March 4

Darkness and despair

Part-2

POV: Yujin

— Hoy, Taeyon aytgan o‘sha yangi qiz senmisan? — tushlik vaqtida stolimga yoqimli yuzli, oq-sariq sochli, kichkina bo‘yli bir qiz yaqinlashdi. Uni darrov tanidim: U birinchi dars oldidan maktab bo‘ylab anavi meni yiqilishdan qutqarib qolgan bechora bolaning ortidan quvlab yurgan qiz edi.

— O‘sha ahmoq men haqimda senga nimalar dedi? — dedim ovqatlanishda davom etgancha, unchalik ham kuchli qiziqish bildirmagan holda.

— Ashsh..., ko‘p narsalar, — qiz uf tortib, ruxsatsiz qarshimdagi stulga o‘tirdi. — Shunchaki unga e’tibor berma. Men Bomiman. Li Bomi. Tanishganimdan xursandman, — qiz menga samimiy jilmaydi. Bu menda biroz qiziqish uyg'otdi. To'g'rida cho'zilib o'tirgandan shartta maqsadini hal qilgan yaxshi.

— Men Chxve Yujinman, lekin seni ogohlantirib qo‘yay: ba’zida asabiy va tentakroq bo‘lib qoladigan odatim bor, — tanishuvimiz biroz g‘alati chiqdi, lekin buni aytib qo‘yishim kerak edi. Qizning reaksiyasini kuzatdim, lekin u eshitgan gapidan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi.

— Qo‘ysang-chi, men ham ba’zida haqiqiy yalmog‘izga aylanaman, — u qo‘l siltab, ovqat tayoqchalarini ajratdi-da, lapshani yeyishga tushdi. Men esa hayron bo‘lib qoshimni ko‘targancha uni kuzatishda davom etdim.

— Unday bo‘lsa, do‘stlashib ketamiz deb umid qilaman. Chunki eski maktabimdagi sinfdosh qizlar g'irt tovuqlarni o'zi edi, — Bomi nigohini menga qaratdi, og‘ziga iloji boricha ko‘proq lapsha solib, jilmaydi.

— Tanish holat, bu yerda ham qizlar unchalik ham mehmondo'st emas.

Men shunchaki xo‘rsinib, boshimni likopchamga egdim.

— Aytgancha, tanishganimiz yaxshi bo‘ldi. Aynan bugun klubga birga borishga sherik topolmay turgandim. Men bilan borasanmi? — to‘satdan taklif qildi qiz.

— Birpasda-ya? Axir biz bir-birimizni deyarli tanimaymiz-ku, — biroz hayron qoldim.

— Nima bo‘pti? Mana shu yaqinroq tanishishga bahona bo‘ladi. Bugun soat yettida ko'rishamiz, kelishdikmi?

— Hmm, mayli, — deb kulib qo‘ydim.

— Nima, bu yerda hech qanday dugonang yo‘qmi?

Bominining chehrasi darrov o‘zgardi, keyin nigohini olib qochib, majburan jilmaydi.

— Yo‘q, aslida... unaqa emas...

Uni noqulay ahvolga solib qo‘yganimni tushunib, darrov mavzuni o‘zgartirdim.

— Faqat bir shartim bor: men ochiq-sochiq seksi ko‘ylaklar kiymayman. O‘tgan safar ko‘ylagim yirtilib ketib, uyga deyarli yalang‘och holda kelganman, — deb valdiray ketdim, bu Bomini kuldirib yubordi.

— Ahah, qanaqasiga yirtilishi mumkin?

— Shunchaki, urushib shunday bo‘lib qolgandi-da...

— Sen urushishni yaxshi ko‘rasan shekilli mmm?

— Shunchaki... Faqat meni shunga majbur qilishsagina, — deb begunohona jilmaydim. — Aytgancha, bugun sendan qochib yurgan bola... u kim edi?

— Ashshsh, eslatma. U yaramas Xoseok shunday jonimga tegib ketdi-ki. Mayli, o‘ylaymanki, nega ekanligini hali tushunib olasan. Bu senga ham tegishli bo‘ladi ahir.

— Ohh, hoziroq ko‘nglim g‘ash bo‘la boshladi...

