OZBEKISTON JANUBIDAGI DOSTONCHILIK AN'ANALARI. Gulbahor FOZILOVA, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiq
Janubiy Ozbekiston dostonchiligi oziga xos ananalar doirasida shakllanib, baxshi-shoirlarning ustoz-shogirdlik munosabati, epik mahorati, doston ijro etish usul va yollari, dostonchilik maktablari ortasidagi aloqalar hamda estetik qarashlarida oz ifodasini topgan.
Bugungi kunda Sherobod dostonchilik maktabida ustoz-shogird ananalari tizimli davom etib kelmoqda.
Sherobod dostonchilik maktabi yetakchisi Bobo shoir (XIX asrning birinchi yarmi) koplab shogirdlar yetishtirgani, dostonlarni mahorat bilan ijro etgani malum. Bobo shoirning Qosimkor, Shernazar Berdinazar ogli, Xolmurod Qosim ogli, Alim yuzboshi kabi iqtidorli shogirdlari soz va sozda, shogird tayyorlash ananasida Sherobod dostonchiligi taraqqiyotiga katta hissa qoshishgan, koplab dostonlarning shu maktab doirasida ommalashuviga sabab bolgan.
Rivoyatlarga kora, tort yoshidan termalar kuylagan Shernazar Berdinazar oglining (1855—1915) tengsiz iqtidorga ega bolgani va eng kop dostonchi yetishtirgani malum. Hozirgacha Shernaning Rajab Normurod ogli, Jora Eshmirza ogli, Muhammadrahimxoja yuzboshi, Oltiboy yuzboshi, Xudaybadal yuzboshi, Umir shoir Safarov, Chori yuzboshi, Eson yuzboshi Norboy ogli, Normurod Sherna ogli, Toqli Sherna ogli, Hoji Sherna ogli, Shotora yuzboshi, Mardonaqul Avliyoqul ogli, Erka loli, Mamaniyoz loli, Omoniyoz loli, Kenja loli, Boron loli, Jora loli, Usta Norqobil Avliyoqul ogli singari 23 nafar shogirdi aniqlangan [1; 13].
Bugungi Sherobod dostonchiligiga mansub baxshilar, asosan, uning ikki shogirdi Mardonaqul Avliyoqul ogli va Umir baxshi Safarovdir. Mardonaqul Shernaning oilaviy baxshichilik shajarasiga mansubdir. Yani u Shernaning jiyani, qizi Sharbatoyga uylangan, kuyovi. Oilaviy shajaraga kora, Said Xushvaqtov, Qodir Boriyev, Avaz shoirlar oltinchi avlod baxshilar hisoblanadi. Biz ushbu dalilni baxshichilik ham naslda bolgandagina suyak surib otishini takidlash uchun keltirdik. Aka-uka Qora va Chori Umirov, mashhur Qodir baxshi Rahimov hamda uning ogillari Qahhor baxshi, Abdumurod baxshi, Bahrom baxshi singari Sherobod dostonchilik maktabiga mansub baxshilar haqida ham shunday deyish mumkin.
Qosimkor yuzboshining yana bir shogirdi Alim yuzboshi (XIX asrning ikkinchi yarmi —1920) beshqotonlik bolib, u Eshmurod Sherdon ogli, Normurod Poyon ogli, Xoliyor Abdukarim ogli, Xoliyor Alim ogli, Boymurod Boymat ogli kabi shogirdlarni yetishtirgan. Garchi u Sherna bilan bir ustozning shogirdi bolsa-da, ijro yoli, usulida, dombira ohanglarida oziga xos iqtidor egasi edi [1; 64].
Sherobod dostonchilik maktabi nafaqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, balki respublikamiz dostonchiligi taraqqiyotida ham oziga xos ananalari bilan alohida ajralib turadi. Garchi bu maktab baxshilari repertuari boshqa maktablar bilan umumiy korinishga ega bolsa-da, uning oziga xos ijro usullari, poetik ifodalari bor. Buni professor H. Zarifov takidlab otgan.
Sherobodlik baxshilar doimiy ravishda ogzaki traditsiyani davom ettirib kelganlar, ular ozlarining repertuari va ijro usullari jihatidan bizga malum dostonchilar bilan umumiy jihatlarga ega. Shu bilan birga, ularning repertuarida boshqa hududlarda bolmagan ayrim dostonlar, jumladan, Goroglining olimi haqida “Goyibnoma”, “Shahidnoma” kabi dostonlar bor.
H. Zarifov Sherobod dostonchiligining oziga xos ijro xususiyatlarini takidlagan bolsa-da, ushbu maktabga xos ananalar borasidagi dastlabki fikr-mulohazalar M.Afzalovga tegishlidir [2;48].
M.Afzalov “Ozbek xalq shoirlari” maqolasida Shernazar Berdinazar oglining dostonchilik mahorati, ustoz-shogirdlik munosabatlariga alohida toxtaladi.
— Sherna oz davrining eng chechan, sozga boy sanatkor shoirlaridan bolib, shogird yetishtirishda ham Shernaga tenglashadigan ustoz bolmagan. Shernazar shoir Surxondaryo va Qashqadaryo, hatto Turkmanistonning ayrim shahar va qishloqlariga borib, doston aytib, tinglovchilarni hayratda qoldirgan. Xalq orasida oz dostonlari bilan malum va mashhur bolgan.
