December 18, 2025

Buxoro tuman 1-umumta'lim maktabida navbatdagi huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Bugun Buxoro tumani 1-umumta'lim maktabida 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida yurtimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan ma'rifiy suhbat tashkil etildi. Tadbir Buxoro tumani YuXKM boshligʻi Oʻ.Akmamedov tashabbusi va rahbarligida oʻtkazildi.

Suhbat davomida ta'lim muassasalarida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va amaldagi qonunchilikda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar hamda yangiliklar haqida atroflicha ma'lumot berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, demokratik jamiyat qurish va adolat tamoyillarini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar misollar bilan yoritib oʻtildi.

Tadbir qatnashchilari huquqiy islohotlarning ahamiyati, yoshlar hayotidagi oʻrni, qonuniylik va mas'uliyat masalalari boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar. Muhokamalar jarayonida oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Ushbu tadbir oʻquvchilarning huquqiy bilim va ongini shakllantirish, fuqarolik pozisiyasini mustahkamlash, qonunlarga hurmat ruhini oshirishga xizmat qildi.