Uyga kelib, yo‘l-yo‘lakay uyda kimdir bor-yo‘qligini tekshirib, xonamga yo‘l oldim. Hech kim yo‘qligini bilgach, miyamda bir reja paydo bo'ldi. Dadamning ish xonasiga sekin kirib bordim, u yer qulflanmagan ekan. Esimda, ilgari men kirmasligim uchun doim qulflab yurardilar, hozir esa men yana u bilan bir uyda yashayotganimni unutib qo‘yganlar shekilli. Xo‘sh, bu men yo‘qligimda nimalar sodir bo‘lganini tushunish uchun ajoyib imkoniyat.

— Qani, ko‘raylik-chi... — deb stol ustida tartib bilan turgan qog‘ozlarni varaqlay boshladim, lekin noodatiy hech narsa topmadim. Shunchaki hisobotlar va zerikarli hujjatlar. Qog‘ozlarni chetga surib, kitob javoniga yaqinlashdim. — Har doimgidek adabiyot o‘qiydi, — deb kreslo yonidagi stol ustida turgan ochiq kitob, ko‘zoynak va sovuq qahvaga qarab qo‘ydim. Unga hali o‘qimagan birorta yaxshi kitob sotib olib kelishim kerak.
Kitoblarning sirtini barmoqlarim bilan silab, har birining nomini o‘qib chiqdim. Ulardan birini olishga qaror qildim, lekin kitobni ushlab, sug‘urib olishim bilan javon titrab ketdi va qandaydir g‘alati g‘uvillash eshitildi. Darrov tushundim.

— Seyf? — deb pichirladim qolgan kitoblarga sinovchan tikilib. — Agar bunisini ham sursam, unda... — keyingi kitobga qo‘l uzatgan edim hamki, kirish eshigi g‘ijirlaganini eshitib, kitobni ortimga yashirgancha keskin o‘girildim.

— Bu yerda nimalar qilyabmiz mmm? — Chonguk qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, eshikka suyanib turardi.

Men jim bo'lib qoldim, o‘zimni oqlash uchun nima deyishni ham bilmasdim. To‘g‘risida bu vaziyatda o‘zini oqlash ham ahmoqlik. Chunki Chon meni besh qo‘ldek biladi.

— Kitoblarni ko‘rayotgandim, — yigit eshikni yopib, sekin menga yaqinlasha boshlaganda hayajon bilan yutindim.

— Ortingda nima yashiryabsan? — labimni tishlab, bir qadam orqaga chekindim.

— Aytdim-ku, kitoblarni ko‘rayotgandim, — deb javob berdim-da, qochishga urindim, lekin Chon ko‘ylagimdan ushlab, o‘ziga tortdi va meni o'ziga o‘girdi. Kitob qo‘limdan tushib ketib o‘zim esa Chongukning belimdan ushlab qolgani tufayli havoda muallaq qoldim. Hammasi xuddi doramalardagidek. Biz to'xtab qoldik, yuzlarimiz bir-biriga juda yaqin edi. Yuragim tez urib ketdi, ko‘zlarim Chongukning ko‘zlari bilan to‘qnashdi.

—Mmm.. Kitoblarmi? — deb pichirladi u, uning issiq nafasi yuzimga urilardi.

— Ha, — deb past ovozda javob berdim sekin bosh silkib. Nigohim beixtiyor uning ko‘zlaridan lablariga tushdi, lekin biror narsa qilishga ulgurmasimdan, u belimdan qo‘llarini bo‘shatib yubordi va men to‘ppa-to‘g‘ri yumshoq gilam ustiga gup etib tushdim.

— Ay, og‘ridi-ku, — deb orqamni uqalab pichirladim.

— Aybingga yarasha, — deb qisqa javob berdi u va kitobni poldan olib o‘z joyiga qo‘ydi. — Nega bu yerga kirding?

— Mendan nimalarni yashirayotganingizni bilmoqchiman, — darrov oyoqqa turib oldim.

— Sendan hech narsani yashirayotganimiz yo‘q. Bilishing kerak bo‘lgan hamma narsani bilasan. Yujin, sen doim haddan tashqari qiziquvchan bo‘lgansan. Kerak bo‘lmagan joyga burun suqma, — Chonguk menga ogohlantiruvchi nigoh bilan qaradi va men bu qarashni tanidim. Gap jiddiy narsa haqida ketganda, Chonguk hazil tugaganini tushuntirib qo‘yardi. Bunday paytlarda u har qachongidan ham sovuqqon va jiddiy bo‘lar edi. Lablarimni tishlab, unga qarab turdim, lekin hech narsa demadim.

— Xonangga bor va arazlama, — xonadan chiqayotganimda u biroz yumshoqroq ohangda gapirdi.

