October 22
Buxoro tuman Dexcha MFY saylov uchastkasida "Saylov-2024 oyligi" mavzusida huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Buxoro tuman adliya bo'limi YXKM boshlig'i O'.Akmamedov tomonidan tumandagi Dexcha MFY binosida “Saylov-2024 oyligi” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Madad NTT Bosh mutaxassisi Sh.Botirov, MFY ishchi xodimlari va mahalla faollari ishtirok etishdi. Tadbir davomida O'.Akmamedov tomonidan saylov tushunchasi, saylov turlari, saylovchilar huquqlari va majburiyatlari, saylov uchastkasining vazifalari, muddatidan oldin saylovda ishtirok etish tartibi to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mahalla ahollisiga 2017 yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni va Mehnat kodeksining mazmuni va mohiyati tushuntirib berildi.