December 6, 2022

“Chekishni tashlashning osongina yo‘li” (11-qism)

Diqqatni jamlash

Yo‘q, sigareta diqqatni jamlashga yordam bermaydi. E’tiboringizni bir joyga to‘plashga urinar ekansiz, sizni chalg‘itadigan hamma narsani unutmoqchi bo‘lasiz. Ammo chekuvchi bunday qilolmaydi, chunki u har doim chekish niyatida. Shuning uchun diqqatini jamlamoqchi bo‘lsa, buni qanday amalga oshirish kerakligini o‘ylab o‘tirmaydi va o‘z-o‘zidan sigareta tutatadi. Istagi bir oz qongach, kerakli ishni qilaverdi, bu paytda hatto og‘ziga sigareta qistirgani esidan chiqib ham qoladi.

Chekish diqqatni jamlashga yordam bermaydi. Chunki arteriya va venalarda zaharli tiqinlarning paydo bo‘lishi miyani kislorod tan­qisligiga giriftor etadi. Demak, fikringiz tiniqlashib, ijodiy qobiliyatingiz oshishini istasangiz, chekishni to‘xtatishingiz kerak.

Bir paytlar diqqatni jamlashda sigareta men uchun zaruratga aylangan edi. Hisobchilikdan imtihon topshiriladigan mahal ahvolimni ko‘rsangiz edi. Imtihonda chekish mumkin emas ekan, naq uch soat sigaretasiz qanday o‘tiraman, degan xavotir meni adoi tamom qilayozdi. Biroq o‘zga chora yo‘q edi. Imtihonni topshirdim. Hal qiluvchi palla kelganida esa chekish istagi meni mutlaqo bezovta qilmaganini bilib qoldim.

Hammasi o‘z qo‘lingizda. Agar chekish chindan ham diqqatni jamlashga yordam berishiga ishonsangiz, bora-bora shunday bo‘ladi ham. Jilla qursa yoningizdagi chekmaydigan odamlarga qarang, ular buni qanday uddalayapti?

© Allen Karr.
“Chekishni tashlashning osongina yo‘li” kitobi.
Tib.uz