— Bugun kechqurun ko‘chaga chiqib ketaman! — deb qo‘shib qo‘ydim oxirida. U ham biroz asabiylashsin.

— Tushunmadim. Qayerga chiqasan? — Chonguk darrov yuvinish xonasi eshigigacha ortimdan ergashdi. Men eshik oldida to‘xtab, unga o‘girildim.

— Yangi dugonam bilan aylangani, shunga nima bo‘pti?

—Bugunni o'zida tanishishga ulgurdingmi? Qayerga borasizlar? Qanaqa dugona ekan ? — Chonguk kim bilan muloqot qilishim, qayerga borishim borasida doim qiziquvchan edi. Ayniqsa, do‘stlarim yigitlar bo‘lsa. Bilardimki, bu qiziquvchanlik qisman otamning "uni har qadamini poyla" degan buyrug‘i ham edi. Uning ayg‘oqchilari doim ortimdan yurardi, bu esa asabimga tegardi.

— Shunchaki shahar aylanamiz. Aytgancha, umid qilamanki, o‘tgan safargidek ortimdan soqchi qo‘ymaysan, — Chon yana nimalardir demoqchi edi, lekin men eshikni burnining tagida shartta yopgancha ichkarida qiqirlab kulib yubordim.


~~~~~~~~~~


Pov; Avtor

Hashamatli klubda yoqimli musiqa yangramoqda. Barmen stakanlarni artar ekan, yarim bo‘sh zalga ko‘z yugurtirardi. Tun kirishi bilan bu yer amaldorlar va boyvachchalar bilan to‘ladi, hozircha esa faqat yoshlar, jumladan qimmatbaho brend kiyimlardagi ikki yosh qiz ham o‘tirgandi. Ular martini ichib, past ovozda nimalardir haqida gaplashishar, vaqti-vaqti bilan atrofga qarab qo‘yishardi.

— Qara, balki anavi boladir, — sarg‘ish sochli qiz dugonasiga klubning eng chekka burchagidagi yigitni ko‘rsatdi. Qoracha qiz burnini jiyirib, boshini chayqadi.

— Bunisiga nima deysan? — u boshqasini ko‘rsatdi...

— Hmm, balki... — qiz labini tishlab, zalni diqqat bilan o‘rganar ekan, to‘satdan klubga kirib kelgan yigit ikkalasining ham e’tiborini tortdi va ular kelishgan notanish yigitga qaragancha qotib qolishdi.

— Shu! — ko‘p o‘ylamay dedi sarg‘ish sochli qiz. Ikkinchisi ham sirli, va blondin bo'lgan, sekin bar peshtaxtasiga yaqinlashayotgan va go‘yo hech kimni payqamayotgan yigitdan ko‘z uzmay tasdiqladi.

— Xudoyim, u shunchaki mukammal.

— Aynan bizga keraklisi...

— Nima buyura... — barmen o‘girilib, peshtaxtaga kim o‘tirganini ko‘rgach, tili aylanmay qoldi. Yigit labining chekkasida kulib qo‘ydi, barmenning esa qo‘rquvdan oyoqlari qaltirab ketdi.

— Tilingni yutib yubordingmi? — nihoyat yigit o‘zining yoqimli past tondagi ovozi bilan gapirdi. Barmen yutunib, unga yaqinlashdi.

— N-nima buyurasiz?
U charm pidjagining cho‘ntagidan bir erkakning suratini chiqarib, barmenga uzatdi.

— Ko‘rganmisan? — barmen suratga qaradi va asabiy yutindi.

— Y-yo‘q...

— Yaxshilab o‘ylab ko‘r-chi? — yigit suratni barmenning yuziga yaqinlashtirib, qoshini chimirdi.

— X-xo‘sh... Uni taxminan ikki kun oldin ko‘rgandim. Bu yerga yolg‘iz kelgan edi. Ichdi-yu, ketdi. Boshqa... ko‘rmadim, — gapining oxirida barmenning ovozi hayajondan bo‘g‘ilib qoldi. Yigit yana bir necha soniya barmenga tikilib turdi, bu vaqt ichida barmenning esa sochlari oqarib ketishiga oz qoldi. Keyin yigit jilmayib, suratni olib qo‘ydi.

— Salom, ishlar qalay? — deb eshitildi uning qulog‘i ostida muloyim ovozda. Barmen yigitning chalg‘iganidan foydalanib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Yigit esa yonida o‘tirgan qizga sekin qaradi va lab chetida jilmaydi. Qiz esa uning birgina tabassumidan aqldan ozishiga oz qoldi va yigitning naqadar kelishganligini miyasidagi chiroy standartlari punktida belgilab qo'ydi.

— Endi yaxshi bo‘ldi, — deb o‘ynoqi javob berdi blondin yigit.

— Seni ilgari bu yerda ko‘rmagandim, — qiz yigitni chanqoq nigohlar bilan kuzatar ekan, uni kiyimsiz tasavvur qila boshladi. Biroq, bu sirli yigitning xayolidan nimalar o‘tayotganini bilish qiyin edi. — Birinchi marta kelishingmi?

