Startap
July 24, 2025

ManaPolya — Futbol maydonini bron qilish endi oson, tez va oson

Sizga tanish muammo…

Do‘stlar bilan futbol o‘ynashni rejalashtirdingiz. Guruhga yozdingiz, barcha kelishdi. Endi maydon topish kerak. Qo‘ng‘iroq qilasiz — hech kim javob bermaydi. Yana biriga qo‘ng‘iroq qilasiz — “bu vaqt band” deyishadi. Nima uchun 2025-yilda hanuz stadion bron qilish bu qadar murakkab?

ManaPolya nima?

ManaPolya — bu O‘zbekistonda futbol maydonlarini onlayn bron qilish uchun yaratilgan raqamli platforma. Siz oddiy futbolchi bo‘lsangiz ham, do‘stlaringiz bilan vaqt topib maydonga chiqishni xohlasangiz ham, bu ilova aynan siz uchun.

Nega biz buni tashkil qildik?

Biz o‘zimiz ham futbol o‘ynaymiz. Har safar biror maydon topish, narxini bilish, qachon bo‘shligini aniqlash uchun ko‘p vaqt va asab ketardi. Bozorda bu muammoni yechadigan tizim yo‘q edi — shuning uchun ManaPolya paydo bo‘ldi.

ManaPolya qanday ishlaydi?

  • Telegram bot yoki saytga kirasiz
  • Joylashuv bo‘yicha stadionlarni ko‘rasiz
  • Narx, manzil, rasm, bandlik holatini solishtirasiz
  • 2–3 marta bosib, to‘lov qilasiz — bo‘ldi!

Hech qanday qo‘ng‘iroq yo‘q, hech kim bilan kelishib o‘tirmaysiz.

ManaPolya sizga nima beradi?

Tezlik — 1 daqiqada stadion topib, bron qilasiz
Osonlik — barcha maydonlar bir joyda, filtr bilan tanlash mumkin
Ishonchlilik — barcha maydonlar tekshirilgan, jadval real vaqt rejimida
Telegram + Web — sizga qulay platformada ishlang
To‘lov — Payme orqali onlayn, xavfsiz to‘lov

Toshkentdagi stadionlar — endi bir marta bosish orqali

ManaPolya orqali hozirning o‘zida Toshkentdagi eng ommabop joylarda joylashgan stadionlarni topishingiz mumkin: Yunusobod, Chilonzor, Olmazor, Shayhontoxur, Yakkasaroy, Sergeli tumanlaridan stadion — barchasi bir platformada.

Agar sizga mini polya (мини стадион, поля) kerak bo‘lsa, izlab ovora bo‘lmang. ManaPolya’da mini stadion’lar Toshkent va boshqahududlarida osongina topiladi.

Narxlar qulay, stadion ijarasi (стадион аренда) uchun do‘stlaringiz bilan birga vaqtni oldindan band (bron) qilib qo‘ying — vaqt ham, joy ham ishonchli bo‘ladi.

Siz hozir nima qilishingiz mumkin?

  1. https://manapolya.uz saytga kiring
  2. Telegram botga ulanib, o‘zingizga eng yaqin maydonni toping
  3. Endi futbol faqat chaqiriq emas — bu raqamli, qulay va tez tajriba