Mardonaqul Avliyoqul ogli, Ahmad yuzboshi, Saodat yuzboshi, Normurod Shernazar ogli, Jora Eshmurod ogli va boshqa istedodli xalq shoirlarini tarbiyalab yetishtirgan ustoz Shernazar Berdinazar oglidir. Garchi Sherobodda dostonchilik maktabining oziga xos ananalari shakllanib kelgan bolsa-da, uning tadrijiy rivoji Shernazar Berdinazar oglining ustoz-shogirdlik ananasi doirasida takomiliga yetgan. Buni ushbu maktab haqida olib borilgan kuzatuvlar, yozib olingan materiallar misolida ham korish mumkin.
Folklorshunoslarning kuzatuvlari va tadqiqotlari shuni korsatadiki, Sherobod dostonchilik maktabi, boshqa poetik maktablarga nisbatan, dostonchilik ananalarining ancha qadimiy xususiyatlarini saqlagan. Respublikamiz va Janubiy Tojikiston, Turkmaniston, Afgoniston hududlaridagi dostonchilik maktablari, ayniqsa, Janubiy Tojikiston va Afgonistondagi laqay soqilik maktabi vakillari bilan ham doimiy aloqada bolgan. Ushbu maktabga xos dostonlar va ularning ijrosidagi oxshashliklar shu bilan izohlanadi [3;204].
Folklorshunos olim Sh.Turdimov Abdunazar Poyonovning ustoz-shogirdlik munosabatini izohlab beradi:
— Abdunazar Poyonov Xushvaqt Mardonaqul ogli, Chorsha (Chorshanbi) baxshi va Qodir shoirlarning shogirdi sanaladi. U Xushvaqt baxshi Mardonaqul Avliyoqul oglining, Mardonaqul yuzboshi Sherna baxshining shogirdi. Sherna shoir koplab dostonchilarni tarbiyalagan Sherobod dostonchilik maktabining atoqli vakilidir. Chorsha shoir ham Mardonaqul yuzboshi orqali Sherna shoirga boglanadi. Mashhur Umir shoir Shernaning birinchi shogirdi, Qodir shoir esa, Umir baxshining shogirdi edi. Abdunazar Poyonovning baxshichilikdagi ozak yoli Sherobod dostonchilik maktabining yoli, ananalaridir [4;15].
Doston ijro etish va unga amal qilish konikmalarining ham oziga xos alohida xususiyatlari mavjud. Sherobod dostonchilik maktabida har qanday professional baxshi doston tinglashga auditoriyani tayyorlash uchun quyidagi shartlarni bajaradi:
1. Soz (asosan dombira)ning soz-nosozligini bilish uchun, albatta, bitta kuy ijro etadi.
2. Ichki ovozda (bogizda) bir yoki ikkita terma kuylaydi.
3. Kopincha “Nima aytay?” termasi yoxud ayrim dostonlardan parchalar aytiladi [1;67].
Sherobod dostonchilik maktabi baxshilari repertuarida “Ollonazar Olchinbek”, “Oltin qoboq”, “Oyparcha”, “Shahidnoma”, “Malla savdogar”, “Kelinoy” kabi dostonlar ham ananaviy yonalishda ijro etib kelinganki, bu kabi dostonlar boshqa baxshichilik maktablari repertuarida uchramaydi.
Ushbu dostonlar bilan birga “Alpomish”, “Gorogli”, “Avazxon”, ayniqsa, “Nurali” dostonlari alohida sevib ijro etiladi. Hatto “Nurali” 20 ta dostondan iborat bolib, turkum sifatida ommalashgan.
Malumki, “Nurali” dostoni Samarqand va boshqa viloyatlar dostonchiligida faqat bir doston doirasida kuylangan, ammo Janubiy Ozbekiston dostonchiligida bu bir necha dostondan iborat bolib, baxshilar repertuaridan orin olgan. Bu hol Sherobod dostonchilik maktabining oziga xos xususiyatlaridandir [5;96].
Janubiy Ozbekistonning yuqoridagi kabi dostonlari bizgacha oz mohiyatini yoqotmay, epik ananalari saqlangan holda yetib kelishi unda shakllangan Sherobod dostonchilik maktabi bilan uzviy bogliqdir. Bu maktabda ustoz-shogirdlik ananasiga qatiy amal qilingani fikrimizga dalil bola oladi.
Xulosa qilib aytganda, Sherobod dostonchilik maktabi vakillari Janubiy Ozbekiston dostonchilari hamda unga qoshni hududlar bilan doimiy aloqada bolgani, Bobo shoir, Qosimkor, Sherna baxshi, Xolmurod Qosim ogli, Alim yuzboshi, Mardonaqul Avliyoqul ogli, Umir shoir Safarov, Aka-uka Qora va Chori Umirov, Qahhor baxshi Rahimov kabi badihagoy baxshilarning faoliyati hamda ularning koplab shogirdlarni tarbiyalashgani bu maktabda dostonchilik ananalari izchil shakllangani va tadrijiy rivojlanganini korsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Ergashev A. Sherobod dostonchilik maktabi: Filol. fanlari nomz. diss — Toshkent,1989. .[1; 64,13,67]
2. N.Ochilov. XX asrning oxiri va XI asr boshlari dostonchilik ananalarini saqlanish holati. —Toshkent. 2021. [2;48]
3. Zarifov X. Ozbek folkloristikasi tarixidan // Ozbek folklori masalalari. —Toshkent: Fan, 1970. ‒ B.204.[3]
4.Turdimov Sh. Baxshi shaxsi, an'ana va yangilanish tajribalari // ЇJahon sivilizasiyasida baxshichilik san'atining orni mavzusidagi xalqaro ilmiy‒ amaliy konferensiyasi materiallari. — Termiz, 2019. ‒ B.15.[5]
5.Qahhorov A. Yangi dostonlar. — Toshkent: Fan, 1984[5;96]