— Shunchaki yo‘l-yo‘lakay o‘tib ketayotgandim, Bir odamni qidiryapman, — deb javob berdi yigit, lekin suratni ko‘rsatishga shoshilmadi. U qizning yuzini sinchiklab o‘rganar ekan, bu maftunkor xonim kim bo‘lishi mumkinligini allaqachon taxmin qilayotgan edi.

— Rostdanmi? — qiz go‘yo tasodifandek pastki labini tishlab, ko‘zlarini suzdi. — Men esa bu yerda har kuniman. Hamma tanish. Balki suratni menga ko‘rsatarsan? Balki sen qidirayotgan odamni tanirman, — qiz barmoqlarini bo‘ynidan o‘tkazib, ko‘krak sohasiga urg‘u berdi, lekin yigitning nigohi uning yuzidan pastga tushmadi. U yana jilmaydi va nihoyat suratni chiqardi. Qiz bir necha soniya tikilib turdi-da, mamnun jilmaydi. — Hyonvonni qidiryapsan? Shundaymi?

— Qayerdaligini bilasanmi? — hamon o‘ynoqi jilmayardi yigit.

— Yaqinda shu yerda edi. Hozir qayerdaligini bilmayman-u, lekin koordinatalari menda bor, — qiz qog‘oz va ruchka olib, manzilni yozdi va yigitga uzatdi.

— Rahmat, — deb bosh silkidi u va qog‘ozni ko‘ylagining ichki cho‘ntagiga soldi. — Menga yordam berding, men esa qarzdor bo‘lib qolishni yoqtirmayman. — Qiz darrov nima haqida gap ketayotganini tushundi va tabassumini yashirolmadi.

Besh daqiqadan so‘ng juftlik parda ortidagi maxsus VIP-xonaga o‘tishdi. Yigit qizni devorga itarib, lablaridan ehtiros bilan bo‘sa oldi. Qiz ham unga javob qaytarar, shu bilan birga bluzkasini va yigitning ko‘ylagini yechishga harakat qilardi.

— Shu paytgacha qayerda eding, — deb pichirladi u, yigit uning bo‘yinlaridan o‘pib, qo‘llarini qisqa yubkasi ostiga yurgizar ekan. Yigit uni ko‘tarib oldi, qiz esa oyoqlari bilan uning belidan quchoqladi. — Menga tezroq kir... — deb ingradi u, yigit esa bo‘sa orasida kulib qo‘ydi.

— Biror joyga shoshilyabsanmi? — u qizni qo‘pol ravishda divanga itarib yubordi, qiz esa ehtiros bilan uni yoqasidan o‘ziga tortib, yana o‘pa boshladi.

— Ohhh, kechirasan meni sariq sochli qahramonim men ham sen bilan yana biroz ko‘ngil hushlik qilishni xohlardim..., — to‘satdan qiz g‘alati ovozda pichirlay boshladi. Yigit o‘zini chetga olib, hayron bo‘lib qizga qaradi.

— Lekin afsus nafsim ochligi kuchliroq, — deb qo‘shib qo‘ydi u. Qizning qorachiqlari kattalashdi, ko‘zlari och yashil rangga kirdi, og‘zidan esa o‘tkir tishlari chiqib keldi. Qiz yigitning bo‘yniga tashlanish uchun vishilladi, lekin yigit uning qo‘llaridan tutib, kuch bilan o‘zidan uzoqqa uloqtirdi. U devorga urilib, yerga yiqildi.

—Ashshsh aqli past nimfa, — deb kuldi yigit, sekin qizga yaqinlashib. — Meni aldayman deb o‘ylaganmiding mmm? Ko‘rib turganingdek, oqibatda o‘zing aldanding, — yigit yelka qisib, mamnun jilmaydi.

— Sen kimsan o‘zi? — qizning ko‘zlari o‘z holiga qaytib, tishlari g‘oyib bo‘ldi. U nafrat va hayrat bilan oldiniga begunoh ko‘ringan yigitga qaradi va uning aslida unday emasligini tezda tushundi. Yigit uning yoniga cho‘kkalab, qo‘rquvga to‘la ko‘zlariga tik boqdi.

— Kimnidir ovlashdan oldin, o'sha "kimnidir" o‘ljasiga aylanib qolmasligingga ishonch hosil qilishing kerak edi tentak qiz, — dedi yigit. Keyin uning ko‘zlari qoraya boshladi, butun ko‘z sohasini qora parda qopladi. Bo‘ynida ham qora tomirlar bo‘rtib chiqdi. Qiz bularni ko'rib turarkan dahshatga tushdi. Uning ko‘zlarida cheksiz qo‘rquv aks etardi.

— D... Demon! — deb titradi uning ovozi.

— Aqlliginam.., — yigit qizning boshidan tutgancha qirsillatib bo‘ynini qayirib yubordi. Jonsiz tana polga yiqildi, yigit esa kiyimini olgancha xonadan chiqib ketdi. — Ahhh, afsus, bir birimizga lazzat berishga ulgurmadik...

