Если вы нашли в себе силу воли распрощаться с этой вредной привычкой, укорачивающей вашу жизнь, и приводящую к бедам - вы в правильном месте, здесь вы сможете ознакомиться и отправить для себя всю поднаготную этой укоренившейся привычки..
Chekishdan voz kechish keksa yoshda hayot davomiyligini oshiradi, deb xabar qilmoqda olimlar. Ular xulosasi tadqiqot natijalari bilan mustahkamlangan. Ilmiy izlanish esa American Journal of Preventive Medicine jurnalida chop etildi.
Mutaxassis olimlar aniqlashlaricha, tamaki tutuni tarkibida 400 ga yaqin zararli moddalar bo‘lib, ulardan 20 ga yaqini (ayniqsa nikotin moddasi) o‘ta zaharli hisoblanadi va kashanda sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Siz chekishni tashlamoqchisiz, ammo cira buni uddasidan chiqa olmayapsiz. Unda sizga xalq tabobati yordam berishi mumkin. Dunyoda har 6 soniyada bir kishi tamaki chekishdan ko‘z yumadi! Tamaki chekishni tashlashga ahd qilganingiz bilan tabriklaymiz! Bu qaror qattiq va mustahkam bo‘lishi kerak! Xalq tabobati esa bu og‘ir masalada yordam beradi.
Sigareta chekish zarari nafaqat nikotin tufayli qaramlikni, balki, tanadagi hamma organlarni buzadi.
Aynan qo‘rquv chekishni to‘xtatishimizga to‘sqinlik qiladi. Sigaretasiz huzur-halovatdan mahrum bo‘lib qolishni, stressdan qutula olmaslik yoki diqqatni jamlashga qiynalishimizni o‘ylab qo‘rqamiz. Holbuki, bu fikrlarning bari bizga majburan singdirilgan. Biz esa sigaretani zarurat, ehtiyoj sifatida qabul qilamiz, usiz ichimizda allaqanday bo‘shliq paydo bo‘lishidan cho‘chiymiz.
Aksar chekuvchilar sigareta bo‘shashishga yordam berishini aytishadi. Lekin barchaga ma’lumki, nikotin – qo‘zg‘otuvchi vosita. Ishonmasangiz, tomir urishini tekshiring. Keyin ikkita sigareta chekib, yana tekshiring. Tomir urishi qanchalik tezlashganini sezasiz.
Yo‘q, sigareta diqqatni jamlashga yordam bermaydi. E’tiboringizni bir joyga to‘plashga urinar ekansiz, sizni chalg‘itadigan hamma narsani unutmoqchi bo‘lasiz. Ammo chekuvchi bunday qilolmaydi, chunki u har doim chekish niyatida. Shuning uchun diqqatini jamlamoqchi bo‘lsa, buni qanday amalga oshirish kerakligini o‘ylab o‘tirmaydi va o‘z-o‘zidan sigareta tutatadi. Istagi bir oz qongach, kerakli ishni qilaverdi, bu paytda hatto og‘ziga sigareta qistirgani esidan chiqib ham qoladi.
Sigaretaning zerikishga barham berishi chekish bilan bog‘liq yanglish fikrlardan biri. Zerikish – bu fikrlarning yo‘nalishi. Fikrlarni esa odam o‘zi istagan tomonga buraveradi.
Oldin ham aytib o‘tilganidek, kashandalar sigareta rohat bag‘ishlaydi, zo‘riqishlarga barham beradi, deb o‘ylashadi. Aslida bular xato fikrlar. Chekishga undaydigan asl sabab – xumor qiynoqlarini yengillashtirish.