October 9

Buxoro tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi 51-maktabda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi PF-80-sonli farmoni ijrosi yuzasidan  huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Bugun Buxoro tuman adliya bo`limi xodimlari tomonidan tumanidagi 51-umumta'lim maktabining pedagog va ishchi xodimlariga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoni ijrosi yuzasida tushuntirish targ'ibot ishlari olib borildi. Maktablarda huquq fanini o'qitishning yangi bosqichi to'g'risida, huquq o'qituvchilari o'rtasida "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovi to'g'risida aytib o'tildi. Shuningdek mehnat kodeksi bo'yicha ishga qabul qilish, mehnatga haq to'lash, mehnat ta'tili, ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tartiblari to'g'risida savol-javob bo'ib o'tdi