~~~~~~~~~~


Pov: Yujin


Pov: Yujin

Eshik qo‘ng‘irog‘i chalingach, eshikni ochib Bomini ko‘rdim.

— Salom, — u yoqimli jilmayib qo‘l silkidi. Yuzida pardoz, egnida kalta yubka va baland poshnali tufli. Oh, endi Chonguk bizni shunchaki aylangani ketayotganimizga ishonishiga shubha qila boshladim. Eshikdan chiqishga ulgurmasimdan, Chonguk ortimdan mo‘ralab, bizga shubha bilan qaradi.

— Omo, qo‘rqitib yubordingiz, — Bomi cho'chib tushdi.

— Ketyapsizlarmi? — so‘radi Chon.

— Ha, dadamga aytib qo‘yarsan, xo‘pmi?

— Ehtiyot bo‘l, ketganing uchun yana jahllari chiqmasin, — deb ogohlantirdi u.

— Xavotir olma, — deb jilmaydim va unga xayrlashuv bo‘sasini (havodan) yubordim.

— Bu sening yigitingmi? — deb sekin so‘radi dugonam yo‘lga tushganimizda.

— Yo‘q, u mening... do‘stim, shunchaki do‘stim, — deb javob berdim majburan jilmayib.

22:19. “Melody Night” klubi

Pov: Avtor

— Boss! Daxshat! — VIP-xonalardan biriga qo‘rqib ketgan yigitcha yugurib kirdi. Ayollar bilan ko‘ngil xushlik qilib o‘tirgan yoshi kattaroq erkak unga qaradi.

— Nima gap? — deb erinchoqlik bilan so‘radi u.

— Boss, u yerda... Xullas...
Haligi....

— Chaynalma.!

— Taehyung keldi... — deb past ovozda xabar berdi yigitcha, xo'jayni esa sapchib o‘rnidan turdi.

— Nima?! Qayerda u?! — u kutilmagan xabardan seskanib ketgandi.

— Shu yerdaman, — kutilmaganda Taehyungning o‘zi yuzida ayyorona tabassum bilan xonaga kirdi.
— Kutmaganmidingiz? Sizlardan xabar olgani kelgandim.

Taehyung xona bo‘ylab sekin yurar, hamma yoqni ko‘zdan kechirardi. Boss esa, yumshoq qilib aytganda, hayratdan qotib qolgandi. U dunyodagi hamma narsadan ko‘ra mana shu iblisning klubiga kelishidan qo‘rqardi. Chunki u qayerda paydo bo‘lsa — kimdir albatta o‘ladi.

— Ohhh, Taehyung.. , rostdan ham kutilmaganda kelding, — erkak qo‘rquvidan arang gapirdi, qaltirab, majburan jilmaydi. Taehyung buni payqab, faqat kulib qo‘yardi.

— Nega kelganimni bilasan, shundaymi? — Taehyung erkakning ko‘zlariga qaradi, erkak esa kuchli nigohlaridan beixtiyor yutindi.

