoykasi tomon yurar ekan yo'lida uchragan har bir kishini itarib tashlardi. Boshida tartibsiz fikrlar aylanardi, u ularni bir butunga to'play olmas va aniq xulosaga ham kela olmasdi.

— Tekvan, eshit! Gapirishimga ruxsat ber… — ayol trubkani qulog'iga mahkam bosib doimiy ravishda bir joydan ikkinchisiga yurardi. — Tekvan! — o'zini tuta olmagan qichqiriq, so'ngra yuzlari bo'ylab yoshlar oqdi. — Kimdir biz haqimizda yolg'on gapiryapti! Jivon tobora chidab bo'lmas holga kelyapti! Men nima qilishni bilmayabman! U endi bizning o'rtamizda hech narsa yo'qligiga ishonmayabti…

Yana va yana bolalikdagi xotiralar paydo bo'lardi, ular onasining beparvo xatti-harakatlariga dalil sifatida miyada mustahkam o'rnashib qolgan edi.
— Nega u sening otangni Tekvan deb atadi?! Uning ismi ahir Tejun edi-ku?! — Chonguk burilib, do'stini yoqasidan ushlagancha uni silkitdi.

— Mening otamning haqiqiy ismi…

To be continued...

Avtor: Bu fanfik muallifligi menga tegishli emas. Bu tarjima fanfik ekanligini unutmang!

Avtor: Bu fanfik muallifligi menga tegishli emas. Bu tarjima fanfik ekanligini unutmang!