— H-ha, mish-mishlarga qaraganda, Hyonvonni qidirayotgan ekansan. Lekin u bu yerda yo‘q, — u darrov boshini chayqadi. — Ancha bo‘ldi yo‘qligiga. Mening oldimga kelmadi. Rost aytyapman!

— U mavjudot mendan qarzdor edi, — Taehyung divanga o‘tirib, erkakga tikilishda davom etdi. — Xuddi sendek.

Oxirgi so‘zlardan keyin erkakning oyoqlari qaltirab, divanga o‘tirib qoldi.
— Taehyung , axir o‘zing tushunasan-ku, hozir qarzimni qaytarolmayman, — deb u tovlamachilik ohangida gap boshladi.
— Lekin albatta, albatta qaytaraman!

— Bir oydan beri shunday deysan, vaqt esa o‘tib boryapti, — Taehyung har bir so‘zni xotirjamlik bilan aytardiki, erkakning qo‘rquvdan sochlari tikka bo‘lardi. — Balki bu axlat joyingni yer bilan bitta qilib yuborarman? — u yoqimsiz hidlardan burnini jiyirib atrofiga qaradi. Erkak yana sapchib turdi. — Vaqt ketyapti...

— Bu nima... deganing?! — Taehyung unga qaradi, yuzidagi tabassum asta sekin yo‘qoldi.

— Shu deganim. Xo'sh nega qarzingni bermayabsan? — u qoshini ko‘tarib javob kutdi. Erkak ko‘zlarini olib qochdi.

— Chunki klubim menga daromad keltirmayapti... — deb pichirladi u.

— To‘g‘ri, — Taehyung barmog‘ini shiqillatib tasdiqladi.

— Agar foyda bermasa, nima qilish kerak? — erkak javob bermadi, chunki og‘iz ochishga ham qo‘rqardi. Taehyung uning o‘rniga javob berdi. — Undan qutulish kerak.

— Yo'q, Taehyung! Qaytaraman! Aytyapman-ku! Menga vaqt ber! Klubni oyoqqa turgizaman, u yana avvalgidek daromad keltiradi! Senga qo'shimchasiga bir talaygina '' begunoh qalb'' lardan topib beraman! Iltimos! — erkak deyarli tiz cho‘kib yolvora boshladi, lekin yigit faqat kulardi. Taehyung unga e’tibor bermay, eshik tomon yurdi.

— Shunchaki chiqib keta olaman deb o‘ylayabsanmi? — deb baqirdi ortidan erkak. Taehyung to‘xtadi.

— Bu yerda mening odamlarim juda ko‘p! Sen tirik chiqolmaysan! Klubimga ham zarar yetkazolmaysan.

Taehyungni har tomondan qayerdandir paydo bo‘lgan erkaklar o‘rab oldi. Ular bir vaqtning o‘zida og‘izlarini ochib, pichoqdek o‘tkir tishlarini ko‘rsatishdi. Taehyung vampirlarni yoqtirmasdi, shuning uchun hozir asabiylashdi. Bu qonxo'rlar unga doim xira pashshadek tuyulardi.

— Ashshsh, qaysi klubga bormay, hammasi meni o‘ldirishga harakat qiladi, — Taehyung hech narsa bo‘lmagandek jilmayib, erkak tarafga o‘girildi. — Sss.., yigitlaring vahimali ko‘rinyabti-yu, lekin bitta narsani hisobga olmabsan, — erkakning yuzidagi g‘olibona tabassumi qotib qoldi. — Men ham bu yerga yolg'iz kelmaganman.

Erkak atrofiga alanglab, kichik bir yo‘lakda bir guruh shubhali, qop-qora ko‘zli yigitlarni ko‘rdi.

— Jin ursin seni... sen... sen.. zulmat ko‘zlilaringni o‘zing bilan yetaklab kelganmisan?! — deb baqirdi erkak vahimada. Taehyung esa faqat jilmayardi.

— Mushakbozlikni boshlaymizmi?

~~~~~~~~~~~


Pov: Yujin

— Eshityabsanmi, bu yer menga unchalik yoqmayapti, — deb yuzimni bujmaytirdim va atrofga alanglab eski stulga o‘tirdim. Bu joyni munosib maskan deb bo‘lmasdi. Hamma yoqda shubhali nusxalar, qizlar esa deyarli yoq.

— Ha, lekin afsuski qimmat klubga pulim yetmasdi-da, — Bomi yelka qisib o‘ziga kokteyl buyurdi.

— Pfff, menga aytsang bo‘lardi-ku, dadamdan pul o'g'irlab kelardim va mazza qilib vaqt o'tkazardik.

— O‘g‘irlab? — Bomi kulib yubordi. — Gaplaringga qaraganda dadang katta biznesmen shekilli.

— Shunaqa desa ham bo‘ladi, — deb kulib qo‘ydim.

— O‘zing haqingda gapirib ber. Anavi kelishgan yigit kim? U sen bilan birga yashaydimi? — Bomi meni darrov savollarga ko‘mib tashladi, u juda qiziquvchan ekan.

— U dadamning qo‘lida ishlaydi, qolaversa bolalikdagi do‘stim. Ikki yil ko‘rishmadik. Ilgari u men uchun soqchidek gap edi, — deb hikoya boshladim, qiz esa kokteylini ichib, meni diqqat bilan tinglardi.

— Rostdanmi? Hayoting buncha qiziq bo'lmasa.. — dedi u.

— Qiziq? Hech ham qiziq emas... — qoshimni chimirdim. — Uzoq vaqt Amerikada bo‘ldim, Koreyaga qaytish haqidagi iltimoslarimni ular shunchaki e’tiborsiz qoldirishdi. Shu sabab dadam bilan ko‘p urishardik.

— Tushunaman, — deb mahzun xo‘rsindi Bomi. — Menga ham ba’zan otam meni tushunishni xohlamayotgandek tuyuladi.

— Eng asosiysi esa... — gapimni tugatishga ulgurmadim, to‘satdan qandaydir gumburlashga o‘xshash baland ovoz eshitildi.

— Bu nima? — Bomi bilan jim bo‘lib qoldik, butun zal sukunatga cho‘mdi. Shunda birdan devorlar, shift hamma yoq silkina boshladi. Yana bir baland ovoz eshitildi va bu nihoyat portlash ekanini tushundim. Faqat qayerda bo'layotgani noma’lum. Bomi ikkalamiz baqirib, stol tagiga kirib oldik.

— Egil! — deb baqirdi dugonam, yonimizga ulkan beton bo‘lagi tushganida. Shundan so‘ng haqiqiy to‘polon boshlandi. Odamlar vahimaga tushib, baqir-chaqir bilan chiqish eshigi tomon yugurishdi. Men nima qilishni bilmay, bularni kuzatib turardim.

— Bu nima, zilzilami?! — deb qo‘rquvdan qulog‘im ostida baqirdi Bomi, boshini qo‘llari bilan to‘sgancha.

— Bilmayman! Lekin tezroq bu yerdan chiqib ketishimiz kerak!

— Qanaqasiga?!

— Anavi odamlarning ortidan yugurishimiz kerak! Chiqish o‘sha yerda bo'lsa kerak!

— Biz u yerdan o‘tolmaymiz! Qara, qancha odam bor! — Bomi fikrimga qo‘shilmadi.

— Harakat qilish kerak! Sen birinchi bor!

— Lekin Yujin!

— Senga aytyabman, bor!

Bomi ikkilanib turdi-da, keyin o‘zini qo‘lga olib, aytganimni qildi. Shu payt bino yana bir marta silkindi va men chetga uchib ketdim. Devorga urilib, boshimdan qattiq jarohat olib yiqildim. Bir daqiqadan so‘ng kuyundi hidini sezdim, aynan shu narsa meni o‘zimga keltirdi va qochishga majbur qildi. Lekin chiqish tomon yugurganimda, eshik tepasidagi shift qulab tushib, yo‘lni yopib qo‘ydi. Shunday qilib, men tuzoqda qoldim.

— La'nat bo‘lsin, — deb pichirladim, kiyimim bilan og‘zimni to‘sib yo‘talarkanman. Zalni quyuq tutun qopladi, biror narsani ko‘rish qiyin edi. Bir necha qadam yurib, ikkinchi qavatga olib chiquvchi zinaga duch keldim. Darrov yuqoriga yugurdim. Birinchi uchragan eshikka kirib, uni qulflab oldim. Bu katta yotoqxonaga o‘xshash xona edi. Eshik ortidan yog‘ochlarning qirsillashi va olov tafti sezila boshladi. Menimcha o‘zimni o‘zim qopqonga haydadim shekilli.

Pov: Avtor

Yonayotgan binodan chiqarkan, Taehyung og‘riqdan yuzini bujmaytirdi. Yuzining yarmi kuyib ketgan va dahshatli ko‘rinardi. Lekin to‘xtab, u o'zining ko‘ylagini yechib tashladi va ko‘zlarini yumdi.

Yuzidagi kuygan joylar tezda bitib qoldi.

— Ajoyib, — u yuzi avvalgidek holga kelganini his qilib jilmaydi. Binodan chiqayotgan tutunga so‘nggi bor qarab, jilmaygancha oldinga yurdi. Tez orada bu yerga tez yordam va politsiya mashinalari keladi, shuning uchun tezroq ketishi kerak. Lekin Taehyung birinchi qadamni bosishi bilan kimdir uning oyog‘idan ushlab qoldi. U pastga qaradi va bir qizning tanasini ko‘rdi.

Qizning ko‘zlari yumuq, peshonasi qon, qo‘llari esa yigitning oyog‘ini mahkam ushlab olgandi.

— Yordam bering, iltimos... — deb pichirladi notanish qiz juda past va xirillagan ovozda. Taehyung kulib qo‘ydi va qizga diqqat bilan qaradi.

— Hayoting senga juda shirin shekilli.., — deb o‘yladi u. — Yashashni qattiq istayotganingga qaraganda.. — u cho‘kkaladi, qiz esa ko‘zlarini arang ochib, so‘zlarini takrorladi.

— Yor...dam...

Boshqa payt bo‘lganda Taehyung shunchaki qaramay o‘tib ketgan bo‘lardi. U doim bunday vaziyatlarda hammasini taqdir hukmiga tashlab qo'yardi. Zaif va keraksiz odamlar unda hech qanday hissiyot uyg‘otmasdi. Ularni ba'zoda "o‘ynatish" ham u uchun zerikarli. Lekin hozir... Hozir uni nimadir ushlab turgandek edi. Qizga qarab, ahvoli juda og‘irligini tushundi. Balki miya chayqalishidir? Balki derazadan sakrab biror joyini sindirgandir.

— Bechora, — deb pichirladi yigit, qizning qonga belangan sochlarini silab. Qiz o‘layotgan edi, u buni aniq ko‘rib turardi, lekin hech qanday rahm-shafqat sezmasdi. Unda nega uning yuziga bunchalik uzoq tikilib turibdi? Bunday ojiz mavjudotning ichidagi o‘lmaslikka bo‘lgan intilish unga qiziq tuyuldi va u ichidagi "o‘yin qilish" vasvasasiga qarshi tura olmadi.

— Mayli, bugun saxovatim oshib ketyabti shekilli, — deb jilmaydi Taehyung , qo‘lini esa qizning bo‘yniga qo‘yib, yuziga yaqinlashdi.
U qizning lablariga juda yaqin keldi. Shu payt uning ko‘zlari qoraydi va og‘zidan qora tutun chiqib, uni sekin maktab o‘quvchisi Yujinning og‘ziga "puflay" boshladi. Bu bir daqiqa yoki undan ko‘proq davom etdi, lekin har bir soniya o‘tgan sari Yujinning vujudi qorong‘ulik va zulmatga to‘lib borardi. Buni uning bo‘ynida bo‘rtib chiqqan qora tomirlar ham ko‘rsatib turardi. Qora tutun tarqala boshladi, Taehyung ishini tugatib, ketishga shoshilmadi.

Qizning yuziga hamon yaqin turgancha, uning qayta rang kira boshlagan lablaridan o'pdi. Bu "Zulmatga to'lish" jarayonining so‘nggi bosqichi edi. Bu bo‘sa orqali Taehyung o‘layotgan qizning ichidan qandaydir ulkan kuchga to‘layotganini his qildi. Uning boshidagi jarohatlar bitayotganini, singan oyog‘idagi suyaklar birlashayotganini sezdi. Ha, u qizning hayotini saqlab qoldi. U yashaydi, lekin demon uning vujudiga "kiritgan" zulmat endi shunchaki chiqib ketmaydi. Bu degani, endi u Demonga tegishli, chunki Taehyungning bir bo‘lagi bugundan qizning ichida yashashga boshlaydi.

— Mendan qarzdorsan, qo'g'irchog'im — Taehyung o‘rnidan turib, qizga so‘nggi bor nazar tashladi va g‘oyib bo‘ldi.

Izoh:
Zulmatga to'lish — insonni "zulmat" bilan to‘ldirish degani. Zulmat — bu Demonning ruhi. U buni odamlarni ichiga singdirib sog‘aytirishi, yoki o‘ldirishi ham mumkin.

To be continued....